1
KOMPYUTER TARMOQLARI VA UNDA ISHLASH, INTERNET
ASOSLARI, ELEKTRON POCHTA.
SHG’HO STM informatika fani o‘qituvchisi Sh.Oymatova.
Hozirgi zamonda kompyuterlar inson hayotida katta ahamiyatga ega.
Axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tarqatish bilan bog‘liq bo‘lgan
sohalarda
kompyuterlarsiz ishlashni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shaxsiy kompyuterga ega
bo‘lish, ixtiyoriy axborotni saqlash, ixtiyoriy algoritm bo‘yicha bu axborotni qayta
ishlash imkoniyati hamma uchun mavjud. Lekin kompyuterni xotirasi qancha katta
bo‘lmasin ish faoliyatimizda ishlashimiz bo‘lgan barcha axborotni unga sig‘dirib
bo‘lmaydi. Biror axborot zarur bo‘lib qolgan vaqtida axborot tashuvchi vositalarni
ko‘tarib yurish ko‘pchilik foydalanuvchilar uchun noqulay, albatta.
Bunday
noqulayliklardan qutilish uchun kompyuterlarni birlashtirish taklif qilinadi.
Kompyuter tarmoqlari va unda ishlash.
Kompyuterlar o‘rtasida axborot
o‘zatish va qabul qilish, ularni o‘zaro bog‘lashga, ya’ni tarmoq hosil qilishga olib
keladi. Kompyuterlarning o‘zaro axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi
qurilmalar
majmui
kompyuter tarmoqlari
deyiladi. Tarmoqlar tashkil etish turli
usullar yordamida amalga oshiriladi:
−
mahalliy (lokal) tarmoq;
−
xududiy (territorial) tarmoq;
−
milliy (xalqaro) global tarmoq.
Ma’lumki, kompyuterlarda tashqi qurilmalar bilan bog‘lanish uchun portlar
mavjud, shunday portlar orqali ikki va undan ortiq kompyuterni bog‘lab
tarmoq
tashkil etiladi.
Mahalliy tarmoq
(lokal tarmoq) bir binoda yoki bir-biriga yaqin binolarda
joylashgan kompyuterlarda o‘zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoq
hisoblanadi. Bunday tarmoqlarda axborot almashish aloqa kabellari, ba’zan telefon
kanallari yoki radiokanal orqali amalga oshiriladi.
Mahalliy tarmoqning asosiy
vazifasi barcha qurilmalardan va dasturlardan samarali foydalanishdan iborat.
Lokal tarmoqlarda uncha katta bo‘lmagan hududda joylashgan abonentlarni
birlashtiradi.
Xududiy tarmoq
-biror tuman, viloyat yoki respublika miqyosidagi
kompyuterlarni o‘zida mujassamlashtirgan tarmoqdir. Xududiy tarmoq (territorial
tarmoq) bir-biridan ma’lum masofada joylashgan abonentlarni bog‘laydi.
Abonentlar orasidagi masofa minglab km tashkil qiladi.
Bunday tarmoqlarda bir
nechta markazlashgan, ya’ni mahalliy tarmoqlarni birlashtirgan juda quvvatli
serverlar mavjud bo‘ladi va ushbu serverlar o‘rtasidagi axborot aloqa kabeli, optik
tolali yoki sun’iy yuldosh radioaloqa kanallari yordamida havo orqali uzatiladi.
2
Internet bu yagona standart asosida faoliyat ko‘rsatuvchi
jahon global
kompyuter tarmog‘idir. Internet tarmog‘i, unga ulangan barcha kompyuterlarning
o‘zaro ma’lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi. Internet tarmog‘ining
har bir mijozi o‘zining shaxsiy kompyuteri orqali boshqa shahar yoki
mamlakatga axborot uzatishi va axborot qabul qilish imkoniyatiga ega.
Hisoblash tarmoqlarida qo‘ydagi imkoniyatlar mavjud:
−
ma’lumotlar va fayllarni bir kompyuterdan boshqasiga o‘tkazish;
−
umumiy ma’lumotlar xazinasini tashkil qilish va uni ishlatish;
−
axborot tizimlarini tashkil qilish;
−
kerakli axborotni tezda izlab topish;
−
bir vaqtning uzida bir necha kompyuterlar axborot almashish xususiyatiga
ega.