Mamlakatimizda sogʻlom va barkamol avlodni tarbiyalash, milliy anʼana va qadriyatlarimizga sadoqatli yoshlarni voyaga yetkazish, ularni amalga oshirilayotgan



Download 13,94 Kb.
Sana17.10.2019
Hajmi13,94 Kb.
#23681
Bog'liq
Sog`lom avlod

Mamlakatimizda sogʻlom va barkamol avlodni tarbiyalash, milliy anʼana va qadriyatlarimizga sadoqatli yoshlarni voyaga yetkazish, ularni amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning faol va jonkuyar ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimizning 2019-yil 29-maydagi “Ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish, alohida sharoitlarda tarbiyalash, taʼlim berishga muhtoj boʻlgan yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish choralari koʻrilmoqda.
Maʼlumki, Xalq taʼlimi vazirligi huzurida Sirdaryo viloyati Baxt shahrida Respublika oʻgʻil bolalar oʻquv-tarbiya muassasasi tashkil etilib, Milliy gvardiyaga biriktirildi.
Milliy gvardiya qoʻmondoni general-polkovnik B.Tashmatov va Sirdaryo viloyati hokimi Gʻ.Mirzayevlar mazkur oʻquv muassasasining faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida tarbiyalanuvchilar bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Suhbat davomida Milliy gvardiya qoʻmondonligi iqtidorli yigitlarga kelgusida oʻzlari qiziqqan kasbiy yoʻnalishda oʻqish va ishlash imkoniyatiga ega boʻlishga koʻmaklashishini, hech bir tarbiyalanuvchi eʼtibordan chekkada qolmasligini bildirdi.
Bir qator yigitlarning qobiliyatlari munosib baholanib, ularning kelgusi faoliyatlari yuzasidan mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berildi.
Milliy gvardiya qoʻmondonligi saʼy-harakati bilan ushbu oʻquv-tarbiya muassasasida qaror loyihasi boʻyicha vazifalar qisqa muddat ichida belgilanib, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus yoʻnalishlari boʻyicha bir qator tashkilotlar hamkorligidagi amaliy ishlar yoʻlga qoʻyildi.
Xususan, birinchi yoʻnalish boʻyicha yoshlarda sanʼatga boʻlgan qiziqishni oshirish maqsadida taniqli sanʼatkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar oʻtkazilib, Milliy gvardiyaning Harbiy-texnik instituti orkestri jamoasi va “Alvon beretlar” badiiy havaskorlik ansambli oʻz faoliyatini ushbu maktabga bogʻlagan holda tarbiyalanuvchilar uchun maxsus musiqiy dasturlar ustida ish olib bormoqda.
Ikkinchi yoʻnalish ijrosi boʻyicha esa ushbu muassasada tarbiyalanuvchilarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilish maqsadida sportning futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka turlari boʻyicha musobaqalar tashkillashtirildi.
Shu jumladan, mazkur oʻquv-tarbiya muassasasida mashhur sportchilar bilan uchrashuvlar ham tashkil etilmoqda. Xususan, Olimpiada chempioni Hasanboy Doʻsmatov bilan boʻlib oʻtgan uchrashuv yoshlarda katta taassurot qoldirdi.
Toʻrtinchi yoʻnalishda belgilangandek, yoshlarning maʼnaviyatini yuksaltirish hamda ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida Milliy gvardiyaning Harbiy-texnik instituti professor-oʻqituvchilari tomonidan davra suhbatlari va kitob mutolaasi boʻyicha madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda.
Download 13,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish