Konstitutsiya-farovon hayotmiz poydevori
Bizning tariximiz shuni ko‘rsatadiki, millatimiz rivojlanishi, istiqboli, Umumbashariy qadriyatlari, fuqoralarning tengligi, adolatning ta’minlanishi, erkin, hurfik bo‘lishimiz, mustaqilligimizni mustahkam saqlashimiz uchun, bizga barcha uchun barobar bo‘lgan, qomusiy mezon kerakligini, bizning, zamonamiz taqazo etdi. Bizning butun bir o‘zbek xalqining birinchi prezidenti Islom Karimov mustaqilika erishganimizdan so‘ng, o‘zining tashabbuskorligi bilan 8-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini ommaga taqdim etdi. Shundan so‘ng xalqimizning ertangi kunga ishonchi ortdi yangilanishlar ostonasida turganimizni, barcha his etib turardi. Xalqimiz manfaatlari oliy o‘ringa qo‘yilgani, vatandoshlarimizni yanada quvontiradi, birinchi prezidentimiz qarorini, fikrlarini hamma mamnun ohangda kutib oldi. Bir so‘z bilan aytganda millatimizning birdamligi oshirildi.
Qonun hujjatlariga xalqimiz farovonligi uchun o‘zgartirishlar kirtildi. Konstitutsiyamizda ijtimoiy-siyosiy, madaniy-marifiy, umuminsoniy qadryatlar asosida, shakllangan qoidalar majmuiy o‘z ifodasini topdi. Eng asosiysi mamlakatimiz hududi, chegaralari, bizning milliy armiyamiz, o‘z tilimiz dinimiz haqqoniy ta’kidlab o‘tildi. Qonun hujjatlarida qanday javhalar bo‘lmasin, prezidentimiz SHavkat Mirzoyoyev xalqimiz forovonligi, Vatanimizdagi 130 dan ortiq millat va ellatlarni inoqligi hamjihatligi uchun xizmat qilishi, va adolat mezoni mamlakatimizning taraqqiyot poedevori ekanligini, har bir nutqda ta’kidlaydi. Mamlakatimizdagi jamiki, fuqoralar, hoh yuridik yoki jismoniy, dini, tili millatidan qat’iy nazar qonun oldida tengdirlar.
Bugungi kunda ham Konstitutsiya barcha me’yoriy hujjatlarni, davlat organlarini asosiy manbasidir. Huquqiy savodxonligi rivojlangan har bir davlat, jamiyat, xalqning kelajagi, ertangi kuni istiqbolidir. SHuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, Hozirgi kundagi so‘z erkinligi, mamlakatimizdagi islohatlar ko‘lamidan darak beradi. Endilikda o‘zining qobilyati, istedodi bilan o‘zbek yoshlari johon miqiyosida yuqori marralarni egalamoqda. Bu esa shundan darak beradi, erkinlik, hurfikirlik rivojlanishning zamirida – adolat tamoyili uning asosida esa bizning Konstitutsiyamiz turibdi.
Konstitutsiya bu juda keng qamrovli tushuncha hisoblanib har bir davlatning ichki nizom va qoidalarini belgilab beradigan, asosiy tamoyillarni o‘zida jamlagan majmua. Istalgan bir millatni, jamiyatni, mamalakatni olaylik, unda qonun ustuvorligi asosiy javha sifatida namoyon bo‘ladi. Konstitutsiyamiz tarixiga nazar solar ekanmiz. Shu o‘rinda suveren O‘zbekiston Respublikasining birinchi Konstitutsiyasini tayyorlash, muhokama etish, qabul qilish va uning amal qilish yo‘lidagi 10 ta huquqiy qadamni bu boradagi eng muhim tarixiy voqealar sifatida sanab o‘tishim lozim. Zotan, Konstitutsiyani yaratish tarixi bu mustaqilik uchun kurashing uzviy tarkibiy qismdir. Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi birinchi huqqiy qadam - o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishidir. Bu haqida so‘z borganda, avvalam 1989 –yilning 21-oktabr kuni qizg‘in boks va tortushuvlardan so‘ng siyosiy – ma’naviy hayotimizdagi unitilmas hodisa amalga oshirilgani milliy qadriyatlarmizning asosiy ustinlaridan biri bo‘lgan ona tiliga davlat tili maqomi berilgani istiqlol tarixining eng yorqin sahifalaridan birini tashkil etishni alohida ta’kidlash o‘rinlidir. Konstitutsiya yaratish yo‘lidagi ikkinchi huquqiy qadam Prezidentlik instituti ta’sis etilishi va yangi davlat ramzlarini tayyorlash bo‘yicha komissiya tuzilishi bilan uzviy bog‘liq. Yurtimiz hayotida bu g‘oyat muhim va hayajonli voqealar 1990-yilning mart oyida bo‘lib o‘tganini eslash joiz. Ya’ni prezidentlik lavozimi ta’sis etilishi.
Bizning konstitutsiyamiz qolaversa, xalqimiz, balki jahonning nufuzli tashkilotlari tamonidan e’tirof etildi. Masalan, Konstitutsiya loyhasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropa xafsizlik va hamkorlik kengashi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar va AQSH, Buyuk Britaniya Germaniya kabi demokratik davlatlar mutaxassislarning sinchikov ekspertizasidan o‘tdi. Ayniqsa, Konstitutsiya loyhasining umumxalq muhokamasi O‘zbekiston xalqining xohish-irodasini aniqlash hamda juda boy material to‘plash imkonini berdi. Ushbu material chuqur va har tamonlama o‘rganib chiqildi, umumlashtirildi, va xalqning umumiy irodasi shaklida o‘n ikkinchi chaqriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasi muhokamasiga kiritildi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining g‘oya va normalarida xalqimizning ko‘p asrlik tajriba va ma’naviy qadriyatlari, boy tarixiy-huquqiy merosi aks ettirilgani uning hayotiyligining kafolatidir. Shu bilan birga, asosiy qonunimiz ko‘plab demokratik davlatlarda konstitutsiyaviy qurilish sohasidagi ilg‘or tajribaning eng yaxshi jihatlarini. inson huquqlari umumjahon dekloratsiyasining umum-e’tirof etilgan normalari hamda mazkur sohadagi boshqa xalqaro hujjatlarga asoslangan inson huquq va manfaatlari erkinligini ta’minlash va himoya qilish mexanizmini o‘zida mujjasam etgan. Konstitutsiyaning qabul qilinishi ijtimoiy va davlat qurilishining barcha jabhalaridagi munosabatlarni, milliy qonunchiligimizning barcha sohalarini tartibga soluvchi aniq huquqiy tizmni tashkil etadi.
Mamlakatimiz bosh qomusida jamiyat va davlat, hokimyati va boshqaruv organlari tuzilish hamda faoliyatining asosiy prinsplari, ularning vakolatlari, fuqoralarning asosiy huquq va burchlari, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlari belgilab berilgan.
Amaldagi barcha qonunlar va boshqa hujjatlar Konstitutsiya negizida va unga muvofiq tarzda qabul qilindi. Qomusimizning mukammaligi va qonunlarning ustunligini ta’minlash, ijtimoiy turmushni tartibga solish jamiyatdagi barcha jabhalardagi faoliyatlarni ulug‘ maqsadlar sari yo‘naltirishda muhim omil sifatida xizmat qildi. Aholining dunyo qarashi huquqiy va siyosiy bilim darajasini , ongini oshirish ma’naviy-axloqiy barkamolikka doimiy intilish har bir fuqoraning o‘zini o‘zi boshqarish va nazorat qilishi ijtimoiy adolat tamoyillarining hamma vaqt hayotiyligi ta’minlash va idrok etish zarur. Konstitutsiyada bayon etilgan tushinchalar shu qadar ahamyatliki, hech biro dam ularsiz yashay olmaydi. Negaki inson har kuni duch keladigan muomolar hal etilishi ham ko‘pincha mamlakat asosiy qonuniga kiritilgan qoidalar va moddalarga bog‘liqdir. Butun boshqaruv tizmida qonun roli va vazifasini kengaytirish, unga bo‘ysinib yashashni aholi turmush tarziga aylantirish demokratik davlatning sifat ko‘rinishini, fuqorolik jamiyatining beqiyos afzalligidir.
Bobolarimiz Amir Temur takidlaganidek, Qonun hukmron joyda erkinlik bo‘ladi “ Insonlar belgilangan tartib-qoidalarga amal qilsa, ularning adolatli hal etiladi, jamiyatda erkinlik va sog‘lom huquqiy muhit shakillanadi.
Konstitutsiya mizning hayotbaxsh va insonparvarligi shundaki, ne-ne orzu niyatlar bilan farzand tarbiyalashayotgan insonlarning yaxshi yashashi, ishlashini kafolatlash bilan birgalikda, ularning zimasidagi eng asosiy vazifa - farzandlarining haq-huquqlari davlat muhofazasida ekanligiga alohida e’tibor qaratilgan. Jamiyat asosiy bo‘lagi bo‘lgan oilani saqlash, farzandlar kamolatini ta’minlash shu jamiyatda yashayotgan har bir fuqoroning insoniylik va fuqorolik burchidir. Asosiy maqsad esa xalqimizga hayotimiz qomusining mazmun-mohiyatini yanada teran anglashlariga ko‘maklashishdan iboratdir. Xulosa qilib aytganda, konstitutsiyani ishlab chiqish, muhokama etish va qabul qilish jarayoni birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning ,,Konstitutsiya davlatini davlat, millatni, millat sifatida dunyoga tanitadigon Qomusnoma “ bo‘lganligi u,, xalqimizning irodasini, ruhiyatini “ aks etirishi , uning ,, xalqimiz tafakkuri va ijodining mahsuli” ekani haqidagi hikmatli xulosalari to‘g‘ri va asoslangan ekanini yaqqol tasdiqlaydi va hozirgi kunimizda o‘z ifodasini topib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |