1. Egri chiziqli tekis harakatda quyidagi kattaliklarning qaysi biri o‘zgarmaydi?
A)
oniy tezlik moduli; B) tezlanish moduli;
C) o‘rtacha tezlik moduli; D) tezlanish vektori.
2. Egri chiziqli tekis harakatda tezlanish vektorining yo‘nalishi qanday?
A) trayektoriyaning egrilik radiusi bo‘yicha markazga; B) trayektoriyaga urinma;
C) harakat trayektoriyasi bo‘yicha;
D) egri chiziq radiusi bo‘yicha markazdan tashqariga.
3. Gapni to‘ldiring. Tinch holatda turgan yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakatlanayotgan sanoq sistemalari ... deyiladi.
A) ... nisbiy sanoq sistemalari; B) ... inersial sanoq sistemalari;
C) ... noinersial sanoq sistemalari; D) ... absolyut sanoq sistemalari.
4. Liftning qanday harakatida undagi jismda yuklama vujudga keladi?
A) Yuqoriga o‘zgarmas tezlik bilan; B) Pastga o‘zgarmas tezlik bilan;
C) Yuqoriga o‘zgarmas
tezlanish bilan; D) Lift harakatsiz bo‘lganda.
5. ... turli shakldagi harakatlar va o‘zaro ta’sirlarning miqdoriy o‘lchovidir. Gapni to‘ldiring.
A) Energiya; B) Potensial energiya; C) Kinetik energiya; D) Elektr energiya.
6. Energiyaning SI dagi birligi nima?
A) Vatt; B) Joul; C) Kaloriya; D) N · m.
7. … kuchning shu kuch ta’sirida ro‘y bergan ko‘chishga skalyar ko‘paytmasiga teng bo‘lgan kattalik. Gapni to‘ldiring.
A) Energiya; B) Potensial energiya; C) Kinetik energiya; D) Mexanik ish.
8. Energiya hech qachon yo‘qolmaydi ham, yo‘qdan paydo bo‘lmaydi ham u faqat bir turdan boshqasiga aylanishi mumkin. Bu nimaning ta’rif?
A) Nyutonning birinchi qonuni; B) Nyutonning ikkinchi qonuni;
C)
Energiyaning saqlanish qonuni; D) Nyutonning uchinchi qonuni.
9. Foydali ishning to‘la ishga nisbati nimani anglatadi?
A) Energiyani; B) Potensial energiyani; C) Kinetik energiyani; D) FIKni.
10. Sistemaning … deb, uning kinetik va potensial energiyalarining yig‘indisiga aytiladi Gapni to‘ldiring.
A) ... energiyasi; B) ... to‘la mexanik energiyasi; C) ... kinetik energiyasi; D) ... mexanik ishi.
11. … to‘qnashish deb, ikkita deformatsiyalanadigan sharlarning to‘qnashishiga aytiladi. Gapni to‘ldiring.
A) Absolyut elastik; B)
Absolyut noelastik; C) To‘qnashish; D) Ko‘chish.
12. ... to‘qnashish deb, ikkita deformatsiyalanmaydigan sharlarning to‘qnashishiga aytiladi. Gapni to‘ldiring.
A) Absolyut elastik; B) Absolyut noelastik; C) To‘qnashish; D) Ko‘chish.
13.Kuch yelkasi – bu….
A) richag uzunligi;
B) richagning aylanish o‘qidan oxirigacha bo‘lgan masofa;
C) kuch vektori yo‘nalishidan aylanish o‘qigacha bo‘lgan eng qisqa masofa;
D) richagga ta’sir etuvchi juft kuchlar orasidagi eng qisqa masofa.
14. Kuch momenti qanday birlikda o‘lchanadi?
A) Nyuton metr (N · m); B) Joul (J); С) Vatt sekund (W · s); D) Joul/sekund (J/s).
15.“Turli yuzali nayda oqayotgan siqilmas suyuqlik tezliklarining moduli, suyuqlik yuzalariga teskari proporsional bo‘ladi”. Bu tasdiqning nomi nima?
A) Oqim uzluksizligi tenglamasi; B) Torrichelli tenglamasi;
C) Bernulli tenglamasi; D) Magnus qoidasi.
16.Tebranishlar amplitudasi 2 marta orttirilsa, uning davri qanday o‘zgaradi?
A) 2
marta ortadi; B) 2
marta kamayadi; C) 4 marta ortadi; D) o‘zgarmaydi.
17. Bo‘ylama to‘lqinlar qanday muhitlarda tarqaladi? 1 – qattiq jismlar- da; 2 – suyuqliklarda; 3 – gazsimon moddalarda.
A) faqat 1; B) faqat 2; C) faqat 3; D) 1, 2 va 3 da.
18. Qaysi elementar zarra birinchi kashf qilingan?
A) Proton; B) Elektron; C) Neytron; D) Foton.
19. Siklik chastota deb nimaga aytiladi?
A) 1 sekunddagi tebranishlar soniga;
B) bitta tebranish uchun ketgan vaqtga;
C) 2 sekunddagi tebranishlar soniga;
D) burchak tezlikning 1 sekunddagi o‘zgarishiga.
20.. Termodinamikaning birinchi qonunini ko‘rsating.
A) ΔU = Q + A; B) Q = ΔU + A;
C) Q = ΔU – A; D) ΔU = Q – A.
21. Gapni to‘ldiring. Atrof-muhit bilan issiqlik miqdori almashmasdan
ro‘y beradigan jarayonga ... jarayon deyiladi.
A) ... izotermik; B) .. izoxorik;
C) ...
adiabatik; D) ...izobarik.
22. Gapni to‘ldiring. Karno siklining foydali ish koeffi tsiyenti ...
A) ... birga teng; B) ... birdan katta; C) ... nolga teng; D) ... birdan kichik.
23. Issiqlik miqdori o‘z-o‘zidan past temperaturali jismdan yuqori temperaturali jismga o‘tmaydi. Bu ta’rif nimani ifodalaydi?
A) Termodinamikaning I qonuni;
B) Termodinamik muvozanatni;
C) Termodinamikaning II qonuni;
D) Termodinamik jarayon.
24. Radioaktivlik nechanchi yilda kim tomonidan kashf qilingan?
A) 1903-yilda ingliz fizigi J. J. Tomson;
B) 1911-yilda ingliz fizigi D. Rezerford;
C) 1896-yilda Fransuz fizigi A. Bekkerel;
D) 1900-yilda nemis fizigi V. Geyzenberg.
25. Metallar elektr o‘tkazuvchanligining klassik nazariyasini kim birin chi bo‘lib yaratgaan?
A) P.Drude va golland fi zigi X.Lorens; B) E.R. Siemens;
C) K.Rikke; D) T.Styuart va R.Tolmen.
26. Ampermetrga ulanadigan shunt qanday tanlanadi va ulanadi?
R
A– ampermetr qarshiligi, r – shunt qarshiligi.
A) R
A>r, parallel ulanadi; B) R
A>r, ketma-ket ulanadi;
C) R
AA27. Voltmetrga ulanadigan qo‘shimcha qarshilik qanday tanlanadi va
ulanadi? Rv– voltmetr qarshiligi, r – qo‘shimcha qarshiligi.
A) Rv>r, parallel ulanadi B) Rv>r, ketma-ket ulanadi
C) Rvv28. Gapni to‘ldiring. Metallarning qizishi tufayli ulardan elektron uchib chiqish hodisasiga ... deyiladi.
A) ... termoelektron emissiya...;
B). ..elektron emissiya...;
C) ...chiqish ishi...;
D) ...to‘yinish toki....
29. Vakuumda elektr tokining tabiati nimadan iborat?
A) elektronlar oqimining bir tomonga harakatidan;
B) musbat ionlarning bir tomonga harakatidan;
C) manfiy ionlar oqimining bir tomonga harakatidan;
D) elektronlar, musbat va manfi y ionlarning bir tomonga harakatidan iborat.
30. Donor aralashmali yarimo‘tkazgichlar qanday turdagi o‘tkazuvchanlikka ega?
A) asosan elektron o‘tkazuvchanlikka; B) asosan teshikli o‘tkazuvchanlikka;
C) teng miqdorda elektron va teshikli o‘tkazuvchanlikka; D) elektr tokini o‘tkazmaydi.
31. Toza yarimo‘tkazgichdan elektronlarning tartibli harakati tufayli 1 mA tok o‘tmoqda. Yarimo‘tkazgichdan o‘tayotgan to‘la tok kuchi nimaga teng?
A) I mA; B) 2 mA; C) 0,5 mA; D) 0.
32. Gapni davom ettiring. “Temperatura ortishi bilan yarim o‘tkazgichning qarshiligi...”
A) ... ortadi; B) ... avval ortadi, so‘ngra kamayadi;
C) ... kamayadi; D) ... avval kamayadi, so‘ngra ortadi.
33. Yarimo‘tkazgichda teshik va elektron uchrashganda nima hosil bo‘ladi?
A) musbat ion; B) neytral atom; C) manfiy ion; D) musbat va manfiy ionlar.
34. Aralashmali o‘tkazuvchanlik qanday zarralarning harakati bilan bog‘langan?
A) asosan erkin elektronlar; B) asosan kovaklar;
C) teng miqdordagi erkin elektronlar va kovaklar;
D) turli miqdordagi erkin elektronlar yoki kovaklar.
35.Elеktr tоkining mаgnit tа’siri tоk qаysi muhitlаrdаn o‘tgаndа
kuzаtilаdi?
А) elеktrоlitlаrdаn; В) mеtаllаrdаn;
C) vаkuumdа; D) istаlgаn muhitdаn.
36. Mаgnit оqimining birligini ko‘rsating.
А) Tеslа; В) Vеbеr; C) Аmpеr; D) Erstеd.
37. O‘tkаzgichdаn o‘zgаrmаs tоk o‘tgаndа uning аt fidа qаndаy mаydоn hоsil bo‘lаdi?
А) elеktr mаydоn; В) mаgnit mаydоn;
C) elеktrоmаgnit mаydоn; D) grаvitаsiоn mаydоn.
38.Rаsmdа 4 juft tоk o‘tish yo‘nаlishlаri tаsvirlаngan .Qаysi hоldа ulаr o‘zаrо tоrtishаdi?
А) ↑↓; В) →←; C) ↓↓; D) →↓.
39.Rаsmdа 4 juft tоk o‘tish yo‘nаlishlаri tаsvirlаngаn. Qаysi hоldа ulаr
o‘zаrо itаrishаdi?
А) ↑↓; B) →→ ; C) ↓↓; D) →↓.
40.Chаp qo‘l qоidаsi yordаmidа qаndаy kаttаliklаrning yo‘nаlishi
аniqlаnаdi?
А) Аmpеr kuchi; В) Lоrеns kuchi;
C) Аmpеr vа Lоrеns kuchlаri; D) Induksiоn tоk yo‘nаlishi.
41. Quyidаgi kеltirilgаn kuchlаrning qаysi biri ish bаjаrmаydi?
А) Аmpеr kuchi; B) Lоrеns kuchi;
C) Kulоn kuchi; D) ishqаlаnish kuchi.
42. Lоrеns kuchi hаrаkаtdаgi zаryadli zаrrаning tеzligini qаndаy o‘zgаrtirаdi?
А) Tеzligini оrttirаdi; B) Tеzligini kаmаytirаdi
C) Tеzligini o‘zgаrtirmаydi; D) Tеzlik yo‘nаlishini o‘zgаrtirаdi.
43.Elektromagnit induksiya hodisasini kim kashf qilgan?
А) Amper; B) Ersted; C) Faradey; D) Lens.
44. Induksiya EYuKning birligini ko‘rsating.
А) T/s; B) Wb/s; C) H; D) A/s.
45.Induksion tokning yo‘nalishi kim tomonidan aniqlangan?
А) Amper; B) Ersted; C) Maksvel; D) Lens.
46.Yorug‘likning jismlardan elektronni chiqarish hodisasi … deyiladi.
A) qutblanish; B) difraksiya; C) dispersiya; D) fotoeffekt.
47.Tushayotgan yorug‘likning intensivligi 4 marta kamaysa, fotoeffektda
chiqayotgan elektronlar soni qanday o‘zgaradi?
A) 4 marta ortadi; B) 2 marta kamayadi;
C) 4 marta kamayadi; D) o‘zgarmaydi.
48. Fotoeffektda tushayotgan yorug‘likning chastotasi 2 marta ortsa, chiqayotgan fotoelektronlar soni qanday o‘zgarad ?
A) 2 marta kamayadi; B) 2 marta ortadi;
C) 4 marta kamayadi; D) o‘zgarmaydi.
49.Lazer deganda, … tushuniladi.
A) juda aniq yo‘naltirilgan kogerent yorug‘lik nurining manbayi;
B) kogerent bo‘lmagan yorug‘lik nuri;
C) oddiy yorug‘lik nuri;
D) quyoshdan keladigan har xil nurlar.
50. Gapni to‘ldiring. Atom yadrosi … tashkil topgan
A) proton va neytronlardan;
B) proton va elektronlardan;
C) elektron va nuklonlardan;
D) elektron va fotonlardan.