Kredit-modul tizimida individual ta’limning o’rni



Download 264,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana18.09.2022
Hajmi264,61 Kb.
#849241
  1   2
Bog'liq
kredit-modul-tizimida-individual-ta-limning-o-rni (1)



Kredit-modul tizimida individual ta’limning o’rni 
Аziz Аbdumannonovich Boʼriboev 
boriboyev2020@gmail.com
Jizzax politexnika instituti 
 
Annotatsiya:
Mazkur maqolada kredit-modul tizimida talaba mustaqil ishini 
tashkil etishda individual ta’lim texnologiyasidan foydalanish, individual ta’lim 
texnologiyasining tamoyillari, imkoniyatlari va shaxsga yo’naltirilgan ta’limning 
asosiy, muhim turlari haqida batafsil ma’lumot berilgan. 
Kalit soʼzlar:
kredit-modul tizimi,talaba mustaqil ishi, individual taʼlimi 
texnologiyalari, fan dasturi va modullar. 
The role of individual education in the credit-module system 
Aziz Abdumannonovich Boʼriboev 
boriboyev2020@gmail.com 
Jizzakh Polytechnic Institute 
Abstract:
This article provides detailed information on the use of individual 
educational technology in the organization of independent work of students in the 
credit-module system, the principles, capabilities of individual educational 
technology and the main, important types of person-centered education. 
Keywords:
credit-module system, student independent work, individual 
educational technologies, science programs and modules. 
Innovatsion taʼlimning asosiy maqsadi taʼlim oluvchilarda kelajakka masʼuliyat 
hissini va oʼz-oʼziga ishonchni shakllantirishdir. Ilm-fan va ishlab chiqarishning jadal 
rivojlanishi jamiyatni iqtisodiy taraqqiy ettirish bilan bir qatorda ijtimoiy 
munosabatlar mazmunida ham tub oʼzgarishlarning roʼy berishiga zamin yaratmoqda. 
Shuningdek, iqtisodiy sohada boʼlgani singari ijtimoiy, shu jumladan, taʼlim sohasida 
ham texnologik yondashuvni tatbiq etishga katta ahamiyat qaratilmoqda.Bu natajasi 
oʼlaroq oliy taʼlimda tub islohatlar amalga oshirilmoqda. Jumladan kredit-modul 
taʼlim tizimini joriy etilishidir [1]. 
Kredit-modul tizimi avvalambor, mamlakatimiz oliy taʼlim tizimiga taʼlimning 
amaldagidan koʼra ancha mukammal, zamonaviy hamda hamma uchun tushunarli 
boʼlgan oʼlchov birligini olib kiradi. Unga koʼra oliy taʼlim muassasasi oʼquv 
dasturlari muayyan oʼqish natijalarini koʼzlovchi turli fan va modullarga boʼlinadi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
892


Har bir fan yoki modul esa undagi oʼqish yuklamasi miqdoriga qarab muayyan 
miqdordagi kreditlarda aks etadi [2-3]. 
Kredit-modul tizimida faoliyat yuritadigan universitetlar amaliyotini tahlil 
qilinganida, ularning aksariyatida auditoriya soatiga ega boʼlgan fan va modullarda 
auditoriya va mustaqil oʼqish soatlari nisbati oʼrtacha 40 foizga 60 foiz ekanligini 
kuzatishimiz mumkin. Bu nisbat boshqacha qilib aytganda 1 : 1.5 toʼgʼri keladi. 
Yaʼni, talaba muayyan fan boʼyicha belgilangan har 1 soat dars uchun unga darsdan 
tashqarida bir yarim soat mustaqil oʼqishi, tayyorlanishi kerak boʼladi. Talabalarning 
mustaqil ishi-bu talabaning oʼziga xos oʼquv faoliyati boʼlib, u didaktik topshiriqlarni 
mustaqil ravishda bajarishga, oʼqishga qiziqtirishga va muayyan fan sohasida 
bilimlarni oshirishga yoʼnaltirilgan. Аlbatta talaba mustaqil ishi mazmuni mantiqiy 
fikrlashni, ijodiy faollikni, oʼquv materialini oʼzlashtirishda tadqiqotchilik 
yondashuvini shakllantirishga imkon beruvchi amaliy topshiriqlarni bajarish bilan 
bogʼliq boʼladi. Odatda talaba mustaqil ishi talabaning toʼla mustaqil faoliyati bilan 
birgalikda ma’lum bir qismi auditoriyadan tashqarida bajariladigan oʼqituvchi 
rahbarligidagi talabaning mustaqil ishini ham oʼz ichiga oladi, qolgan aksariyat 
qismini individual o’zi ongli ravishda bajarishi kerakdir. Maskur halotda shaxsga 
yo’naltirilgan ta’lim turlaridan yana biri - indiviual ta’lim muhim sanaladi [4].
Individual ta’lim - ta’lim jarayonida o’qituvchining faqatgina bir nafar talaba 
bilan yoki talabaning ta’lim vositalari (adabiyotlar, kompyuter, televidenie, radio va 
b. axborot texnologiyalar) bilan o’zaro hamkorligi asosida o’quv materiallarining 
o’zlashtirilishini ta’minlashga yo’naltirilgan ta’limdir [5-6]. 
Bu turdagi ta’lim shaxsga yo’naltirilgan ta’lim turlari orqasida muhim, 
shuningdek, dolzarb globallashuv sharoitida dolzarblik kasb etadi. Individual 
ta’limning ahamiyatli jihati shundaki, talaba o’quv faoliyatining bajarayotgan 
mustaqil ta’limining mazmuni, metodlari va sur’atini uning xususiyatlariga to’la 
moslashtirilishini nazarda tutadi. Bu turdagi ta’lim talaba uchun o’zining ichki 
imkoniyatlarini to’laqonli namoyon etishi uchun zarur sharoitni yaratadi. Mustaqil 
ta’limning o’quv materiallarini o’zlashtirish uchun o’zi sarflayotgan kuchni nazorat 
qilib borish, o’zi uchun qulay vaqtda ta’lim olishni kafolatlay olishi bilan ta’riflanadi. 
Indiviual ta’lim o’qitish jarayonida har bir talaba shaxsiy imkoniyatlarining inobatga 
olinishini ta’minlabgina qolmay, barcha talabalarning rivojlanishi uchungina emas, 
shu bilan birga jamoa negizida har bir talabaning rivojlanishi, shaxs va mutaxassis 
sifatida kamol topishi uchun zarur sharoitni yaratishga xizmat qiladi [7-8]. 
Individual ta’limning ustuvor tamoyillari quyidagilar hisoblanadi: 
- Ilmiylik va g’oyaviylik tamoyili; 
- Izchillik va uzluksizlik tamoyili; 
- Tizimlilik va maqsadga muvofiqlik ta’moyili; 
- O’quvchining individual xususiyatlarini inobatga olish tamoyili; 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
893


- Talabalarning individual ishlari(mustaqil ta’lim)ni o’quv faoliyatining boshqa 
shakllari bilan o’zaro integratsiyasi tamoyili; 
Mohiyatiga ko’ra indiviual ta’lim har bir talabaning indiviual xususiyatlarining 
to’la inobatga olinishi uchun o’qitish shakllari, metodlari va vositalarini samarali 
tanlagan holda o’qitish jarayonini tashkil etilishini, har bir talabaga individual 
yondashishni ta’minlovchi turli o’quv-metodik, psixologik-pedagogik hamda 
tashkiliy-boshqaruv chora tadbirlarini belgilashga qaratilgan faoliyat mazmunini 
yoritishni anglatadi. Anglanganidek, o’quv jarayonini indiviual tashkil etishga 
bo’lgan yondoshuv hamda o’qitishning indiviual shakli so’z yuritilayotgan ta’limning 
ustuvor jihatlari sanaladi. Individual ta’lim maqsad, mazmun, shakl, metod va 
vositalardan iborat dinamik tizimga ega [9-10].
Individual ta’limda o’quv jarayoni to’g’ri tashkil etilsa quyidagi natijalarni 
kafolatlaydi:
- talabaning shaxsiy imkoniyatlari, qobiliyatlarini saqlab qolish va ularni yanada 
rivojlantirish;
- o’quv fanlari asoslarini o’zlashtira olmaslikning oldini olish uchun har bir 
talaba tomonidan o’quv dasturlarigi mustaqil ta’limni bajarishda individuallashtirish 
vositalaridan foydalanish;
- har bir talabada uning yaqin kelajakda rivojlantirishi uchun tayanch bo’ladigan 
umumiy ta’limiy ko’nikma va malakalarni shakllantirish;
- talabalarning o’quv motivatsiyasini oshirish va ularda bilishga bo’lgan 
qiziqishlarni rivojlantirish;
- o’quvchilarda mustaqillik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, fikrlash va 
ijodkorlik kabi sifatlarni shakllantirish; 
Individual ta’limning hozirgi vaqtda ommalashgan turi bu albatta hammasiz 
bilgan repitetorlik ta’limidir. Repitetorlik lotincha “
repetitor”-“
orqaga qaytishni 
talab qiluvchi”, “takrorlovchi” ma’nolarini anglatadi.
 
Shunday qilib, individual ta’lim ham shaxsga yo’naltirilgan ta’limning asosiy, 
muhim turi sanaladi. Unda talaba mustaqil ishini olib borishda ham ta’lim jarayonini 
individuallashtirish, har bir ta’lim oluvchi ichki imkoniyatlarini to’la ro’yobga 
chiqarishga yo’naltirilganligi bilan ta’limiy ahamiyat kasb etadi. Barcha zamonaviy 
ta’lim turlari kabi individual ta’lim o’zi bilan omixta ta’lim texnologiyalari bilan 
birga natijadorligi yuqori hisoblanadi [11]. Bu esa dasturiy ta’lim texnologiyasidir. 
Individual va dasturiy ta’lim texnologiyalari ta’lim jarayonini individuallashtirish, 
o’quv materiallarini ta’lim oluvchilarning imkoniyatlari, bilimlarni qabul qilish 
darajasiga moslashtirgan holda turli darajalarda muayyan izchillikda taqdim etilishini 
ta’minlaydi. Mustaqil ta’lim texnologiyalari esa to’la ma’noda ta’lim oluvchilarning 
o’qituvchining yo’naltiruvchi ko’rsatmalari asosida mustaqil ravishda o’quv hamda 
mutaxassislik fanlari asoslarini puxta o’zlashtirishlari uchun zarur sharoitni 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
894


yaratishga xizmat qiladi. Shunday ekan, oliy ta’lim muassasalarining pedagoglari o’z 
faoliyatlarida individual, dasturiy texnologiyalaridan samarali foydalanish ko’nikma, 
malakalarining o’zlashtira olishlari talab etiladi.

Download 264,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish