Kurs ishini bajarishga doir ko’rsatmalar
To’sinli plitalari bo’lgan monolit qoburg’ali orayopmalar monolit plita, ikkinchi darajali to’sin va bosh to’sinlardan iborat.
Bosh to’sin binoning chetki qismida g’isht devolarga, o’rta qismida esa monolit ustunlarga tiralgan bo’ladi.
Bosh to’sinning yo’nalishini tanlashda har ikki xil variantning (ya’ni bosh to’sin ko’ndalang yo’nalishda yoki bo’ylama yo’nalishda) eskizni chizib olib ko’ramiz. Sanoat binolarida ko’ndalang yo’nalishda bo’lishi maqsadga muvofiqdir. CHunki, sanoat binolarida binoning fazoviy bikrligini ko’ndalang ramalar ta’minlaydi. Fuqaro binolarida esa ustunlar oralig’i qaysi yo’nalishda kattaroq bo’lsa, bosh to’sin shu yo’nalishda qo’yilishi kerak.
Monolit plitalarni hisoblash
Avvalo plitaning qalinligini aniqlab olish kerak. Uni aniqlash uchun quyidagi jadvaldan foydalanish tavsiya qilinadi.
1-jadval
Plitaning qalinligi
|
Vaqtinchalik yuklamaning miqdori
|
3000
|
5000
|
7500
|
10000
|
15000
|
6
|
2,4
|
2,0-2,2
|
1,6-1,8
|
-
|
-
|
7
|
2,8
|
2,4-2,6
|
2,0-2,2
|
1,7-1,9
|
-
|
8
|
-
|
2,9-3,1
|
2,2-2,4
|
1,9-2,1
|
1,6-1,8
|
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, plitaning qalinligi vaqtinchalik yuklamaning miqdoriga va plitaning ikkinchi darajali to’sinlar orasidagi masofasiga bog’liq. Plitaning ikkinchi darajali to’sinlar orasidagi masofasini aniqlash uchun ikkinchi darajali to’sinlarni ko’ndalang kesimi o’lchamlarini aniqlab olish kerak.
Ikkinchi darajali to’sinlarni ko’ndalang kesimining balandligi uni uzunligining ulushicha, eni esa ushbu kesim balandligining (0,4÷0,5) ulushicha qabul qilinadi.
Plitani hisoblash uchun orayopma rejasida shartli ravishda eni 1 m bo’lgan yo’lak tanlab olinadi. (1-rasm).
1-rasm
Plitaning 1m2 qismi qabul qilinadigan yuklama aniqlanadi va bu yuklama o’z navbatida tanlab olingan 1 metrli yo’lning 1 pog. m. qismi qabul qilinadigan yuklama deb hisoblanadi.
Plitaning hisobiy oralig’i quyidagicha aniqlanadi:
bu yerda: - devor bilan chetki qismdagi ikkinchi darajali to’sin o’qlari orasidagi masofa;
- ikkinchi darajali to’sinlar o’qlari orasidagi masofa;
- plitaning qalinligi;
- ikkinchi darajali to’sin kesimining eni.
Plita ko’p oraliqli uzluksiz to’sinlar kabi hisoblanib, hisobiy eguvchi momentlari quyidagicha aniqlanadi:
a) birinchi oraliq va chetki oraliq tayanch uchun:
;
b) o’rta qatordagi oraliqlar va tayanchlar uchun:
;
Armaturalarning ko’ndalang kesim yuzasini quyidagi formuladan aniqlanadi:
;
bu yerda: M - hisobiy eguvchi moment;
Rs - armaturaning hisobiy qarshiligi;
ho - kesimning ishchi balandligi;
- jadvaldan olinadigan koeffitsient bo’lib, Aoning qiymatiga bog’liq;
;
- betoninng ish sharoiti koeffitsienti.
Do'stlaringiz bilan baham: |