“KIRISH” QISMIDAN TESTLAR
1. Qadimgi bitiklarni o‘rganish bilan qaysi
fan shug‘ullanadi?
A) epigrafika B) numizmatika
C) etnografiya D) antropologiya
2. Qadimgi tangalarni o‘rganish bilan qaysi
fan shug‘ullanadi?
A) epigrafika B) numizmatika
C) etnografiya D) antropologiya
3. Sivilizatsiya nima?
A) Eng qadimgi xalqlarning o‘zaro madaniy
aloqalarining boshlanishi
B) Eng qadimgi dehqonchilik va
chorvachilikning vujudga kelishi
C) Eng qadimgi odamlarning ilk bora temir
qurollardan foydalana boshlashi
D) Eng qadimgi shaharlar, yozuv, davlatlar
tashkil topishi va rivojlanishi
4. Dastlabki sivilizatsiylar tarixi qayerda
boshlangan?
A) Qadimgi Sharqda
B) Yunonistondagi Krit orolida
C) Qadimgi G‘arbda D) O‘rta Osiyoda
5. Dastlabki sivilizatsiyalar tarixi Qadimgi
Sharqda, so‘ngra qayerda boshlangan edi?
A) Italiyadagi Sitsiliya orolida
B) Yunonistondagi Krit orolida
C) Qadimgi G‘arbda D) O‘rta Osiyoda
6. Qadimgi dunyo tarixi qaysi davrni o‘z
ichiga oladi?
A) Iso alayhissalom tug‘ilganidan to milodiy
476-yilda G‘arbiy Rim imperiyasi qulaguniga
qadar kechgan voqealar
B) Eng qadimgi shaharlar, yozuv, davlatlar
tashkil topganidan to milodiy 476-yilda
G‘arbiy Rim imperiyasi qulaguniga qadar
kechgan voqealar
C) Insonlarning ibtidoiy to‘daga birlashuvidan
to 395-yilda Rim imperiyasining ikkiga
bo‘linguniga qadar kechgan voqealar
D) Yer yuzida odam paydo bo‘lganidan to
milodiy 476-yilda G‘arbiy Rim imperiyasi
qulaguniga qadar
7. “Piramidalar matnlari” qaysi xalqlar
tarixi haqida hikoya qiladi?
A) hindlar tarixi haqida
B) misrliklar tarixi haqida
C) yunonlar tarixi haqida
D) O‘rta Osiyo xalqlari tarixi haqida
8. “Marhumlar kitobi” qaysi xalqlar tarixi
haqida hikoya qiladi?
A) hindlar tarixi haqida
B) misrliklar tarixi haqida
C) yunonlar tarixi haqida
D) O‘rta Osiyo xalqlari tarixi haqida
9. “Rigveda” qaysi xalqlar tarixi haqida
hikoya qiladi?
A) hindlar tarixi haqida
B) misrliklar tarixi haqida
C) yunonlar tarixi haqida
D) O‘rta Osiyo xalqlari tarixi haqida
10. “Avesto” qaysi xalqlar tarixi haqida
hikoya qiladi?
A) hindlar tarixi haqida
B) misrliklar tarixi haqida
C) yunonlar tarixi haqida
D) O‘rta Osiyo xalqlari tarixi haqida
11. Olimlar o‘qigan quyidagi matnlar qaysi
xalqlar haqida ma’lumot berishini aniqlang.
1) “Avesto”; 2) “Piramidalar matnlari”;
3) “Rigveda”; 4) “Marhumlar kitobi”.
a) misr; b) hind; c) O‘rta Osiyo.
A) 1, 4-c, 2-a, 3-b B) 1, 3-b, 2-a, 4-c
C) 1-c, 2, 4-a, 3-b D) 1-c, 2, 3-a, 4-b
12. Misr piramidalari majmui qayerda
joylashgan?
A) Dajla va Frot daryolari oralig‘ida
B) Nil vodiysida C) Eronda
D) Yunonistonda
13. Bobil qayerda joylashgan?
A) Dajla va Frot daryolari oralig‘ida
B) Nil vodiysida C) Eronda D) Yunonistonda
14. Persepol qayerda joylashgan?
A) Dajla va Frot daryolari oralig‘ida
B) Nil vodiysida
C) Eronda D) Yunonistonda
15. Tarix faniga nisbatan qanday tasviriy
ifoda qo‘llaniladi?
A) “Fanlar shohi” B) “Aql gimnastikasi”
C) “Hayotimiz qomusi” D) “Buyuk o‘qituvchi”
Do'stlaringiz bilan baham: |