Kommunikativ malaka va pedagogik ta’sir ko’rsatish



Download 40.45 Kb.
Sana19.04.2020
Hajmi40.45 Kb.
4-mavzu: Kommunikativ malaka va pedagogik ta’sir ko’rsatish

Reja:

  1. Asosiy kommunikativ malakalar.

  2. Ishontirish-kommunikativ ta’sir etish usuli sifatida.

  3. Ishontirishning og’zaki ta’sir etish turlari.

  4. Ko’ndirishning og’zaki ta’sir etish turlari


Adabiyotlar ro’yxati:

  1. Asqarova O’., Raitboyev M., NishonovaS. Pedagogika – T.: Talqin, 2008.

  2. PadlasiyI.P. Pedagogika. V2-x kn.-M.: VLADOS, 2005.

  3. Azizxodjayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2006.

  4. N.T.Omonov, N.X.Xo’jayev, S.A.Madiyarova, YE.I.Eshkulov. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Darslik. T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2009, 240 bet.

  5. Xoliqov A.A. Pedagogik mahorat. Darslik. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2011.- 425 b.

  6. Teaching and Learning: Pedagogy, Curriculum and Culture. Alex Moore. USA, 2012

Kommunikativ malaka va pedagogik ta’sir ko’rsatish”



mavzusiga doir blits-so’rov savollari

  1. Kommunikatsiya nima?

  2. Kommunikativ malaka deganda nimani tushunasiz?

  3. Pedagogik ta’sir ko’rsatishning asosiy usullarini ayting.

  4. So’zsiz insonga ta’sir etish mumkinmi?

  5. Ishontirish nima?

  6. Siz insonlarni ishontira olasizmi? Qanday?

  7. Uqtirish nima?

  8. Siz o’quvchingizga ta’sir ko’rsatmoqchi bo’lsangiz qanday usullardan foydalangan bo’lar edingiz?

  9. Pedagogik munosabatda muvaffaqiyat garovi nimalardan iborat?

10.So’z bilan og’zaki ta’sir o’tkazish komponentlariga nimalar kiradi?


Topshiriq. Talabalar 3-guruhga ajratilgan holda Keys topshirigini bajaradilar.

Keys topshirig’i. 1-mаsаlа.Guruhga yangi guruh rahbari tayinlandi. Yangi guruh rahbari xonaga kirishi bilan hammani o’ziga qaratib shunday dedi: “Bundan keyin bu yerda mening aytganim –aytgan, deganim degan bo’ladi.Kim menga quloq solmasa itning kunini boshiga solaman” –deb o’zining qator talablarini ayta ketdi va hech kim bilan maslahatlashmasdan guruh liderini tayinladi. O’qituvchi guruhda kuch bilan tartib o’rnatishga harakat qildi.Guruhda yangi norasmiy tuzilmalar tashkil topib, ma’suliyatsiz,davomati past o’quvchilar soni ikki barobar oshdi.

Yangi sinf rаhbаri qаndаy хаtоgа yo’l qo’ydi? Pedagog yangi guruhi bilan muloqatni qanday tashkil etishi kerak edi? Qаndаy yo’l bilаn jаmоаni muvaffaqiyatli boshqarishga erishish mumkin?

Keys yechimi uchun taklif etilgan g’oyalar taqdimoti uchun chizma namunasi

Muammo(asosiy va kichik muammolar)

Yechim

Natija










Keys topshirig’i. 2-mаsаlа . Adabiyot darsi boshlandi.Hamma o’quvchilar darsga kerakli kitob, daftar, ruchkalarini birin-ketin ola boshladi. O’qituvchi taxtaga ko’rgazmali qurollarni ilayotgan edi. Birdan birinchi partada o’tirgan Dilnoza chinqirib yubordi:” Sumkamdagi pulni o’girlashibdi. Oyim maktabdan qaytayotganda xarid qilishim kerak bo’lgan narsalar ro’yxatini yozib bergan va shunga yarasha pul bergan edilar”. Sinfda g’ala-g’ovur boshlanib ketdi. O’qituvchi darrov jimlikni saqlab: ”Tur o’rningdan Bekzod olgan narsangni qaytarib ber. Sinfda sendan boshqa hech kim bu ishni qilmaydi. Chunki o’grining bolasi o’gri bo’ladi”-deb baqira ketdi. Bekzod hayratlangancha so’z topolmay angrayib turdi-da pulni men olmaganman deya sinfdan yig’lab chiqib ketdi.

O’qituvchi qanday xatoga yo’l qo’ydi? Aslida o’qituvchi qanday yo’l tutishi kerak edi?



Muammo(asosiy va kichik muammolar)

Yechim

Natija










Keys topshirig’i. 3-mаsаlа.

Guruhni bir nеchа yil dаvоmidа sаylаngаn qаt’iy fаоllаr bоshqаrib,bоshqа а’zоlаr ulаrgа bo’ysunib kеlishdi. Kеyinchаlik esа, ulаr bu hоlаtgа qаrshi chiqа bоshlаshdi. Yangi guruh rаhbаri аvvаlgi o’qituvchining хаtоsini to’g’rilаsh mаqsаdidа qаt’iy chоrа ko’rdi. Guruhdа qаt’iy sаylоv o’tkаzilib, аvvаlgi fаоllаr o’rnigа o’quvchilаr оrаsidаn yangi fаоllаr sаylаndi. Lеkin оrаdаn bir оz vаqt o’tib, sаylоv o’zini оqlаmаgаnligini ko’rsаtdi. Yangi sаylаngаn fаоllаrning bir qismi o’z vаzifаlаrini bаjаrishdаn bоsh tоrtishsа, ikkinchi qismi kuch bilаn tаrtib o’rnаtishgа hаrаkаt qilishdi. Guruhdа yangi nоrаsmiy guruhlаr tаshkil tоpib,bеfаrq, mаs’uliyatsiz o’quvchilаr sоni ikki bаrоbаr оrtdi.

Sinf rаhbаri qаndаy хаtоgа yo’l qo’ydi? Mаzkur vаziyatdа qаndаy yo’l tutish kеrаk edi? Qаndаy yo’l bilаn fаоlning jаmоаni jipslаshtirishigа erishish mumkin?

Muammo(asosiy va kichik muammolar)

Yechim

Natija










Mustaqil ta’lim: “Kommunikativ malaka va pedagogik ta’sir ko’rsatish”

“Pedagogik mahorat” kitobining kommunikativ qobiliyat va kommunikativ ko‘nikmalarga taalluqli bo‘limini o‘qib chiqib, konspekt qilish.



Adabiyot: Xoliqov A.A. Pedagogik mahorat. Darslik. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2011.- 425 b.




Uyga vazifa: Kasbiy pedagogik fantaziya (xayol)

Reja:

  1. Pedagogik xayolotning mohiyati va maqsadga qaratilganligini aniqlashga doir mashqlar.

  2. O’qituvchi kasbiy xayolatining undividual o’ziga xosliklarini aniqlashga doir mashiqlar.

  3. Kasbiy pedagogik xayolatni rivojlantirishga doir mashqlar.


Adabiyotlar ro’yxati:

  1. Asqarova O’. Pedagogikadan amaliy mashqlar va masalalar. O’quv-uslubiy qo’llanma. – T.: “Istiqlol”, 2008. 38-39-40-60 betlar.

  2. R.I.Ivanov, M.E.Zufarova Umumiy psixologiya darslik. O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti.– T.: 2008. 165-185 bet.

  3. N.Erkaboyeva, M.Usmonboyeva, M.Irgashova, N.Xujanazarova. Pedagogik mahorat; seminar va laboratoriya mashg’ulotlari uchun ishlanmalar. (O’quv metodik qo’llanma) – T.: 2012. 72-bet.

  4. D.A.Abduraximova, R.A. Mavlanova. Pedagogik mahorat. (O’quv qo’llanma). – T.: 2013. 159-165 bet

Download 40.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Alisher navoiy
Toshkent davlat
tashkil etish
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
maxsus ta'lim
tibbiyot akademiyasi
bilan ishlash
o’rta ta’lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
universiteti fizika
fizika matematika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
Samarqand davlat
tabiiy fanlar