LINGVISTIK BILIMLARNI O‘ZLASHTIRISH BOSQICHLARI.
Sattorova Nodira Axrorovna Navoiy viloyati Zarafshon shahar 11-sonli Matematika faniga chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan davlat umumta‘lim maktabi ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi
Xamrayeva Dilnora Joʻraqul qizi Navoiy viloyati Zarafshon shahar 11-sonli Matematika faniga chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan davlat umumta‘lim maktabi ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi
Annotatsiya. Lingvistik bilimlarni o‘zlashtirishda o‘quvchilarning aqliy faoliyati bir-birining zidi bo'lgan ikki yo‘ldan boradi: a) til dalillaridan lingvistik kategoriyaga, b) lingvistik kategoriyadan til dalillariga, dalillardan kategoriyaga qarab borish abstraksiyalashga olib keladi.
Kalit so’zlar. N.A.Menchinskaya, geniralizatsiya, grammatik hodisa, Umumlashtirish, kategoriya, konkretlashtirish, abstraksiyalash.
Lingvistik bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida abstraksiyalash va konkretlashtirish o ‘zaro ziddiyatli tomonlar sifatida, sabab va natija kategoriyalari shaklida amal qiladi. Nutq (masalan, o'rganilgan mavzuni aytib berish paytida) istilohlarni to ‘g‘ri atash, ularni ajrata bilish, umumlashtirish bilan uzviy bog'langan. O‘quvchi o‘rganilgan bilimni aniq his qilsa, lingvistik tushunchalarni o‘ziga muvofiq terminlar bilan atay olsa, u ma’lum mavzu yuzasidan chuqur bilim olgan hisoblanadi. Zotan, tegishli tushunchalarni anglash va ajrata bilish — bu tilning aniqligi va ifodaliligini puxta egallash demakdir. Lingvistik bilimlarni o‘zlashtirish bosqichlari. Umumlashtirish — abstraksiyalash va konkretlashtirishning natijasi, o‘zlashtirishning oxirgi bosqichidir. Masalan, o‘quvchi biror mavzu o‘rganilgach, qoidani yoddan aytib bersa-da, dalil keltira olsa-da, ammo qoidani ongli aytib berishda qiynaladi, bolalar ba’zan istilohlarni alm ashtirishadi. Mavzu yuzasidan yetarli mashq o‘tkazilgach, o'quvchi bilimidagi nuqsonlar yo‘qoladi. Umumlashtirish ongda tushuncha, nutqda hukm sifatida shakllanadi. Yuqoridagi abzatsdagi «umumlashtirish-o‘zlashtirishning oxirgi bosqichi» degan jumla biroz aniqlikni talab etadi. Zero, o‘quv materialini birinchi marta o ‘rganganda, umumlashtirish ishtirok etmaydimi, degan savol tug‘iladi. Bu savolga ruhshunos olima N.A.Menchinskaya shunday javob beradi: «Biz o‘z tadqiqotlarimizda «umumlashtirish» istilohi bilan ataladigan ikki xil hodisani qat’iy chegaralash fikriga keldik. To‘liq tahlilga asoslanmagan, ajratilmagan, o ‘zaro tutash tushunchalarga nisbatan «umumlashtirish» istilohini emas, balki «geniralizatsiya» istilohini ishlatgan m a’qul. Um um lashtirish istilohini to ‘liq tahlil natijasi sifatida shakllangan tushunchalarga nisbatan ishlatiladi». Ko'rinadiki, grammatik bilimlarni o‘zlashtirishning har bir bosqichida umumlashtirish ishtirok etadi. Ammo lingvistik bilimlarni o ‘rganish boshlangan paytdagi umumlashtirish oxirgi umumlashtirishga nisbatan to'liqsiz bo‘ladi. Psixologik jihatdan bilimlarni o‘zlashtirishning dastlabki darajasini geniralizatsiya, yuqori darajasini umumlashtirish istilohi bilan atash shunday metodik xulosa chiqarishga imkoniyat beradi: lingvistik bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni o‘zaro mantiqan bog‘langan bosqichlardan iborat; o‘quvchi ta’lim jarayonida ajratilmagan, tutash tushunchalardan ajratilgan, asosiy va ikkilamchi belgilar atroflicha tahlil qilingan tushunchalarga qarab boradi. Ta’lim jarayonida lingvistik bilimlarni o‘zlashtirishda ushbu bosqichlarga rioya qilinadi: grammatik hodisaning umumiy xususiyatlari bilan tanishish; grammatik bilimning asosiy belgilarini o‘rganish; o‘rganilayotgan hodisaning nutqdagi rolini egallash; o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha umumiy xulosa chiqarish. Bu bosqichlaming qanday tashkil etilishini yuqori sinflarda «fe’l zamonlari» misolida tahlil qilamiz. O‘quvchilar fe’l zamonlari bo‘yicha boshlang‘ich bilim olishgan. Ular fe’llarda uchta zamon borligini (hozirgi zamon, o ‘tgan zamon, kelasi zamon), fe’l zamonlarining so‘roqlarini (nima qildi?, nima qilyapti?, nima qilmoqchi?) o ‘rganishgan. Mashg‘ulot 0‘rganilgan bilimlar asosida tashkil etiladi. Fe’ldan anglashilgan harakat-holat ma’nolarining nutq momentiga munosabati zamon kategoriyasi orqali qayd etiladi. Binobarin, fe’ldan anglashilgan harakat-holat ma’nosining nutq momentiga munosabatini bilish fe’l zamonlari tushunchasining mazmunini egallash demakdir. Bunda quyidagi holatlar hi§obga olinadi: fe’l anglatgan harakat-holat ma’nosining nutq momentiga duch kelishi — hozirgi zamon; fe’ldan anglashilgan harakat-holat ma’nosining nutq momentidan oldin yuz berganligi — o‘tgan zamon; fe’ldan anglashilgan harakat-holat ma’nosining nutq momentidan keyin yuz berishi — kelasi zamon. Shu uch xil ma’no «fe’l zam onlari» tushunchasining umumiy xususiyatlari hisoblanadi. Zamon kategoriyasi ega va kesimning munosabatini (moslashuv) yuzaga chiqarish vositalaridan biri sanaladi. Shu sababli fe’l zamonlariga oid ma’nolar gap tarkibida ochilgani ma’qul. Fe’l zamonlari tushunchasining umumiy xususiyatlarini o‘quvchilarga yetkazish uchun oldin «zamon» istilohinining ma’nolari ochiladi: Bu istiloh vaqt, payt, davr, moment so‘zlariga chog‘ishtiriladi va grammatik istiloh sifatida «zamon» so‘zi olinganligi aytiladi. Mavzuni tushuntirish uchun oldin gaplar tahlil qilinadi: Anvar xat yozdi. Shu misol vositasida fe’llardan anglashilgan harakat ma’nosining nutq momentiga munosabati izohlanadi. So‘ngra gaplar tarkibiga fe’l zamonini aniqlashtiradigan so‘zlar kiritiladi: Anvar kecha xat yozdi. Anvar hozir xat yozyapti. Anvar ertaga xat yozadi. Birinchi gapda «yozmoq» harakatining nutq momentidan oldin — kecha yuz berganligi, ikkinchi gapda «yozmoq» harakatining nutq momenti bilan duch kelganligi, uchinchi gapda yozish harakatining nutq momentidan keyin — ertaga ro‘y berishi aytiladi. «Yozmoq» fe’lini gap tarkibida leksik-sematik tahlil qilish natijasida o‘quvchilar fe’l zamonlari tushunchasining umumiy xususiyatlari bilan tanishishadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
G ‘ulomov A.Q. Ona tili darslarida o'quvchilaming o‘quv biluv faoliyatini aktivlashtirish. — Т.: 1987.
Roziqov O.R. O‘zbek tilidan dars tiplari. — Т.: 1976.
www.ziyouz.com
Do'stlaringiz bilan baham: |