Konstitusiyasiya Bosh qonunimiz !



Download 17,82 Kb.
Sana03.07.2022
Hajmi17,82 Kb.
#736524
Bog'liq
bexruz 2 (3)


Konstitusiyasiya - Bosh qonunimiz !

Bosh qonunimiz - O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining qabul qilinishi muhim siyosiy, huquqiy hujjat sifatida jahonda yangi, suveren, istiqboli porloq davlat dunyoga kelganining o‘ziga xos shahodatnomasi bo‘ldi.


Davlat va jamiyat rivojlanishining muhim yo‘nalishlarini va ularning tuzilishlarini belgilab beradigan, tartibga keltiradigan oliy yuridik hujjat konstitusiyadir.
Konstitusiya atamasi qadimda siyosiy tuzum ma’nosini anglatgan. Konstitusiya huquqiy davlatning asosiy belgisi hisoblanadi. Unda jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hususiyati, taraqqiyotning bosh mezonlari, mamlakat ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari o‘z ifodasini topgan bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi mustaqil yurtning birinchi Konstitusiyasi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1990 yil 20 iyunda bo‘lgan ikkinchi sessiyasida mustaqillik dekloratsiyasi qabul qilindi. Dekloratsiyada O‘zbekistonning davlat mustaqilligi e’lon qilindi. 1991 – yil 31 – avgustda O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida Qonun qabul qilindi. Bunda Mustaqillik Deklaratsiyasi va Bayonot asos bo‘lib xizmat qildi. Ushbu qonun 17 moddadan iborat. Bu hujjatda O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida qo‘ygan ilk qadamlarining huquqiy asosi yaratildi. O‘z mohiyatiga ko‘ra uni Muvaqqat Kichik Konstitusiya deb ta’riflash mumkin. Mazkur qonunning yutug‘laridan biri birinchi marta O‘zbekiston Respublikasi fuqoroligi joriy etildi. Ushbu qonunda O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari millatidan qat’iy nazar bir hil fuqarolik huquqlariga egaligi hamda ularning Respublika Konstitusiyasi va Qonunlari himoyasida bo‘lishi qayd etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 12-chaqiriq, 11-sessiyasida (1992yil, 8-dekabr) huquqiy va ahamiyatga molik hujjat-Mustaqillik konstitusiyasi qabul qilindi. U iqtisodiyotda, ijtimoiy-siyosiy munosabatlar va ma’naviy hayotda chuqur islohatlar o‘tkazish uchun puxta hududiy poydevor yaratdi.
Ana shu poydevor bugun mamlakat fuqarolarining har bir sohada erkin faoliyat yuritishiga, bilim olishiga, o’z xohish-irodalarini ifoda etishiga, bir so’z bilan aytganda, hech kimdan kam bo’lmay, baxtiyor hayot kechirishiga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, Asosiy Qonunimiz ko‘plab demokratik davlatlarda konstitutsiyaviy qurilish sohasidagi ilg‘or tajribaning eng yaxshi jihatlarini, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining umume’tirof etilgan normalari hamda mazkur sohadagi boshqa xalqaro hujjatlarga asoslangan inson huquq va manfaatlari, erkinligini ta’minlash va himoya qilish mexanizmini o‘zida mujassam etgan.
Xalq manfaatlarini kafolatlovchi Bosh Qomusimiz boshqa yangi mustaqil davlatlar konstitusiyalaridan tubdan farq qilib, o‘tish davrigagina mo‘ljallanmasdan, balki davlat va jamiyat faoliyatining barcha yo‘nalishlarini belgilab beruvchi dasuriy hujjat sifatida ham yuksak e’tiborga sazovardir.
Farovon turmushimiz rivojida, Vatanimiz va xalqimiz taqdirida Konstitusiyaning ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Konstitusiyamizni nafaqat tariflaganda, balki qoidalarni moddama-modda ro‘yobga chiqarish asosida uni hayotimiz qomusi deb bilishimiz va qadrlashimiz katta ahamiyatni kasb etadi. Konstitusiyamizda xalqimizning huquqiy demokratik davlat adolatli fuqarolik jamiyati, erkin va farovon hayot qurishdek orzu-havasi o‘zining to‘la ifodasini topgan. Unda hayotimizning garovi bo‘lmish tinchlik, osoyishtalik, totuv hayotning asoslari belgilab berilgan. Fuqarolarning huquq va burchlari bir – biriga uyg‘unlashtirilgan. Eng muhimi, inson huquqi, inson erkinligi mustahkam muhrlab qo‘yilgan. Konstitusiyada eng avvalo, o‘zbek millatining tarixiy an’analari, hududiy tafakkuri o‘z aksini topgan.
Mustaqil O‘zbekiston Konstitusiyasi jahon hamjamiyatining inson huquqlari sohasidagi yutug‘larini to‘la mujassam qiladi. Ushbu Konstitusiya inson huquqlari sohasidagi barcha muhim qoidalarni: Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir.
Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli bo‘lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin. 29-modda.
Bizning Konstitusiyamiz nafaqat yuridik hujjat, balki u milliy mafkuramizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy asosini tashkil etuvchi umuminsoniy g‘oyalarga xizmat qiladi.
Mustaqil O‘zbekiston Konstitusiyasi tarixda sinalgan umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan hamda rivojlangan davlatlarning tarixiy tajribasiga tayangan holda yaratilgan.
“Konstitutsiya” atamasi Qadimgi Rimdayoq ma’lum bo‘lgan (imperator Konstitutsiyasi deb atalgan qonun). Amir Temur “Tuzuklar”i Sharq va Osiyo mamlakatlari sivilizatsiyasiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega bo‘lgan. U shariat qonunlari bilan bir qatorda Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlari taqdiriga kuchli ta’sir o‘tkazgan.
Avvalambor, konstitutsiyaviy “bino”ni qurishda uch ming yillik milliy davlatchilik tajribasiga tayanilgan. Bugungi O‘zbekiston qadimgi Xorazm va So‘g‘diyona, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar, Amir Temur va Temuriylar, o‘zbek xonliklari, ma’rifatparvar ajdodlarimiz, xalqimizning tarixiy an’analari va uning mustaqil davlat haqidagi ko‘p asrli orzusini mujassam etgan. Qolaversa, manfaatlarimiz va intilishlarimizdan kelib chiqqan holda, Asosiy Qonunimiz Sharq va G‘arb, Janub va Shimolning 97 ta mamlakati to‘plagan ilg‘or konstitutsiyaviy tajribani hisobga olib yaratilgan.
Shu o‘rinda Suveren O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasini tayyorlash, muhokama etish, qabul qilish va uning amal qilishi yo‘lidagi 10 ta huquqiy qadamni bu boradagi eng muhim tarixiy voqealar sifatida sanab o‘tish lozim. Zotan, Konstitutsiyani yaratish tarixi – bu mustaqillik uchun kurashning uzviy tarkibiy qismidir.
Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi birinchi huquqiy qadam – o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishidir.
Bu haqda gap borganda, avvalambor, 1989 yilning 21 oktabr kuni qizg‘in bahs va tortishuvlardan so‘ng siyosiy-ma’naviy hayotimizdagi unutilmas hodisa amalga oshirilgani – milliy qadriyatlarimizning asosiy ustunlaridan biri bo‘lgan ona tilimizga davlat tili maqomi berilgani istiqlol tarixining eng yorqin sahifalaridan birini tashkil etishini alohida ta’kidlash o‘rinlidir.
“O‘z ona tilini bilmagan odam o‘zining shajarasini, o‘zining ildizini bilmaydigan, kelajagi yo‘q odam, kishi tilini bilmaydigan uning dilini ham bilmaydi, deb juda to‘g‘ri aytishadi”. “Har qaysi millat, katta yo kichikligidan qat’iy nazar, o‘z ona tilini hurmat qiladi”.
Birinchi Prezidentimizning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarlarida mustaqillik arafasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasida qanday qizg‘in, ba’zida keskin va murosasiz bahslar bo‘lib o‘tgani alohida eslab o‘tilgani bejiz emas.
O‘shanday qaltis va murakkab vaziyatda, Islom Karimov haqli ravishda qayd etganidek: “og‘ir-vazminlik bilan ish tutib, har tomonlama o‘ylab, mulohaza qilib, barcha siyosiy va ijtimoiy guruhlarning talablarini qondiradigan, eng muhimi, xalqimiz va Vatanimiz manfaatlariga javob beradigan yagona to‘g‘ri yo‘lni topishga erishdik”. Shunday qilib dastavval, “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunda mustahkamlangan muhim huquqiy qoidalar endilikda Asosiy Qonunimizning 4-moddasida quyidagicha muhrlab qo‘yildi: “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi”. Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi ikkinchi huquqiy qadam – Prezidentlik instituti ta’sis etilishi va yangi davlat ramzlarini tayyorlash bo‘yicha komissiya tuzilishi bilan bog‘liq.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak,
Download 17,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish