Kopyuter lingvistikasi



Download 81,84 Kb.
bet1/2
Sana24.07.2021
Hajmi81,84 Kb.
#127557
  1   2
Bog'liq
komp ling 1 (1) (1)


  1. Fanning maqsad va vazifalari nimalardan iborat.

  2. Fanning rivojlanish bosqichlarini sanang.

  3. Fan tarixini o`rganuvchilarning qanday yo`nalishlari mavjud.

  4. Fanning madaniy-texnologik funksiyasining mohiyati va mazmuni nimada ko`rinadi

Kopyuter lingvistikasi fanining asosiy maqsadi lingvistik masalalarni echishning

kompyuter dasturlarini ishlab chiqish. Kompyuter lingvistikasining asosiy vazifalari esa tillarga

o’qitish bilimlarni tekshirish, matnlarni tahrirlash va mashina tarjimasi dasturlarini ishlab

chiqishdan iboratdir.

Bu bilan matematik lingvistikani tili «sof munosabatlar sistemasi» yani insondan abstract sistema sifatidagi tavsifi deb sharhlash mumkin bo’ladi.

Kompyuter lingvistikasi fanining asosiy maqsadi lingvistik masalalarni echishning kompyuter

dasturlarini yaratishdir2. U tilshunoslikning bo’limi bo’lib, matnga kompyuter yordamida ishlov

berish bilan bog’liq vazifalarni bajaradi3. Kompyuter lingvistikasining asosiy vazifalariga

quyidagilar kiradi:

a) tillarga o’qitish;

b) bilimlarni tekshirish;

v) matnlarni turli jihatdan avtomatik tahrirlash;

g) mashina tarjimasi uchun mo’ljallangan dasturlarni ishlab chiqish;

d) lug’atlarni va kompyuterdagi matnni statistik tahlil qilish.

Bular kompyuter lingvistikasining o’ziga xos yo’nalishlari ham hisoblanadi4

Bugungi kunda o’zbek tilshunosligining kompyuter bilan bog’liq holda hal etilishi lozim bo’lgan

quyidagi vazifalarni takidlab ko’rsatish mumkin:

1.O’zbek tilining kompyuter uslubini yaratish.

2.Axborot matnlaridagi qoliplilik, qisqalik standartlarini ishlab iqish.

3.Internet saytlarini yaratish meyorlarini belgilash.

4.Kompyuter izohli va tarjima lug’atlarini yaratish.

5.O’zbek tili va adabiyoti darsliklarining elektron versiyasini ishlab chiqish.

6.Kompyuterda inglizcha-o’zbekcha tarjima dasturlarini ishlab chiqish.

7.Kompyuterdagi matnlarni avtomatik tahrirlash dasturlarini yaratish.

Ko’rinadiki, mazkur vazifalarni bajarish uchun tilshunos va kompyuter mutaxassislarining

hamkorligi taqozo etiladi.

Ilmiy tadqiqot metodologiyasi, uning predmeti — bu tadqiqotchining siush va ijodiy faoliyati bilan muttasil nazorat qilinuvchi va yo’naltiriluvchi bilshining umumfalsafiy, umumilmiy ea maxsus ishlab chiqilgan metodlari negizida yangi ilmiy bilim olish usullari xamda bu ilmiy bilshshing tuzshshshi prtstiplari xaqidagi xozirgi zamon falsafiy ta’limotidir. Fan metodologiyasining maqsadi yangi bilim olish, uni o’stirish uchun zarur ilmiy ijod negizi, prinstiplarini ishlab chiqishdan iborat. Yangi bilim olish uchun ob’ektiv haqqoniy bilimdan qurol sifatidafoydalanilganida, u ijodiy metodologik rol o’ynaydi, ilmiy metodning jihati, shakli, elementi bo’lib xizmat qiladi. Olimlar ilmiy metodologiya yordamida olingan bilim-larni tushuntiradi, talqin qiladi, shuningdek, ularni amalietga: texnika, texnologiya, amaliy tadqiqotlar va hokazolarga tatbiq etadi.

Bunda bilishning umumfalsafiy, umumilmiy metodlari: analiz va sintez, indukstiyava dedukstiya, abstrakstiyalashtirish, abstraktlikdan konkretlikka tomon yuqorilab borish va boshqalar olimlarning ko’plab avloddari ilmiy ijodining mahsulidir.

Ilmiy metod — bu ilmiy bilimni muttasil o’sgarishga yo’naltirilgan inson bilishining ob’ektiv jarayonlari, qonunlari va tendenstshgaarini aks etgiradigan shshiy bilimdir. Bu nuqtai nazardan ilmiy metod o’z mohiyatnga ko’ra ijodiy metoddir. Ilmiy ijod deganda avvalambor ilmiy bilishning har xil usullaridan yangi ilmiy bilim olish vositasi sifatida foydalanish tushuniladi.

Odatda, olim o’z ijodida metodlar, yondashuvlar va konstepstiyalarning tizimidan foydalanadi. Shuninguchun ham ilmiy ijod voqelikni ilmiy bilish va o’zgartirishning abadiy barhayot, o’zgaruvchan, har safar o’zgargan sharoitlarga moslashuvchan usuli hisoblanadi.

Fanning tarkibiy qismi quyidagi uchta asosiy yo‘nalishda aks ettiriladi:

Ilmiy bilimlar tizimi, ilmiy faoliyat va ilmiy muassasa.

Ilmiy bilimlar tizimi quyidagi belgilarga ega bo‘lishi kerak: hammabopligi, ilmiy dalillarning haqiqiyligi (tekshirilganligi), voqeliklarni amalga oshira olinishligi, bilimlar tizimini turg‘unligi (barhayotliligi).

Ilmiy bilimlar tizimi quyidagicha klassifikatsiyalanadi:

a) bilim tarmoqlari bo‘yicha: tabiiy fanlar, texnik fanlar, jamiyat fanlari;

b) ilmiy fanlar bo‘yicha: matematika, fizika, kimyo, astronomiya, energetika va h.k.;

d) ilmiy faoliyat natijasi: nashr etish (kitob, maqola) mualliflik guvohnomasi, patent, konstruktorlik ishlama va h.k.

Ilmiy faoliyat natijasi quyidagi asosiy belgilari bilan ifodalanuvchi yangi ilmiy bilimlarni olishga, o‘zlashtirishga qayta ishlashga va sistemaga tushirishga yo‘naltirilgan ijodiy faoliyat (ilmiy ish yoki ilmiy mehnat):

– yangiligi va haqiqiyligi, ehtimollik xarakteri va tavakkalligi (risk), ilmiy natijalarni ishonchliligi va isbotlanishliligi.

Ilmiy faoliyat quyidagicha klassifikatsiyalanadi:

a) maqsadi bo‘yicha: nazariyani rivojlantirish, yangi texnika va texnologiya yaratish, mavjud texnika va texnologiyalarni takomillashtirish;

b) ilmiy ish turlari bo‘yicha: fundamental, amaliy tadqiqotlar, ilmiy izlanishlar;

d) ilmiy tadqiqot ishi ko‘lami bo‘yicha: fandagi biror yo‘nalish, ilmiy muammo, ilmiy mavzu;

e) tadqiqot uslubi bo‘yicha: nazorat, eksperimental va aralash tadqiqotlar;

Ilmiy muassasa ilmiy xodimlar, ilmiy faoliyat yuritish vositalari (ilmiy uskuna, qurilma, pribor va h.k.), ma’lumot materiallari, ilmiy faoliyat obyekti va ilmiy faoliyat yuritish uchun kerakli shart-sharoitlarga ega bo‘lishi kerak.

Fan har bir mamlakat iqtisodiyotini va jamiyat taraqqiyotini negizi hisoblanuvchi ilmiy texnik taraqqiyot rivojlanishini ta’minlovchi intellectual boylik (kuch) hisoblanadi. Uzoq o‘tmishda yashab ijod qilgan ajdodlarimiz jahon sivilizatsiyasiga, fanning rivojlanishiga katta hissalarini qo‘shganliklarini yodimizda doimo saqlashimiz kerak. Qadim Turkiston eli o‘zining buyuk siymolari va ko‘p qirrali ijodi bilan fanning rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz bilan haqli ravishda faxrlansak arziydi. Dunyoda ilk bor uchta akademiyaning Turkistonda – Markaziy Osiyo tuprog‘ida tashkil etilishi buning yorqin isbotidir. Xorazmda Ma’mun akademiyasining faoliyat ko‘rsatgani, Kamoliddin Behzod rahnomolik qilgan tasviriy san’at akademiyasi, koinot sirlarini ilk bor yuqori aniqlikda tasvirlay olgan Mirzo Ulug‘bek observatoriyasi va boshqa ilm-fan sirlarini ochib bergan ko‘plab buyuk siymolarni sanab o‘tish mumkin.

Bizga Nyuton nomi bilan atalib o‘rgatilgan matematikadagi sonlar binomi aslida bobomiz Al Xorazmiy qalamiga mansub ekan. Beruniy bobomiz texnika sohasida o‘z davrining yirik olimi hisoblangan. Al Farg‘oniy kashf etgan, gidravlika qonunlariga asoslangan, suvni yuqoriga ko‘tarib berish va uning sathini o‘lchash pribori bugungi kunda ham Nil daryosida suv sathini kuzatib borishda yuqori aniqlikdagi o‘lchov asboblardan biri bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.

Mirzo Ulug‘bekning shogirdlari bilan birgalikda yaratgan koinotni o‘rganish qurilmasi va uning yordamida hisoblangan quyosh sistemasidagi sayyoralar harakati jadvali bugungi kunda ham yuqori aniqlikdagi astronomik ma’lumot hisoblanadi. XIX–XX asrlarda fanni texnika sohasida ko‘plab O‘zbekiston olimlari ilmiy izlanishlar olib borgan va uning rivojlanishiga ulkan hissalarini qo‘shgan. Geologiya sohasida jahondagi ko‘plab mamlakatlar akademiyalari faxriy akademigi Xabib Abdullayev yerning oltin belbog‘ini, ya’ni yer sharining oltin zaxiralari haritasini tuzgan olimdir. Hamid Raxmatulin – uzoq yillar M.V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetida faoliyat yuritgan. Parashut nazariyasini yaratgan olimdir. G‘ofur Rahimov – energetika sohasida nochiziqli elektr zanjirlarni hisoblash metodikasini yaratgan energetik olimdir. Hosil Fozilov – akademik, elektr energiyasini uzatish tarmoqlarini hisoblash metodikasini yaratgan energetik olimdir. Muzaffar Xomudxonov – akademik, asinxron motorlarni boshqarishni chastotaviy rostlash usulini yaratgan energetik olimdir. Mamlakatimizda fan va uning rivojlanishi davlat va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini muhim. Shu tufayli davlat tomonidan uning qo‘llab quvvatlanishiga katta e’tibor berib kelinmoqda.

Fan tizimi xarakteristikasida qayd etilgan uchta tarkibiy qismdan biri, ilmiy muassasalarda va jamoalarda olib borilayotgan tadqiqotlarni muvofiqlashtirish, 2006-yil 7-avgustdagi PF-436 sonli «Fan va texnologiyalarni boshqarish va muvoffiqlashtirishni takommilashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoniga asosan tashkil etilgan Respublika Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi


Download 81,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish