Ma’lumot turini o’zgartirish
Reja:
1.
Ma’lumotni matn satridan butun son turiga va teskarisiga o`zgartirish
2.
Shar hajmi
va sfera yuzasi ilovasi
3.
Ilovalarda o‘zgaruvchilardan foydalanish.
1.Ma’lumotni matn satridan butun son turiga va teskarisiga o`zgartirish.
Yodingizda
bo`lsa,
Pascal
dasturlash tilida bir turdagi o‘zgaruvchiga ikkinchi turdagi ifodaning qiymatini
berib bo‘lmas edi.
Delphi
da ham bu taqiq o'rinli. Uni qanday aylanib o‘tish mumkin? Masalan,
Button1
obyektining eni (
Width
xossasi) qancha bo‘lishi (butun son turi)
Edit
ning
Text
xossasidan (matn satri turi)
olinishi kerak bo'lsa,
Button1.Width:=Edit1.Text
operatoridan
foydalanish xatoga olib keladi. Natijada ilova dasturi ishlashdan to`xtab, xato to`g`risida
ogohlantiradi.
Object Pascal
da o‘zgaruvchini bir turdan ikkinchi turga o‘tkazish uchun bir qator
standart funksiyalar mavjud. Ulami quyida keltiramiz:
1)
StrToInt
(
string to integer
) - matn satrini butun songa o‘tkazadi;
2)
IntToStr
(
integer to string
) - butun sonni matn satriga o‘tkazadi;
3)
StrToFloat
(
string to float
) - matn satrini haqiqiy songa o‘tkazadi;
4)
FloatToStr
(
float to string
) - haqiqiy sonni matn satriga o‘tkazadi.
Yuqoridagi operatomi bu funksiyalardan foydalanib, bexato yozamiz:
Button1.Width:=StrToInt(Edit1.Text);
2
.
Shar hajmi va sfera yuzasi ilovasi.
Shar hajmi va
unga mos sferaning sirtini
hisoblaydigan ilova yaratamiz. Buning uchun yangi ilova yaratib, unga uchta
Label
, bitta
Edit
va
bitta
Button
obyektlarini joylaymiz. Ilova oynasini va undagi obyektlami quyidagi rasmda
ko‘rsatilgandek qilib o‘zgartiramiz:
Ilova oynasidagi
Button1
ni ikki marta bosib, hosil bo‘lgan dastur kodi oynasiga quyidagi
ikki satmi kiritamiz. Ularning har biri ham bitta satrga sig‘magan bo‘lsada,
bittadan qatorga
kiritilishi kerak. Ikkala satr ham nuqtali vergul bilan tugaydi.
Label2.Caption:='Shar_hajmi:'+FloatToStr(4/3*pi*sqr(StrToFloat(Edit1.Text))*StrToFlo
at(Editl.Text));
Label3.Caption:='Sfera_yuzasi:'+FloatToStr(4*pi*sqr(StrToFloat(Edit1.Text)));
F9 tugmasini ikki marta bosib, ilovani ishga tushiramiz. Dastlab kiritish maydonchasiga 1 ni
kiritib,
Hisobla tugmasini bosamiz, keyin esa radiusi 3 ga teng shar hajmi va sfera yuzini
hisoblaymiz.
3.Ilovalarda o‘zgaruvchilardan foydalanish. Oxirgi ikki satr juda murakkab ko‘rinishga ega
bo‘lib, ularni kiritishda xato o‘tkazib yuborish hech gap emas. Sharning hajmi va sfera yuzasi ;
formulalar bilan
hisoblanishini inobatga olsak, yuqoridagi formulalar rostdan ham g‘aliz
chiqqanligi yaqqol ko‘rinib qoladi. Bu kamchilikni bartaraf qilishning yo‘li bormi? Albatta bor.
Buning uchun qo‘shimcha o‘zgaruvchilardan foydalanish kerak bo‘ladi. O‘zgaruvchilar dastur
matniga qanday kiritilishini eslash uchun dastur kodi oynasi va undagi dastur matni bilan yaqindan
tanishib
chiqamiz
.