Ko’rib chiqildi ” Maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari: R. Jumanova Sana: 17. 04. 2020 yil Sinf 5 -a-b



Download 63,94 Kb.
Sana18.04.2020
Hajmi63,94 Kb.
#45798
Bog'liq
5-tarix Birlashgan Millatlar tashkiloti (BMT) va Dunyo bolalari
marketing asoslari, Labaratoriya ishi 2 Yusupov Bekzod, Labaratoriya ishi 2 Yusupov Bekzod, form-foreign-oz, form-foreign-oz, form-foreign-oz, Brauzerlar haqida, 4-Laborotoriya ishi, Имт тест Тест марк, ORAZBAYEV DAWIT kursavoy.pdf, ORAZBAYEV DAWIT kursavoy.pdf, Utarov Serik слайд1кунpptx, 1-mavzu, Bank tizimi
Ko’rib chiqildi ”

Maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha

direktor o‘rinbosari:

___________R. Jumanova
Sana:17.04.2020 yil Sinf 5 -A-B
Darsning mavzusi: Birlashgan Millatlar tashkiloti (BMT) va Dunyo bolalari

Darsning maqsadi:

Ta’limiy – O’quvchilarga Birlashgan Millatlar tashkiloti (BMT) nima ekanligini tushunturish

Tarbiyaviy – O’quvchilarga Birlashgan Millatlar tashkiloti (BMT) asosiy vazifalari haqida bilimini oshirish

Rivojlantiruvchi – o`quvchilar tafakkurida tarixiy bilimlarni yanada kuchaytirish

Milliy va umummadaniy kompetensiya: umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf-odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va h.k.) hurmat qilish.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish.

Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, klaster; Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.

Darsning jihozi –”Tarix” 5-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar. Asosiy tushunchalar – Birlashgan Millatlar tashkiloti (BMT), BMT Nizomi, Nyurenberg jarayoni Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.

II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)

III.Yangi mavzu. Birlashgan Millatlar tashkiloti (BMT)

BMTning tashkil topishi. 1945-yil 25-aprelda San-Fransiskoda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta'sis konferensiyasi ish boshladi. Unga Birlashgan Millatlar Deklaratsiyasini imzolagan va Germaniyaga 1945-yil 1-martigacha urush e'lon qilgan 42 davlat vakillari taklif etildi. 1945-yil 26-iyunda konferensiya BMT Nizomini qabul qildi. U BMTning birinchi navbatdagi vazifasi tinchlik va xavfsizlikni saqlashdan iborat ekanini e'lon qildi. Bugungi kunda xalqaro huquqning eng muhim hujjatlaridan biri sanalgan BMT Nizomida turli ijtimoiy-siyosiy tizimdagi davlatlarning tinch-totuv kun kechirishi va hamkorlik qilishining asosiy tamoyillari belgilandi. BMT Nizomida qayd etilgan maqsadlardan biri «irqi, jinsi, tih va dinidan qafi nazar, barchaning insoniy huquq va asosiy erkinliklariga hurmat» ruhida xalqaro hamkorlik qilish edi. Nyurenberg jarayoni. Potsdam konferensiyasida uch buyuk davlat boshliqlari asosiy harbiy jinoyatchilarni «tezkor va adolatli sud»ga topshirishga qaror qilishdi. 1945-yil 1-sentabrda ayblanuvchilarning birinchi ro`yxati e'lon qilindi. Fashizm o`zining jinoyatkorona yurishini boshlagan Nyurenbergda 1945-yil 20-noyabrdan 1946-yil 1-oktabrgacha Xalqaro tribunal natsist harbiy jinoyatchilarning birinchi guruhini sud qildi. Javobgarlikka tortilganlar orasida G. Gering, V. Keytel, E. Kaltenbrunner, I. Ribbentrop, A.YodI, A.Shpeyer va boshqalar bor edi. 12 kishi o`lim jazosiga hukm etilib, qatl qilindi (o`zini zaharlagan G. Geringdan tashqari), 7 kishi uzoq muddatli yoki umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Ikkinchi jahon urushiga so`nggi nuqta qo`yildi. Ikkinchi jahon urushi yakunlari. Yevropada Germaniya va Osiyoda Yaponiyaning tor-mor qilinishi bo`ldi. Salkam o`n yil davomida butun dunyoda tinchlikka xavf solgan va tarixdagi eng qonli urushga sabab bo`lgan ikki tuzum - fashizm va militarizm yakson etildi.

BMT doimo dunyo bolalari haqida g’amxo’rlik qilib kelmoqda.U ikkinchi jahon urushining bolalar boshiga solgan fojeali oqibatlarini bartaraf etish maqsadida 1946-yilda “Bolalarga yordam ko’rsatish xalqaro jamg’armasini” tuzdi.YUNICEF ning faoliyati 1946-yilda tuzilgan “Bolalarga yordam ko’rsatish xalqaro jamg’armasini”qisqartirilgan xolda YUNICEF deb ataldi.U dastlab urishdan eng ko’p aziyat chekkan Yevropa bolalariga yordam ko’rsatdi.Keyinchalik Osiyo,Afrika va Janubiy Amerika qit’asi bolalariga yordam ko’rsatishni boshladi. YUNICEF dunyo bolalariga ko’rsatgan yordami uchun 1965-yilda xalqaro Nobel mukofoti bilan taqdirlandi.130 milliondan ortiq bola esa maktabga qatnamaydi. YUNICEF yiliga 3million bolani xayotini saqlab qolmoqda.Bugungi kunda YUNICEF ga 140 dan ortiq davlat a’zo.O’zbekiston Respublikasi 1994-yilda unga a’zo bo’lib kirdi va u bilan doimiy hamkorlik olib bormoqda.BMT 1989-yilda “Bola huquqlari to’g’risida”deb ataluvchi xalqaro Konvensiya qabul qildi.Unda 18 yoshgacha bo’lgan fuqarolarning bola hisoblanishi qayd etildi.



IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.

V.Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.
Download 63,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
O’zbekiston respublikasi
guruh talabasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
таълим вазирлиги
махсус таълим
haqida tushuncha
O'zbekiston respublikasi
tashkil etish
toshkent davlat
vazirligi muhammad
saqlash vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
uzbekistan coronavirus
sog'liqni saqlash
respublikasi sog'liqni
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
coronavirus covid
risida sertifikat
qarshi emlanganlik
vaccination certificate
sertifikat ministry
covid vaccination
Ishdan maqsad
fanidan tayyorlagan
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanidan mustaqil
moliya instituti
fanining predmeti
pedagogika universiteti
fanlar fakulteti
ta’limi vazirligi