“Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida logopediya mashg’ulotlari samaradorligini oshirish mexanizmlari ”



Download 51,5 Kb.
bet1/3
Sana30.06.2022
Hajmi51,5 Kb.
#720669
  1   2   3
Bog'liq
77Xolova DILOVAR ASOSNOMA


Buxoro Davlat Unversiteti Pedagogika Inistituti magistratura bo‘limining
1-bosqich magistranti Farmonova Saodat Sheraliyevnaning
7011020 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi metodikasi ( maktabgacha ta’lim) “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida logopediya mashg’ulotlari samaradorligini oshirish mexanizmlari ” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasining
A S O S N O M A S I
Tatqiqot mavzusining dolzarbligi. Bugungi kunda jahonda Ta’lim sohasidagi tub islohatlarning yaratuvchisi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning ―…Yosh avlodni barkamol, ma’naviy va jismonan sog‘lom, yuqori malakali kasb egasi qilib tarbiyalash, ularni mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimiz bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz, - degan mulohazalarga javoban shakllanayotgan yosh avlodni voyaga yetkazish, ularning zamon talablari darajasida bilim olishi, shaxs sifatida kamol topishi, pedagogika sirlarini urganishi va kundalik turmush yumushlarini hal etishiga tayyorlab borish masalasi ta’lim jarayonida asosiy muammolardan biri bo‘lib sanaladi.1
O’zbekiston Respublikamizning «Ta’lim to’g’risida» gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilingach, ta’limning isloh qilish sohasida keng imkoniyatlar vujudga keldi.
Bugungi kunda jahon ta’lim tizimining rivojlanishi dinamikasi ta’lim jarayonini tashkil etish, bolaning mustaqil shaxs sifatida erkin faoliyat ko’rsatishni ta’minlash maqsadida bir qator muhim izlanishlar olib borish, jiddiy qadamlar qo’yishni taqozo qilmoqda.
Bu o’rinda shuni aytish lozimki, maktab yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga nutqiy tayyorlash texnologiyalarini o’rgatish orqali bolalarning og’zaki va yozma nutqni rivojlantirishga, so’zamon bo’lishga, o’z fikrini mustaqil bayon qilishga erishmog’imiz lozim.
Nutq kamchiliklarini bartaraf etishga qaratilgan tayyorlov o‘yinlaridan, maktab yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga nutqiy tayyorlash texnologiyalaridan samarali foydalanish bolalar faolligini oshirishga, lug’atini boyitishga, ona tilimizga qiziqishiga xizmat qiladi. O’zbekiston Respublikasida alohida yordamga muxtoj bolalar va o’smirlarning ta`lim mazmunini takomillashtirish masalalariga e’tibori davlat tomonidan ortib bormoqda. O’zbekistonda nogironlami ijtimoiy himoya qilish to’g’risidagi qonunda o’z ifodasini topadi
Alohida ta’limga muhtoj bolalami ilk yoshdan tashhis qilish , ta’limga tayyorlash, psixologik, tibbiy-pedagogik yordamlami kompleks yo’naltirilgan holda sifatli tashkil etish, meyoriy-huquqiy hujjatlami takomillashtirish, umumta`lim davlat standartlarini maxsus ta`limning barcha yo’nalishlariga moslashtirish ishlari jadal olib borilmoqda. Xalqaro miqiyosda imkoniyati cheklangan bolalarga o’z imkoniyat va qobilyati darajasida maxsus yoki umuta`lim muassasalarida ta’lim berish, sog’lom tengdoshlari orasida integratsiyalash tajribalari O’zbekistonda ham keng targ’ibot qilib kelinmoqda. Nutq faqat inson uchun xos bo`lgan alohida va yuqori darajadagi aloqa shaklidar. Nutqiy aloqa jarayonida kishilar fikr almashadilar va bir birlariga ta’sir etadilar. Odam nutqi tushunarli va ma’noli bo`lishi uchun nutq a’zolarining xarakatlari aniq va to’g’ri bo`lishi kerak.
Nutqdagi asosiy funksiyalaming buzilishi kishi faoliyatiga albatta salbiy ta’sir ko`rsatadi, uning faolligini pasaytiradi, Og’ir ruxiy kechinmalar kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Masalan, ayrim so’zlarning noto’gri talaffuz etilishi kishini noqulay vaziyatga solib qo’yishi bilan birga uni atrofdagilar bilan muomala qilishda qiynab qo’yadi, u gapirganda o’z fikrini to’liq anglata olmaydi Olimlar nutq nuqsonini rivojlanmasligini turli aspektlarda tekshirib tadqiqot ishlarini olib borishgan. bugungi kunda har bir maktabgacha ta’lim muassassasasida logopedlar mavjud bo’lib bolajonlarda uchraydigan nutq nuqsonlari ustida muntazam korreksion ishlar olib borishmoqda.
Respublikamizda mustaqillik yillarida Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi, maktabgacha tarbiya muassasalari xodimlari oldiga muhim vazifani-bolalarni maktabda o‘qishga psixologik jihatdan tayyorlash, ya’ni boshlang‘ich sinflarda muvaffaqiyatli o‘qish, boshlang‘ich maktabning dasturini to‘la o‘zlashtirib olish uchun zarur bo‘lgan ruhiy sifatlar, bilim, ko‘nikma va malakalari tarkib toptirish vazifasini qo‘yadi. Yosh avlodni jismonan sog’lom, aqlan teran, ma’naviy yetuk, ya’ni xar tomonlma rivojlangan komil inson bo’lib yetishishiga jiddiy e’tibor qaratilgan. Bu o’rinda alohida yordamga muxtoj bo’lgan bolalarni sog’lomlashtirish, ulami sog`lom tengdoshlar qatoriga qo’shish, ijtimoiy moddiy jixatdan qo’llab quvvatlash, mustaqil hayotga tayyorlash barcha tengdoshlari qatorida talim tarbiya berish, korreksion pedagogik, psixologik yordamni ko’rsatish kabi masalalar davlat dasturida alohida qayd etilgan.
Har tomonlama rivojlangan barkamol inson shaxsini shakllantirish davrimizning dolzarb muammolaridan hisoblanadi.
Vatanimizning kelajagi bugungi yosh avlodning ilmiy salohiyati, istedodi, mustaqil fikrlashiga bevosita bog’liqdir. Shuning uchun ham bilimdon, keng dunyoqarashga ega barkamol va ma’naviy yetuk shaxslami tarbiyalab yetishtirish vazifasi, davlatimiz siyosatining ustivor yo’nalish darajasiga ko’tarilgan.
Bizning ustivor siyosatimiz yosh avlodni aqlan teran, manan yetuk, jismonan sogTom, har tomonlama rivojlangan komil, zukko inson qilib voyaga yetkazishdan iboratdir. Bugungi kunda alohida yordamga muxtoj bolalar va o’smirlarga nisbatan g’amxo’rlik, ulaming xuquqlarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, ta’lim-tarbiya jarayonini bu bolalarning ehtiyojini va qobiliyatiga mos ravishda tashkil etish, sog`lom jamiyatga tenglashtirish ishlari ota dolzarb masalalardan biridir.

Download 51,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish