M. M. Niyazaliyeva


Ko`p qavatli materiallarni ishlab chiqarish va kiyim ishlab chiqarishda



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/64
Sana12.09.2021
Hajmi2,19 Mb.
#172241
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   64
Bog'liq
2 5348471255576087486

3.5. Ko`p qavatli materiallarni ishlab chiqarish va kiyim ishlab chiqarishda 
ulardan foydalanish 
 
 
Kundalik  kiyim-kechak  ishlab  chiqarish  va  materiallarni  tanlash  mahalliy 
iqlim  sharoiti,  tibbiy-gigienik  talablar,  aholi  guruhlarining  yoshi  va  ijtimoiy 
xususiyatlarini  hisobga  olmasdan  amalga  oshiriladi.  Eng  kam  o`rganilgan  aholi 


79 
 
guruhlaridan  biri  keksalar  bo`lib,  ularning  yoshga  bog`liq  o`zgarishlari  inson 
tanasining asosiy funktsiyalarining kamayib borishi va shunga mos ravishda uning 
moslashish qobiliyatining  pasayishi  bilan tavsiflanadi.  ЦНИИШПda  55  va undan 
katta  yoshdagi  odamlar  uchun  kiyim-kechak  dizayni  ustida  ish  olib  boradilar. 
O`rganish  ob’ekti  tanlashning  dolzarbligi  zamonaviy  insoniyatning  tibbiy  va 
ijtimoiy  muammosi  bo`lgan  global  qarish  tendentsiyasi  bilan  ham  tasdiqlanadi. 
Kiyimlarga  bo`lgan  asosiy  talab  inson  salomatligi  va  hayoti  xavfsizligini 
ta’minlashdir.  Keksa  odamlar  uchun  ishlab  chiqarilgan  kiyimlar  yaxshilangan 
gigienik  xususiyatlarga  ega  bo`lishi,  qulay  holatni  ta’minlashi,  elektrostatik 
neytral, engil, foydalanishga qulay, ekspluatatsiya davomida o`z shakliga saqlashi, 
etarlicha kiyishga chidamli va modaga javob berishi hamda maqbul narxlarga ega 
bo`lishi  kerak. Kiyim  -  bu  murakkab ko`p  qatlamli  mahsulot, tashqi ko`rinishi va 
foydalanish xususiyatlari paketida ishlatiladigan asosiy va yordamchi materiallarga 
bog`liq.  Ilmiy  asoslangan  materiallarni  to`g`ri  tanlash  kiyimning  sifatini,  tashqi 
ko`rinishini, ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini, zamonaviy texnologik 
uskunalardan  foydalanish  imkoniyatini  aniqlaydi.  Ushbu  talablar  ko`p  qatlamli 
materiallardan  tayyorlangan  mahsulotlar  tomonidan  qondiriladi,  kiyim  ishlab 
chiqarishda ulardan foydalanish juda muhimdir, chunki mahsulot turlarini sezilarli 
darajada  kengaytirish,  ularning  iste’mol  xususiyatlarini  yaxshilash  va  ishlab 
chiqarish uchun kam operatsion texnologiyalardan foydalanish imkonini beradi. 
 
Ko`p  qatlamli  materiallarni  yaratish  uchun  asosan  uchta  ishlab  chiqarish 
usuli qo`llaniladi: 
 
1. Kukun ko`rinishidagi elim yordamida issiqlik ta’siri bilan yopishtiruvchi 
(poliamid, poliuretan va boshqalar) termo ishlov berish; 
 
2.  Poliuretan ko`pikining erigan birikmasi (olov usuli deb ataladi); 
 
3. To`qish paytida polotnolarni biriktirish.  
 
Birinchi  usul  eng  keng  tarqalgan  bo`lib,  eng  samarali  hisoblanadi.  Bunday 
holda,  har  xil  turdagi  materiallarni,  xom  ashyoning  tarkibi,  sirt  zichligi,  qalinligi, 
qattiqligi,  materiallarni  birlashtirishning  rulonli  texnologiyasi  qo`llaniladi. 
Amaldagi elim turlari gigienik nuqtai nazardan ekologik toza va kimyoviy tozalash 


80 
 
va yuvishga juda chidamlidir. Yaratilayotgan materialga bo`lgan talablarni hisobga 
olish  va  birlashtirish  jarayonining  texnologik  parametrlarini  (harorat,  bosim  va 
ta’sir  qilish  vaqti,  yopishqoq  qoplamaning  zichligi)  hisobga  olgan  holda,  uning 
maqbul  tarkibiga  erishiladi.  Ko`p  qatlamli  materiallarni  ishlab  chiqarishning 
birinchi  usuli,  ya’ni  yopishtiruvchi  yelim  yordamida  to`qimachilik  matolarini 
issiqlik  bilan  biriktirish  quyidagicha  amalga  oshiriladi.  Ko`p  qatlamli  materiallar 
ikki yoki uch xil to`qimachilik materiallarini birlashtirish orqali amalga oshiriladi. 
Shuningdek,  olingan  materiallar  mutlaqo  boshqacha  xususiyatlarga  ega  bo`lishi 
mumkin  va  kiyimlarni  ishlab  chiqarishda  qo`llanilishi  mumkin.  Ko`p  qatlamli 
materiallar  kiyim  ishlab  chiqarish  texnologiyasini  va  kiyimlarning  assortimentini 
o`zgartirishi  mumkin.  Kiyim  ishlab  chiqarishda  ko`p  qatlamli  materiallardan 
foydalanish  uni  ishlab  chiqarish  tannarxini  pasaytiradi  (bichish  va  tikishda)  va 
shuning  uchun  tayyor  mahsulot  narxini  pasayadi.  Texnologik  jarayon  davomida 
texnologik  operatsiyalar  sonini  kamaytirish  hisobiga  ishlab  chiqarish  xarajatlari 
sezilarli  darajada  kamayadi:  tayyorlash  va  bichish  -  ikkita  turdagi  materiallar 
(yuqori  va  astarli)  o`rniga  bitta  (birlashtiriladigan)  materialdan  bichilgan 
bo`laklarni  yig`ish  amalga  oshiriladi;  tikish  jarayonida  -  astarni  tayyorlash  va  uni 
avraga ulashga hojat qolmaydi.  
 
16- rasm. Аqlli matolar (Smart Fabric) 


81 
 
 
 
Ko`p  qatlamli  materiallardan  foydalanish,  shuningdek,  ularni  qayta  ishlash 
bilan  bog`liq  barcha  operatsiyalar  bilan  bir  qatorda,  birlashtiriladigan 
materiallariga bo`lgan ehtiyojni ham yo`q qiladi. Ko`p qatlamli materiallarni ishlab 
chiqishda,  to`qimachilik  matolarining  noan’anaviy  kombinatsiyasini  qo`llash 
mumkin,  bu  esa  asl  kompozitsiyalarni  yaratishga  imkon  beradi.  Masalan,  ustki 
kiyimlar uchun matolardan (ko`ylak, kostyum) bir vaqtning o`zida foydalanish ikki 
tomonlama  kostyumlar,  pidjaklar,  yubkalar  va  boshqalarni,  avra  va  astarli 
matolarni - astarsiz kurtkalar, plashlar, shimlar, nimchalarnilarni yaratishga imkon 
beradi;  sun’iy  mo`yna  va  astarli  trikotaj  matolarning  kombinatsiyasi  esa  qalin 
pal`to,  pidjaklar,  nimchalarning  assortimentini  kengaytirish  imkoniyatini  beradi. 
Bunga  qo`shimcha  ravishda,  dastlabki  shaklida  keng  tarqalmagan  materiallardan 
foydalanish  mumkin,  masalan:  ipli-tikilgan  noto`qima  mato  (shakl  saqlashdagi 
barqarorligining  pastligi  tufayli),  bo`laklarining  kuchli  parchalanishi  bilan  ajralib 
turadigan kimyoviy tolalardan tayyorlangan matolardan foydalanish mumkin. Ko`p 
qatlamli  materiallarning  sifati  berilgan  vazifa  asosida  kiyim  konstruktsiyasi 
yaratish, ekspluatatsiya davrida yaxshi saqlanib qolish qobiliyati bilan belgilanadi. 
Buning  uchun  ko`p  qatlamli  material  uning  iste’molchi  talablarini  tavsiflovchi 
xususiyatlarga  ega  bo`lishi  kerak.  Bularga,  birinchi  navbatda,  qatlamlar  orasidagi 
kuchli  bog`lanish,  qattiqlik,  elastiklik  va  kimyoviy  tozalashga  chidamliligi  kiradi. 
Qatlamlar orasidagi bog`lanishning mustahkamligi (bog`lanish kuchi) boshlang`ich 
materiallarning  to`qimalariga,  ya’ni,  yuzasining  makro  va  mikrorel`elflari  ta’sir 
qiladi.  Mikrorel`ef  material  tayyorlanadigan  tolaning  turiga  bog`liq.  Masalan, 
paxta tolasi, viskoz tolasi yuzalari burmalar botiqliklardan tashkil topgan fibrillyar 
tuzilishga  ega  va  shuning  uchun  poliamid  yoki  poliesterning  silliq  tolalariga 
qaraganda  yaxshi  yopishqoqlik  xususiyatiga  ega.  Gazlama  yoki  trikotaj  mato 
yuzasida makrorel`yef to`qima iplarining o`rilishi hisobiga hosil bo`ladi, noto`qima 
matolarda  esa  tolalarning  turli  yo`nalishlarda  joylashishi  hisobiga  yuzaga  keladi. 
Shunga  ko`ra,  materiallarning  yelim  bilan  yopishqoqlik  xususiyatlari  turli  xil 
bo`ladi.  Ko`p  qatlamli  materiallarni  birlashtirishning  mustahkamligi,  shuningdek, 


82 
 
qattiqligi va egiluvchanligi ko`p jihatdan mato zichligiga, yelim qatlamining mato 
yuzasiga yoyilishiga va yopishtirish usuliga (kukunli yopishtirish) bog`liq. Yelimli 
biriktirishning  eng  yaxshi  natijasi  -  bu  elimni  qo`llashda  yuzaga  notekis  purkash 
usulidan  foydalanish  hisoblanadi.  Natijada  olingan  material  egiluvchanlik  va 
yumshoqlikka  yaxshiroq  ega  bo`ladi.  Yaratilgan  ko`p  qatlamli  materiallarning 
sifati  ko`p  jihatdan  ishlatiladigan  texnologik  uskunalar  turiga  va  ularning  ritmik 
rejimlariga  bog`liq.  Materiallarni  qo`shish  jarayonida  quyidagilar  aniqlandi: 
qirqimlari  buralmaydigan  "pike"  naqshli  trikotaj  matolar  eng  maqbuldir; 
takrorlanadigan  materiallarning  yuza  zichligi  oshmasligi  kerak;  yuqori  qatlam 
uchun - 300 g / m2, pastki qatlam uchun - 150 g / m2 yetarli bo`ladi.  
 
Tikuv tsexida tashish qiyin bo`lgan ko`p qatlamli qo`shilgan materiallarning 
xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda,  shuningdek  ulardan  astarsiz  issiq  kiyimlar 
tayyorlash  imkoniyati,  ularni  qayta  ishlashdagi  alohida  xususiyatlari  aniqlanadi. 
Bunday qo`shilgan materiallardan kiyim-kechak ishlab chiqarish uchun texnologik 
jarayonlarini tashkil etishda quyidagilardan foydalanish tavsiya etiladi: 
materialni siljitish uchun qo`shimcha mexanizmlar bilan jihozlangan maxsus 
tikuv  uskunalari  (baxyaqatorni  kattalashtiruvchi  lapka,  oxlab  o`tuvchi  igna  va 
boshqalar);  
tekis  zanjirsimon  baxyaqator  tikadigan  ko`p  funktsiyali  tikuv  mashinalari 
qirqimlar va baxyaqatorlarni tikishda parallel (yo`rmalash va tikish) foydalanishga 
imkon beradigan. Ushbu mashinalarda ishlov berilgan buyumlardagi baxyaqatorlar 
bir  vaqtning  o`zida  dekorativ  funktsiyani  bajarishi  ham  mumkin  (keskin 
farqlanadigan rangdagi tikuv iplarini ishlatganda);  
detal  qirqimlarini  qirqish,  pardoz  beykalarini  tikish  moslamalari  bo`lgan 
tikuv  mashinalari  va  h.  k.;  kengligi  0,8  -  1,0  sm  bo`lgan  baxyaqatorlar  ochiq 
qirqimlarni (mahsulotning etak qismi va englari, bo`yin o`mizi va boshqalar) qayta 
ishlaydigan  zanjirsimon  baxyaqator  uchun  tikuv  mashinalari.  Tadqiqotlar 
natijasida tikuvchilik buyumlari ishlab chiqarishda ko`p qatlamli materiallar sanoat 
texnologiyasini rivojlantirish uchun ilmiy-texnik baza yaratildi.   
 


83 
 
Nazorat savollari: 
1.  Matolarning noyob xususiyatlari deganda nimalarni inobatga olish kerak? 
2.  “Aqlli” matolar nima sababdan “aqlli”  deb ta’riflanadi? 
3.  Kiyimlarni loyihalashda qanday talablarga va asosga tayanib loyihalanadi? 
4.  Ekologik toza matoga ta’rif bering. 
5.  “Nano” qo`shimchasi texnologiyalarga qo`llanilishini asoslab bering. 
6.  Gazlamalarga qo`yiladigan talablar omillari nimalarni o`z ichiga oladi? 
7.  Shifobaxsh  matolarni  ishlab  chiqarishda  ularga  ilmiy  yondoshuv  asosi 
nimalarda aks etadi? 
8.  Antibakterial matolar qanday jarayonlarda qo`llashga mo`ljallangan? 
9.  Antibakterial  matolar  asosini  tashkil  etuvchi  komponentlarni  tanlash 
omillarini aniqlang. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


84 
 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish