Barchamizga ma’lumki, limon-ozuqa moddalari va vitaminlarning ajoyib manbai.
Limon(Citrus limon)-rutadoshlar turkumiga kiradigan doim yashil kòp yillik daraxt,mevali ekin.
Limon uzoq vaqt alohida tur sifatida rivojlangan va keyinchalik Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoda
madaniylashtirilgan. Limon òsimligi nomi XII asrgacha Hindiston va Pokiston hududi bilan
boģliq
bòlgan bòlsa,keyinchalik u Yaqin Sharq,Shimoliy Afriqa,Ispaniya va Italiyaga kirib keldi. Hozirgi
kunda yovvoyi holda òsishi aniqlanmagan va Òrta Dengiz,AQSH,Meksika,Argentina
subtropiklarida,Kavkazning Qora dengiz bòylarida Òrta Osiyoda ekiladi. Òzbekistonda 1949-yildan
transheyalarda òstirila boshlagan.
Limon daraxti balandligi 3-7 m,shox-shabbasi yoyiq,novdalari tikanli
,ba’zan tikansiz. Bargi qalin,
och yashil,chòziq-tuxumsimon. Gullari ikki jinsli,
oq xushbòy. Mevasi tuxumsimon,ba’zan
dumaloq,òrtacha oģirligi 120-400 g ga boradi. Pòsti sariq,silliq yoki ģadir-budur,taxir. Eti 8-12
pallali,och sariq sersuv,nordon. Bilasizmi,limon daraxti yil bòyi meva beradigan noyob tabiat
ne’matidir. Limon qalamchasidan va payvandlash yòli bilan kòpaytiriladi. Kòchati òtkazilgandan
keyin 3-4- yili hosil beradi. Barglari 2-3 yilda yangilanadi. Limon issiqsevar,
yoruģsevar va namga
talabchan òsimlik. Havo harorati 17-18° bòlganda narmal rivojlanadi. Òsimlik chirindiga boy,suvni
yaxshi òtkazadigan yengil tuproqlarda mòl hosil beradi.
Limonning dunyoning kòplab mamlakatlarida keng tarqalishining sababi uning nordon
ta’mi
emas,balki inson organizmiga foydali kimyoviy tarkibidir. Limon tarkibida kòp miqdorda
vitaminlar,xususan,C ,E, B vitaminlari, A, beta karotin hamda limon kislotasi mavjud. Mikro va
makro
elementlarga boy. Uruģlari limonin va moylarni òz ichiga oladi. Barglarida C vitamini,qobiģida
glikazid sitronin mavjud. Bunday noyob ,qimmatbaho meva uning tarkibi tufayli juda foydali
xususiyat
larga ega. Sitrus mevaning nordon va òtkir ta’mi insonni tetiklashtiradi va immunitetimizga
turli viruslar hamda kasalliklar bilan kurashishga yordam beradi. Meva tarkibidagi pektin moddalari
tufayli limon tanadan oģir metallarni olib tashlashga qodir. U nafaqat ijobiy ta’sir qiladi ,balki xavotir
2
hamda tushkunlik hissi bilan kurashishga yordam beradi. Ayrim restoranlarning oldiga atayin limon
daraxtini ekishadi,chunki ular mijozning bu yerda òzini qulay va xotirjam his qilishda muhimdir.
Limon suvi psixolagik muvozanatni yaxshilaydi, miya taoliyatini normallashtiradi. Sovuqda,jazirama
tashnaligida ichish tavsiya etiladi. Limon artrit,oshqozon ichak kasalliklari va revmatizm kabi kòplab
kasalliklarni osonlikcha davolashi mumkin. Limon suvidan ichib turing! Limonni shunchaki ikkiga
bòlib yotoqxonada qo
ldiring. Uning hidi òpka bilan boģliq muammolarni bartaraf qilib doimo toza
havodan nafas olishga imkon beradi. Agar sizni astma ,shamollash va allergiya bezovta qilsa
oddiygina limon hidi sizning tomoģingiz va yuqori nafas yòllaringizni tozalashga qodir. Meva grip
epidemiyasi tarqalganda soģliqni tiklash uchun samarali vosita. Bemor bilan munosabatda bòlar
ekansiz grip yuqmasligi uchun bir bòlak limonni lunjingizga soling va uni sòlak ajralishi
kamayguncha tilingiz bilan u tomondan bu tomonga
qòzģatavering.
3
Shuningdek,limonning noyob tarkibi qonni tabiiy tarzda tozalab, xolesterinni
kamaytiradi,ateroskleroz xavfini bartaraf etadi. Limon qon tomirlari holatini yaxshilab,qon bosimini
narmallashtiradi.Meva tarkibidagi kòp miqdordagi kislatalar qon bosimini pasaytiradi
va ta’siri
sezilarli darajada davom etadi. Limonni choy bilan yoki damlamalar shaklida ichish gipertenziyani
davolashda samarali. Darhaqiqat, ajoyib tabiat tuhfasi farmatsevtika sanoatida yuksak
qadrlanadi,dori-darmonlarning hidini
va ta’mini yaxshilashda ham ishlatiladi. An’anaviy tibbiyot va
kasmetalogiya,parfyumeriya,oziq-ovqat tayyorlashda ham ahamiyatlidir.
Biroq,dono xalqimiz
naql qilganidek:”Asalning ham ozi shirin”. Shunday ekan,limonni iste’mol
qilishda
ham me’yor chegaralarini unutmasligimiz lozim. Shundagina uning shifobaxsh
xususiyatlaridan baxramand bòla olamiz.