В O’tgan yorug’likdagi yorqin xalqalarni qaytgan nurdagi qoramtir xalqalar bilan qiyoslash
■
В Interferension tasvirlarning o’zaro bog’liqligini yuqoriroq optik zichlikli muhitdan qaytishda yuz beradigan fazalarning keskin o’zgarishi orqali tushuntirish
Suvdagi yupqa neft qatlamlaridagi. juda yupqa sovun pardalaridagi va yupqa havo qatlamlaridagi rangli hodisalar yorug’lik to’lqinlarining interferensiyasi sababli yuzaga keladi. Bugungi kunda yupqa qatlamlardagi yorug’likning interferension hodisalaridan shisha sirtidan akslanishlarni kamaytirish maqsadida foydalaniladi. Segodnya interferensionnbiye yavleniya sveta v tonkix sloyax ispolzuyutsya dlya proizvodstva urovney sokrarnyeniya otrajeniya na steklyannbx poverxnostyax (antiakslantiruvchi qatlam pokrbtiye, e.g., ochki linzalari).
Nyuton xalqalari bir-biriga juda yaqin bo’lgan ikkita sindiruvchi sirtlardan yorug’likning qaytishi va sinishi natijasida yuzaga keladi. Mazkur tajribada Nyuton xalqalari egrilik radiusi katta bo’lgan va juda sust qavariq tomoni yassi shisha plastina bilan tutashgan yassi qavariq linza orqali generasiyalanadi. Agar bu birikma perpendikulyar tushayotgan parallel oq yorug’lik bilan yoritilsa, ikki sirt tutashgan nuqta atrofida rangli shakldagi konsentrik xalqalar hosil bo’ladi. Interferension xalqalar qaytgan yorug’likda ham, o’tgan yorug’likda ham kuzatiladi. interferension xalqalar orasidagi masofa doimiy emas, chunki bitta tutashuvchi sirt egik.
0713-Bi
Rasm 2 da d qalinlikli ponasimon havo qatlami orqali interferensiyaning ikki shisha sirtida yuzaga kelishi tasvirlangan: yorug’lik to’lqini W chap tarafdan linza L
chegaraviy sirtiga tushadi va qisman qaytadi Ti. Qaytmagan qismi esa ponasimon havo qatlamidan T2 o’tib, shisha plastina sirtidan qaytadi.
Rasm.1 Yassi shisha plastina bilan egrilik radiusi katta bo’lgan . yassi-qavariq linzaning sxematik tasviri.
P: shisha plastina
L: yassi-qavariq linza
R:egrilik radiusi r: shisha plastina bilan linzaning tutashgan nuqtasigacha masofa
Rasm.2 Ponasimon havo qatlamida interferensiyani tushuntirish sxemasi, L : yassi-qavariq linza, P: shisha plastina, L va P oraliqda yorug’lik nurining qaytishi va uzatilishi natijasida yuzaga keluvchi T1 ... T5 to’lqin qismlari, d: lnzaning shisha sirti bilan shisha plastina orasidagi masofa.