Koreys tili undosh tovushlari talaffuzi va imlosi O‘zdjtu talabasi: Imomqulova Nigora



Download 39.55 Kb.
bet1/2
Sana29.08.2021
Hajmi39.55 Kb.
  1   2

Koreys tili undosh tovushlari talaffuzi va imlosi

O‘zDJTU talabasi: Imomqulova Nigora



  • Ilmiy rahbar: o’qituvchi M.O. Nosirova

    Koreys tili eng qadimgi tillardan biridir. Lingvistik va etnografik tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, koreys tili Ural-oltoy tillari oilasiga mansubdir. Bu oilaga turk, mongol, tibet, venger, o‘zbek, fin va boshqa tillar kiradi. Koreys yozma tili (alifbosi) “Xangil”(한글) 1443-yilda koreys olimlari guruhi tomonidan ixtiro qilingan. Bu guruhga Choson sulolasining to‘rtinchi qiroli (van) Buyuk Sejong rahbarlik qilgan. U ziyoli qirol bo‘lib, zamondoshlari uni “Sharqiy mamlakatning Yao va Shuni” deb atashgan. Bu hukmdor davrida mamlakatning ko‘plab siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy sohalari rivojlanishining yuqori cho‘qqisiga erishdi. Alohida e’tibor ta’limga berilar edi.
    “Xangil” (birinchi nomi “Xunminchonim” – “Xalqni o‘qitish uchun to‘g‘ri tovushlar”) paydo bo‘lguncha “venyan” xitoy tilining adabiy yozma turlaridan bo‘lgan “Xanmun”(한문) rasmiy yozma davlat tili vazifasini o‘tagan. Xitoy iyerogliflarining katta miqdorini bilishni talab qilgani uchun bu tildan jamiyatning faqatgina oliy va o‘rta qatlamlari foydalanar edi. Bundan tashqari xitoy iyerogliflarining koreyscha o‘qilishi xitoychaga muvofiq bo‘lmagan, ularni ishlatishda tartibsizlik mavjud bo‘lgan: yagona talaffuz me’yorlari mavjud bo‘lmaganligi sabab xitoy iyerogliflari tartibsiz qo‘llangan va ularning talqini turlicha bo‘lgan. Koreys tilining o‘zi esa xalq og‘zaki tili maqomiga ega bo‘lib, muloqotning asosiy vazifasini bajargan. Ammo, bu tilda sodda va oson yozma shakl bo‘lmagan. O‘rta qatlam vakillari idu (koreys tili so‘zlari va grammatik konstruksiyalarini yozish uchun tanlangan iyerogliflar tizimi) yozuvidan foydalanganlar. Ammo yozuvning bu turi koreys tilini yozuvda to‘liq ifoda eta olmagan, bundan tashqari u murakkab edi. Aholining turli guruhlari yozuvning ikki turidan foydalanganligi sabab vujudga kelgan noqulaylik va qirolning xitoy iyerogliflarining o‘qilishi va talqinini tartibga solishga intilishi uni yozuvning yangi va unikal shaklini ishlab chiqishiga turtki bo‘ldi. “Xunminchonim” yoki “Xangil” aynan shu vazifani bajardi.
    1446-yilda e’lon qilingan qirol buyrug‘ining “Xunminchonim”ga kirish so‘zida Buyuk Sejonning so‘zlari yozilgan: “Mamlakatimizda nutq tovushlari xitoydan farqli ravishda yozma belgilari bilan kerakli darajada ifodalanmaydi. Shuning uchun omi insonlar ichida o‘z fikrlarini o‘zma ravishda ifoda etmaydiganlar ko‘p. Aynan shu masala bo‘yicha qayg‘urib, men 28 ta belgi yaratdim. Insonlar ularni oson egallashlarini va har kuni qulay ravishda foydalanishlarini istardim”

    Koreys alifbosida 40 ta harf bo’lib, 24 ta asosiy va 16 ta tarkibiy qismdan iborat , ulardan 19 harf undosh 21 harf unli , undosh harflarni 14 harfi asosiy 5 harfi ikkilamchi undosh hisoblanib, unli harflarning 10 harfi asosiy 11 harfi ikkilamchi unli hisoblanadi.


    Asosiy undoshlar quyidagicha belgilanadi, nomlanadi va talaffuz qilinadi:

    Download 39.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
matematika fakulteti
tashkil etish
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi muhammad
fanining predmeti
pedagogika universiteti
bilan ishlash
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
nomidagi samarqand
fizika matematika
Ishdan maqsad
haqida umumiy
fanlar fakulteti
sinflar uchun
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
Ўзбекистон республикаси
moliya instituti
Referat mavzu
umumiy o’rta
Toshkent axborot
Alisher navoiy
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
nazorat savollari
Samarqand davlat