Ma'lumotlar bazasi va Data Mining fanidan oraliq nazorati
Ma’lumotlar bazasini loyihalash.
Ma’lumotlarni kiritish, istalgan so‘rov, forma, hisobot, makros va modullarni hosil qilish
Access aniqlashi uchun asosiy va m a’lumotli jadvallar orasida bog‘lanish.
Siz yuqoridagi bo'lim lardan ma’lumotlar bazasi nima va u qanaqa ko'rinishda bo'lishi mumkinligi haqida ma’lum tushuncha va tasavvurlarga egasiz. Ma’lumotlar bazasini yaratishdagi eng muhim tushunchalardan biri uni loyihalashtirishdir. Keyingi barcha mulohazalarimiz relatsion ko'rinishdagi m a'lum otlar bazasiga tegishli bo'ladi. Ma’lum otlar bazasini loyihalashtirishning dastlabki bosqichida ma’lumotlar bazasini yaratishning maqsadini, uning asosiy funksiyalarini va unda saqlanadigan ma’lumotlarni aniqlab olish zarur. Ya’ni ma’lum otlar bazasi jadvallarining asosiy mavzuini va jadval maydonlarida saqlanadigan axborotlarni aniqlab olish zarur. Ma’lumotlar bazasi u bilan doimiy ishlovchilarning talablariga muvofiq bo'lishi kerak. Buning uchun mavzularni, ma’lumotlar bazasi chiqarib beradigan hisobotlarni aniqlab olish, ma'lumotlarni yozishda qo'llanayotgan formalarni tahlil qilib chiqish, yaratilavotgan ma’lumotlar bazasini unga o'xshash yaxshi loyihalashtirilgan ma’lumotlar bazasi bilan taqqoslash lozim. Microsoft Accessda jadval, furma va boshqa obyektlarni hosil qilishdan oldin ma’lumotlar bazasining tuzilishini aniqlab olish zarur. Ma'lumotlar bazasining tuzilishi qancha yaxshi bo‘lsa, ma’lumotlar bazasi ham barcha talablarni qanoatlantiruvchi va samarali bo'ladi. Loyihalashda ikki bosqich bo'lishi mumkin:
Ma’lumotlar bazasini loyihalashtirishda jadvallarni ishlab chiqish murakkab bosqichlardan biridir. Jadvallarni loyihalashtirishda umuman MS Accessdan foydalanish shart emas. M a’lumotlar bazasining strukturasini, avvalo, qog‘ozda qilib olgan ma’qul. Jadvallami loyihalashtirishda quyidagi asosiy prinsiplarga amal qilish maqsadga muvofiq:
• Jadvaldagi ma’lumot takrorlanmasligi kerak. Jadvallararo ham takrorlanishlar bo‘lmasligi zarur.
• Agar ma’lum bir axborot faqat bitta jadvalda saqlansa, uni o‘zgartirish ham faqat bitta joyda amalga oshiriladi. Bu esa ishning yanada samarali bo‘lishini ta'm inlaydi hamda ma’lumotning turli jadvallarda muvofiq kelmay qolishining oldini oladi.
Har bir jadvalda faqat bitta mavzudagi ma’lum otlar saqlanishi kerak. Har bir mavzuga oid ma’lumotlar bir-biriga bog‘liq bo'lmagan jadvallarda saqlansa, ularni qayta ishlash osonroq bo’ladi. Masalan, mijozning manzili va buyurtmasi alohida jadvallarda saqlansa, buyurtma haqidagi ma’lumot o‘chirilgan taqdirda ham, mijoz haqidagi ma’lumot ma’lumotlar bazasida saqlanib qoladi.
• Jadvaldagi zaruriy maydonlarni aniqlash. Har bir jadvalda alohida mavzuga oid ma’lumotlar saqlanadi, jadvalning har bir maydonida esa jadvalning mavzuiga oid alohida axborotlar saqlanadi. Har bir jadval uchun maydonlarni aniqlashda quyidagilarni e’tiborga olish zarur:
> har bir maydon jadval mavzui bilan bog'liq bo'lishini;
> jadvalga kiritilayotgan ma’lumotlar biror ifodaning natijasi bo‘lmasligini;
> jadvalda barcha kerakli ma’lumotlar mavjud bo'lishi zarurligini;
> ma’lumotlarni imkoni boricha kichik mantiqiy birliklarga ajratish kerakligini (masalan, “F.I.Sh.” degan umumiy maydon emas, balki “Familiyasi”, “Ismi” va “Sharifi” maydonlari). Har bir maydonga yagona qiymat berish MS Access turli jadvallardagi ma’lum otlarni bog'lay olishi uchun (masalan, mijoz va uning buyurtmalari haqidagi m a’lumotlami) har bir jadval shu jadvaldagi har bir yozuvga alohida (individual) qiymat beruvchi maydon yoki maydonlar majmuyiga ega bo'lishi zarur. Bunday maydon yoki maydonlar majmuyi asosiy kalit hisoblanadi. Jadvallararo bog‘lanishni aniqlash ma’lum otlarni jadvallarga taqsimlab va asosiy maydonlarni aniqlab bo'lgandan so'ng, turli jadvallardagi ma’lumotlarni bog'lovchi sxemani tanlab olish zarur. Buning uchun jadvallararo bog'lanishni belgilab olish kerak, Ma’lumotlami qo‘shish va ma’lumotlar bazasining bosbqa obyektlarini yaratish
Do'stlaringiz bilan baham: |