Komponentalari. Borland C++ Builder muhitining forma va kod muharriri



Download 112,68 Kb.
bet1/4
Sana14.06.2022
Hajmi112,68 Kb.
#666492
  1   2   3   4
Bog'liq
Komponentalari. Borland C Builder muhitining forma va kod muha


Borland C++ Builderda ko'p formali loyihalar yaratish
Reja:

  1. Borland C++ Builder muhitining VCL vizual komponentalari.

  2. Borland C++ Builder muhitining forma va kod muharriri oynasi.

  3. Borland C++ Builder muhitida hodisa jarayonlarini yaratish.

Borland C++ Builder 6 muhitini VCL vizual komponentalari bilan tanishamiz.


Borland C++ Builder 6 muhitida ilova yaratish VCL vizual komponentalaridan keraklilarini formaga joylashtirishdan boshlanadi. Komponentalar ilovaning g’ishtchalari (elementlari, qismlari) deyishimiz mumkin. Builder so’zining ma’nosi quruvchi degan ma’noni anglatadi. Barcha VCL komponentalari palitrasi, asosiy menyuning o’ng tomonida joylashgan bo’ladi. Komponentalar palitrasi ma’lum bir vazifalariga ko’ra komponentalar to’plamidan iborat komponentalar sahifasiga ajratilgan. Bu sahifalar ma’no va vazifasiga ko’ra bir-biriga yaqin bo’lgan komponentalarni bitta guruhga birlashtirgan. Sichqonchaning chap tugmasini sahifa komponentalari nomi ustida bossak, mazkur sahifa komponentalari guruhi ekranda paydo bo’ladi. Masalan, Standard sahifasini bossak, ekranda qo’yidagi komponentalar paydo bo’ladi (22- rasm).



22-rasm. Komponentalar oynasi

C++ Builder 32 razryadli takomillashtirilgan Vizual Komponentalar Kutubxonasi VCL (Visual Component Library) bilan birgalikda yetkazib beriladi. Bu kutubxona eng murakkab ilovalarni qurish uchun mo’ljallangan 100 dan ortiq takroran qo’llanadigan komponentalardan iborat. Kutubxonaning asosiy komponentalari Palitralar komponentalarining Instrumental Panelida berilgan. Komponentalar belgilari dasturingiz shakliga (formaga) olib o’tiladi.


Kutubxona Windows operatsion tizimlaridagi Foydalanuvchi Grafik Interfeysi standart interfeys obyektlarining to’liq inkapsulyatsiyalanishini o’z ichiga oladi. Ular orasida, ixtisoslashgan komponentalar bilan bir qatorda, relyatsion ma’lumotlar bazasini boshqarish uchun mo’ljallangan komponentalar alohida o’rin egallaydi. Ishonchli va samarali dasturlarni yaratishda C++ Builder OYD imkoniyatlaridan to’liq foydalanadi. C++ Builder bu OMD ekan, OLE (OCX) boshqaruvchi elementlarni kiritish uncha qiyinchilik tug’dirmaydi.
C++ Builder bosh xususiyati avvalambor, uning dasturni vizual ishlash jarayonida nafaqat tayyor komponentalardan foydalanish, balki yangi komponentalarni yaratish qobiliyatida ham namoyon bo’ladi. Yangi komponentalar, dastlabki komponentalar kabi, sodda bo’lishi mumkin, bunda ularning funktsional imkoniyatlari ozgina kengaytirilgan yoki o’zining mutlaqo o’ziga xos ko’rinishi, xulq-atvori va kodining mazmuni bilan farqlanadigan bo’ladi. Komponentalarning yaratilishi OYD ning vorislik mexanizmiga tayanadi, cheklanishlarga deyarli ega bo’lmaydi hamda qo’yidagi bosqichlardan o’tadi:

Qidirish oson bo’lishi uchun, Palitra funktsional jihatdan o’xshash komponentalarni birlashtiradigan qo’shimcha ilovalar bilan bo’lingan. Tanlab olingan komponentaning kontekst menyusini unga sichqonchaning o’ng tugmasini bosib ochish mumkin.
Bular ichidan OK yozuvli Button tugmasini, A yozuvli Label tugmasini osonlik bilan topish mumkin.
Agar sahifada komponentalar juda ko’p bo’lsa, harakatlanuvchi tugmalar orqali o’ng va chapga panelni harakatlantirish orqali barcha komponentalarni ko’rishimiz mumkin. Barcha komponentalar biror nom yoki maxsus ikonka orqali berilgan, agar sichqoncha kursorini ikonka ustiga oborsak shu komponenta nomi paydo bo’ladi. E’tibor bergan bo’lsangiz, ko’pchilik komponentalar to’rtburchak yoki dumaloq shaklga ega. Ixtiyoriy komponentani formaga ikki xil yul bilan joylashtirish mumkin. Komponenta ustida sichqonchani olib borib chap tugmasini ikki marta bossak mazkur komponenta forma markazida paydo bo’ladi. Ikkinchi usul sichqoncha chap tugmasini komponenta ustida bitta bosib siljitish bilan formaga joylashtirish mumkin. Formaga joylashtirilgan komponentani formaning ixtiyoriy qismiga siljitishimiz mumkin. Komponetaning o’lchamlarini sichqoncha yordamida o’zgartirish mumkin. Formada turgan ixtiyoriy komponentani aktivlashtirish yoki passivlashtirish mumkin. Aktivlashtirish degani shu komponentaning ustida amal bajarish xususiyatini o’zgartirish imkoniyatini beradi, buning uchun, mazkur komponentaning ustida sichqoncha tugmasini bosish kifoya. Aktivlik belgisi shu komponentani boshqalaridan ajralib belgilanib ko’rinib turadi. Buni obyektlar inspektoridan ham ko’rish mumkin. Sichqoncha yordamida tanlangan komponentani formadan o’chirib tashlash mumkin.
Komponetalar palitrasini asosiy menyu panelidan olib tashlash mumkin. Buning uchun sichqonchaning o’ng tugmasini bosish va hosil bo’lgan menyu (23-rasm) dagi Component Palette so’z oldidagi belgini sichqoncha tugmasini ikkita bosib, olib tashlash kifoya qiladi.

23-rasm. Kontekst menyu oynasi

Komponentlar palitrasining o’rni Borland C++ Builder 6 interfeysida qat’iy tayinlanmagan. Uni o’zimiz xoxlagancha joylashtirishimiz mumkin. Buning uchun kursorni palitraning chap chekkasiga olib borib sichqonchaning chap tugmasini bosib qo’yib yubormagan holda, yangi joyga joylashtirish mumkin. Agar palitra asosiy menyudan tashqariga chiqib ketsa yangi oyna ochiladi. Bunda komponentalar palitrasiga qo’shimcha buyruqlar kiritish uchun sichqonchaning ung tugmasi bosiladi. Bunda konteks menyu paydo bo’ladi (24-rasm).





24-rasm. Buyruqlar palitrasi kontekst menyusi.


Bu oynada ixtiyoriy sahifaga Tabs vositasida tez o’tish imkoniyati mavjud (25-rasm), ShowHints tushuntish ma’lumotlari beriladi, Hide palitrani bekitish, Help ma’lumotlarni olish, yordamni chaqirish, Properties xususiyatlarni o’rnatish.


Bu oynada ixtiyoriy sahifani qaytadan ko’rib chiqish mumkin. Rename buyrug’i orqali sahifani qayta nomlash mumkin. Add buyrug’i orqali yangi sahifa qo’shish mumkin. Delete ixtiyoriy sahifani o’chirish mumkin. Bu sahifalarning berilish ketma-ketligini o’zgartirish imkoniga egamiz. Masalan, System sahifasi Standard sahifasidan keyin berilgan edi, System satrini aktivlashtiramiz va sichqonchaning chap tugmasini bosamiz.

Download 112,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish