Kompyuterni tashkil etilishi Course Syllabus
Kompyuterni tashkil etilishi Course Syllabus
Kodi
|
CAO1316
|
Nomi
|
Kompyuterni tashkil etilishi
|
Kreditlar
|
6
|
O‘quv yili
|
2019 – 2020
|
Semestr
|
4
| Professor – o‘qituvchilar to‘g‘risida ma’lumot
O‘qituvchi
|
Mirzaxalilov Sanjar Serkaboy o’g’li - Katta o‘qituvchi
|
Amaliyot o‘qituvchilari
|
CAO002-1 – Zoxirov Qudrat Rafiqovich – Assistent
CAO002-2 - Ochilov Mannon Musinovich- Assistent
|
Kafedra
|
Kompyuter tizimlari
|
Tel:
|
+99899 869-66-17, 71-2386458
|
Manzil
|
D-bino, 3-etaj, 312-xona
|
e-mail
|
mirzahalilov86@gmail.com
| Yuklama
Fa’oliyat
|
Soatlar
|
Ma’ruza
|
60
|
Amaliyot
|
30
|
Laboratoriya
|
-
|
Mustaqil ta’lim
|
90
|
Umumiy
|
180
| Baholash
Bajariladigan ishlar
|
%
|
Talabaning semestr davomidagi ishlari
|
100%
|
Mustaqil ishlar (1 ta)
|
40%
|
Amaliy ishlar (10 ta)
|
50%
|
Oraliq nazorat (1 ta)
|
10%
| Mustaqil ish Mustaqil ish uchun ajratilgan baholash miqdori 40% holatda olinib, u quyidagi omillar bo‘yicha baholanadi: 1. Mustaqil ish hajmining va rasmiylashtirish qoidalarining talabga muvofiqligi: 4% 2. Referat berilgan mustaqil ish mavzusiga mosligi: 4% 3. Berilgan mavzuning to‘liq yoritilganligi: 10% 4. Mustaqil ishda yangi ma’lumotlardan foydalanilganligi: 8% 5. Mustaqil ishni bajarishda qo‘shimcha adabiyotlardan va maqolalardan foydalanilganligi: 4% 6. Mustaqil ishni himoya qilganligi va savollarga javob berganligi: 10% Oraliq nazorat Oraliq nazorat o‘quv kursi davomida bir marta olinadi va ajratilgan baholash miqdori 10% tashkil etadi.
Ko‘chirmachilikka yo‘l qo‘yilgan ishlarga ajratilgan baholash foizi nolga (0 %) teng va ishlar qayta qabul qilinmaydi.
Asosiy adabiyotlar
1. David Patterson John Hennessy. Computer Organization and Design. 5th Edition. 2013.
2. З.З.Мирюсупов, Ж.Х.Джуманов. «Компьютер архитектураси». /TATУ. 144 бет. Тошкент, 2017
3. С.А.Орлов, Б.Я.Цилькер. Организация ЭВМ и систем: Учебник для вузов. 2-е изд. — СПб.: Питер, 2011. — 688 с
4. Таненбаум Э., Остин Т. Архитектура компьютера // 6-е издание. СПб.: Питер, 2013. — 811 с
5. Шамаева О.Ю. Архитектура компьютера. Конспект лекции. МЭИ. Москва, 2015.
S.S.Mirzaxalilov
Reja:
1. Zamonaviy kompyurerlarning turlari.
2. Kompyuter arxitekturasi va tashkil etilish tamoillari.
3. Kompyuterning asosiy ko‘rsatgichlari.
Kompyuter nima?
Kompyuter – dasturlash yordamida avtomatik ravishda arifmetik yoki mantiqiy ketma-ketliklarni bajarishga ko’rsatma beruvchi mashina.
Kompyuter - ma’lumotlarni qabul qilish, belgilangan arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni yuqori tezlida barish va natijalarni ekranga chiqarish uchun dasturlashtirilgan elektron qurilma.
Kompyuter - ma’lumotlarni saqlash, qayta tiklash va ishlov berish uchun dasturlashtirilgan elektron qurilma.
Kompyuter (elektron xisoblash mashinasi) – xisoblash va axborot masalalarini yechish jaroyonida axborotlarga avtomatik ishlov berish uchun mo‘ljallangan texnik vositalarining to‘plami.
KOMPYUTER XOZIRGI KUNDA … Raqamli elektron qurilmalar Kompyuterlar qator belgilar bo‘yicha turlarga ajratilishi mumkun:
ishlash tamoili;
element asosi ;
vazifasi;
xisoblash jarayonining tashkillashtirilish usuli;
o‘lchami va xisoblash quvvati;
imkoniyatlari;
dasturlarni parallel bajarish imkoniyati bo‘yicha va xokazo.
Ishlash tamoili bo‘yicha xisoblash mashinalarni katta uchta guruxga ajratish mumkun :
analogli (uzuluksiz),
raqamli
aralash (gibrid).
Xisoblash mashinalari
АХМ
RХМ
GХМ
Yaratilish bosqichi va element asosi bo‘yicha kompyuterlarni shartli ravishda avlodlarga bo‘linadi:
1-avlod, 1950 yillar: elektron vakuumli lampalardagi EXM;
2-avlod, 1960 yillar; diskret yarimo‘tkazgichli asboblardagi EXM (tranzistorlardagi);
3-avlod, 1970 yillar; yarimo‘tkazgichli kichik va o‘rta integral sxemalardagi kompyuterlar (bitta g‘ilof ichida yuzlab – minglab tranzistorlar joylashtirilgan). Integral sxema – maxsus vazifalar uchun mo‘ljallangan elektron sxema, u yaxlit yarimo‘tkazgichli kristal sifatida bajarilgan bo‘lib, o‘zida katta sondagi aktiv elementlarni (diod va tranzistorlarni) birlashtiradi;
4-avlod, 1980-90 yillar; katta va juda katta integral sxemalardagi kompyuterlar, ularning asosiysi – mikroprotsessorlar (bitta kristalda o‘n mingta’lab – millionlab aktiv elementlar mavjut). Katta integral sxemalarda aktiv elemantlar shunchalik zich joylashtirilganki, 1-avlod kompyuterining barcha elektron qurilmalari 100 – 150 m2 maydonni egallagan bo‘lsa, xozir 1,5–2sm2 maydonni egallovchi bitta mikroprotsessorga joylashtirilgan. Juda katta integral sxemalardagi aktiv elementlar o‘rtasidagi masofa 0,032 – 0,11 mikronni tashkil etadi (solishtirish uchun, odamning soch tolasining qalinligi bir necha o‘n mikronga teng).
5-avlod, xozirgi vaqt (2015...); bir necha o‘nlab parallel ishlovchi mikroprotsessorlardan tashkil topgan kompyuterlar, ular yordamida bilimlarga ishlov berishning samarali tizimlarini qurishga imkoniyat mavjut; parallel tarkibli juda murakkab mikroprotsessorlarda bajarilgan kompyuterlar bir vaqtning o‘zida dasturning o‘nlab ketma-ket ko‘rsatmalarini bajara oladilar.
6-avlod va keyingilari: parallellashtirilgan va neyron tarkibdagi optoelektron kompyuterlar, ularda ko‘p sonli murakkab bo‘lmagan mikroprotsessorlar taqsimlangan tarmoqli bo‘lib, neyronli biologik tizimning modeli kabidir.
Kompyuterlarning xar bir keyingi avlodi o‘zining oldingi avlodiga nisbattan jiddiy yaxshi ko‘rsatgichlarga ega bo‘ladi. Kompyuterlarning unumdorligi va barcha xotirasining sig‘imi odatda birnecha o‘n marotaba ortiq.
1-avlod (1945-1955)
Dasturlash mashina tilida bajarilgan;
Operatsion tizim bo’lmagan;
Dasturlash va texnik xizmat ko’rsatish jarayoni bir guruh odamlar tomonidan bajarilgan;
2-avlod (1955-1965)
Transiztorli;
Ishonchli;
Faqat hukumat, universitet va katta tashkilotlar uchun mo’ljallangan.
Mobil perfokartali;
Ilmiy va texnik xisoblashlar uchun;
3-avlod (1965-1980)
Kichik o’lchamli electron elementlardan tashkil topgan va silikon chiplardan, yarimo’tkazgichlardan foyalanilgan;
2-avlodga nisbatan tezkor;
Yuqori darajadagi dasturlashni qo’llab quvvatlaydi;
Magnit xotirali;
4-avlod (1980-1990)
Mikroprosessorli tizimlar;
Arzon;
Tezligi, aniqligi, ishonchligi yuqori;
Gabaridi kichik;
Sovutish tizimi qo’shilgan;
Quvvat kam sarflanadi;
Har bir foydalanuvchi uchun mo’ljallangan;
5-avlod (1990- )
Ko’p prosessorli;
Sun’iy ong bilan jihozlangan;
Sxemalari optic signalda ishlaydi;
Elementlar dasturga asoslangan;
Katta xotirali;
Magnitli chiplar;
Kompyuterning ish jarayonini boshqarish uchun har qanday tilda avtomatik ovoz bilan boshqarish mumkin.
universal (umumiy masalalarga mo‘ljallangan);
muammoga yo‘naltirilgan;
maxsuslashtirilgan.
O‘lchami va xisoblash quvvati bo‘yicha kompyuterlarni quyidagi guruxlarga bo‘lish mumkun:
juda katta (supperkompyuterlar);
katta;
kichik;
juda kichik (mikrokompyuterlar).
Kompyuter turlari
Supercomputer.
Mainframe.
Server Computer.
Workstation Computer.
Personal Computer or PC.
Microcontroller.
Smartphone.
Avlodlar bo‘yicha shaxsiy kompyuterlar quyidagi tartibda guruxlarga bo‘linadi:
1-avlod – 8-bitli protsessorlar ishlatilgan;
2-avlod – 16-bitli protsessorlar ishlatilgan;
3-avlod – 32-bitli protsessorlar ishlatilgan;
4-avlod – 64-bitli protsessorlar ishlatilgan.
http://hozir.org
Do'stlaringiz bilan baham: |