Kompyuter va telefonlar haqida yangiliklar



Download 60,9 Kb.
bet1/6
Sana03.02.2022
Hajmi60,9 Kb.
#427299
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dunyoni egallagan protsessorlar


Dunyoni egallagan protsessorlar



Kompyuter va telefonlar haqida yangiliklar
Bugungi kunda dunyo bozorida protsessor ishlab chiqaruvchi ikkita kompaniya o‘zaro raqobatlashadi. Bular «Intel» va AMD kompaniyalaridir. To‘g‘ri, agar raqobatlashaman desa, «Apple» kompaniyasining protsessorlari ham raqobatga qo‘shilishi mumkin, lekin uning tutgan yo‘li biroz boshqacharoq.

O‘zbekiston sharoitida, xususan Toshkent shahrida ikkita katta kompyuter texnikasi bilan savdo qiluvchi bozor mavjud. Bular «Malika» va «Abu Saxiy» bozorlaridir.


Hech ko‘rganmisiz, u yerda ichiga hamma komponentlari o‘rnatib, o‘zi esa surg‘uchlab qo‘yilgan tizim blokini kimdir xarid qilayotganini? Shaxsan men ko‘rmaganman. Aslida, ham ona plata, ham protsessor, RAM, HDD ishlab chiqaradigan kompaniyalar o‘z mahsulotlaridan tayyor konfiguratsiyali tizim blokini yasab, sotishadi. Lekin bizning sharoitda unday emas. Bizda kompyuterlar «yig‘diriladi».
Yig‘diriladi, deyishimizga sabab, kompyuterga ega bo‘lmoqchi bo‘lgan har bir odam kompyuterning alohida komponentlarini xarid qilib, tizim blokini o‘zi yig‘adi. Bunday holat faqat bizda emas, aksariyat rivojlanayotgan mamlakatlarda shunday. Shuni hisobga olgan kompaniyalar standart ona platalar, standart RAMlar, standart protsessorlar ishlab chiqaradilarki, ularni donalab, alohida-alohida xarid qilish mumkin.
Yuqorida «Apple»ning tutgan yo‘li boshqacharoq, degan edik. Bu kompaniya bozorga faqat tayyor kompyuter chiqaradi. Uning ichidagi hamma komponentlarni o‘zi ishlab chiqaradi va bu komponentlar biz bilgan oddiy standartlarga mos tushmaydi. Kundalik hayotda bir kompyuterning protsessorini olib, boshqasiga qo‘yib ishlatish mumkin. Lekin «Apple»ning protsessorlarini boshqa kompyuterga tushurib bo‘lmaydi. O‘z navbatida, begona protsessorlar ham «Apple»ning kompyuterlariga (ular «Makintosh» yoki «Makbuk» deb nomlanadi) tushmaydi.
Darvoqe, uzunquloq gaplarga qaraganda, «tishlangan olma»chilar bundan keyin o‘zi ishlab chiqaradigan kompyuterlar uchun «Intel» protsessorlaridan foydalanar ekan.
So‘zimizga qaytamiz. Ko‘pchilik xaridorlar o‘zi yig‘dirayotgan kompyuterga aynan «Intel» protsessorlarini qo‘yishni istaydilar. Yoki, noutbuk/netbuk xarid qilayotgan bo‘lsa ham, ichidagi protsessori «Intel» bo‘lishligiga harakat qiladi. AMD protsessorlarini negadir hushlashmaydi. Bugungi maqolamizda, bizda aynan «Intel» xaridorgir bo‘lgani uchun ushbu protsessorlarning turlari, ularning nimalar bilan farqlanishi, parametrlari haqida so‘z yuritamiz. AMD haqida esa kelgusi maqolamizda batafsil to‘xtalamiz.

  • 0




Download 60,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish