LABORATORIYA ISHI № 4
Portlantsiment klinkerini olish jarayoni va pishirish
xumdonini tuzilishini o’rganish.
Ishdan maqsad: Portlantsiment klinkerini olish jarayoni va pishirish xumdonini tuzilishini o’rganish.
Kerakli xom ashyo va reaktivlar: sement turlaridan namunalari, suv, analitik tarozi, chinni xovoncha, elak, shisha stakan, metal yoki chinni qoshiq, vika asbobi, diametri 400 mm maxsus chashka, diametri 100 mm bo’lgan metalldan yasalgan kurakcha, vaqtni qayd etish uchun sekundomer, gidravlik press.
Ishning nazariy asoslari:
Qisman erib qovushib qolguncha kuydirilgan klinkerni gips, ba’zi hollarda esa maxsus qo‘shimchalar bilan birga tuyishdan hosil bo‘lgan gidravlik bog‘lovchi modda portlandsement deb ataladi. Kuydirish mahsulotida kalsiy silikatlar ko‘p bo‘ladi (70...80%). Qisman erish natijasida qovishib, qotib qolgan mayda-yirik tosh bo‘laklari klinker deyiladi. Portlandsement xossalarini o‘zgartirib turish, shuningdek, uning tannarxini kamaytirish maksadida klinkerga aktiv va inert mineral ko‘shimchalar qo‘shishga ruxsat etiladi. Inert qo‘shimchalar (oxaktosh, dolomit, kvars-qum va boshqalar) miqdori 10% dan, aktiv (trepel, diatomit, vitrofir, trass, shlak, gliej va boshqalar) qo‘shimchalar miqdori esa 15% dan oshmasligi kerak. Biroq gidravlik qo‘shimchalar 20% va undan ortiq bo‘lishi xam mumkin. U holda maydalangan mahsulot nomi qo‘shilganiga qarab boshqa, ya’ni qo‘shilma sifatida donador domna shlagi ishlatilsa shlak-portlandsement deb, tabiiy gidravlik qo‘shilmalar ishlatilsa putssolan portlandsement deb ataladi.
Klinkerni tuyayotganda unga odatda ko‘pi bilan 3% gips (sulfat kislota angidridiga nisbatan hisoblaganda) qo‘shiladi. Bu bilan sementningtishlanish muddati uzaytiriladi. Bu esa uning xossalariga yaxshi ta’sir kiladi.
Portlandsement klinkeri o‘lchamlari 10...20 mm dan 50...60 mm gacha mayda va yirik donalar ko‘rinishida olinadi. Qovushib pishgan klinker o‘zining mikrostrukturasiga ko‘ra murakkab zarrachasimon turli kristallar va qisman shishasimon mahsulotlar aralashmasidan iborat. Klinker sifati asosiy oksidlar miqdori, mineralogik tarkibi, asosiy oksidlarning o‘zaro nisbatiga qarab baholanadi. Portlandsement klinkeri ishlab chiqarish uchun xom ashyo materiallari sifatida gil yoki lyoss va ohaktosh jinslar ishlatiladi. Gil yoki lyoss jinslar turli moddalardan tashkil topgan. Ularda, asosan uchta oksid bor: Si02, A1203 va Fe,O3 Lyossda 15—20% atrofida SaS03 bor. O’zbekistan sement zavodlarida, asosan lyoss ishlatiladi. Ohaktoshlar asosan kalsiy karbonatdan iborat. Kalsiy karbonat esa ikki oksid — CaO va C02 dan iborat. Klinker kuydirilganda
S02 gazi ajraladi: SaO, Si02, A1203 va Fe,O3 asosiy oksidlari asosiy klinker minerallarini hosil qiladi. Magniy oksid (MgO), ishkorlar (Na20 va K20), titan ikki oksid (TiO2), fosfor angidrid (R205) va sulfat kislota angidridi (S03) dir. Klinker tarkibida bu asosiy oksidlar bilan bir qatorda sement sifatiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatuvchi oksidlar ham bo’lishi mumkin. Odatda asosiy va qo’shimcha oksidlar miqdori quyidagicha bo’ladi: CaO 6-67%, Si02 21.-24%, A1203 4- 8%, Fe203 2-4% , MgO 0,5-5% , S03 0,3-1% , Na2O va K2O 0,4-1% , Ti02 0,2-0,5% , R205 0,1-0,3% .
1500°S da kuydirilgan erkin magniy oksid suv ta’sirida so’nish qobiliyatini yo’qotmasa ham, u juda sust so’nadi. Uning so’nish jarayoni qotib qolgan sementtoshda ham davom etishi mumkin. Natijada qorishma va beton yoriladi. Bunday xavfli holatningoldini olish portlandsement tarkibidagi erkin magniy oksid mikdori standartda chegaralanadi: 4,5% dan oshmasligi zarur.
Laboratoriya ishini o’tkazish tartibi:
Do'stlaringiz bilan baham: |