BOLA TARBIYASIDA MAHALLA, OILA, MAKTAB HAMKORLIGI REJA - Oila davlat va jamiyat ardog‘ida
- 2. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda "Oila, mahalla, maktab hamkorligi" Kontseptsiyasining o’rni va ahamiyati.
- Sinf rahbarining oila va jamoa bilan olib boradigan faoliyati.
- Ota-onalar bilan ishlashning shakl va metodlari.
- Shaxsni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligini amalga oshirish tamoyillari va bosqichlari.
OILA DAVLAT VA JAMIYAT ARDOG‘IDA - Darhaqiqat, shaxs shakllanishida oilani roli katta. Aqlan yetuk, axloqan pok, jismonan baquvvat farzandlar namunali oilalarda kamol topadilar. Shuning uchun ham oilada sog‘lom muhitni vujudga keltirish va uni mustahkamlash umumdavlat ahamiyatga molik masaladir. Chunki ijtimoiy hayotda yuz beradigan barcha o‘zgarishlar, yani undagi yetuk va kamchiliklar, murakkabliklar va ziddiyatlar oilada o‘z aksini topadi. Shunga ko‘ra oila va oilaviy tarbiya masalalari har doim ham dolzarb muaamo bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.
- Respublikamizda 1998 yil – Oila yili deb e’lon qilinishi munosabati bilan qabul qilingan Davlat dasturini hayotga joriy etish natijasida oilaviy munosabatlarning huquqiy asoslari takomillashtirildi, “Oila kodeksi” ning yangi tahriri, bir qator qonunchilik va me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Oilani moddiy farovonligini ta’minlashga qaratilgan zarur shart-sharoitlar yaratildi. Kam ta’minlangan, serfarzand oilalarni qo‘llab-quvatlash ishlarini davlat o‘z zimmasiga oldi. 1999 yil mamlakatimizda “Ayollar yili“ deb e’lon qilinishi munosabati bilan jamiyatda xotin–qizlarning mavqeini yanada oshirish, turmush sharoitlarini yaxshilash uchun barcha davlat va nodavlat tashkilotlarini birlashtirildi.
2000 yilda amalga oshiriladigan ishlar “Oila”, “Ayollar yili”dagi chora–tadbirlarining mantiqiy davomi bo‘lib, onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, sog‘lom avlodni shakillantirish yuzasidan ko‘plab ijobiy natijalarga erishildi. - 2000 yilda amalga oshiriladigan ishlar “Oila”, “Ayollar yili”dagi chora–tadbirlarining mantiqiy davomi bo‘lib, onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, sog‘lom avlodni shakillantirish yuzasidan ko‘plab ijobiy natijalarga erishildi.
- yoshlarni turmush qurishdan avval tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish amaliyoti xayotga joriy qilindi.
- nogironlikni oldini olish maqsadida respublikamizning barcha hududlarida xomilador ayollar va chaqaloqlarni skrining ko‘rigidan o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.
- bolalar organizmida yod tanqisligi oqibatida kelib chiqadigan kasalliklarni oldini olish bo‘yicha chora tadbirlar ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |