Kompyuterdan turli masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin. Axborot almashish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshka kompyuterlar bilan umumiy ulanish kerak bo'ladi. Kompyuterlarning o'zaro axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuiga kompyuter tarmoqlari deyiladi.Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan kompyuterlar va axborot ashyolariga bog'liq.Axborot ashyolari deganda arxiv, kutubxona, fondlar, ma'lumotlar ombori va boshka axborot tizimlaridagi hujjatlar yig'indisi tushuniladi.
Tarmoqdagi kompyuterlarda saqlanayotgan axborot ashyolariga ushbu tarmoqqa ulangan boshqa kompyuterlar yordamida kirish mumkin. Jamiyatning hozirgi bosqichda axborot texnologiyalarining rivojlanishini kompyuter tarmog'isiz tasavvur qilib bo'lmaydi.Kompyuter tarmog'i - bu aloqa kanallari orqali yagona tizimga bog'langan kompyuter va terminallar majmuidir. Tarmoq axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob'ektlar tarmoq ob'ektlari deyiladi. Tarmoq ob'ektlari alohida kompyuter, kompyuter kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo'lishi mumkin. Axborotni territorial joylashuviga qarab kompyuter tarmoqlarini 3 ta asosiy sinfga ajratish mumkin:
1. Global tarmoqlar.
2. Regional (mintaqaviy) tarmoqlar.
3. Lokal (mahalliy) tarmoqlar.
Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlarda turli qit'alarda joylashgan obonentlarni birlashtiradi. Obonentlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda telefon aloqa liniyalarida, radio aloqa, sputnik aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi.
Mintaqaviy kompyuter tarmoqlari bir-biridan ancha uzoqda joylashgan biror bir mintaqaga tegishli obonentlarni birlashtiradi. Misol: biror shahar ichidagi yoki iqtisodiy regionda yoki alohida bir mamlakatda joylashgan obonentlarni birlashtiruvchi tarmoq.Lokal tarmoq kichik bir hududda joylashgan obonentlarni birlashtiradi. Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog'langan bo'ladi. Misol: biror korxona yoki tashkilotga mahallliy tarmoqning uzunligini 2-3 km bilan cheklash mumkin.Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba'zan, telefon tizimi yoki radiokanal) orqali amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar tarmoqqa ulangan kompyuterlardagi ma'lumotlarni birgalikda qayta ishlash va ma'lumotlarni ayirboshlash va dastur, chop etish qurilmasi, modem va boshqa qurilmalardan birgalikda foydalanish imkoniyatiga ega bo'lishadi.Shuning uchun, bittadan ko'p kompyuterga ega bo'lgan firmalar o'z kompyuterlarini lokal tarmoqqa birlashtiradi.
Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa yaqin bo'lganligi bois, telefon kanallaridan foydalanmasdan axborotni uzatish tezligini oshirish mumkin.Lokal tarmoqda axborotni uzatish uchun axborotni marshrutlash va selektsiyalash lozim buladi.Marshrutlash bu - kerakli manzilga axborot blokini uzatish yo'lini aniqlash jarayonidir.Selektsiyalash - tegishli manzildagi axboroni saralash demakdir.
Lokal tarmoqlar axborotni marshrutlash va selektsiyalash usuli buyicha ikki sinfga ajratiladi.
Lokal tarmoqlar selektsiyalash orqali axborotni bir abonent tizimidan boshka tizimga uzatishni ta'minlaydi.
Ishchi tizimlar katta miqdordagi ma'lumotni saqlash, izlash, murakkab hisoblashlar, modellashtirish, dasturiy ta'minotni rivojlantirishga xizmat kiladi.
Ma'muriyat tizimlari—tarmoqni boshqaradi. Kommunikatsion tizimlar abonent tizimlar orasidagi axborotlarni uzatish uchun marshrutlash va bog'lanishlarni kommutatsiya kilish vazifasini bajaradi.
Global, mintaqaviy va lokal tarmoqlarning birlashmasi ko'p tarmoqli iyerarxiyani tashkil etish imkonini beradi. Misol: INTERNET kompyuter tarmoqlari keng tarqalgan ommaviylashgan kompyuter tarmog'idir. Uning tarkibiga erkin ravishda birlashgan tarmoq kiradi. Uning nomini o'zi "tarmoqlar orasida" ma'nosini bildiradi. Shuning uchun u katta imkoniyatlarga ega. Internet alohida tarmoqlarni birlashtirgan. Internetning asosiy yacheykasini maxalliy kompyuter tarmoqlari tashkil etadi.
Kompyuterning mahalliy tarmoqqa ulashning 3 turi mavjud.
1. Xalqasimon.
2. Shinali.
3. Yulduzsimon.
Xalqasimonbog'lanishda kompyuterlar yopiq chiziq bo'yicha bog'langan bo'ladi. Tarmoqning kirish qismi chiqish qismi bilan ulangan bo'ladi. Axborot xalqa bo'yicha kompyuterdan kompyuterga o'tadi.
Shinalibog'lanishda esa ma'lumotlar uzatuvchi kompyuterdan shina bo'yicha har ikki tomonga uzatiladi.
Yulduzsimonbog'lanishda markaziy kompyuter mavjud bo'lib, unga qolgan barcha kompyuterlar bog'langan bo'ladi.
Axborot texnologiyasi shu jumladan kompyuterlar keng qo'llanilib kelayotgan ayrim sohalarni ko'rib chiqamiz.
1. Biznes sohasi - biznes reja tuzishda va kutilayotgan daromad va chiqimlarni hisoblashda;
• mijoz haqida ma'lumotlar ro'yhatini saqlash va u bilanishlashda va hok.
2. Bank sohasi-yil davomida sutkasiga 24 soat mijozlarga aloqa uchun va tegishli ma'lumotlarni olish, balansni tekshirish, hisobni to'lash imkoniyatini yaratish.
• mijozlarga xizmat ko'rsatish madaniyatini oshirish;
• kredit kartochkalari yordamida telefon yoki Internet orqali xizmatni yo'lga qo'yish va h.k.
3. Robototexnika sohasida. Kompyuter asri boshlanishi bilan inson og'ir va zararli mehnatdan ozod etadigan robotlar paydo bo'ldi. Ular odam qiyofasida bo'lmasa ham ko'plab funktsiyalarni bajara oladilar. Misol: UZDAEWOO avto O'zbekiston-Koreya qo'shma avtomobil korxonasida turli ishlarni bajaradigan robotlar keng qo'llanilmoqda.
4. Marketing sohasi. Marketingda eng asosiy bozorni haridorlar talab ehtiyojlarini chuqur va har taraflama o'rganish va ishlab chiqarishni shuning asosida qurish, ikkinchi tomondan esa mavjud talab va ehtiyojga faol ta'sir ko'rsatish haridorlarni muayyan omillarga bo'lgan talablarni shakllantirishdan iborat.
5. Ishlab chiqarish sohasida. Ishlab chiqarishning deyarli barcha sohalarida kompyuterlar qo'llanilib kelinmoqda. Kompyuterlar ko'pgina texnologik jarayonlarni boshqarmoqda. Maxsulotni ishlab chiqarishda axborot asosiy kompyuterdan ishlab chiqarish liniyalariga yetkaziladi. U yerda axborotni qabul qilishga tayyor turgan robotlar kompyuter uzatgan dastur asosida mahsulotni yig'a boshlaydi. Tayyor mahsulotlar esa robotlar yordamida tekshirilib omborlarga jo'natiladi.
Bajardi: 11 "A" sinf o'quvchisi Sa'dullayev Ilhomjon