Ikkinchi darajali to’sinlarni armaturalash Ushbu karkaslarning ishchi armaturalari birinchi oraliq va o’rta oraliqlar uchun alohida aniqlanadi. Ko’ndalang armaturalar esa qiya kesimlarning mustahkamligini aniqlash orqali hisoblanadi. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, ko’ndalang armaturalar aksariyat hollarda konstruktiv talablar asosida (hisoblanmasdan) o’rnatiladi.
Lekin uning diametrini aniqlashda ishchi armaturalarga payvandlana olishxususiyatiga ega bo’lishi kerak. Ko’ndalang armaturalar orasidagi masofalar esa ko’ndalang kuch epyurasiga asosan (ya’ni o’rta qismida ko’ndalang armatura kamroq, tayanch yaqinida esa ko’proq) va to’sinning ko’ndalang kesim o’lchamlariga qarab aniqlanadi.
Ikkinchi darajali to’sinlarni tayanch qismida o’ramli to’rlar bilan yoki payvandlangan tekis to’rlar bilan armaturalanadi. Ikkinchi darajali to’sinlarni armaturalash 3-rasmda tasvirlangan.
Bosh to’sinlarni hisoblash Bosh to’sinlarni hisobiy eguvchi momentlari va ko’ndalang kuchlari chegaraviy muvozanat usuli bilan hisoblanadi. Bosh to’sinlar o’zidan yuqoridagi konstruktsiyalarni og’irligini ikkinchi darajali to’sin orqali to’plangan yuklama sifatida qabul qilib, o’z og’irligi bilan birga ustunlarga uzatadi.
To’sindagi eguvchi moment va qirquvchi kuchlar esa quyidagicha aniqlanadi:
bu yerda: g va -doimiy va vaqtinchalik to’plangan yuklamalar; -bosh to’sinning hisobiy oralig’i (ustunlar markaziy o’qlari orasidagi masofaga teng, birinchi oraliqda esa to’sinning devoriga tiralgan qismi markazidan ustunning markaziy o’qigacha bo’lgan masofaga teng).
-eguvchi momentni aniqlashda to’sinning yuklanish sxemasiga bog’liq bo’ladigan jadval koeffitsientlari.
- qirquvchi (ko’ndalang) kuchni aniqlashda yuklanish sxemasiga bog’liq bo’ladigan jadval koeffitsientlari.
Bosh to’sinlarni armaturalash Bosh to’sinlarni armaturalash ham ikkinchi darajali to’sinlarni armaturalash kabi bo’ladi. CHetki va o’rta oraliqlar va tayanchlar uchun hisoblangan eguvchi momentlar orqali ishchi armaturalarning ko’ndalang kesimim yuzasi aniqlanib, so’ngra tanlanadi. Oraliqlarda bosh to’sinni 2 ta yoki 3 ta tekis karkas bilan armaturalanadi va qolipga o’rnatishdan oldin ulardan fazoviy karkas hosil qilinadi. Ikkita karkas ustunning chetiga yetib borishi kerak.
Tayanchda esa bosh to’sin ikkita alohida karkaslar bilan armaturalanib, ushbu karkaslar ustunning karkaslari orasidan o’tkaziladi. Armaturalarni tejash maqsadida bosh to’sin uchun materiallar epyurasi quriladi. Ushbu epyuraning mohiyati shundan iboratki, hisoblab topilgan ishchi armaturaning cho’zilishga ishlamaydigan qismi (yoki amalda nokerak qismi) uzib tashlanadi.