Kirish. Fanning maqsadi va vazifasi. Loyixalashni tashkillashtirish
Reja
1. Loyihalash haqida umumiy ma’lumotlar.
2. Konchilik korxonalarini loyihalash fanining maqsadi va vazifalari.
3. Loyihalashning me’yoriy bazasi.
Tayanch iboralar: Loyixalash. Rejalashtirish. Loyixalashtirish jarayoni. Usul. Tasdiqlangan loyixa. Vazifa. Loyixa mundarijasi. Geologik. Konchilik. Konmexanik. Boyitilgan. Qurilishdagi. Transportli. Iqtisodiy. Atrof muxitni muxofazalash. Qurilishni tashkillashtirish. Diplom loyixasi.
1. Kon sanoatining rivojlanishi, uning qurilishini moliya bilan ta’minlash va kon korxonalarini qayta jihozlashda ko‘p yillarga oldindan optimal qarorlar topilishi kerak bo‘lgan loyihalar asosida amalga oshirilgan. “Loyiha” so‘zi lotincha “‘roektus” so‘zidan olingan bo‘lib, oldinga tashlangan degan mahnoni anglatadi, ya’ni loyiha bo‘lajak korxonani optimal dinamik texnik iqtisodiy modelini ko‘rsatadi. Kon korxonasi boshqa ko‘p sanoat obektlari va inshootlaridan (metallurgiya, mashinasozlik, ximiya zavodlari va boshqalar) farqli tabiiy-texnologik kompleks hisoblanadi. Konchilik korxonalarining parametrlari va iqtisodiy samaradorligining ko‘rsatkichlari texnikaning berilgan darajasi uchun, asosan tabiiy omillar (konning tuzilishi, va o‘lchamlari, joyning relefi, gidrogeologik sharoitlar va boshqalar) va uning atrof muhitga ijozatli ta’siri bilan aniqlanadi. Boshqa tabiiy-texnologik komplekslar (gidroelektrostantsiya, transport aloqa yo‘llari va boshqalar) dan farqli karer bir necha o‘n yillar davomida vaqt va fazoda rivojlanuvchi dinamik obekt hisoblanadi. Buning natijasida har yili karerning o‘lchamlari, transport aloqa yo‘llarining uzunligi va kon-geologik sharoitlar o‘zgaradi, shuningdek fazoda ish joyi bir joydan boshqa joyga ko‘chadi. Karerlarning loyihalarini optimallashtirish, aniqlovchi omillarning (tabiiy, texnik, iqtisodiy va sotsial) turli-tumanligi, ular ta’sir xarakterining ehtimoli bilan, yuqori darajadagi noaniqlik va loyihalash boshlangunga qadar qator omillarning etarlicha o‘rganilmaganligi tufayli qiyinlashadi.
Sifatli loyihalar kon korxonasining samaradorligiga, mineral xom ashyo resurslaridan ratsional foydalanishga va atrof muhitni muxofazalashga, ya’ni halq xo‘jaligida asosiy e’tibor beriladigan muammolarga katta ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun karerlarni loyihalash (ayniqsa murakkab strukturali ko‘p komponentli konlar sharoitida) juda murakkab va ko‘p mehnat talab qiladigan mahsuliyatli texnik-iqtisodiy vazifa hisoblanadi, uni to‘g‘ri hal etish faqat katta eruditsiyani va chuqur bilimni talab qilibgina qolmasdan balki, elektron hisoblash texnikasini va iqtisodiy matematik usullarni qo‘llash asosida ijodiy yondashuvni ham talab qiladi.
Kon korholarini loyihalash usullarining rivojlanishi. Professorlar B.I. Bokiy, A.A. Skochinskiy, M.M. Protodg‘yakonov, A.M. Terpigorev, L.D. SHevyakovlar (XIX asrning oxiri – XX asrning boshi) kon korxonalarini loyihalashning nazariy asoslariga o‘zlarining ilmiy ishlarida matematik metodni qo‘llash bilan asos solganlar. Kon korxonalarini loyihalashni tashkil etishda 1929 yilda prof. B.I. Bokiy maqolalari asosida nashr qilingan “Konchilik sanhatining analitik kursi, Rudniklarni loyihalash.” fundamental monografiyasi katta rol o‘ynadi.
XX asrning 50 - 70 yillarida ko‘mir shaxtalarini loyihalash nazariyasi va amaliyotida yangi hisoblash usullari va elektron hisoblash mashinalari qo‘llanila boshlandi. Professorlar K.K. Kuznetsov, A.S. Burchakov, B.M. Vorobg‘ev, V.G. SHorin, A.M. Kurnosova, S.V. TSoya, V.A. Harchenko, E.V. Petrenko, texnika fanlari nomzodi A.M. Miteyko ilmiy ishlarida shaxtalarni loyihalash qarorlarini kompleks optimallashtirish metodi g‘oyalari rivojlantiriladi. Tsentrogiproshaxt boshchiligidagi ko‘mir sanoati vazirligi tarkibidagi loyiha institutlari tomonidan ko‘mir shaxtalarini, karerlarni va boyitish fabrikalarini avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi ishlab chiqiladi.
Murakkab kon-geologik sharoitlardagi yuqori qimmatli rudalarda ruda konlarini er osti usulida qazib olishni loyihalashda bajariladigan ishning ko‘proq xavfsizligini, yuqori mehnat unumdorligini, eng yaxshi iqtisodiy ko‘rsatkichlarni, er qahridan ratsional foydalanishni, foydali qazilmaning yo‘qotilishi va sifatsizlanishini pasaytirishni ta’minlovchi ruda shaxtalarining ish unumdorligini asoslash, texnik-iqtisodiy baholashva er osti usulida qazish tezligini tanlash kabi muammolarni hal etish katta ahamiyatga ega. Bu muammolarni hal etishga akademik M.I. Agoshkov, professorlar: P.N. Gorodetskiy, D.M. Bronnikov, V.R. Imenitov, G.M. Malaxov, O.A. Boykunarov, V.A. SHestakov, S.L. Iofin va boshqalar katta xissa qo‘shganlar.
Karerlarni loyihalash nazariyasi bo‘yicha birinchi qilingan ish Krivbass temir ruda karerlarining eng chuqur nuqtasi 80 – 115 m ga etganda va er osti usuli bilan qazib olishga o‘tish masalasi paydo bo‘lgan 1928 – 1933 yillarga to‘g‘ri keladi. Bu davrda kon injenerlari M.I. Goberman, S.I. Pilyavskiy, A.I. Stishenko, I.A. Kuznetsov, P.S. Bondar, A.A. SHteding va boshqalarning karer chegaralarini aniqlashning analitik metodlarini va ochiq usulda qazib olishning samaradorligini aniqlovchi omillarni o‘rganishni boshlashga asos soluvchi maqolalari chop etilgan edi.
O‘tgan asrning 40 – 50 yillarida ochiq usulda qazib olishni loyihalash nazariyasining rivojlanishi akademik N.V. Melg‘nikov, professorlar: P.I. Gorodetskiy, E.F. SHeshko, A.A. Starikov, P.E. Zurkov, A.S. Fidelev, A.V. Brichkin, B.P. Bogolyubov, N.N. Melg‘nikov, P.I. Tomakov nomlari bilan bog‘liq.
1949 yilda chiqqan prof. P.I. Gorodetskiyning kitobi “Loyihalash asoslari” kursi bo‘yicha birinchi darslik edi. Bu kitobda nafaqat mana shu fanga tegishli bir tartibda yoritilgan asosiy masalalar mujassamlashgan, balki birinchi bor bizning mamlakatimizda kon-ruda sanoatini loyihalash metodikasini va tajribasini ommalashtirgan. Bu kitob xozirgi kunga qadar kon korxonalarining ish unumdorligini asoslash, qazish tizimini tanlash, ochiq va er osti ishlari orasidagi chegarani aniqlash, yo‘qotilish va sifatsizlanishni baholash va hisobini yuritish kabi masalalarni hal qilishda texnik-iqtisodiy tahlilning asoslari qo‘llanilganligi sababli o‘quv jarayonida va loyihalash amaliyotida qo‘llanma sifatida xizmat qilayapti va xozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
YAngi konchilik korxonalarini qurish va ishlab turgan konchilik korxonalarini kengaytirish va qayta jihozlash ishlarini loyihalash uchun shu hududdagi mavjud foydali qazilma zahiralari A, B va S kategoriyalari bo‘yicha davlat zahira komissiyasi tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi shart. SHundan so‘ng korxona yoki tashkilot shu qazilma boylik konlaridan foydalanish uchun maxsus davlat organidan er osti konlarini ishlatish uchun, er ostidan foydalanish huquqini beruvchi davlat tashkiloti yoki organidan litsenziya olganidan so‘ng, loyihalashga huquq beruvchi litsenziyasi bo‘lgan loyihalash instituti yoki loyihalash tashkiloti bilan shu konchilik korxonasini yoki shaxta rudniklarini loyihalashga topshiriq bergan buyurtmachi bilan loyihalashtiruvchi institut yoki tashkilot o‘rtasida kelishuv shartnomasi tuzilib, rasmiylashtirilganidan so‘ng shartnoma kuchga kiradi. Buyurtmachi belgilangan tartibda davlat organlari tomonidan berilgan er osti foydali qazilma konlaridan foydalanishga huquq beruvchi litsenziyasi bo‘lgan: vazirlik, aktsiyadorlik jamiyati va jismoniy shaxslar bo‘lishi mumkin. Ularda foydali qazilma konlarini qazib olish shart-sharoitlari bitilgan litsenziya bilan birga tuzilgan kontrakti ham bo‘lishi kerak.
Bizness-reja yoki texnikaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari asoslangan TIA (TEO) tuzilib, foydali qazilma konini qazib olishni iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi va halq xo‘jaligiga zarurligi, qazib olishga texnikaviy imkoniyatlari etarli bo‘lgan buyurtmachi bilan loyihalash instituti – Bosh loyihachini bevosita ishtirokida loyihalashga topshiriq tuzadi, sub-pudratchi sifatida maxsus loyihalash tashkilotlarini loyihalash ishiga jalb qiladigan bo‘lsa, topshiriq tuzishda hisobga olinib, ularning nomlari ko‘rsatiladi. Bosh loyihachi esa odatdagidek, loyihani texnologik qismini ishlab chiqaruvchi loyihalash tashkiloti hisoblanadi.
Buyurtmachi topshiriq bilan birga loyihalovchi institutga foydali qazilma konini ishlatishga huquq beruvchi litsenziya va konchilik ishi uchun ajratilgan er osti maydonini o‘lchami haqidagi dalolatnomani (gornootvodnoy akt) va qazib olish shart-sharoitlari belgilangan kontrakt va tuman, viloyat hokimiyatini qurilish maydonini tanlash, va er maydonini ajratib berish haqidagi qarori ham qo‘shib topshiriladi .
Buyurtmachi loyihalash ishlarini o‘z vaqtida bajarilishi va uning sifati ustidan nazorat o‘rnatadi va tayyorlangan loyihalarini smeta hujjatlarini qabul qilib oladi. Bundan tashqari loyihaga buyurtma beruvchi tashkilot yoki shaxs o‘z vaqtida belgilangan muddatda topshiriqnomani berishi, boshlang‘ich ma’lumotlar haqidagi hujjatlarni va bajarilgan loyihalangan obektlarga tahluqli ishlarni o‘z vaqtida hisob kitob qilib, shartnoma smetadagi belgilangan haqini to‘lab turishga javobgardir.
Konchilik korxonasini bino va inshootlarini loyihalash ishlari bir bosqichda (ishchi loyiha, jamlangan smeta qiymatida hisoblangan hujjatlar) yoki ikki bosqichli ( birinchi davridagi loyiha bilan birga jamlama smeta hisobi, ikkinchi bosqichda esa – ishchi hujjatlari) tayyorlanib buyurtmachiga topshiradi.
2. “Konchilik korxonalarini loyihalash” fani 5311600 – “Konchilik ishi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr-kadrlar tayyorlashda mutaxassislik fanlarini umumlashtiruvchi asosiy kurslardan biridir. Bir tomondan bu fan “SHaxta va rudniklarni qurilishi”, “Foydali qazilma konlarini er osti usulida qazib olish”, “Ochiq kon ishlari texnologiyasi va kompleks mexanizatsiyalash”, “Konchilik sanoati menejmenti”, “Konchilik aerologiyasi” va boshqa maxsus fanlarni davomi bo‘lib, konchilik korxonalarini loyihalash uchun yuqorida keltirilgan fanlarni birini ikkinchisi bilan bog‘lovchi integrallashgan fandir.
Konchilik korxonalarini loyihalash printsiplarini va nazariy asoslarini, amaliy ishda har bir konchi-bakalavr mutaxassisi qaysi bir sohada ishlashidan qahtiy nazar bilishi zarurdir.
SHuning uchun bu fanning asosiy maqsadi talabalarga loyihalashning ilmiy asoslarini hozirgi davr me’zoni va usullarini hisobga olgan holda, rudniklarni eng qulay o‘lchamlarini, kon ishlari texnologiyasi va boshqa texnikaviy echimlarni hal qilish printsiplarini, hamda mavjud tartibda loyihalash ishlarini tashkil etishni, konchilik korxonasi loyihasini asosiy mazmunini o‘rgatishdan iboratdir.
Bulardan tashqari bu fan talabalarni konchilik korxonalarini loyihalash va qurilishida zarur bo‘lgan me’yoriy hujjatlar bilan ham tanishtiradi.
Loyihalash asoslarini o‘zlashtirgan talaba konchilik korxonasini ishlab chiqarish quvvatini hisoblashni, qulay variantini tanlashni, kon zahirasi chegaralarini belgilashni, konni ochish va uni ishlatishga tayyorlashni, qazib olish tizimini konchilik ishlari texnologiyasi bilan bog‘lashni, rudnikni qurish va ekspluatatsiya qilish, taqvimiy rejasini tuzish kabi ishlarini mukammal darajada o‘rganishga erishadi.
Ushbu fan konchilik korxonasini spetsifik xususiyati bilan bog‘liq kon-geologik sharoitni o‘zgaruvchanligi, ish joyni siljib borishi, konchilik ishlari texnologiyasini tez-tez o‘zgarishi, har bir konchilik obekti bo‘yicha mutaxassisga turli hil loyihalarni tuzishini, baholashini ko‘rib chiqishni, tasdiqlash va loyihalarni amaliyotda qo‘llash uchun imkon yaratadi.
Hozirgi davr sharoitida konchilik korxonasini (rudniklarni) loyihalash ishlari, tabiiy resurslardan ratsional foydalanishga qaratilgan bo‘lib, foydali qazilmalarni qazib olishdan, kompleks qayta ishlov berib tayyor mahsulot olgunga qadar bo‘lgan jarayonlarni o‘z ichiga oladi. SHuning uchun loyihalashda qurilish materiallari, metall, energiya resurslarini va mablag‘larni tejab sarflaydigan texnolgiyalarni qo‘llash, loyihani texnikaviy darajasini yuqori bo‘lishini va mahsulot sifatini har tomonlama oshirish talab etiladi.
SHuning uchun xozirgi davrda, konchilik sanoatidagi, barcha foydali qazilmalardan to‘liq foydalanish muommolarini hal etish masalasi ko‘ndalang bo‘lib turibdi; shulardan konni ochishda chiqarilgan jinslardan boshlab og‘darmaga tashlangan jinslargacha qazib olib, maydalangan rudani boyitish jarayonidagi chiqindilari, suv resurslari, qurilish maydonini qisqartirish va erni rekulg‘tivatsiyalash kabi ishlarni ilmiy asosda o‘rganib ishlatishga jalb etish masalalarini hal etish kerak. Foydali qazilma konlarini qidirib topish va razvedka qilishga 30-40% kapital qo‘yilma mablag‘lar ajratiladi va 20% ga yaqin mehnat resurslari jalb etiladi. SHu resurslarni asosiy qismi er osti ishlarini olib borishga sarflangan.
Hozirgi davrda ruda tarkibi metallga boy bo‘lgan konlar er ostini chuqur qatlamlarida qolgan, shuning uchun ularni er osti usulida qazib olish rangli metall konlarida -67% tashkil etsa, Kimyo sanoati homashhyosini qazib olishda -50%, ko‘mirni -60%, kaliy tuzlari deyarli 100% er osti usulida qazib olinmoqda. Karerlardagiga nisbatan, er osti rudniklaridan qazib olingan metall miqdori bir necha marta ortiqdir.
Er osti usulini qo‘llab qazib olish, katta mehnat sig‘imi va ko‘p mablag‘ talab etadigan jarayondir. SHunday bo‘lishiga qaramasdan er osti usulida qazib olinadigan rangli metallarni qiymati karerlardan qazib olinadigan metallar qiymatiga nisbatan ancha yuqori. SHuning uchun er osti usulida qazib olinadigan konlarni zamon talablariga muvofiq loyihalash muhim ahamiyat kasb etganligi uchun loyihalashda xatoga yo‘l qo‘yilsa ko‘p miqdordagi har-xil resurslarni ortiqcha sarflanishiga olib keladi. SHu vaqtni o‘zida loyihalashda aniq, ishonchli echimlar qabul qilish, ham katta miqdordagi resurslarni tejab qolish imkonini beradi. Hozirgi davr talabi shundan iboratki barcha material, energiya va mehnat resurslarini minimal miqdorda sarflab, er ostidagi zahiralarni kompleks ishlatishga jalb etish va boshqa resurslarni muhofaza etish kabi murakkab masalalarni hal qilish uchun iqtisodiy-matematik modellash, EHM bilan hisoblash va avtomatizatsiyalashtirilgan tizimda loyihalash usullarini kengroq qo‘llanish zamon talabidir. Odatda rudniklarni o‘lchamlarini loyihalashda uni butunlay ishlatish muddati davomida o‘zgartirilmaydigan qilib qabul qilinadi va uni oldindan o‘zgartirish ham nazarda tutilmaydi. Loyiha hisoblariga kiritilgan konditsiyani hisoblash o‘lchamlari va rudnikni ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, shu jumladan, uning ishlab chiqarish quvvati loyihadagiga nisbatan 1,5-2 barobar ko‘p yoki oz tomonga o‘zgarishi mumkin. Ko‘pincha rudnikni loyihada belgilangan ishlab chiqarish quvvati qazib olish jarayonida 60-70% gina o‘zlashtiriladi, olinadigan (so‘ngi) mahsulotda esa 48-50%. Masalan, «Ingichka» volfram konida loyihada belgilangan metallni 60-65% tasdiqlangan. Murakkab kon-geologik sharoitdagi rudniklarda esa belgilangan texnologik variantlarni qo‘llash imkoni 40-50% gina tasdiqlangan. SHuning uchun rudniklarni ishlatish natijalariga qarab loyihani ayrim o‘lchamlariga o‘zgartirish kiritish kerak bo‘ladi.
Ushbu fan kursini asosiy masalalaridan biri shundan iboratki, masalalarni echishda, hozirgi davr talabalariga muvofiq keladigan usullarini qo‘llab, uning optimal o‘lchamlarini topish va loyihalashda yo‘l qo‘yilish ehtimoli bo‘lgan xatolardan saqlanishni o‘rgatishdir.
Konchilik korxonalarini loyihalashni bosh maqsadi shundan iboratki, imkoni boricha kam kapital mablag‘lar sarflash va ekspluatatsiya harajatlarni ham kam sarflagan holda, halq xo‘jaligiga zarur bo‘lgan foydali qazilmani ko‘proq qazib olishni optimal o‘lchamlarini loyihalashda, xatoga kamroq yo‘l qo‘yish imkonlarini ham o‘rgatishdir. Bu odatda yangi konlarni o‘zlashtirish hisobiga, yangi shaxtalar qurib ishga tushirish va ishlab turgan konlarni qayta loyihalab, qayta jihozlab, kengaytirish, yangi texnika bilan qayta qurollantirish hisobiga amalga oshirish mumkin. Bu yangi shaxtalarni qurishga nisbatan ancha arzonga tushadi. SHuning uchun ishlab turgan konlarni o‘lchamlarini muvofiqlashtirib, qayta loyihalash aktual masalalardan biridir.
Konchilik korxonalarini loyihalash - bu ijodiy jarayon bo‘lib, kon ishlarini kelajagini oldindan ko‘rishga intilishdir. Loyihalashni samaradorligi avvalo uslubiy ko‘rsatmalarda, qo‘yilgan masalalarni to‘g‘ri echish uchun ularni tanlab olinishiga bog‘liq. Bu ko‘rsatma odatda hisob ko‘rinishiga asoslangan yozma bayonnoma, chizma va boshqa materiallardan iborat.
Loyihalashning bosh masalasi shundan iboratki, yangi yoki qayta kengaytirib jixozlanayotgan konchilik korxonalarini muvofiq o‘lchamlarini aniqlash va tanlash bo‘lib, asosiy e’tibor qazilma zahirasi va rudnikni kon maydoni chegarasidagi rudani sifati, qazib chiqarish quvvati, rudnikni xizmat qilish muddati, konni ochish sxemasi va usullari, qazib olish tizimi, qo‘llaniladigan konchilik asbob-uskunalari va mashina-mexanizmlarni turi, qazib olinadigan ruda massasiga, texnologik xarakteristika, kapital qurilish ishlar hajmi, rudnikni qurish muddati va loyihada belgilangan qazib chiqarish quvvatini o‘zlashtirish muddati aniqlanadi. Bulardan tashqari ishlab turgan konchilik korxonasini texnikaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, rudnikni qurish uchun ajratiladigan kapital harajatlar miqdori, mehnat unumdorligi, qazib olinadigan ruda va tayyor mahsulotni tannarxi, ko‘riladigan foyda miqdori, kon ishlarini mexanizatsiyalash va avtomatizatsiyalash va energo bilan qurollanish darajasi, kapital qo‘yilmalarni samaradorligi, harajatlarni qoplash muddati, qazib chiqarishning rentabelligi va boshqalar loyihada o‘z aksini topgan bo‘lishi kerak. \Konchilik sanoatini samarali ishlashi uchun loyihaning hamma echimlari juda chuqur asoslangan bo‘lishi shart.
Bunday muhim masalalarni bajarish uchun nafaqat loyihalash nazariyasini, amaliyotini chuqur bilish, balkim bunday muhim muammolarni hal etishda iqtisoddagi va matematikadagi va boshqa bilimlarda erishgan yutuqlarini loyihalashga tadbiq etishiga, birinchi navbatda programmalashtirish, EHM va loyihalashni avtomatik tizimini qo‘llash zarur bo‘ladi, faqat shundagina loyihani yuqori sifatli bo‘lishi ta’minlanadi. Loyihada atrof muhitni muhofazalashga ham keng o‘rin ajratilishi kerak. YUqoridagi talablardan kelib chiqqan holda fanning maqsadi – konchilik ishlari sohasida bilim olayotgan talabalarga shaxta va rudniklar qurilishini, qazib chiqarish majmualarining elementlarini loyihalash asosini o‘rgatishdir. Uning o‘lchamlarini hisoblash, er osti inshootlarini va er yuzasida bunyod etiladigan korxonaning faoliyati uchun zarur bo‘lgan bino inshootlarni optimal o‘lchamlarini aniqlash yo‘llarini ham o‘rgatishdir .
3. Konni qazib olish sanoat korxonasi loyihasini ishlab chiqarish Davlat tizimi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan loyihalash va qurilish me’yoriy hujjatlariga muvofiq ishlanadi.
Me’yoriy hujjatlar sanoat obektlarini loyihalash va qurilishida yagona talablar o‘rnatish uchun xizmat qiladi. Bu hujjatlar qurilish sifatini yaxshilash, qurish muddatini qisqartirish, smeta narxini kamaytirish (arzonlashtirish), atrof muhitni muhofazalash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish imkonini beradi.
Bulardan tashqari me’yoriy hujjatlar loyihalashni asosiy yo‘nalishini va loyihada progressiv echimlar qabul qilish imkonini yaratib, texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish va qurilishni tashkil etishda ilg‘or usullarni qo‘llashga imkon beradi.
Loyihalashning me’yoriy bazasi: Davlat standartlari, har hil me’yoriy hujjatlari va direktiv ko‘rsatmalardan tashkil topadi.
Direktiv hujjatlarga O‘zbekiston Respublikasi prezidentini farmonlari va boshqa loyihalash ishlariga va foydali qazilma konlarini ishlatishga taluqli bo‘lgan hujjatlar kiradi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasini Er osti boyliklaridan foydalanish haqidagi 13.12.2002 y №444-11 sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasi raisining qonun kuchiga ega bo‘lgan Litsenziyalash haqidagi 12.05.2001 y №222-11 sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasini hukumati tomonidan 22.05.2006 y №92 sonli qarori bilan tasdiqlangan ekspertizalash haqidagi qarori, O‘zbekiston Respublikasini ishlab chiqarishni xavfli obektlarida sanoat “xavfsizligi haqidagi” 28.09.2006 yildagi №3 RU-57 raqam bilan tasdiqlangan davlat qonuni. Me’yoriy hujjatlarga, idora, boshqarma, vazirliklarni konni qazib olish sanoat tarmog‘ini va boshqa nazorat tarmoqlarni konlarni qazish ishlariga tegishli bo‘lgan hujjatlari ham kiradi.
Ko‘rsatilgan hujjatlardagi talablarga, konchilik korxonalarini loyihalashda to‘liq rioya qilinishi shart.
Bunday va shunga o‘xshash hujjatlar bo‘lmaganida «Gosstroy» qurilish me’yori va qoidasi (SNiP) va avvalgi umumittifoq texnologik loyihalash me’yori (ONTP) dan foydalanish tavsiya etiladi, agar bu hujjatlar O‘zbekiston Respublikasini mavjud me’yoriy hujjatlariga zid bo‘lmasa. Qurilish me’yori va qoidasi (SNiP) olti qismdan iborat bo‘lib, uning har bir qisimi guruhlarga bo‘linadi. Masalan: ikki qismli loyihalash me’yori, 12 guruhdan iborat me’yoriy hujjatlarga ega. SHular jumlasidan, 09 guruhi ham sanoat korxonasini, ishlab chiqarish binolari va inshootlari unga er osti kon lahmlarini loyihalash, qurilish me’yori va qoidalari ham kiradi.
Qator ishlab chiqarish jarayonlarini loyihalash, kon qazish sanoatining har xil tarmoq va rudniklari uchun umumiydir. Masalan, shaxtani ko‘tarish qurilmasi, er osti transporti, konni shamollatish, er osti suvni chiqarib tashlash va boshqalar. MDH davlatlari tomonidan qabul qilingan, loyihalashdagi yagona texnologik me’yoriy hujjat asosida loyihalanadi. Boshqarma (tarmoq) me’yoriy hujjatlariga: etalonlar, ishlab chiqarilayotgan loyiha-smeta tarkibini aniqlovchi hujjatlar, tarmoq tomonidan ishlab chiqarilgan xavfsizlik qoidasi, texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidasi, ayrim ishlab chiqarish jarayonlarini loyihalashdagi e’tibor beriladigan har xil hujjatlar ham kiradi (shamollatish bo‘yicha, shaxtada degozatsiyalash ishlar olib borilishi bo‘yicha, transport bo‘yicha va boshqa hujjatlar). Masalan rangli metallurgiya korxonalarida rudani er osti usulida qazib olishni loyihalash texnologik me’yori. SHunga o‘xshash me’yoriy hujjatlar qora metallurgiya, ko‘mir, kon-kimyo sanoati tarmoqlarida ham mavjud.
Konlarni qazib olish sanoati korxonalarini loyihalash uchun qo‘llanish shart bo‘lgan hujjatlar: kon texnika davlat nazorati inspektsiyasi, sanitariya inspektsiyasi, davlat standartlash va gidrometerologiya, vazirlik, Departamentlarning qoida va me’yoriy hujjatlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |