Polimerlar asosidagi materiallar
Reja:
Kremniy-organik polimer birikmalar
Kauchuklar
Kremniy-organik polimer birikmalar
Kremniy-organik polimerlar issik va sovukka chidamli, elktr tokini utkazmaslik, suvni shimmaslik kabi xossalarga ega. SHuning uchun ulardan sovuk va issikka chidamli moylar, kauchuklar, plastmassalar, suvni shimmaydigan maxsulotlar tayyorlanadi.
Kremniy-organik smolalarda (polimerlarda) organik va anorganik birikmalarning xamma afzalliklari mujassamlashgan: silikat materiallarga xos bulgan xossaga, yani kimyoviy tasirlarga bardosh beradigan; shuningdek organik birikmalarga xos bulgan plastiklik va elastik xossalarga egadir.
Makromolekulalarining tuzilishi, ular tarkibiga kiruvchi monomerlarni bir-biri bilan boglanish xususiyatlari, undagi radikallar tabiatiga karab kremniy-organik birikmalardan smola va kauchuksifat polimerlar, xamda suyuk va yogsimon maxsulotlar olish mumkin.
Kremniy-organik polimerlar issikka chidamli, olovda yonmaydi, sovukda kotmaydi, suvni shimmaydi, organik erituvchilarda erimaydi, mustaxkam, agressiv suyukliklar tasiriga barkaror, yukori elastik xossaga ega bulgan birikmadir. SHuning uchun ulardan maxsus xususiyatli silikon rezina va kauchuklar, elimlar, mashina moylari, pardalar va xatto tolalar, mustaxkam plastmassalar xam tayyorlash mumkin.
Bunday polimerlarning fiziko-kimyoviy xususiyatlari-800S dan 200-3000S oralikdagi intervalda uzgarmay koladi. Ular asosida olingan tuldirgichli plastmassalar (tuldirgich sifatida titan, alyuminiy, bor va boshka elementlarni kukuni ishlatiladi) 500-5500S temperaturaga turgundir. Ular asosidagi ximoya pardalar kupincha asbob-uskunalarni yukori temperatura va agressiv muxitda korroziyalanishdan saklaydi. Bunday polimerlarga polimetil- fenilsiloksan va polietilfenilsiloksanlar misol bulaoladi. Bunday polimerlarning kamchiligiga misol kilib ularning kuchli kislota eritmalariga va organik eritmalarga turgunmasligidir. Ularning bunday kamchiligini bartaraf kilish va ayrim xususiyatlarini yaxshilash maksadida kremniy-organik polimerlar fenol-formaldegid, vinilpolimerlar, epoksid, poliefir va boshka organik smolalar bilan modifikatsiyalanadi.
Kauchuklar
Tarkibida vulkanizator, vulkanizatsiyalash jarayonini tezlashtiruvchi, aktivatorlar, yumshatgichlar, eskirishini sekinlashtiruvchi bulgan tabiiy va sintetik kauchuklardan rezina va rezina buyumlar olinadi. Kushilgan oltingugurt mikdoriga karab vulkanizatsiyalashdan sung kauchuklardan yumshok, urtacha yumshok va kattik rezina (ebonitlar) olinadi. YUmshok rezinada 2-4 urtacha va yumshok rezinada 12-18 va ebonitda 50 oltingugurt buladi.
YUmshok va urtacha yumshok rezinalar xar xil apparat va uskunalarni ichki yuzini koplash ; ebonitlar esa, apparatlarni emirilishdan saklash uchun, katlamlar sifatida va konstruktsion materiallar sifatida ishlatiladi. Undan trubalar, plastinkalar, naychalar tayyorlanadi. Rezinalar kislotabardosh, issikbardosh, sovukbardosh, yog va benzinga bardosh kurinishda chikariladi.
Kauchuklardan 50 000 xilga yakin turli buyumlar yasaladi. Bular ichida eng axamiyatlisi xavoda va erda yuruvchi transportlarning shinalaridir. Ulardan kiyim-kechaklar, oyok- kiyimlar, lentalar, podkladkalar tayyorlanadi.
Kauchuk turli agressiv muxit tasiriga barkaror bulgani tufayli ularning axamiyati kimyo sanoatida juda kattadir.
Kauchuklardan kup mikdorda govak materiallar ishlab chikariladi va sanoatning turli soxalarida keng mikyosda ishlatiladi.
Sanoatda keng mikyosda ishlatiladigan kachuklarga misol kilib, tabiiy kauchuk, ftor kauchuk (poliftoropren), natriy butadien kauchuk, polixloropren, butadiennitril, polisul’fid, butadienstirol, fenilmetilsiloksan, feniletilsiloksan va boshkalarni keltirish mumkin. Bu kauchuklar -600S dan +2500S gacha, modifikatsiyalanganlari -800S dan +6000S gacha xaroratga va agressiv muxitga bardosh beraoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |