Maqsadlar: ta’limiy: o‘quvchilarni ekologiya tushunchasi bilan tanishtirish; tarbiyaviy



Download 24,81 Kb.
Sana02.07.2022
Hajmi24,81 Kb.
#730388
Bog'liq
3- sinflar uchun tabiatshunoslik fanidan bir soatlik dars ishlanmasi


3- sinflar uchun tabiatshunoslik fanidan bir soatlik dars ishlanmasi
Maqsadlar:
ta’limiy: o‘quvchilarni ekologiya tushunchasi bilan tanishtirish;
tarbiyaviy: jonli va jonsiz jismlarni aniqlay olish ko‘nikmasini hosil qilish;
rivojlantiruvchi: tabiatdagi o‘zaro bog‘liqlikni va unga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish kerakligini anglatish.
Dars uslubi: noan’anaviy.
Dars turi: suhbat, amaliy mashg‘ulot, kichik guruhlarda ishlash.
Jihozlar: guruhlar uchun flipchart, rangli qalamlar, skotch hamda uyga vazifani so‘rash uchun beriladigan kartochkalar (o‘quv­chilar soniga qarab).
Kutilayotgan natija: o‘quvchilar tabiatshunoslik darsida jonli va jonsiz tabiatni o‘zaro bog‘liqligi, insonlarning atrofdagi olamga munosabati haqida qisqa va tushunarli tarzda ma’lumot oladilar.
Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism.

  2. O‘tilgan mavzuni mustah­kamlash.

O‘qituvchi o‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun o‘quvchilarga rasmlar tasvirlangan kartochkalarni tarqatadi va quyidagicha topshiriq beradi: rasmdagi buyumlarning sifatini qaysi sezgi organlari orqali bilib olasiz?
O‘quvchilar yakka tartibda javoblarni kartochkaga yozadilar. Keyin bir partada o‘tirgan o‘quv­chilar kartochkalarini almashadi va bir-birining javobini tekshirib, to‘ldiradi.

  1. Yangi mavzuni tushun­tirish.

O‘qituvchi (mavzuni e’lon qiladi va so‘raydi): — Tabiat deganda xayolingizga nimalar keladi? O‘qituvchi doskaga aylana chizib, ichiga «tabiat» so‘zini yozadi. O‘quvchilarning tabiat haqidagi fikrlarini aylana atrofiga yozib boradi.
Javoblarni jonli va jonsiz tabiat kabi ikki guruhga ajratadi. O‘quvchilarga jonli va jonsiz tabiatning o‘zaro bog‘liqligi, odamning atrofdagi olamga munosabati ekologiya fanida o‘rganilishi haqida qisqa va tushunarli tarzda ma’lumot beradi.
O‘quvchilar «ekologiya» so‘zining ma’nosi va fanning ta’rifini darslikdan ishchi daftariga ko‘chirib oladilar.

  1. Yangi mavzuni mustah­kamlash.

O‘qituvchi o‘quvchilarni 5—6 kishi­lik guruhlarga bo‘ladi. Ularga flipchart, rangli qalamlar tarqatiladi.
Topshiriq: flipchartga tabiat manzarasini chizing, undagi jonli va jonsiz jismlar orasida qanday o‘zaro bog‘liqlik borligini aniqlang. Ushbu bog‘liqlik buzilmasligi uchun tabiatga qanday munosabatda bo‘lishimiz kerak? (Guruh ishtirokchilari topshiriqni birgalikda bajaradi).
Taqdimot: har bir guruhdan bittadan vakil chiqib, o‘z guruhi chizgan rasmni izohlaydi va tabiat jismlari orasidagi o‘zaro aloqani tushuntiradi.
Shundan so‘ng mavzuni mustah­kamlash uchun savol-javobga navbat beriladi:
1. Sizga rasm chizish yoqadimi?

  1. «Ekologiya» tushunchasi haqida nimalarni bilib oldingiz?

  2. Tabiatdagi jismlar qanday turlarga bo‘linadi?

  3. Ular orasidagi bog‘liqlik haqida so‘zlab bering.

  4. Tabiatdagi o‘zaro bog‘liqlik va muvozanatni saqlash uchun nimalar qilishimiz kerak?

  5. Uyga vazifa.

«Tabiatga nima xavf soladi?» mavzusida oila a’zolari bilan suhbat o‘tkazish va ularning fikrlarini ishchi daftariga yozish.

  1. Baholash.

O‘tilgan mavzuni tekshirish jarayonida o‘quvchilar bir-birini kartochkadagi javoblarga qarab baholaydilar. O‘qituvchi guruh ishini baholashda rasm chizgan, o‘z fikrlarini bildirgan va guruhning boshqa a’zolari bilan faol hamkorlik qilgan o‘quvchilar faoliyatini alohida e’tiborga oladi.
Izoh (o‘qituvchiga tavsiyalar): o‘qituvchi dars boshlangunga qadar o‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun rasmlar tasvirlangan kartochkalarni tayyorlab qo‘yadi. Guruhlarga berilgan vazifa aniq qilib tushuntirilib, bosqichma-bosqich berilgan vaqt davomida bajariladi. Guruhlarda ishlashda o‘quvchilarga tabiat manzarasida odam, o‘simliklar, hayvonlar, qushlar va daryolarni aks ettirishni tavsiya qilishi maqsadga muvofiq, chunki chizilgan rasmlarda jonli va jonsiz tabiatning o‘zaro bog‘liqligi to‘la namoyon bo‘lishi kerak. Guruhlarda bolalarning tabiat manzarasini chizishi va bildirayotgan fikrlari, faolligi, o‘zaro yordam berishi kuzatiladi. Manzarani tasvirlashga yoki jismlar orasidagi o‘zaro aloqadorlikni aniqlashga qiynalayot­gan guruhga o‘qituvchi zarur maslahatlarini beradi.
Ushbu dars ishlanmasidan foydalanishda o‘z sharoit va imkoniyatlaringiz, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasidan kelib chiqib moslashtirgan, ijodiy yondashgan holda boyitib mashg‘ulot o‘tkazishni unutmang. Zero, asosiy maqsadimiz bolani darsga qiziqtirish, mavzuni chuqur o‘zlashtirishiga va uni hayotga tatbiq qila olishga erishishdir.
Download 24,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish