Kompyuter tarmoqlari” fanidan mustaqil ishi-1 Bajardi



Download 0,65 Mb.
bet1/3
Sana01.07.2022
Hajmi0,65 Mb.
#727349
  1   2   3
Bog'liq
1 mustaqil ish Iskandarov Sirojiddin


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
"KOMPYUTER INJINIRING" FAKULTETI

Kompyuter tarmoqlari” fanidan




MUSTAQIL ISHI-1
Bajardi: Iskandarov Sirojiddin Qabul qildi: Bekmurodov.D


SAMARQAND – 2021

Mavzu: Pog’onalarning o’zaro bog’lanishi va xizmatlari.

Reja:


1. TCP/IP protokollar steki, pog’onasining tarixi.


2. Ularning vazifasi, asosiy protokollari.


3. Pog’onalarning o’zaro bog’lanishi va xizmatlari.




4. TCP/IP va OSI modellarning o’xshash jihatlarini qiyoslash.


TCP/IP stekining tarixi va rivoji.


Transmission Control protocol/internet protocol(TCP/IP) – protocollar steki global tarmoq uchun ishlab chiqarilgan.
TCP/IP standartlari Request for Comment (RFC) deb ataluvchi seriyali hujjatda chop etilgan. RFC hujjatlarida Internet tarmog‘i ichida bo‘layotgan ishlar yozilgan. Ayrim RFC lar tar- moq servislari yoki protokollari va ularni ishlab chiqish haqida yozadi. TCP/IP standartlari har doim RFC ko‘rinishda chop etiladi, faqat barcha RFC lar ham standart bo‘Imaydi.
Stek 20 yil oldin AQSH mudofaa vazirligi tomonidan har xil hisoblash tizimlarida eksperimental ARPANET tarmog‘ining boshqa tarmoqlar bilan aloqasini ta’minlash uchun ishlab chiqil- gan. ARPA tarmog‘i ishlab chiqaruvchilarga va izlanuvchilarga harbiy sohada anchagina foydali bo‘ldi. ARPA tarmog‘ida ikkita komp>oiter aloqasi Internet Protocol (IP) yordamida amalga oshirilgan. Hozirgi kunda esa TCP/IP stekining asosiy qism- laridan biri hisoblanadi.
Berkli universiteti o‘zining ОС UNIX versiyasida ishlab chiqqan protokollari bilan TCP/IP ning rivojiga katta hissa qo‘shdi va keng tarqalishiga sababchi bo‘ldi. Ushbu stekda xalqaro Internet axborot tarmog‘i ishlaydi. Uning mutlaqligini, ya’ni RFC formasidagi ko‘rinishini Internet Engineering Task Forse (IETF) ta’minlab berdi.
PC P/IP steki ОС UNIX da shaxsiy kompyuterlar uchun Windows tarmoq operatsion tizimlarida keng tarqalgan va uning yetakchilik xususiyatini quyidagilar orqali tushuntirish mumkin:

  • Bu ko‘p tarixga ega bo‘lgan deyarli yakunlangan standart va hozirgi kunda mashhur bo‘lgan tarmoq protokollari steki hisoblanadi.

  • Deyarli barcha katta tarmoqlarda o‘z trafigining asosiy qismini TCP/IP orqali uzatadi.

  • Bu Internet tarmog‘iga chiqish usuli.

Bu stek Internet transport xizmatlaridan va unda yaratil- gan WWW gipermatn texnologiyasidan foydalangan holda intranet — korporativ tarmog‘ining asosi uchun xizmat qiladi.

  • Bu mustahkam texnologiya transport tizim osti tizimi darajasida har xil tizimlami birlashtirish uchun qulay.

  • Bu kliyent-server dasturi uchun mustahkam platformalar 0‘rtasida masshtablashgan muhit.

3.2. TCP/IP STEKINING STRURTURASI. PROTOKOLLARNING QISQACHA XARAKTERISTIKASI
TCP/IP steki o‘zaro ta'sirga ega bo‘lgan ISO/OSI ochiq ti- zimidan oldin ishlab chiqilgan. Shunday bo‘lsa ham u ko‘p sath- li strukturaga ega.
TCP/IP protokolining strukturasi 3.2-rasmda berilgan. TCP/IP protokollari 4 ta sathga bo‘linadi.
IV sath eng pastki salh hisoblanadi. U OSI fizik va kanal sathiga mos tushadi. TCP/IP protokolida bu sath belgilanmay- di, lekin barcha ma’lum fizik va kanal sathdagi standartlami (lokal tarmoq uchun bu Ethernet, Token-Ring, FDDI, Fast Ethernet, lOOVG-AnyLan, global tarmoq uchun — SLIP va PPP «nuqta-nuqta* birlashish protokollari, X.25, frame relay kom- mutatsiya bilan hududiy tarmoq protokollari) qo‘llab-quwatlay- di. Odatda lokal yoki global tarmoqda yangi texnologiya paydo bo‘lsa, ulami zudlik bilan TCP/IP ga RFC ishlab chiqaruv- chilari tomonidan qo‘shib boriladi.
III sath — bu tarmoqlararo aloqa sathi. Bunda lokal tarmoq, hududiy tarmoq, maxsus aloqa tarmog‘i va shunga o‘xshash tar- moqlaming har xil transport texnologiyasida foydalangan holda paketlarni uzatish bilan shug‘ullanadi.
Stekda tarmoq sathining asosiy protokoli sifatida (OSI modeli terminida) IP protokolidan foydalaniladi. Bu protokol boshidan murakkab tarmoq tarkibida paketlarni uzatishga mo‘ljallangan. Shuning uchun ham IP protokoli murakkab topologiyali tarmoqlardan yaxshi ishlaydi. IP protokoli deyto- grammali protokol hisoblanadi, ya’ni paketlarni belgilangan joyga ishonchli yetkazilib borishiga javob bera olmaydi, lekin harakat qiladi.
Tarmoqlararo aloqa sathiga barcha protokol tashkil etuv- chilari bilan bogMangan va marshrutlash jadvalining modifika- tsiyasi, ya’ni marshrut axborotlami yig'ish protokollari RIP (Routing Internet Protocol) va OSPF (Open Shortest Path First), undan tashqari tarmoqlararo xabarlarni boshqarish protokoli ICMP (Internet control Message Protocol) kiradi. Oxirgi protokol tarmoq marshrut izatori va paket manbayi hisoblangan protokoli element o‘rtasida xatolar haqidagi axborot almashuviga mo‘ljallangan. ICMP maxsus paketlari yordamida paketlarni yetkaza olmasligi haqida xabar qiladi.
II sath — asosiy sath hisoblanadi. Bu sathda jo‘natmalami boshqarish protokoli TCP (Transmission Control Protocol) va foydalanuvchining deytogrammali protokoli UDP (User Datagram Protocol) boshqariladi. TCP protokoli masofadagi amaliy jarayonlar o‘rtasida virtual bog‘lanish hisobiga xabarlami ishonchli uzatilishini ta’minlaydi. UDP protokoli amaliy paket- lami deytogramma usulida IP singari uzatilishini ta’minlaydi.
I sath — amaliy deb nomlanadi. Uzoq vaqt davomida turli hil o‘lkalarda, tashkilotlarda TCP/IP stekidan foydalanish protokollar soni ortishiga va amaliy sathli xizmatlarni qo‘shilishiga sabab boMdi. Unga keng foydalaniladigan, FTP — fayllami ko‘chirish protokoli, telnet — terminalni emulyat- siyalash protokoli, SMTP — pochta protokollari kiradi. Ulaming ayrimlariga batafsilroq to'xtalib o‘tamiz.
Fayllarni ayirboshlash protokoli FTP (File Transfer Protocol) faylga masofadan turib ega bo‘lishni tashkil qiladi. Fayllarni ishonchli ayirboshlash maqsadida FTP TCP bilan aloqa o‘matib undan transport protokol sifatida foydalanadi. Fayllarni ayirboshlashdan tashqari FTP boshqa xizmatlarni ham taklif qiladi. Ya’ni foydalanuvchi masofadagi kompyuter bilan interaktiv holatda ishlashi mumkin, mi sol uchun uning katalogidagi tashkil etuvchilami bosmaga chiqarish mumkin. FTP dagi ma’lumotlardan foydalanish uchun foydalanuvchi o'zining nomini va parolini kiritishi kerak. Intemetning e’lon qilingan FTP arxiv kataloglariga parol talab qilinmaydi, ya’ni foydalanuvchi Anonymous nomidan foydalanadi.
TCP/IP stekida FTP protokoli bir qancha kengroq xizmatlarni taklif qiladi va o‘z navbatida bu protokol dasturlash uchun eng murakkab hisoblanadi. Dasturda FTP ning barcha imkoniyatlaridan foydalanilmasa, u holda faqat fayllarni ayir- boshlash protokoli TFTP(Trivial File Transfer Protocol) dan foydalaniladi. Bu protokol faqat fayllami ayriboshlashni tashkil qiladi. Transport protokoli sifatida esa TCP dan birmuncha sod- daroq bo‘lgan UDP protokolidan foydalaniladi.
Telnet protokoli jarayonlar va terminal o‘rtasida baytlar oqi- mini almashinuvini ta’minlab beradi. Bu protokoldan masofadagi kompyuter terminalining emulyatsiyasi uchun tez-tez foy- dalanib turiladi. Telnet xizmatlaridan foydalanish jarayonida foydalanuvchi masofadagi kompyutemi huddi lokal foydalanuvchi kabi boshqaradi, shuning uchun ham yaxshigina himoyani talab qiladi. Himoyani ta’minlash maqsadida minimum parol bo‘yicha autentifikatsiyadan foydalaniladi, lekin baribir birmuncha mustahkam himoya vositasi bu misol uchun Kerberos tizimi.
SNMP (Simple Network Manegment Protocol) tarmoq boshqaruvini tashkil qilish uchun ishlatiladi. Awalida SNMP protokol Internet marshrutizatorlarini, odatda shlyuzlar deb ham ataluvchi vositalarni masofadan nazorat qilish va boshqarish uchun ishlab chiqilgan. Keyinchalik esa SNMP protokoli istalgan kommunikatsiya vositalarini — kontsentratorlami, ko‘prik- lami, tarmoq
adapterlarini va boshqalami boshqarish uchun qo‘llaniladi. SNMP protokolidagi boshqaruv qiyinchiliklari ikki qismga bo‘linadi: birinchi masala axborotni uzatish
bilan bog‘liq, ikkinchisi esa o‘zgaruvchilami nazorat qilish, ya’ni boshqaruv qurilmasining holati bilan bog'liq.
TCP / IP steki
TCP / IP Protocol Stack TCP / IP raqamli ma'lumotlarni uzatish uchun tarmoq modelidir. Model ma'lumot manbasidan oluvchiga ma'lumotlarni uzatish usulini tavsiflaydi. Model har bir qoida (uzatish protokoli) bilan tavsiflangan to'rtta darajadan ma'lumot olishni nazarda tutadi. Ma'lumotlar uzatish muammosini hal etuvchi qoidalar to'plami Internetga asoslangan ma'lumotlar uzatish protokollar to'plamini tashkil qiladi.
Tarmoq (Internet) qatlami Internet qatlami dastlab ma'lumotni bir tarmoqdan boshqasiga o'tkazish uchun yaratilgan. Ushbu darajada, marshrutizatorlar ishlaydi, ular tarmoq niqobidan foydalanib tarmoq manzilini hisoblash orqali paketlarni kerakli tarmoqqa yo'naltirishadi. Bunday protokolga misollar ARPANET tarmog'idagi X.25 va IPC.
Bog'lanish qatlami Bog'lanish qatlami fizik sathda ma'lumotlar paketini uzatish uchun ma'lumotlarni kodlash usulini tavsiflaydi (ya'ni ma'lumotlar paketining boshini va oxirini belgilaydigan bitlarning maxsus ketma-ketligi, shuningdek shovqin immunitetini ta'minlaydi). Masalan, Ethernet paketi sarlavhalari satrida ushbu paket qaysi mashina yoki tarmoq uchun mo'ljallanganligi ko'rsatiladi.
TCP / IP modelining amaliy sathi bo'yicha protokollarni taqsimlash (masalan, HTTP, RTSP, FTP, DNS). Transport (qatlam), masalan, TCP, UDP, SCTP, DCCP (RIP, IP orqali ishlaydigan OSPF kabi marshrutlash protokollari tarmoq qatlamining bir qismidir) Tarmoq (Internet) TCP / IP uchun bu IP (yordamchi) ICMP va IGMP kabi protokollar IP orqali ishlaydi, lekin ular tarmoq sathiga tegishli; ARP - bu ma'lumot uzatish sathi ustida ishlaydigan mustaqil yordamchi protokollar) Tarmoqqa kirish qatlami Ethernet, IEEE 802.11 WLAN, SLIP, Token Ring, ATM. va MPLS, fizik muhit va axborotni kodlash tamoyillari, T1, E1
TCP/IP –stekining protokollari.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish