Korxonani qayta tashkil etish va tugatish Faoliyat jarayonida tashkil etilgan korxonalar qayta tashkil etilishi mumkin. Korxonani qayta tashkil etish uning egasi yoki sud qarori bilan amalga oshiriladi va quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin: qo'shilish, qo'shilish, bo'linish, ajratish va o'zgartirish.
Korxona boshqa korxona bilan birlashtirilgan taqdirda, ularning har birining mulkiy huquqlari va majburiyatlari shunday qo'shilish natijasida yangi korxonaga o'tadi.
Korxona boshqa korxonaga qo'shilganda, uning barcha mulkiy huquqlari va majburiyatlari ikkinchisiga o'tadi.
Korxonani uning bo'linishi natijasida tashkil etilgan yangi korxonalarga bo'lingan taqdirda, shuningdek bir yoki bir nechta yangi korxonalar korxonadan ajratilganda, qayta tashkil etilayotgan korxonaning mulkiy huquqlari va majburiyatlari tegishli qismlarda ajratish to'g'risidagi aktga muvofiq ularning har biriga o'tkaziladi.
Agar kompaniya boshqa kompaniyaga aylantirilsa, o'zgartirilgan korxonaning barcha mulkiy huquqlari va majburiyatlari ikkinchisiga o'tadi.
Korxonani tugatish va qayta tashkil etish shartlari
1. Korxonani tugatish va qayta tashkil etish (birlashtirish, qo‘shish, bo‘lib yuborish, ajratish, qaytadan tuzish), korxona mol-mulki egasining yoki shunday korxonalarni tuzishga vakolatli bo‘lgan idoralar qaroriga binoan yoxud sud yoki xo‘jalik sudining qaroriga binoan amalga oshiriladi. Singan korxonalarni tugatish O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan tartibga solinadi.
Korxona olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korxonasi esa — uch oy mobaynida) bank hisobvaraqlari bo‘yicha pul operatsiyalarini o‘tkazish bilan bog‘liq moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan, dehqon va fermer xo‘jaliklari bundan mustasno, va (yoki) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran bir yil ichida o‘z ustav fondini ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirmagan taqdirda, qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, belgilangan tartibda tugatilishi lozim. SHu bilan birga o‘z ustav fondini belgilangan muddatda ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantira olmagan korxona uni amalda shakllantirib ulgurgan, ammo qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lmagan darajada kamaytirishi yoki o‘zi boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga aylantirilishi mumkin.
2. Korxonani qayta tashkil etish va tugatish chog‘ida ishdan bo‘shatilayotgan xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ularning huquqlari va manfaatlariga rioya etilishiga kafolat beriladi.
3. Korxona davlat ro‘yxati reestridan chiqarib yuborilgan paytdan boshlab qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan hisoblanadi.
4. Korxona boshqa korxona bilan qo‘shilgan taqdirda mazkur korxonalarning har biriga taalluqli barcha mulkiy huquqlar va majburiyatlar qo‘shilish natijasida vujudga kelgan korxonaga o‘tadi.
Bir korxonaning boshqa bir korxonaga qo‘shilishi chog‘ida uning barcha mulkiy huquqlari va majburiyatlari qo‘shib olgan korxonaga o‘tadi.
5. Korxona bo‘lib yuborilgan taqdirda qaytadan tashkil etilgan korxonaning mulkiy huquqlari va majburiyatlari ana shu bo‘lib yuborish natijasida vujudga kelgan yangi korxonalarga bo‘lib yuborish hujjatlari (balansi)ga muvofiq tegishli qismlarda o‘tadi.
Korxonadan bitta yoki bir nechta yangi korxonani ajratib chiqarish chog‘ida qaytadan tashkil etilgan korxonaning mulkiy huquqlari va majburiyatlari bo‘lib yuborish hujjati (balansi)ga muvofiq tegishli qismlarda ularning har biriga o‘tadi.
6. Bir korxonani boshqa korxona qilib o‘zgartirish chog‘ida avvalgi korxonaning barcha mulkiy huquqlari va majburiyatlari qaytadan tashkil etilgan korxonaga o‘tadi.