Lotin Amerikasi mamlakatlari XIX asr oxiri XX asr boshlarida
MUNDARIJA
KIRISH
I.BOB. 19 ASR OXIRI VA 20 ASR BOSHLARIDA LOTIN AMERIKASI DAVLATLARI.
1.1. 20 asr boshlarida Lotin Amerikasi davlatlari.
1.2.Lotin Amerikasi davlatlarining yarim mustamlakaga aylantirilishi
II.BOB. Lotin Amerikasi davlatlarining xalqaro mehnat taqsimoti tizimidagi o'rni.
2.1.Iqtisodiyotning xomashyo eksporti tarkibi: turlari, ishlab chiqarish munosabatlari tizimi, asosiy ziddiyatlari.
2.2.19-asrda Lotin Amerikasi iqtisodiy rivojlanishining xususiyati.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Lotin amerikasi (ispancha America Latina) — Shimoliy Amerikaning janubiy qismida, Rio-Bravodel — Norte daryosidan jan.da (Markaziy Amerika va Vest-Indiya bilan birga) va Janubiy Amerika joylashgan mamlakatlarning umumiy nomi. Umumiy maydoni 20,5 mln. km². Lotin Amerikada Antigua va Barbuda, Bagama Orollari, Barbodos, Beliz, Gaiti, Gvatemala, Gonduras, Grenada, Dominika, Dominikana Respublikasi, Kosta-Rika, Kuba, Meksika, Nikaragua, Panama, Salvador, Sent-Vinsent va Grenadina, Sent-Kits va Nevis, Sent-Lyusiya, Trinidad va Tobago, Yamayka, Argentina, Boliviya, Braziliya, Venesuela, Gayana, Kolumbiya, Paragvay, Peru, Surinam, Urugvay, Chili, Ekvador dav-latlari va Buyuk Britaniya, Fransiya, Niderlandiya hamda AQSH mulklari joylashgan. Lotin Amerikada aholisi etnik tarkibi jixatidan juda xilma-xil. Lotin Amerikada mamlakatlarida Yevropadan koʻchib borganlar va ularning avlodlari, metislar, mulatlar, indeyslar, negrlar, xitoylar, hindlar va boshqa yashaydi. 18 mamlakatda davlat tili yoki rasmiy til — ispan tili, Braziliyada portugal tili, Gaitida fransuz tili, Surinamda niderland tili, qolgan mamlakatlarda ingliz tili. Lotin Amerikada axrlisining koʻpchiligi soʻzlashadigan roman tillari lotin tili negizida tashkil topganligi sababli qitʼaning bu qismi «LOTIN AMERIKA» deb ataladi.
Yevropalik istilochilar bosib olgunlariga qadar Lotin Amerikada aholisi boʻlgan indeys qabilalari ilk sinfiy davlatlarni vujudga keltirgan. Bu xalqlarning ayrimlari oʻz yozuvlarini ham ixtiro qilishgan, shuningdek astronomiya, mat. va tibbiyot fanlari sohalarida, rangli metallarga ishlov berish, toʻquvchilik, qurilish texnikasi, dengizchilik, tasviriy sanʼatda ancha yutuqlarga erishishgan. 15-asrning oxirlarida X. Kolumbning Amerika qitʼasiga ilk bor borishi bir kancha Yevropa mamlakatlari tomonidan Lotin Amerikada ning bosib olinishini boshlab berdi. 19-asrning boshlariga kelib uzok, vaqt davom etgan mustaqillik uchun kurashlar deyarli barcha mustamlakalarning siyosiy mustaqillikni qoʻlga kiritishi bilan yakunlandi.
Lotin Amerikadasining 26 mamlakati aʼzo boʻlgan Lotin Amerikasi iqtisodiy sistemasi deb nomlanuvchi regional iqtisodiy tashkilot (qarorgohi Karakasda) hamda 11 mamlakat aʼzo boʻlgan Lotin Amerikasi integratsiya assotsiatsiya (uyushma)si deb nomlanuvchi savdo-iqtisodiy guruh (qarorgohi Montevideoda) tashkil etilgan. Lotin Amerikada tabiiy resurslarga juda boy. Temir rudasi, boksit, oltin, mis, kobalt, nodir va noyob metall konlari, Atlantika okeani sohilida neft va gaz konlari bor. Tuprogʻi va iqlim sharoitlari Lotin Amerikadada qimmatbaho tropik oʻsimliklar, jumladan kakao, shakarqamish, kofe, sitrus mevalar va boshqalarni yetishtirish imkonini beradi. Qisman tropik va subtropik oʻrmonlar saqlanib qolgan.Lotin Amerikasining iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan mamlakatlari — Braziliya, Argentina va Meksika. Lotin Amerikada mamlakatlari eksportining 80%ni xom ashyo tovarlari tashkil etadi, chetdan esa, asosan, tayyor mahsulot keltiriladi. Yana Lotin Amerikadada joylashgan mamlakatlarning alohida maqolalariga qarang .
Do'stlaringiz bilan baham: |