Mahsulot sifati va sifatni boshqarish Mavzu: Mahsulot sifatni boshqarishning statistik tizimli tahlili



Download 1.34 Mb.
Sana27.09.2021
Hajmi1.34 Mb.

Mahsulot sifati va sifatni boshqarish

Mavzu: Mahsulot sifatni boshqarishning statistik tizimli tahlili.

Bajardi: 7v-18 MSM guruh talabasi

Maxamatova N.

Tekshirdi: Shermurodova M.

Reja:

1. Mahsulot sifati haqida.



2. Boshqaruv tushunchasi.

3. Korxonalarda sifatni boshqarish.



Sifat - boshqaruv qarorlarini qabul qilish, tahlil va nazorat usullarini mosligini talab etuvchi, murakkab iqtisodiy toifadir. Sifatni boshqarishda “dalillarga asoslangan qarorlarni qabul qilish” tamoyiliga muvofiq: “sifat funksiyasini strukturalash”, “buzilishlar sababi va ketma-ketligi tahlili”, “statistik usullar”, “Omilli tahlil usuli”, “ABC-usul”, “ekspert tizimlar usuli” va boshqalar kabi usullardan foydalaniladi.

Mahsulotning texnikaviy tavsifi orqali aniqlanuvchi tovarlar yaroqliligining

asosiy elementlari konstruktsiya sifati deyiladi. Konstruktsiya sifatini takomilashtirilishi bilan uning qiymati ham ortadi.

1-rasmda konstruktsiya sifatining uning bahosi va tannarxiga bog’liqligi ko’rsatilgan. Grafikning tannarx va baho egri chiziqlarining kesishuv nuqtalari Q1 va Q2 bilan ajratilgan qismi rentabellikni ifodalaydi. Baho va tannarx egri chiziqlari orasidagi eng katta masofani belgilovchi Q0 nuqtasi eng yuqori foydani ta’minlovchi konstruktsiya sifatini ifodalaydi.



1-rasm. Konstruktsiya sifati

Statistik usullarda foydalanish o‘zgaruvchan va galma-galliklarni tushunishga, natijaviylik va samaradorlikni oshirish va muammoni hal qilinishida menejmentga yordam berish mumkin. Bu usullar qarorlarni qabul qilishda yordam ko‘rsatish uchun haqiqatdagi mavjud ma’lumotlardan yaxshilarini qo‘llash imkonini beradi.

Statistik usullar miqdoriy ma’lumotlami nisbatan chegaralashda, ko‘plab turdagi faoliyat natijalari va ularni bajarilishida muhim o‘ringa ega bo'lgan o‘zgaruvchanlikni modellashtirish va sharhlash, tahlil qilish, tavsiflash va o‘lchashlarda yordam berishi mumkin.

Sifat menejmenti tizimida statistika va statistik usullar boshqa- rilayotgan obyekt hamma tomonlama tavsiflarini olishga yordam berishi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.



Statistik usulning asosiy maqsadi - omilli tahlil va mantiqiy ehtimollikdan foydalanish hisobiga xulosalaming asoslanganligini oshirish hisobida ekanligi, ya’ni bevosita kuzatuvlardan yoshirin, kritik momentlar ular hayotiy siklida statistik alomatlar va omillarga asoslanganligi hisobga olish lozim.

Boshqaruv tushunchasi

Amaliyotda mahsulotning texnik tavsifida va konstruktorlik hujjatlarida ko’rsatilgan sifat ko’rsatkichlari shakllantirilar ekan, ularning har doim ham sifat ko’rsatkichlari bo’yicha aniq mos kelmasliklarini ko’rish mumkin.

Ishlab chiqarilgan mahsulot sifat ko’rsatkichlarining konstruktorlik hujjatlarida keltirilgan sifat normalariga mos kelishi darajasi texnik jihatdan sifatga mos kelishi darajasi deyiladi.

Boshqaruv - korxona sharoitida aylanma tsiklda amalga oshuvchi “rejalashtirish - amalga oshirish – nazorat -boshqaruv” jarayonlarining yig’indisidir. 2-rasmda boshqaruv tsikli keltirilgan.

Korxonalarda sifatni boshqarish.

Konstruktsiya sifatini belgilovchi mahsulotning tashqi ko’rinishi, ishlatishning qulayligi, uzoqqa chidamliligi, xavfsizligi kabi xususiyatlarning miqdoriy qiymatlari chizmalar, texnik shartlar va boshqa texnikaviy hujjatlar

ko’rinishida ifodalanadi.



Korxonada sifatni boshqarish – bu “iste’molchilarning ehtiyojini qondiradigan, yetarlicha yuqori darajadagi foydalilikka ega bo’lgan tovarlarni loyihalashtirish, tayyorlash va sotishni ta’minlovchi boshqaruv faoliyati turidir”.

3-rasm. Korxonada sifatni boshqarish



Rejalashtirish funktsiyasi - loyihalashtirish bosqichida korxona rahbariyati tomonidan bozordagi mahsulotning sifati darajasini aniqlashni nazarda tutadi.

Amalga oshirish funktsiyasi - konstruktsiyaning loyihalashtirilgan sifatini tayyor mahsulotda mujassamlashuvini bildiradi.

Nazorat funktsiyasi - mahsulot ishlab chiqarish bosqichidagina emas, uni realizatsiya qilish bosqichida ham amalga oshiriladi. Boshqacha aytganda, mahsulotning yaroqliligi uni sotilishi bilan tasdiqlanadi.

Boshqaruvning ta’siri funktsiyasi - mahsulotni realizatsiya qilish choratadbirlarini belgilash, agar sotilgan tovar sifat shartlariga javob bermasa unga qayta ishlov berishni tashkil etishni o’z ichiga oladi.
Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat