Mahmud Qoshg'ariy, Ahmad Yassaviy va Umar Hayyomning pedagogik qarashlari Fayzullayeva Yulduz



Download 114,88 Kb.
bet1/2
Sana15.06.2022
Hajmi114,88 Kb.
#672221
  1   2
Bog'liq
Xo\'ja Ahmad Yas

Mahmud Qoshg'ariy , Ahmad Yassaviy va Umar Hayyomning pedagogik qarashlari

Fayzullayeva Yulduz

Mahmud Qoshg'ariyning pedagogik qarashlari


Maxmud Qoshg'ariyning ta'limiy - ahloqiy qarashlari . Eng qadimgi qo'shiq va lirik she'rlarda jasurlik , adolat , sadoqat va insoniylik kabi xislatlar tarannum etilgan . Bunday qo'shiq va lirik she'rlar XI asrda yashagan ulug ' olim Mahmud Qoshg'ariy tomonidan yaratilgan " Devonu - lug'atit turk " asari orqali bizgacha yetib kelgan . Turkiy xalqlarning tarixini yorituvchi qadimgi manbalarda pand - nasihat va o'gitlar etilgan asarlar ham ko'plab uchraydi . Ana shunday asarlar jumlasiga Mahmud Qoshg'ariyning " Devonu lug'atit - turk " asari ham kiradi . Alloma mazkur asarni 1076-1077 yillarda yozgan .
Bu kitob Mahmud Qoshg'ariyning " Devonu lug'atit - turk ” asari edi . Mazkur qo'lyozma asl nusxasidan hattot Muhammad bin Abu Bakr ibn Abdul Fotih as - Soviy al - Damashqiy tomonidan devon yozilgandan 200 yil o'tgach ( 1266 yilda ) ko'chirilgan edi . Qo'lyozma 219 varaqli jilddan iborat bo'lib , sahifalar raqamlanmagan , fikrlarning boshi va oxiri noma'lum edi . Hozir bu qo'lyozma Istambulda Fotih kutubxonasining Ali Amiriy fondida saqlanadi . " Devonu lug'atit - turk ” asarida qadimgi turkiy so'zlarning arabcha izohli tarjimasi ham berilgan . Ushbu asarni qadimiy turkiy tilning izohli lug'ati ham deyish mumkin .
Aziz Qayumovning " Qadimiyat obidalari " nomli asaridagi pand - nasihatga oid o'gitlar bilan sug'orilgan she'riy parchalar tarjimasi mazmuni orqali ularda ilgari surilgan ma'rifiy g'oyalar asosida o'sha davrda olib borilgan tarbiya mazmuni haqida ma'lumotlarga ega bo'lamiz . va uning " Devon " da inson shaxsi va uning qadr - qimmatini ulug'lashga undovchi , shuningdek , mehmondo'stlikni madh etuvchi she'rlar ham mavjud . Ana shunday g'oyalarni ifoda etuvchi she'rlarni filolog olim A.Qayumov " bir butun mehmondo'stlik qoidalari " ning majmui deb ataydi .

Xo'ja Ahmad Yassaviyning pedagogik qarashlari


Ma’lumki, insonni tarbiyalaydigan har qanday voqelik pedagogik unsurdir. U xoh
buyum bo‘lsin, xoh yirik ta’limot, maqsadi tarbiyalash, yaxshilik va ezgulikka
chorlash, diniy yo dunyoviy bilim berish bo‘lsin mohiyatan pedagogikaga uyg‘un
hisoblanadi. Aynan shunday ezgu g‘oyalarni o‘zida mujassamlashtirgan, Sharq
pedagogikasi tarixiga ulkan hissa qo‘shgan shaxslardan biri mutasavvif Xoja Ahmad
Yassaviydir.
Tasavvufning mashhur namoyandalaridan biri Xoja Ahmad Yassaviy 11-asrning
2-yarmi (taxminan 1166-yil) da Yassi yaqinidagi Sayram shahrida tavallud topgan.
Otasi Shayx Ibrohim javonmardlik tariqatiga mansub nufuzli zotlardan bo‘lgan.
Yassaviy tug‘ilgach, ko‘p o‘tmay onasi — Muso Shayxning qizi Oysha xotun vafot
etadi. 7 yoshida otasidan ham ajraladi. Yassaviy tarbiyasi bilan opasi Gavhar Shahnoz
mashg‘ul bo‘ladi. Yassaviy opasi bilan Yassiga ko‘chib borgach, 1-ustozi Arslon bob
bilan uchrashadi va undan tahsil oladi («yetti yoshda Arslon bobom izlab topdim...»).
Yassaviy Yassida botin ilmi sirlarini mukammal o‘zlashtirgan. O‘sha zamonlarda ilm-
ma'rifatning Movarounnahrdagi markazlaridan bo‘lgan Buxoroda Turkistonning turli
tomonlaridan tolibi ilmlar yig‘ilishgan. Arslon bob ko‘rsatmasi bilan Yassaviy ham
Buxoroga boradi. Davrning eng peshqadam olimi va sufiysi Shayx Yusuf Hamadoniy
bilan uchrashib, unga murid tushadi. Buxoroda u arab tili bilan bir qatorda fors tilini
ham chuqur o‘rganadi. Forsiyda yaratilgan tasavvufiy adabiyot bilan tanishadi.
Abduxoliq G‘ijduvoniy, Abdulloh Barqiy, Xoja Hasan Andoqiylar bilan hamsuhbat va
hammaslak bo‘lib, Yusuf Hamadoniy muridlari qatoridan o‘rin oladi.
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tasavvuf ta’limoti va nomdor so‘fiy olimlar
haqida qayd etar ekan, Yassaviy to‘g‘risida «Maqomoti oliy va mashhur, karomoti
matavoliy va nomahsur ermish. Murid va ashob g‘oyatsiz va shohu gado aning irodat va
ixlosi ostonida nihoyatsiz ermish», — deydi. Bu fikr Yassaviyning Yassiga qaytib kelib,
yangi bir tariqatga asos solgan murshid sifatida shuhrat topgan davrlariga tegishlidir.
XI asrda Markaziy Osiyoda rivojlangan tasavvuf ta’limoti diniy ta’limot
bo‘libgina qolmay, muhim ijtimoiy ahamiyatga ega, o‘ziga xos ta’limiy va tarbiyaviy
g‘oyalarni jamlagan yo‘nalish bo‘lgan. Tasavvuf ta’limotida ustoz va shogirdlik
an’analariga qat’iy amal qilingan, hur fikrlilik va odamiylik fazilatlari shakllantirilishiga
muhim e’tibor berilgan. Mazkur jihatlar Ahmad Yassaviy ijodida ham yaqqol ko‘zga
tashlanadi.
Yassaviy hikmatlarida ifodalangan Vatan, inson kamoloti, iymon, diyonat, nafsga
berilmaslik, rahm-shafqatlilik haqidagi axloqiy-falsafiy fikr-g‘oyalar hozirgi yoshlar
tarbiyasida ham qimmatli qadriyat bo‘lib, ular milliy pedagogikamizga qo‘shilgan katta
hissadir.
Ahmad Yassaviyning asarlari tasavvuf g‘oyalarini omma ko‘ngliga chuqur
singdirishga qaratilgan. Abdurauf Fitratning ta'kidlashicha, Yassaviyning «adabiyotda
tutgan yo‘li sodda xalq shoirlarimizning tutg‘on yo‘lidir... Uning hikmatlari vaznda,
qofiyada, uslubda xalq adabiyoti atalgan she'rlar bilan barobar».
Yuqorida ta’kidlanganidek, Ahmad Yassaviy merosida uning “Hikmat” nomi
bilan yuritilgan she’rlar to‘plami zalvorli o‘rin egallaydi. Mazkur she’rlar to‘plami
adabiy muhitda “Devoni hikmat”nomi bilan mashhur. Shuningdek, uning pedagogik
qarashlari «Rasoil» («Risolalar») asarida ham aks etgan.
«Yassaviya» tariqatining barcha aqidalari Ahmad Yassaviyning asosiy asari
bo‘lmish «Hikmat»da mufassal bayon etilgan. XII asrdagi turkiyzabon she'riyatning
ajoyib namunasi bo‘lgan, keyingi davrlardagi turkiy adabiyotga katta ta'sir ko‘rsatgan
«Hikmat» asarida «Yassaviya» ta'limotidagi poklik, halollik, to‘g‘rilik, mehr-shafqat,
o‘z qo‘l kuchi, peshona teri va halol mehnati bilan kun kechirish, Alloh taolo visoliga
yetishish yo‘lida Insonni botinan va zohiran har tomonlama takomillashtirish kabi ilg‘or
umuminsoniy qadriyatlar ifoda etilgan.


Download 114,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish