Mavzu: Kiyimli ayol gavdasi (rangli fonda) - Rangtasvir — barcha tasviriy san’at turlarining asosiylaridan biri hisoblanadi. Rassom tasviriy san’at turning qaysi birida ijod qilishidan qat’i nazar, chizmatasvir va rangtasvirga asoslanadi. U o‘zining kuzatishlari, katta asar kompozitsiyalari ustidagi izlanishlarini awal qalamda dastlabki chizgilar bilan ifodalaydi. Katta san’at kompozitsiya asarlarini yaratishda esa, bajarilgan chizgilar rassomga yordamchi manba bo‘lib xizmat qiladi.
- Rassom u yoki bu kartinasini yaratishni qalamda boshlaydi. Shundan keyingina ushbu san’at asari ranglar jilosi orqali tomoshabinga estetik huzur baxsh etadi. Boshqacha qilib aytganda, chizmatasvir, rangtasvirsiz hech bir rassom o‘z asarini yetuk holga keltira olmaydi.
Rangtasvir mashg'ulotlari buyumlarni tocg‘ri tasvirlash, borliqni idrok etish, qo‘l, ong va sezgi organlarini shakllantirishda nafaqat boiajak rassomga, balki turli kasb sohasidagi kishilarga zarurdir. Uyg‘onish davrining buyuk rassom va olimi Leonardo da Vinchi о‘lining «Rangtasvir qonunlari» nomli asarida, jumladan, shunday degan edi: «Yoshlar, o‘zlarini ilm-fan, tasviriy san’atda sinamoqchi boisalar, awalo rasm chizishni mukammal bilmoqlari lozimdir». - Rangtasvir mashg‘ulotlari boshqa mutaxassislik fanlari qatorida boLlajak rassomlarni tayyorlashda asosiy mezon hisoblanadi. Rangtasvir darslari o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari o’quvchilariga I—III kurslarda nazariy va amaliy mashg‘ulotlar orqali olib boriladi. Amaliy mashg‘ulotlar qatorida nazariy bilimlar ham bo'lajak rassomlarga ularning keyingi o'qish va ijodiy faoliyatlarida muhim hisoblanadi.
- Yoshlarga badiiy ma’lumot berishda borliqni haqqoniy tasvirlash mashg‘ulotlari benihoya katta bolib, bu ularning umumiy dunyoqa- rashlarini o‘stirishda muhim ahamiyatga ega. Realistik rasm chizish san’ati tabiatdagi shakllarni haqqoniy obrazlarda tasvirlash mahoratini rivojlan- tirishni ocz oldiga maqsad qilib qocyadi.
- Perspektiva qonuni. Tasvirlanayotgan buyumlar, ushbu buyumning qaysi tomonidan ko'rinishidan qat’i nazar (uzoqdan, yaqindan, yuqoridan, pastdan, to‘g‘ridan yoki chekkadan) chizuvchiga o‘zgarib koLrinadi. Masalan, kubni u yoki bu tomonga burib, Lining tomonlarini chizuvchiga o'zgarib ko'rinishini kuzatamiz.
- Buyumlarni tekislikka haqqoniy tasvirlashda rassom perspektiva qonuniga bevosita murojaat qiladi. Bu holatni shunday ta ’riflash mumkin: «Tabiatdagi barcha buyumlar qanday shaklga ega bo`lmasin, perspektiv qonun va qoidalarga bo‘ysunadi».
- Perspektiva qonunlarini mukammal o'rganib olib, bar qanday buyum¬ning ko'rinar va ko‘rinmas tomonlarini to‘g‘ri tasvirlash mumkin
Soya — buyumlarning yoritilgan qismining orqasiga (teskarisiga) yorugdik nurlari tushmagan yeriga aytiladi. Bunday soyalar shaxsiy soya deb ham yuritiladi. Tasvirlar bajarishda tushuvchi soyalar ham kuzatiladi. Ushbu soyalar buyumlarning biri ikkinchisini to'sishi natijasida hosil bo‘ladi. LJshbu soyalar buyum tekisligiga (stok pok yer va hokazo) hamda bajarilayotgan buyumlarning biridan ikkinchisiga ham tushishi mumkin. Buyumlarga qiyaroq (xiraroq) ravishda tushuvchi yorug'lik nuri ularda yarim soyalarni tashkil etadi. Yarim soyalar asosan yoruglik va shaxsiy soyalar oralig‘ida joylashadi. Shuning uchun buyumlardagi bar qanday soyalar ham bir xil tusda bolavermaydi. Adabiyotlar ro‘yxati: 1. G.V.Veda. jivopis. Moskva «Prosveщenie». 1986. 2. B.Boymetov, B.Tojiev «Qalamtasvir fanidan ma’ruzalar matni». Nizomiy nomidagi TDPU. Toshkent – 2000. 3. E.S.Gromov. priroda xudojestvennogo tvorchestva. Moskva «Prosveщenie». 1986. 4. Izobrazitelnoe iskusstvo. (Pod redaksiey G.B.Smirnova) Moskva «Prosveщenie». 1977. E’tiboringiz uchun raxmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |