Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan



Download 61,63 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.12.2021
Hajmi61,63 Kb.
#199027
Bog'liq
PF-6044-сон 24.08.2020. Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING

FARMONI


LITSENZIYALASH VA RUXSAT BERISH TARTIB-TAOMILLARINI TUBDAN

TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

So‘nggi  yillarda  respublikada  ishbilarmonlik  va  investitsiya  muhitini  tubdan  yaxshilash,

ortiqcha  byurokratik  to‘siqlarni  bartaraf  etish,  eskirgan,  zamon  talablariga  mos  kelmaydigan

tartib-taomillarni takomillashtirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur  yo‘nalishlarda  olib  borilgan  ishlar  litsenziyalash  va  ruxsat  berish  tizimini

liberallashtirish hamda institutsional isloh qilishning yangi bosqichini boshlash uchun mustahkam

asos yaratdi.

Litsenziyalash  va  ruxsat  berish  tartib-taomillarini  tubdan  takomillashtirish  hamda

byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish orqali tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun yanada keng

shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:

1.  Adliya  vazirligi,  Tadbirkorlik  subyektlarining  huquqlari  va  qonuniy  manfaatlarini

himoya  qilish  bo‘yicha  vakil,  Monopoliyaga  qarshi  kurashish  qo‘mitasi  va  Savdo-sanoat

palatasining quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflariga rozilik berilsin:

birinchi  bosqichda  (2020-yil  davomida)  —  fuqarolar  sog‘lig‘iga  va  jamiyatga  ziyon

yetkazmaydigan  litsenziya  va  ruxsat  etish  xususiyatiga  ega  hujjatlarning  ayrim  turlarini

qisqartirish  va  tartibga  solishning  muqobil  usullariga  o‘tkazish,  tadbirkorlik  subyektlaridan

ortiqcha hujjat talab qilmaslik va ularning vaqt hamda mablag‘lari sarflanishini kamaytirish uchun

tartib-taomillarni  soddalashtirish,  tegishli  hujjatlarni  berish  jarayonlarini  to‘liq  raqamlashtirish

orqali shaffoflikni ta’minlash;

ikkinchi  bosqichda  (2020-2021-yillar  davomida)  —  litsenziyalash  va  ruxsat  berish

sohasidagi qonun hujjatlarini tizimlashtirish, davlat xizmatlari ko‘rsatishning pasportlarini ishlab

chiqish, ayrim turdagi litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar berishning namunaviy

ma’muriy  reglamentlarini  joriy  qilgan  holda  normativ-huquqiy  hujjatlar  sonini  tubdan

qisqartirish.

2. Belgilansinki 2021-yil 1-yanvardan boshlab:

a) litsenziyalanadigan faoliyat va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning:

1-ilovaga muvofiq ayrim turlari bekor qilinadi;

2-ilovaga muvofiq ayrim turlari birlashtirish yo‘li bilan bekor qilinadi;

3-ilovaga  muvofiq  ayrim  turlari  xabardor  qilish  tartibi  joriy  etilishi  yo‘li  bilan  bekor

qilinadi;

b)  4-ilovaga  muvofiq  litsenziyalanadigan  faoliyat  va  ruxsat  etish  xususiyatiga  ega

hujjatlarning ayrim turlarini rasmiylashtirish muddatlari qisqartiriladi.

Xabardor  qilish  tartibi  joriy  etilgan  faoliyat  (harakat)  uchun  rasmiylashtirilgan  litsenziya

yoki  ruxsat  etish  xususiyatiga  ega  hujjatlarning  amal  qilishi  o‘z  kuchida  qoladi  va  ushbu  faoliyat

(harakat)ni amalga oshirish uchun vakolatli organni xabardor qilish talab etilmaydi.

Litsenziya  va  ruxsat  etish  xususiyatiga  ega  hujjatlarni  berishga  vakolatli  hamda

xabarnomalarni  qabul  qiladigan  organlar  (keyingi  o‘rinlarda  —  vakolatli  organlar)  2021-yil  1-

yanvarga  qadar  avval  rasmiylashtirilgan  litsenziya  va  ruxsat  etish  xususiyatiga  ega  hujjatlar

reyestrini xatlovdan o‘tkazsin va yangi tartib asosida yuritilishini ta’minlasin.

3.  Litsenziya  va  ruxsat  etish  xususiyatiga  ega  hujjatlarni  olish  tartib-taomillarini  yanada

qisqartirish va soddalashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. 2021-yil 1-yanvardan boshlab:

a)  turizm  faoliyatini  litsenziyalashda  turoperatorlar  xizmatlarini  sertifikatlash  ixtiyoriy

etib belgilansin;

b) quyidagilar bekor qilinsin:

kredit  byurolari  faoliyatini  litsenziyalashda  kamida  10  ta  tijorat  banki  bilan  kredit

almashinuvini amalga oshirishga roziligini tasdiqlovchi hujjat mavjudligi talabi;

dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalashda

ushbu faoliyat uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan ularning xuddi shunday

faoliyat bilan shug‘ullanuvchi filiallari tashkil etilganda har bir filial manzilini asosiy litsenziyada

ko‘rsatish amaliyotini joriy qilish orqali filiallarga alohida litsenziya rasmiylashtirish amaliyoti;



yer  qa’ri  uchastkalaridan  foydalanish  huquqi  uchun  litsenziya  olishda  talabgordan

mahalliy davlat hokimiyati organlarining kafolat xatlarini olishni talab qilish tartibi.

5. Belgilansinki:

xabardor  qilish  tartibida  amalga  oshiriladigan  faoliyat  jumlasiga  faoliyatni  boshlash  yoki

harakatni  amalga  oshirish  uchun  vakolatli  organ  tomonidan  qaror  qabul  qilinishi  talab

etilmaydigan,  biroq  davlat  tomonidan  tartibga  solinishi  hamda  tegishli  faoliyat  bilan

shug‘ullanayotgan  subyektlarning  hisobini  yuritishni  ta’minlash  uchun  qonun  hujjatlarida

belgilangan  talab  va  shartlarga  rioya  etish  majburiyatini  o‘z  zimmasiga  olish  orqali  amalga

oshiriladigan faoliyat turlari kiradi;

xabarnoma yuborish orqali jismoniy va yuridik shaxslar xabardor qilish tartibi joriy etilgan

faoliyat yoki harakatni amalga oshirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan talab va shartlarga

muvofiq  ekanliklarini  tasdiqlaydi.  Bunda,  avtomatlashtirilgan  elektron  tizim  orqali  qonun

hujjatlarida  belgilangan  talab  va  shartlarga  muvofiqligi  hujjatlarni  taqdim  etish  jarayonida

ustuvor ravishda inson aralashuvisiz tekshiruvdan o‘tkaziladi;

amalga oshirilishi uchun litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat va vakolatli organni

xabardor qilish talab etiladigan faoliyat turlari ro‘yxatlari qonun bilan tasdiqlanadi hamda tegishli

qonun  qabul  qilingandan  so‘ng  ushbu  ro‘yxatlarga  kiritilmagan  faoliyat  yoki  harakatni  amalga

oshirish  uchun  jismoniy  va  yuridik  shaxslardan  ma’muriy  tartib-taomillardan  o‘tishni  talab

qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

6. Vakolatli organlar tomonidan quyidagi harakatlarning amalga oshirilishi taqiqlansin:

litsenziyalar  berish,  ularning  amal  qilish  muddatini  uzaytirish  va  ularni  qayta

rasmiylashtirishda  litsenziya  talabgorining  elektr  energiyasi,  tabiiy  gaz  yetkazib  berish,  suv

ta’minoti  va  suv  chiqarish  xizmatlari,  qattiq  maishiy  chiqindilarni  to‘plash  va  olib  chiqib  ketish

xizmatlari  uchun  majburiy  to‘lovlar  bo‘yicha,  shuningdek,  ijro  hujjatlari  bo‘yicha  qarzdorligi

mavjudligi sababli davlat xizmatlari ko‘rsatishni rad etish;

litsenziya  va  ruxsat  etish  xususiyatiga  ega  hujjatlarni  davlat  organlari  va  tadbirkorlik

subyektlari o‘rtasida tuziladigan o‘zaro shartnomalarga almashtirish;

litsenziya  va  ruxsat  etish  xususiyatiga  ega  hujjatlarni  berish  haqidagi  arizalarni  ko‘rib

chiqish,  ushbu  hujjatlarni  berish,  shuningdek,  nazorat  funksiyalarini  amalga  oshirish  jarayonida

tadbirkorlik subyektini litsenziya va ruxsat berishga doir talab va shartlarda nazarda tutilmagan

haq  evaziga  boshqa  turdagi  xizmatlardan  foydalanishga  yoki  ruxsat  etish  xususiyatiga  ega

hujjatlarni olishga bevosita yoki bilvosita majburlash.

7.  2020-yilda  muddati  tugaydigan  barcha  litsenziya  va  ruxsat  etish  xususiyatiga  ega

hujjatlarning  amal  qilish  muddati  2021-yil  1-yanvarga  qadar  uzaytirilsin  va  ularning  muddati

o‘tganligi munosabati bilan javobgarlikka tortish va boshqa choralar qo‘llanilishi taqiqlansin.

8.  Faoliyatning  litsenziyalanadigan  turi  bilan  shug‘ullanadigan  hamda  O‘zbekiston

Respublikasi  Prezidenti  yoki  Vazirlar  Mahkamasi  qarorlari  bilan  tashkil  etilgan  davlat  unitar

korxonalari va nodavlat tashkilotlarning tegishli litsenziyani olmasdan faoliyatini amalga oshirish

huquqi 2021-yil 1-yanvardan bekor qilinsin.

9. Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

bilan birgalikda 2021-yil 1-yanvarga qadar litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-

taomillari bilan bog‘liq barcha jarayonlarni qamrab olgan, idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik

qilish  imkoniyatiga  ega  hamda  maxsus  mobil  ilovasi  mavjud  bo‘lgan  “Litsenziya”  axborot  tizimi

ishlab chiqilishi va ishga tushirilishini ta’minlasin.

Bunda, “Litsenziya” axborot tizimi quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lishi nazarda tutilsin:

a) litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan o‘tish borasida:

litsenziya  va  ruxsat  etish  xususiyatiga  ega  hujjatlarni  olish  yoki  amal  qilish  muddatini

uzaytirish uchun ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlarni topshirish, QR-kod (matrik shtrixli kod)

qo‘yilgan elektron litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish;

vakolatli  organlar  tomonidan  arizalarni  ko‘rib  chiqish  hamda  litsenziya  va  ruxsat  etish

xususiyatiga ega hujjatlarni berish yoki berishni rad etish haqida qarorlar qabul qilish;

faoliyatni  boshlaganlik  yoki  tugatganlik  haqida  vakolatli  organni  xabardor  qilish  uchun

xabarnomalar yuborish va xabarnoma qabul qilinganligi to‘g‘risida tasdiqnomalar olish;

arizani ko‘rib chiqish uchun davlat boji, yig‘im va barcha turdagi to‘lovlarni Yagona billing

tizimi orqali elektron to‘lash;



litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal

qilishini to‘xtatib turish va bekor qilish haqidagi arizalarni qabul qilish va ko‘rib chiqish;

b)  litsenziyalash,  ruxsat  berish  va  xabardor  qilish  tartib-taomillarini  amalga  oshirishda

vakolatli organlarning o‘zaro hamkorligi borasida:

boshqa  vakolatli  organlardan  qo‘shimcha  hujjat  va  ma’lumotlarni  olish  hamda  ular  bilan

kelishishni “bir darcha” tamoyili asosida tadbirkorlik subyektining ishtirokisiz mustaqil ravishda

amalga oshirish;

berilgan  litsenziya  va  ruxsat  etish  xususiyatiga  ega  hujjatlarning  hamda  xabarnoma

yuborgan tadbirkorlik subyektlarining avtomatlashtirilgan reyestrlarini yuritish;

litsenziya  va  ruxsat  etish  xususiyatiga  ega  hujjatlarga  hamda  xabarnomalarga  aloqador

ma’lumotlarni tegishli idoralarning ma’lumotlar bazasi orqali avtomatik tarzda tekshirish;

v)  litsenziya  va  ruxsat  etish  xususiyatiga  ega  hujjatlar  hamda  xabarnomalarga  tegishli

bo‘lgan talab va shartlarning bajarilishini monitoring qilish borasida:

litsenziya  va  ruxsat  etish  xususiyatiga  ega  hujjatlar  hamda  xabarnomalarga  doir  talab  va

shartlarga rioya etilishi ustidan vakolatli organlar tomonidan masofaviy nazoratni amalga oshirish;

davlat  xizmati  ko‘rsatilishining  har  bir  bosqichida  murojaatlarning  ko‘rib  chiqilishini

kuzatib borish;

litsenziya  va  ruxsat  etish  xususiyatiga  ega  hujjatlar  hamda  xabarnomalar  bilan  bog‘liq

harakatlar, shu jumladan bekor qilish va to‘xtatib turish bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan sud

va boshqa idoralarga murojaat qilish;

arizalarni ko‘rib chiqish, litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yohud

berishni  rad  etish,  uning  amal  qilishini  to‘xtatib  turish  haqidagi  qarorlar  ustidan  jamoatchilik

nazoratini  joriy  etish,  shuningdek,  tegishli  faoliyat  bilan  litsenziyasiz  yoki  boshqa  ruxsat  etish

xususiyatiga ega hujjatsiz yohud xabarnoma yubormasdan shug‘ullanish hamda belgilangan talab

va  shartlarni  buzish  holatlari  haqida  to‘g‘ridan  to‘g‘ri  joylashish  nuqtasini  ko‘rsatgan  holda

ma’lumot berish;

vakolatli organlarning avtomatik shakllantiriladigan reytingini yuritish;

vakolatli  organlar  tomonidan  berilgan  litsenziya  va  ruxsat  etish  xususiyatiga  ega

hujjatlarning hamda xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatlarning xususiyatidan

kelib chiqib, jismoniy va yuridik shaxslarning faoliyati (harakati) davomida nazorat qilishning aniq

mezonlarini belgilagan holda “xavfni tahlil etish” tizimini joriy qilish.

10. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2021-yil 1-yanvardan boshlab:

litsenziyalash,  ruxsat  berish  va  xabardor  qilish  tartib-taomillari  bosqichma-bosqich  to‘liq

elektron  tarzda  “Litsenziya”  axborot  tizimi  orqali  amalga  oshiriladi,  bundan  tashqi  iqtisodiy

faoliyat subyektlariga “Yagona darcha” bojxona axborot tizimidan foydalangan holda beriladigan

ruxsat  etish  xususiyatiga  ega  hujjatlar  hamda  davlat  siri  va  qonunchilikka  muvofiq  foydalanish

cheklangan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan tartib-taomillar mustasno;

litsenziya  va  ruxsat  etish  xususiyatiga  ega  hujjatlarni  olish  hamda  vakolatli  organni

xabardor  qilish  haqidagi  arizalar  va  ularga  ilova  qilingan  hujjatlar  elektron  shaklda  Yagona

interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalangan holda Internet tarmog‘i orqali qabul qilinadi;

barcha  turdagi  litsenziya  va  ruxsat  etish  xususiyatiga  ega  hujjatlar  hamda  xabarnoma

qabul  qilinganligi  va  reyestrga  kiritilganlik  haqida  xat  ularning  haqqoniyligini  onlayn  tekshirish

imkonini  beradigan  QR-kod  (matrik  shtrixli  kod)  qo‘yilgan  holda  rasmiylashtiriladi  va  ularni

maxsus blankalarda berish tartibi bekor qilinadi, bundan xalqaro shartnomalarga muvofiq maxsus

qog‘oz blankalarida rasmiylashtirishni talab qiladigan hujjatlar mustasno;

boshqa  vakolatli  organlardan  qo‘shimcha  hujjatlarni  olish  yoki  ular  bilan  kelishish  asosiy

vakolatli organ tomonidan tadbirkorlik subyektining ishtirokisiz “Litsenziya” axborot tizimi orqali

mustaqil  ravishda,  shu  jumladan  javob  berishni  talab  etmaydigan,  to‘g‘ridan  to‘g‘ri  ma’lumot

olishga  imkon  beruvchi  integratsiyalashgan  platformaga  ulanish  orqali  amalga  oshiriladi.

Belgilangan  muddatlarda  boshqa  vakolatli  organlar  tomonidan  javob  berilmaganda  qo‘shimcha

hujjatlar olingan yoki ular bilan kelishilgan hisoblanadi, bunda mazkur vakolatli organlar vujudga

kelishi mumkin bo‘lgan barcha oqibatlar uchun javobgar bo‘ladi;

tegishli  faoliyat  bilan  litsenziyasiz  yoki  ruxsat  etish  xususiyatiga  ega  hujjatsiz  yohud

xabarnoma  yubormasdan  shug‘ullanish  hamda  belgilangan  talab  va  shartlarni  buzish  holatlari

bilan  bog‘liq,  shuningdek,  vakolatli  organlar  tomonidan  arizalarni  ko‘rib  chiqish,  litsenziya  yoki



ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yohud berishni rad etish hamda uning amal qilishini

to‘xtatib  turish  bilan  bog‘liq  qonun  buzilishlarini  aniqlab,  bu  haqda  vakolatli  organlarga  xabar

bergan  jismoniy  shaxslar  huquqbuzarlik  o‘z  tasdig‘ini  topganda  undirilgan  jarimaning  10  foizi

miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi;

vakolatli  organlar  tashabbusi  bilan  litsenziya  va  ruxsat  etish  xususiyatiga  ega  hujjatlarni

tugatish  va  bekor  qilish  faqat  sud  tartibida  amalga  oshiriladi,  bundan  litsenziatning  litsenziya

berganlik uchun davlat bojini to‘lamagan hollar mustasno;

litsenziya  da’vogari  ma’lum  bir  sohada  litsenziyalanadigan  faoliyatni  amalga  oshirish

huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘la turib, xuddi shu sohadagi alohida faoliyat turiga litsenziya

berish  to‘g‘risida  ariza  bilan  murojaat  qilsa,  u  tomonidan  litsenziyalovchi  organga  faqatgina

qo‘shimcha litsenziya talablari va shartlarini qanoatlantiradigan ma’lumotlar taqdim etiladi;

faoliyatni  boshlaganlik  haqida  vakolatli  organni  xabardor  qilishda  bazaviy  hisoblash

miqdorining  50  foizigacha  yig‘im  undiriladi,  bundan  qurilish-montaj  ishlarini  va  alkogol

mahsulotlari bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik haqidagi xabarnomalar mustasno.

11. “Litsenziya” axborot tizimi Davlat xizmatlari agentligi, BMTning Taraqqiyot dasturi va

Yevropa  Ittifoqining  “O‘zbekistonning  qishloq  hududlarida  davlat  xizmatlari  taqdim  etishni

takomillashtirish va mahalliy boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasi grant mablag‘larini

jalb qilgan holda ochiq tender asosida ishlab chiqilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

“Litsenziya”  axborot  tizimi  ishlab  chiqilishi  munosabati  bilan  davlat  idoralari  va

tashkilotlari tomonidan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini hamda

ularning talab va shartlari nazoratini amalga oshirish borasidagi barcha elektron dasturlar ishlab

chiqilishi  to‘xtatilsin,  bunda  ushbu  dasturlarni  ishlab  chiqish  Adliya  vazirligi  hamda  Axborot

texnologiyalari  va  kommunikatsiyalarini  rivojlantirish  vazirligining  ijobiy  xulosasiga  muvofiq

davom ettirilishi mumkin.

Ishlab  chiqilishi  to‘xtatiladigan  dasturlar  uchun  mo‘ljallangan  mablag‘lar  “Litsenziya”

axborot  tizimining  ishlashi  uchun  zarur  bo‘lgan  idoraviy  infratuzilma  va  elektron  bazalarni

yaratishga yo‘naltirilsin.

12.  Davlat  xizmatlari  agentligi  “Litsenziya”  axborot  tizimini  yuritish  bo‘yicha  vakolatli

organ etib belgilansin hamda unga litsenziyalash, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish

va  xabardor  qilish  tartib-taomillarining  davlat  organlari  va  boshqa  tashkilotlar  tomonidan  rioya

etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish vakolati berilsin.

13.  “Litsenziya”  axborot  tizimini  takomillashtirish  hamda  uning  davlat  organlarining

idoraviy axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari bilan integratsiyalashuvini tashkil etish bo‘yicha

ishlar  Davlat  xizmatlari  agentligining  budjetdan  tashqari  jamg‘armasi  mablag‘lari  va

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilsin.

“Litsenziya”  axborot  tizimi  elektron  hukumat  tizimining  ajralmas  qismi  ekanligi  inobatga

olinsin va kelgusida texnik-qo‘llab quvvatlash bo‘yicha mas’ul organ etib Axborot texnologiyalari

va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi belgilansin.

Adliya  vazirligi  “Litsenziya”  axborot  tizimi  to‘liq  ishga  tushirilganidan  so‘ng  ikki  oy

muddatda uni o‘rnatilgan tartibda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish

vazirligi tasarrufiga beg‘araz ravishda o‘tkazib bersin.

14. Belgilab qo‘yilsinki:

har bir litsenziyalash, ruxsat berish hamda xabardor qilish tartib-taomili uning amal qilishi

natijasida erishilgan maqsadlarni, ijtimoiy-iqtisodiy, innovatsion va texnologik rivojlanishning joriy

holatini, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining xarajatlarini baholagan holda kamida har besh

yilda qayta ko‘rib chiqiladi;

normativ-huquqiy  hujjat  loyihasida  yangi  turdagi  litsenziyalanadigan  faoliyat  yo‘nalishi

yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni yoxud faoliyatni boshlashning xabardor qilish tartibini

joriy  etish  nazarda  tutilayotganda  ushbu  tartib-taomilning  tartibga  solish  ta’sirini  baholash

majburiy hisoblanadi;

yangi  turdagi  litsenziyalar,  ruxsat  etish  xususiyatiga  ega  hujjatlar  va  faoliyatni

boshlashning  xabardor  qilish  tartibini  joriy  etishni  hamda  ularni  tartibga  solish  shakllarini

o‘zgartirishni  nazarda  tutuvchi  normativ-huquqiy  hujjat  loyihasi  Iqtisodiy  taraqqiyot  va

kambag‘allikni  qisqartirish  vazirligi  hamda  Monopoliyaga  qarshi  kurashish  qo‘mitasining  ijobiy

xulosalari mavjud bo‘lgandagina, shuningdek, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy



manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan holda Adliya

vazirligiga kiritiladi.

15. Adliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Davlat soliq

qo‘mitasi,  Savdo-sanoat  palatasi  tadbirkorlik  subyektlarini  jalb  qilgan  holda  litsenziyalash  va

ruxsat  berish  tartib-taomillarini  kompleks  va  tizimli  isloh  qilishning  ikkinchi  bosqichini  amalga

oshirish uchun:

a)  uch  oy  muddatda  “Faoliyatning  ayrim  turlarini  litsenziyalash  to‘g‘risida”gi  va

“Tadbirkorlik  faoliyati  sohasidagi  ruxsat  berish  tartib-taomillari  to‘g‘risida”gi  qonunlarni

birlashtirish  yo‘li  bilan  quyidagilarni  nazarda  tutuvchi  yaxlit  qonun  loyihasini  Vazirlar

Mahkamasiga kiritsin:

litsenziyalash,  ruxsat  berish  va  xabardor  etish  tartib-taomillaridan  o‘tishning  yagona  va

shaffof tartibini o‘rnatish;

litsenziya  va  ruxsat  etish  xususiyatiga  ega  hujjatlarni  rasmiylashtiradigan,  kelishadigan

hamda xabarnomalarni qabul qiladigan vakolatli organ va tashkilotlarning vakolatlarini belgilash;

litsenziyalash  va  ruxsat  berish  tartib-taomillaridan  o‘tish  jarayonida  vakolatli  organ  va

tashkilotlar  bilan  o‘zaro  munosabatda  bo‘ladigan  jismoniy  va  yuridik  shaxslarning  huquq  va

manfaatlari himoyasining yagona tizimini joriy qilish;

litsenziyalanadigan  faoliyat  turlari,  tadbirkorlik  faoliyati  sohasidagi  ruxsat  etish

xususiyatiga  ega  hujjatlar,  shuningdek,  vakolatli  organni  xabardor  qilish  tartibida  amalga

oshiriladigan faoliyat va harakatlar ro‘yxatini tasdiqlash;

litsenziya shartnomasini rasmiylashtirish amaliyotidan voz kechgan holda, litsenziya talab

va shartlarini qonun hujjatlarida belgilash;

yuridik  shaxslarning  filial  va  vakolatxonalari  tomonidan  litsenziyalanadigan,  ruxsatnoma

olish yoki xabardor qilish talab etiladigan faoliyat turlarini amalga oshirish tartibini aniqlashtirish;

litsenziyani  chaqirib  olish  tartibini  va  ushbu  tartibga  asosan  chaqirib  olinishi  mumkin

bo‘lgan faoliyat turlarini aniq belgilash;

“xavfni  tahlil  etish”  tizimini  joriy  qilish  orqali  litsenziya  va  ruxsat  berishga  doir  talab  va

shartlarga rioya qilish ahvolini nazorat qilish;

b)  2021-yil  1-fevralga  qadar  Tadbirkorlik  subyektlarining  huquqlari  va  qonuniy

manfaatlarini  himoya  qilish  bo‘yicha  vakil,  Monopoliyaga  qarshi  kurashish  qo‘mitasi  va  vakolatli

organlar  bilan  birgalikda  litsenziyalash  va  ruxsat  berish  tartib-taomillari  sohasidagi  qonun

hujjatlarini  tizimlashtirish  maqsadida  ularning  pasportlarini  ishlab  chiqish  va  kodifikatsiyalash

bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

16. Adliya vazirligi quyidagilarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:

Bosh  prokuratura  bilan  birgalikda  uch  oy  muddatda  yuridik  va  jismoniy  shaxslarning

litsenziya  yoki  ruxsat  etish  xususiyatiga  ega  hujjatlar  olinishi  hamda  xabardor  qilinishi  shart

bo‘lgan  faoliyat  bilan  litsenziyasiz  yoki  ruxsatnomasiz  yoxud  xabarnoma  yubormasdan

shug‘ullanganligi, shuningdek, xabardor qilish tartibida faoliyat yuritish uchun belgilangan talab

va  shartlarning  bajarilganligi  yuzasidan  vakolatli  organga  yolg‘on  yoki  noto‘g‘ri  ma’lumotlar

berganligi uchun javobgarlikni belgilovchi qonun loyihasini;

2020-yil  1-dekabrga  qadar  tegishli  huquqbuzarlik  holatlarini  aniqlab,  tegishli  vakolatli

organlarga xabar yuborgan jismoniy shaxslarni rag‘batlantirish tartibini;

manfaatdor  vazirlik  va  idoralar  bilan  birgalikda  uch  oy  muddatda  qonun  hujjatlariga

mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni.

17.  Ushbu  Farmonda  belgilangan  chora-tadbirlarning  samarali  va  o‘z  vaqtida  amalga

oshirilishini ta’minlash maqsadida:

a) Bosh vazir o‘rinbosari J. Qo‘chqorov ayrim turdagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-

taomillari  o‘rniga  xabardor  qilish  tartibi  joriy  etilishi  munosabati  bilan  tegishli  qonun  qabul

qilinganidan  so‘ng  xabardor  qilish  tartibi  bo‘yicha  nizomlar  qisqa  muddatlarda  tasdiqlanishini

ta’minlasin;

b) Adliya vazirligi (Davletov):

vakolatli  organlar  bilan  bevosita  va  onlayn  videoaloqa  tizimi  orqali  uchrashuvlar  tashkil

etish grafigini tasdiqlasin;

tasdiqlangan  grafikka  asosan  vakolatli  organlarga  mazkur  Farmonda  nazarda  tutilgan

tartiblarni va “Litsenziya” axborot tizimining ishlash tamoyillarini tushuntirib borsin;



vakolatli organlarga tegishli loyihalarni tayyorlashda amaliy yordam ko‘rsatsin;

v) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov):

Adliya  vazirligi  bilan  birgalikda  litsenziya  va  ruxsat  etish  xususiyatiga  ega  hujjatlarni

taqdim  etadigan  va  kelishish  jarayonlarida  ishtirok  etadigan  barcha  davlat  organlari  idoraviy

axborot tizimlarining “Litsenziya” axborot tizimi bilan integratsiyalashuvini ta’minlash choralarini

ko‘rsin;


“Litsenziya”  axborot  tizimining  uzluksiz  ishlashini  ta’minlasin  hamda  Davlat  xizmatlari

agentligi  tomonidan  “Litsenziya”  axborot  tizimi  faoliyatida  nuqson  va  nosozliklar  aniqlanganida,

Agentlik talabnomasiga asosan ularni uch kunda bartaraf etib borilishini ta’minlasin;

g) vakolatli organlar:

ikki oy muddatda “Litsenziya” axborot tizimiga ulanish va o‘zlarining elektron tizimlarini

integratsiya  qilish,  tegishli  infratuzilmani  yaratish  hamda  o‘z  elektron  bazalarini  shakllantirish

choralarini ko‘rsin;

amaldagi  faoliyatning  ayrim  turlarini  litsenziyalash  va  ruxsat  berish  tartib-taomillaridan

o‘tish  tartibi  hamda  xabardor  etish  tartibi  to‘g‘risidagi  nizomlarni  o‘z  vaqtida  va  sifatli  ishlab

chiqsin;


mazkur Farmon qabul qilinguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati

qarorlari bilan tashkil etilgan va litsenziyalanadigan faoliyat bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarga

ularning murojaatlariga asosan belgilangan tartibda litsenziyalar berilishini ta’minlasin;

d) Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev):

Korrupsiyaga  qarshi  kurashish  agentligi,  Tadbirkorlik  subyektlarining  huquqlari  va

qonuniy  manfaatlarini  himoya  qilish  bo‘yicha  vakil  bilan  birgalikda  litsenziyalash,  ruxsat  etish

xususiyatiga  ega  hujjatlarni  berish  va  xabardor  qilish  tartib-taomillari  sohasidagi  qonunchilik

ijrosi ustidan tizimli nazoratni o‘rnatsin;

belgilangan  muddatlarga  rioya  qilmaslik  oqibatida  avtomatik  tarzda  litsenziya  va  ruxsat

etish  xususiyatiga  ega  hujjatlar,  shu  jumladan  ularni  idoralararo  kelishuvda  ijobiy  xulosalar

berilishiga  olib  kelgan  sabab  va  shart-sharoitlarni  tahlil  qilsin,  korrupsiyaviy  holatlar  yuzaga

kelishining oldini olish choralarini ko‘rsin;

e) Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (Sharipov) litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga

ega  hujjat  berish  va  xabardor  qilish  jarayonida  asossiz  rad  etish  yoki  harakatsizlik  orqali

bozorlarga  yangi  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarning  kirishiga  (faoliyat  yuritishiga)  to‘siq  qo‘yish

yo‘li bilan raqobat cheklanishining oldini olsin, ruxsat etish tartib-taomillari uchun davlat boji va

yig‘imlar miqdori shakllantirilishining asosliligini nazorat qilsin;

j) Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha

vakil  (Kasimov)  vakolatli  organlar  tomonidan  litsenziya  va  ruxsat  etish  xususiyatiga  ega  hujjati

mavjud  subyektlar  faoliyatida  o‘tkaziladigan  tekshiruvlar  litsenziya  va  ruxsat  etish  xususiyatiga

ega hujjat talablari doirasida amalga oshirilishi ustidan nazoratni olib borsin;

z) Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev) O‘zbekiston Milliy axborot

agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari,

mahalliy  va  xorijiy  ekspertlar  hamda  fuqarolik  jamiyati  institutlarini  jalb  qilgan  holda  mazkur

Farmonda belgilangan chora-tadbirlarni aholi orasida keng yoritish choralarini ko‘rsin.

18.  Mazkur  Farmonning  ijrosini  nazorat  qilish  O‘zbekiston  Respublikasining  Bosh  vaziri

A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov

zimmasiga yuklansin.



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2020-yil 24-avgust,

PF-6044-son

O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2020-yil 24-



avgustdagi PF-6044-son Farmoniga

1-ILOVA

Download 61,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish