Kredit-modul tizimida individual ta’limning o’rni
Аziz Аbdumannonovich Boʼriboev
boriboyev2020@gmail.com
Jizzax politexnika instituti
Annotatsiya:
Mazkur maqolada kredit-modul tizimida talaba mustaqil ishini
tashkil etishda individual ta’lim texnologiyasidan foydalanish, individual ta’lim
texnologiyasining tamoyillari, imkoniyatlari va shaxsga yo’naltirilgan ta’limning
asosiy, muhim turlari haqida batafsil ma’lumot berilgan.
Kalit soʼzlar:
kredit-modul tizimi,talaba mustaqil ishi, individual taʼlimi
texnologiyalari, fan dasturi va modullar.
The role of individual education in the credit-module system
Aziz Abdumannonovich Boʼriboev
boriboyev2020@gmail.com
Jizzakh Polytechnic Institute
Abstract:
This article provides detailed information on the use of individual
educational technology in the organization of independent work of students in the
credit-module system, the principles, capabilities of individual educational
technology and the main, important types of person-centered education.
Keywords:
credit-module system, student independent work, individual
educational technologies, science programs and modules.
Innovatsion taʼlimning asosiy maqsadi taʼlim oluvchilarda kelajakka masʼuliyat
hissini va oʼz-oʼziga ishonchni shakllantirishdir. Ilm-fan va ishlab chiqarishning jadal
rivojlanishi jamiyatni iqtisodiy taraqqiy ettirish bilan bir qatorda ijtimoiy
munosabatlar mazmunida ham tub oʼzgarishlarning roʼy berishiga zamin yaratmoqda.
Shuningdek, iqtisodiy sohada boʼlgani singari ijtimoiy, shu jumladan, taʼlim sohasida
ham texnologik yondashuvni tatbiq etishga katta ahamiyat qaratilmoqda.Bu natajasi
oʼlaroq oliy taʼlimda tub islohatlar amalga oshirilmoqda. Jumladan kredit-modul
taʼlim tizimini joriy etilishidir [1].
Kredit-modul tizimi avvalambor, mamlakatimiz oliy taʼlim tizimiga taʼlimning
amaldagidan koʼra ancha mukammal, zamonaviy hamda hamma uchun tushunarli
boʼlgan oʼlchov birligini olib kiradi. Unga koʼra oliy taʼlim muassasasi oʼquv
dasturlari muayyan oʼqish natijalarini koʼzlovchi turli fan va modullarga boʼlinadi.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
892
Har bir fan yoki modul esa undagi oʼqish yuklamasi miqdoriga qarab muayyan
miqdordagi kreditlarda aks etadi [2-3].
Kredit-modul tizimida faoliyat yuritadigan universitetlar amaliyotini tahlil
qilinganida, ularning aksariyatida auditoriya soatiga ega boʼlgan fan va modullarda
auditoriya va mustaqil oʼqish soatlari nisbati oʼrtacha 40 foizga 60 foiz ekanligini
kuzatishimiz mumkin. Bu nisbat boshqacha qilib aytganda 1 : 1.5 toʼgʼri keladi.
Yaʼni, talaba muayyan fan boʼyicha belgilangan har 1 soat dars uchun unga darsdan
tashqarida bir yarim soat mustaqil oʼqishi, tayyorlanishi kerak boʼladi. Talabalarning
mustaqil ishi-bu talabaning oʼziga xos oʼquv faoliyati boʼlib, u didaktik topshiriqlarni
mustaqil ravishda bajarishga, oʼqishga qiziqtirishga va muayyan fan sohasida
bilimlarni oshirishga yoʼnaltirilgan. Аlbatta talaba mustaqil ishi mazmuni mantiqiy
fikrlashni, ijodiy faollikni, oʼquv materialini oʼzlashtirishda tadqiqotchilik
yondashuvini shakllantirishga imkon beruvchi amaliy topshiriqlarni bajarish bilan
bogʼliq boʼladi. Odatda talaba mustaqil ishi talabaning toʼla mustaqil faoliyati bilan
birgalikda ma’lum bir qismi auditoriyadan tashqarida bajariladigan oʼqituvchi
rahbarligidagi talabaning mustaqil ishini ham oʼz ichiga oladi, qolgan aksariyat
qismini individual o’zi ongli ravishda bajarishi kerakdir. Maskur halotda shaxsga
yo’naltirilgan ta’lim turlaridan yana biri - indiviual ta’lim muhim sanaladi [4].
Individual ta’lim - ta’lim jarayonida o’qituvchining faqatgina bir nafar talaba
bilan yoki talabaning ta’lim vositalari (adabiyotlar, kompyuter, televidenie, radio va
b. axborot texnologiyalar) bilan o’zaro hamkorligi asosida o’quv materiallarining
o’zlashtirilishini ta’minlashga yo’naltirilgan ta’limdir [5-6].
Bu turdagi ta’lim shaxsga yo’naltirilgan ta’lim turlari orqasida muhim,
shuningdek, dolzarb globallashuv sharoitida dolzarblik kasb etadi. Individual
ta’limning ahamiyatli jihati shundaki, talaba o’quv faoliyatining bajarayotgan
mustaqil ta’limining mazmuni, metodlari va sur’atini uning xususiyatlariga to’la
moslashtirilishini nazarda tutadi. Bu turdagi ta’lim talaba uchun o’zining ichki
imkoniyatlarini to’laqonli namoyon etishi uchun zarur sharoitni yaratadi. Mustaqil
ta’limning o’quv materiallarini o’zlashtirish uchun o’zi sarflayotgan kuchni nazorat
qilib borish, o’zi uchun qulay vaqtda ta’lim olishni kafolatlay olishi bilan ta’riflanadi.
Indiviual ta’lim o’qitish jarayonida har bir talaba shaxsiy imkoniyatlarining inobatga
olinishini ta’minlabgina qolmay, barcha talabalarning rivojlanishi uchungina emas,
shu bilan birga jamoa negizida har bir talabaning rivojlanishi, shaxs va mutaxassis
sifatida kamol topishi uchun zarur sharoitni yaratishga xizmat qiladi [7-8].
Individual ta’limning ustuvor tamoyillari quyidagilar hisoblanadi:
- Ilmiylik va g’oyaviylik tamoyili;
- Izchillik va uzluksizlik tamoyili;
- Tizimlilik va maqsadga muvofiqlik ta’moyili;
- O’quvchining individual xususiyatlarini inobatga olish tamoyili;
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
893
- Talabalarning individual ishlari(mustaqil ta’lim)ni o’quv faoliyatining boshqa
shakllari bilan o’zaro integratsiyasi tamoyili;
Mohiyatiga ko’ra indiviual ta’lim har bir talabaning indiviual xususiyatlarining
to’la inobatga olinishi uchun o’qitish shakllari, metodlari va vositalarini samarali
tanlagan holda o’qitish jarayonini tashkil etilishini, har bir talabaga individual
yondashishni ta’minlovchi turli o’quv-metodik, psixologik-pedagogik hamda
tashkiliy-boshqaruv chora tadbirlarini belgilashga qaratilgan faoliyat mazmunini
yoritishni anglatadi. Anglanganidek, o’quv jarayonini indiviual tashkil etishga
bo’lgan yondoshuv hamda o’qitishning indiviual shakli so’z yuritilayotgan ta’limning
ustuvor jihatlari sanaladi. Individual ta’lim maqsad, mazmun, shakl, metod va
vositalardan iborat dinamik tizimga ega [9-10].
Individual ta’limda o’quv jarayoni to’g’ri tashkil etilsa quyidagi natijalarni
kafolatlaydi:
- talabaning shaxsiy imkoniyatlari, qobiliyatlarini saqlab qolish va ularni yanada
rivojlantirish;
- o’quv fanlari asoslarini o’zlashtira olmaslikning oldini olish uchun har bir
talaba tomonidan o’quv dasturlarigi mustaqil ta’limni bajarishda individuallashtirish
vositalaridan foydalanish;
- har bir talabada uning yaqin kelajakda rivojlantirishi uchun tayanch bo’ladigan
umumiy ta’limiy ko’nikma va malakalarni shakllantirish;
- talabalarning o’quv motivatsiyasini oshirish va ularda bilishga bo’lgan
qiziqishlarni rivojlantirish;
- o’quvchilarda mustaqillik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, fikrlash va
ijodkorlik kabi sifatlarni shakllantirish;
Individual ta’limning hozirgi vaqtda ommalashgan turi bu albatta hammasiz
bilgan repitetorlik ta’limidir. Repitetorlik lotincha “
repetitor”-“
orqaga qaytishni
talab qiluvchi”, “takrorlovchi” ma’nolarini anglatadi.
Shunday qilib, individual ta’lim ham shaxsga yo’naltirilgan ta’limning asosiy,
muhim turi sanaladi. Unda talaba mustaqil ishini olib borishda ham ta’lim jarayonini
individuallashtirish, har bir ta’lim oluvchi ichki imkoniyatlarini to’la ro’yobga
chiqarishga yo’naltirilganligi bilan ta’limiy ahamiyat kasb etadi. Barcha zamonaviy
ta’lim turlari kabi individual ta’lim o’zi bilan omixta ta’lim texnologiyalari bilan
birga natijadorligi yuqori hisoblanadi [11]. Bu esa dasturiy ta’lim texnologiyasidir.
Individual va dasturiy ta’lim texnologiyalari ta’lim jarayonini individuallashtirish,
o’quv materiallarini ta’lim oluvchilarning imkoniyatlari, bilimlarni qabul qilish
darajasiga moslashtirgan holda turli darajalarda muayyan izchillikda taqdim etilishini
ta’minlaydi. Mustaqil ta’lim texnologiyalari esa to’la ma’noda ta’lim oluvchilarning
o’qituvchining yo’naltiruvchi ko’rsatmalari asosida mustaqil ravishda o’quv hamda
mutaxassislik fanlari asoslarini puxta o’zlashtirishlari uchun zarur sharoitni
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
894
yaratishga xizmat qiladi. Shunday ekan, oliy ta’lim muassasalarining pedagoglari o’z
faoliyatlarida individual, dasturiy texnologiyalaridan samarali foydalanish ko’nikma,
malakalarining o’zlashtira olishlari talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |