Kuz qirolichasi - Xrizantema.
Xrizantema lotincha nomi (Chrysanthenum) grekchadan tarjima qilinganda, sariq to’pguli sababli “tilla rang” degan ma’nosini berib, murakkabguldoshlar oilasiga mansub, bir va koʻp yillik o’simlikdir
Germplasm Resources Information ma’lumotiga (GRIN) ko'ra, oila vakillari 29 turni o'z ichiga olib, dunyoning mo'tadil va shimoliy zonalarida, ayniqsa Osiyoda keng tarqalgan
Xrizantema Yaponiyaning an'anaviy tangalarida va davlat gerbida tasvirlangan, mamlakatning eng yuqori mukofotlaridan biri Xrizantema ordenidir. Shuningdek 16 bargli sariq xrizantema 1889 yilda rasman qabul qilingan Yaponiyaning imperator muhrida ham tasvirlangan.
Ochiq dala sharoitida xrizantema avgust oyida gullab va butun kuz moboynida o'zining momiq gullari bilan ko’zlarni quvontiradi, sovuqqa bardosh bermaydi. Navlar poyalari 30-80 sm balandlikka etadi va pushti, yarim pushti ranglar bilan qoplanadi.
Genomika va Bioinformatika markazida gen nokaut texnologiyasidan foydalangan holda yangi xrizantemalar navlari yaratilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |