Kirish
Bitiruv malakaviy mavzusining dolzarbligi.
Bugungi kunda mamlakatimizni modernizatsiya qilish va fuqarolik
jamiyatini barpo etish jarayonida huquqiy demokratik davlatni qurish
belgilab olingan ekan, fuqarolik jamiyati bu bir qancha vakolatli
vazifalarni davlatdan mahalliy byudjetga, jamoat tuzimlariga va
fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlariga bosichma-bosqich
topshirishni ko’zda tutadi. Bu esa o’z anvbatida mahalliy byudjetlar
moliyaviy resurslarini asosiy manbai bo’lgan mahalliy soliqlar va
yig’imlar ahamiyatini oshib borishini bildiradi.
Davlatimiz rahbari I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek “2015-yilda
mutanosib va barqaror davlat budjeti shakllantirish maqsadida soliq
ma’murchiligini yanada takomillashtirish va erkinlashtirish, mahalliy
budjetning daromad qismini mustahkamlash, butun soliq tizimini
soddalashtirish va uning oshkorligini ta’minlash bo’yicha tegishli
tadbirlar ko’zda tutilmoqda. Shularning hisobidan soliq yuki
darajasining oshmasligi ta’minlanib, yalpi ichki mahsulotga nisbatan bu
ko’rsatkich 20,0% ni tashkil etadi”. Shu bilan birga “Izchillik bilan
amalga oshirilayotgan, birinchi navbatda, soliq yukini kamaytirishga
qaratilgan oqilona soliq siyosati iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarga,
xo’jalik yurituvchi subektlarning ishbilarmonlik qobiliyati va moliyaviy
barqarorligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Xususan 2015-yilda soliq
yuki, 1995-yil bilan solishtirganda, yalpi ichki mahsulotga nisbatan
qariyib 2 barobar kamayib, 41,2% dan 20%ga tushganini qayd etish
zarur”.
Bundan ko’rinadiki, bu jarayonda mahalliy soliqlar va yig’imlar
undirish usullari va budjetga to’lash mexanizmini samarali tashkil etish
katta ahamiyat kasb etadi.yuqoridagilardan kelib chiqgan holda
mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida mahalliy soliqlar
va yig’imlar undirish usullarini ko’rib chiqish, mahalliy soliqlar va
yig’imlarning to’liq va o’z vaqtida budjetga kelib tushishini ta’minlash,
budjetga to’lash mexanizmini takomillashtirish zarurligi mavzuning
dolzarbligini o’zida aks ettiradi.
Bitiruv malakaviy ish mavzusining maqsad va vazifalari.
Bugungi kunda mahalliy soliqlar va yig’imlarni undirish hamda
budjetga to’lash mexanizmini nazariy va amaliy jihatdan tashkil etish
hamda takomillashtirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish bitiruv
malakaviy ishimizning bosh maqsadi hisoblanadi. Ushbu maqsadga
erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:
Soliqlar, shu jumladan mahalliy soliqlar va yig’imlarning iqtisodiy
mohiyati va tartibini o’rganish;
Mahalliy soliqlarning budjet tizimidagi o’rniga baho berish;
Mahalliy soliqlar va yig’imlarni huquqiy asoslarini o’rganish;
Mahalliy
soliqlar
va
yig’imlarning
mahalliy
budjetlar
daromadlarini shakllantirishdagi o’rnini tahlil va xulosa chiqarish;
Mahalliy soliqlar va yig’imlarni undirish hamda budjetiga to’lash
mexanizmini takomillashtirish bilan bog’liq ilmiy tavsiyalar ishlab
chiqish.
I BOB. Mahalliy soliqlar va yig’imlarning nazariy, tashkiliy-
huquqiy asoslari.
1.1 Mahalliy soliqlar va mahalliy yig’imlarning iqtisodiy mohiyati
va mahalliy budjetlar daromadlarini shakllantirishdagi
ahamiyati.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida jamiyatning iqtisodiy-
ijtimoiy jihatdan rivojlanishi bevosita davlat tomonidan bozor
iqtisodiyotini boshqarish yo’nalishlariga chambarchas bog’liqdir. Bu
jarayonda davlat boshqaruvining muvofaqqiyatli kechishi tanlangan
boshqaruv usullari, vositalari, iqtisodiyotning ichki imkoniyatlari va
uning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib tanlanishi muhim
ahamiyat kasb etadi. Bu esa o’z navbatida iqtisodiyotda yanggi
moliyaviy munosabatlarni shakllantirishni hamda davlat tomonidan
iqtisodiyotni boshqarishning iqtisodiy, ma’muriy, tashkiliy va ijtimoiy-
psixologik usullarini takomillashtirishni taqozo etadi. Iqtisodiy
usullarning asosini esa budjet-soliq siyosati tashkil etadi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, soliqlar iqtisodiyotni tartiblashning
eng muhim moliyaviy vositasi bo’lib, ularning davlat budjeti
daromadlarini shakllantirishdagi o’rni, tarkibiy tuzilishi, bevosita va
bilvosita soliqqa tortish nisbati, soliqqa tortish tamoyillari, soliq
imtiyozlari tarkibi va ulardan foydalanish darajasi hamda jismoniy va
yuridik shaxslar zimmasidagi soliq yuki darajasining turlicha bo’lishi
davlatning iqtisodiy tuzimi, iqtisodiy-siyosiy rivojlanish darajasi, ishlab
chiqarish va mulkchilik munosabatlari holatining turlicha bo’lishi bilan
tavsiflanadi.
O’zbekiston Respublikasining Davlat budjeti – davlatning davlat
vazifalari va funksiyalarini moliyaviy jihatdan ta’minlash uchun
mo’ljallangan markazlashtirilgan pul jamg’armasi.
2
Huquqiy kategoriya sifatida budjet tegishli hudud doirasida
markazlashtirilgan pul mablag’larini shakllantirish, taqsimlash,
foydalanishga qaratilgan va tegishli davlat yoki mahalliy hokimiyati
idorasi tomonidan tasdiqlangan asosiy moliyaviy reja, yuridik
me’yorlardan iboratdir.
Umumdavlat pul mablag’larining budjet bo’g’inlari o’rtasida
taqsimlashning asosini, mahalliy budjetlar mustaqilligi, ularning davlat
tomonidan moliyaviy qo’llab-quvvatlanishi, ular daromadlarini hududiy
manbalar hisobiga shakllanishi tamoyillari tashkil etadi. Ushbu
tamoyillardan kelib chiqqan holda, mahalliy budjetlarning daromadlari
o’z daromadlari va boshqariladigan manbalar hisobidagi daromadlardan
shakllanadi.
O’z daromadlari yoki biriktirilgan daromadlar, to’liq yoki qat’iy
belgilangan
ulushda
bevosita
mahalliy
budjetga
tushadigan
mablag’lardan iborat. O’z daromadlarining asosini mahalliy soliqlar va
yig’imlar tashkil etadi.
Mahalliy budjet va daromadlarining tarkibiy tuzilishi
Mahalliy budjetning
daromadlari
1.2 Mahalliy soliqlar va yog’imlarning tarkibi, ularni undirishning
me’yoriy- huquqiy asoslari.
Mahalliy budjet daromadlari mahakkiy va umumdavlat soliqlari
hisobiga shakllanadi. Umumdavlat soliqlarning mahalliy budjetlarga
ajratiladigan qismi har yili qabul qilinadigan qonun va me’yorlar asosida
amalga oshiriladi.
Mahalliy soliqlar va soliqsiz daromadlar mahalliy budjet
xrajatlarini qoplash uchun yetarli emas, mahalliy budjet daromadlarining
asosiy qismi boshqariladigan daromadlar hisobiga ta’minlanadi. Bu
soliqlar bo’yicha ajratiladigan me’yorlar soliqlar va hududlar bo’yicha
tabaqalashtirilgan bo’ladi va har yili hukumat qarori asosida qayta ko’rib
chiqiladi. O’zbekiston bu me’yorlarning yildan-yilga oshib borishini
kuzatishimiz mumkin. Buni mahalliy budjet xarajatlarini shu hududdan
tushadigan soliqlar hisobiga qoplash va yuqori budjetlardan quyi
budjetlarga transfertlar hajmini kamaytirish zaruriyati bilan izohlashimiz
O’z daromadlari
Tartibga soluvchi
daromadlar
Mazkur budjetning
soliqsiz daromadlari
Mazkur budjetga
biriktirilgan hududlar
Umumdavlat soliqlaridan
ajratmalar
Regionlarni miliyaviy qo’llab-
quvvatlash fondlarida
mablag’lar
Yuqori budjet bo’g’inidan
beriladigan dotatsiya,
subvensiya
Yuqori budjetdan o’zaro hisob-
kitoblar tartibida olingan
mablag’lar
mumkin. Me’yorlarni aniqlashda umumdavlat va mahalliy soliq
tushumlarining kutilayotgan rejasi, mahalliy budjet xarajatlarining
kutilayotgan minimumi hisobiga olinadi. Ba’zi viloyatlarda bu me’yorlar
100% qilib belgilanadi, bunday soliqlar ko’p tushadigan viloyatlarda
mazkur me’yorlar minimum darajada belgilanadi. Chunki soliq
bazasining yuqoriligi me’yorlarni past belgilashga sabab bo’ladi
mahalliy budjetlarining daromadlarini mustahkamlash borasida mahalliy
hukumatning soliq undirish va soliq bazalarini kengaytirishga bo’lgan
qiziqishlarini rag’batlantirishni oshirish, ya’ni ortiqcha undirirlgan
soliqlarning mahalliy budjetlarga tushadigan qismini oshirishni yo’lga
qo’yish yaxshi samara beradi.
Mahalliy budjetlarning daromadlarini mustahkamlash hozirgi
budjet islohatlarning asosiy yo’nalishi hisoblanmoqda. Bu borada mulki,
yerni va tabiiy resurslarni soliqqa tortish asosiy rol o’ynaydi. Keying
samarali manba bo’lib, jismoniy shaxslar daromad soliqlarini uzoq
muddatga mahalliy budjetlarga biriktirib qo’yish hisoblanadi.
O’zbekiton Respublikasida soliqlar budjetga tushishiga ko’ra
umumdavlat soliqlari va mahalliy soliqlar va majburiy to’lovlariga
ajratiladi. Soliqlarni bunday tartibda guruhlash davlat hokimiyati
organlari ning markaziy va mahalliyga bo’linishi hamda davlat
budjetining respublika va mahalliy budjetlarga ajratilishi bilan
belgilanadi.
Umumdavlat soliqlari asosan bu respublika budjetiga kelib
tushadigan soliqlar bo’lib, ular asosan umumdavlat miqyosidagi
vazifalarni bajarishning moliyaviy resursi sifatida xizmat qiladi. Biroq,
bu soliqlarni barchasi ham respublika budjetiga qoldirilmaydi ya’ni
ularning ayrimlaridan muayyan qismi hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanganlik darajasi va holatidan kelib chiqib mahalliy hokimiyatlarni
ixtiyoriga qoldiriladi.
Soliqlarni budjetga tushishiga ko’ra guruhlanishi
Soliqlarni budjetga tushishiga ko’ra guruhlanishi
- Yuridik shaxslardan olinadigan
foyda solig’i
- Jismoniy shaxslardan olinadigan
daromad solig’i
- Qo’shilgan qiymat solig’i
- Aksiz solig’i
- Davlat boji
- Yagona soliq to’lovi
- Suv resurslaridan foydalanganlik
uchun soliq
- Ijtimoiy jamg’armlarga to’lovlar
- Mol-mulk solig’i
- Yer solig’i
- Obodonlashtirish solig’I va
ijtimoiy infratuzilmani
rivojlantirish solig’i
- Jismoniy shaxslardan transport
vositalariga benzin, dizel,
yoqilg’isi va gaz ishlatganlik
uchun olinadigan soliq
- Ayrim turdagi tovarlar uchun
soliq
- Yagona yer solig’i
1.3 Mahalliy budjet daromadlarining shakllanishida xorijiy
davlatlar tajribasi.
Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyotiga nazar soladigan bo’lsak
ko’pchilik mamlakatlarda budjet daromadlarini shakllanishi ma’lum bir
qoidalar va qat’iy qonunlariga asosan shakllantiriladi.
Dunyoning ko’pgina mamalakatlarida, jumladan , Latviyada
fuqarolar o’z daromadlaridan 25%lik stavka bo’yicha daromad solig’i
to’lashadi. Lekin daromad solig’i bir taqvimiy yil mobaynida bir marta
hisoblanadi va to’lanadi. Latviya qonunlariga ko’ra soliqlarning
stavkalari kam bo’lgan holda fuqarolar va tashkilotlarga anchagina
yengillikar, imtiyozlar beradilar va soliq chegirmalari nazarda tutligan.
Lekin ular rivojlantirishda davlat manfaatdor bo’lgan iqtisodiyot
tarmoqlari va faoliyat turlarigagina beriladi. Masalan: shaxsiy
yordamchi xo’jalikdan keladigan daromad yiliga uch ming latdan
oshmasa daromad solig’i solinmaydi. Fermerlarga bundan boshqa bir
qator sezilarli imtiyozlar ham berilgan.
Davlat alimentlar, stipendiyalar, va bank depozitlari foizlaridan
ham daromad solig’i olinmaydi.Sotishlar soliq to’lashdan oldin qonunga
muvofiq to’langan ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha to’lovlar miqdorini yillik
daromad hajmidan chiqarib tashlanadi. Ular o’z daromadlarini ta’lim va
davolashga ketgan miqdorga kamaytirishlari mumkin “Imtiyozli” pullar
hatto xazinaga tushmaydi ham.
Latviya firmalari va tadbirkorlarni mehnatga haq to’lash fondidan
ijtimoiy soliq to’laydilar. Uning asosiy stavkasi 33.09%. Pensiya
jamg’armasiga qancha pul o’tkazish ijtimoiy sug’urtaga qancha,
majburiy tibbiy sug’urta jamg’armasiga qancha kabi savollarga
Latviyada soliq xodimlari shug’ullanadi.
Ish joyi, staj, soliq ajratmalari va umuman har bir odamning
mehnat faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlar uning soliq daftarchasida
saqlanadi. Pensiya yoshiga yetgandan song pensiyani hisoblash uchun
shu ma’lumotlardan foydalaniladi. Shu tariqa xodimning mehnat
daftarchasiga va davlat pensiya sug’urta kartochkasiga yoziladigan
ma’lumotlar soliq daftarchasiga ham yoziladi.Mamlakat korxonalarining
katta qismi republika poytaxti Rigada joylashgan. Latviya firmalari
to’laydigan asosiy soliq – bu korxonalardan olinadigan daromad
solig’idir. Uning stavkasi 15%. Aslida bu foydadan olinadigan
soliqlarning o’zi ya’ni foyda oddiy ulushda hisoblanadi. Xo’jalik
faoliyatining daromadlaridan u bilan bog’liq xarajatlar chiqarib
tashlanadi. Latviya soliq qonunlarida odatdan tashqari soliqqa
chegirmalar degan tushuncha bor. Masalan: kichik firmalar uchun
korxonaga daromad solig’i chegirmasi hisoblangan so’mmaning 20%ini
tashkil etadi.
Qishloq xo’jaligi kompaniyalari qishloq xo’jaligi ekinzorlarning
har gektariga o’n latdan chegirmalarga tayanishlari mumkin. Yuqori
texnologiyali va dasturiy mahsulot ishlab chiqaruvchi firmalarga 30%li
chegirma beriladi.Xayriya tashkilotlari, nogironlar jamiyati korxonalari
uchun alohida chegirmalar mavjud. Bunday korxonalarning ro’yxatini
respublika Seymi tasdiqlaydi. Navbatdagi asosiy soliq-qo’shilgan
qiymat solig’i. Uning asosiy farqi shundaki, firma yoki tadbirkor davlat
daromadlari xizmatining qo’shilgan qiymat soliqqa tortiladigan shaxslar
registrida ro’yxatdan o’tkazilgandan keyingina bu soliqni Tovar yoki
xizmatlarning narxiga qo’shilishi mumkin.
II BOB. Mahalliy budjetlar daromadlari tizimi va ularning
amaldagi holatining tahlili.
2.1
Mahalliy
budjetlar
daromadlari
tarkibi
va
ularni
shakllantirishni o’ziga xos usullari.
Hozirgi kunda ko’pchilik iqtisodchilar hamon moliyaviy
imkoniyatlarni moliyaviy resurslar bilan birday talqin etmoqdalar.
Bizning fikrimizcha, ushbu tushunchalar mazmuni bir-biriga yaqin
bo’lsada, ular birday narsa emas. Hudud moliyaviy resurslarni moliyaviy
imkoniyatlarining foydalanayotgan bir qismi deb, ya’ni hududda mavjud
resurslardan foydalanishdan turli iqtisodiy subeklar olgan pul
daromadlari va jamg’armalari sifatida talqin etish mumkin. Hudud
moliyaviy imkoniyatini esa “hududga mavjud resursarning ma’lum davr
mobaynida turli iqtisodiy subektlarga daromad keltira olish salohiyati”
deb izohlash mumkin. Ushbu salohiyat amaga oshmay qolishi yoki
ishlamay qolishi ham mumkin, shuning uchun ham moliyaviy imkoniyat
baholovchi, ehtimoliy tushunchadir.
Odatda ko’poncha moliyaviy resurslar tarkibi tahlilida davlatning
hududlar xo’jalik subektlarining oxirgi vaqtlarda aholining moliyaviy
resurslari ajratib ko’rsatilmoqda. Shu boisdan bo’lsa kerak, ayrim
mualliflar moliyaviy imkoniyatlari tarkibibdagi huquqiy shaxslar, aholi
va davlat moliyaviy imkoniyatlarni ajratib ko’rsatayotirlar.
Bizning fikrimizcha bunday tavsif ham noo’rindir. Moliyaviy
imkoniyatlar tushunchasi ko’p jihatdan davlat, aholida hudud yoki
mahalliy boshqarish bo’gini uchun xosdir.
Garchi tashkilotning moliyaviy imkoniyati haqida gapirish mamkin
bolsada, biroq aholi moliyaviy imkoniyatini baholash o’ta mushkul
masaladir.
Hudud moliyaviy imkoniyatini baholashning o’ziga xos
uslubiyatini O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Iqtisodiyot
Vazirligi qoshidagi ilmiy markazlarda to’liq o’rganilayotganligi yoki
budjet amaliyoti uchun aniq tavsiya va yo’riqnomalrning mavjud
emasligi hozirgi kunda eng dolzarb masala bo’lib qolmoqda.
Iqtisodiy adabiyotlarda moliyaviy potensialni mahalliy budjetlarga
nisbatan talqin etilganda, asosli tarzda uning doirasini daromadlar bazasi
bilangina chellab qo’ymasdan balki uni o’sib borayotgan majburiyatlar
suratlariga muvofiq tarzda davlatning qo’shimcha tadbirlari tizimidagi
aniq choralar bilan ham muvofiqlashtirib boorish lozimligini ta’kidlash
joizdir. Shunga ko’ra “Mahalliy budjetlar maliyaviy imkoniyati uning
xarajatlar dinamikasidagi o’sish suratlariga mos tarzdagi va jahon
andozalariga mos budjet me’yorlarining bajarilishini ta’minlashga
imkon beruvchi daromad bazasining shakllanishi” dir degan xulosani
berish mumkin.
Mahalliy budjetning daromadlari shuningdek, tartibga soluvchi
daromadlardan ham tashkil topadi. Tartibga soluvchi daromadlar
deganda mahalliy budjetlarga yuqori budjet tomonidan ajratiluvchi
daromadlar tushuniladi.
2.2 Mahalliy budjetlar daromadlari tarkibida mahalliy soliqlar va
yig’imlar salmog’i dinamikasining tahlili.
Budjet tizimi bo’g’inlari o’rtasida umumdavlat pul resurslarini
taqsimlash asosida mahalliy budjetlarning mustaqillik prinsplari,
ularning davlat moliyaviy qo’llab-quvvatlash prinsplari, manbalar va
daromadlarini hududiy shakllantirish prinsplari yotadi. Ushbu
prinsplardan
kelib
chiqib
mahalliy
budjetlarning
daromadlari
biriktirilgan va tartibga solinadigan daromad manbalari hisobiga
shakllantiriladi.
Biriktirilgan daromadlar – bu budjet huquqi subektiga tegishli
mablag’dir, ya’ni yuqori budjetni chetlab o’tib, doimiy asosda, qat’iy
belgilangan ulushda yoki to’liqligicha tegishli budjetga kelib tushuvchi
mablag’dir. Biriktirilgan daromadlar asosida mahalliy soliqlar hamda
yig’imlar, qat’iy ulushda va doimiy asosda mahalliy budjetga berilgan
umumdavlat soliqlaridan o’tkazmalar tashkil etadi. Davlat mahalliy
hukumat organlariga ular qaramog’idagi biriktirilgan daromadlarning
ortiqcha mavjudligini moliyaviy resurs sifatida, ularga biriktirilgan
vazifalarni bajarish uchun taqdim etadi.
Mamlakat soliq qonunchiligiga muvofiq mahalliy budjetlarga
mahalliy soliqlar va yig’imlar biriktiriladi. Ushbu soliqlar bo’yicha
stavkalarni qoidaga muvofiq, markaziy hukumat organi belgilaydi.
Kopgina mamlakatlarda bunday soliqlarning soni 20 dan 100 gacha
muvozanatda bo’ladi. Ularning mahalliy budjet daromadlariga ulushi
30-70%ni tashkil etadi.
Davlat budjeti tarkibidagi mahalliy budjet daromadlarini muhim
o’rinni egallab hududlar rivojini ta’minlash beqiyos ahamiyat kasb etadi.
Shu sababli mahalliy budjet daromadlari tarkibida hamda ularning
belgilangan me’yorlarini o’rganish bizning tadqiqod ishimiz
samaradorligini yanada oshiradi.
Bundan kelib chiqib quyidagi jadvalni ko’rib chiqamiz
Soliq va boshqa to’lovlarning
turlari
Asosiy stavkalar
1
Obodonlashtirish va ijtimoiy
infratuzilmani
rivojlantirish
solig’i
Sof foyda solig’iga nibatan
8% miqdorida
2
Jismoniy shaxslardan iste’mol
solig’i
- Transport vositalari uchun
dizel yoqilg’isi
- Transport vositalari uchun
gaz
1 litr uchun 335 so’m
1 litr uchun 230 so’m
1 kub metr uchun 275 so’m
3
Alohida tovarlar bilan chakana
savdo qilish xuquqi uchun
yig’im
- Alkagol mahsulotlari
- Qimmatbaho toshlar va
metallardan
yasalgan
buyumlar
1 oy savdo qilish uchun 5
minimal ish haqqigacha
1 oy savdo qilish uchun 3.5
minimal ish haqqigacha
4
Avtotransport
vositalarini
to’xtash joyi xizmatlari uchun
yig’im
Har oy uchun 8 minimal ish
haqqigacha
2.3 Mahalliy budjetlarning biriktirilgan va tartibga soluvchi
daromadlarining amaldagi holatining tahlili.
Tartibga soluvchi daromadlarning bu yuqori budjetlardan quyi
budjetga ularning daromad va xarajatlarinini boshqarib turish maqsadida
beriladigan pul mablag’lari majmuasidir. Tartibga solinadigan
daromadlarga ushbu maqsadlar uchun ishlatiladigan barcha moliyaviy
resurslar, ya’ni alohida umumdavlat soliqlaridan o’tkazmalar,
dotatsiyasiyalar, subvensiyalar, yuqori budjetdan o’zaro hisob-kitob
asosida olingan mablag’lar kiradi.
Umumdavlat soliqlaridan ajratmalarning me’yorlari davlat
qonunchiligi asosida Respublikamizning hududlari bo’yicha turlicha
taqsimlangan. Bunung asosiy sababi hududlarning notekis rivojlanishi,
ulardagi iqtisodiy-ijtimoiy omillardir.
Umumdavlat daromadlari va soliqlari har yili qonun bilan belgilangan
tartibda o’rnatilgan me’yorlar asosida tegishli budjetlar o’rtsida
taqsimlanadi. Tegishli ma’muriy-hududiy bo’linmalarning budjeti uchun
o’rnatiladigan mazkur me’yorlar asosida quyidagilarni e’tiborga olgan
holda o’rnatiladi:
Hududlarning moliyaviy ahvoli hamda ularning o’z daromad
bazalarining holatiaga ko’ra;
Hududlardagi
ijtimoiy-iqtisodiy,
demografik
va
boshqa
umumdavlat vazifalrning va dasturlarning mavjudligi va amal
qilishiga ko’ra;
Hududlar bo’yicha tovarlar va xizmatlar narxlaridagi farqlarning
mavjudligiga ko’ra;
Har bir hudud bo’yicha aholi soni, tarkibi va zichligi bo’yicha;
Tegishli hududga joylashgan budjet mablag’lariga bo’lgan
tashkilotlari va budjet mablag’larini o’z tasarrufiga oluvchilarning
budjet mablag’lariaga bo’lgan talabiga ko’ra;
Bugungi kunda umumdavlat soliqlaridan qo’shilgan qiymat solig’i,
aksiz solig’i, yuridik shaxslardan foyda solig’i, jismoniy shaxslardan
foyda solig’i kabilar bo’yicha mahalliy budjetga ajratmalar me’yorlari
belgilanadi. Bulardan tashqari, yagona soliq, shunungdek, kichik
korxonalardan olinadigan yagona soliq, yagona yer solig’i, yer osti
boyliklaridan foydalanganlik uchun soliqlar ham qonun bilan
belgilangan tartibda va me’yorlarda Respublika budjeti va mahalliy
budjet o’rtasida taqsimlanadi.
2013-2015 yillarda Qashqadaryo viloyat va Qarshi shahar mahalliy
budjetlari daromadlarining bajarilishi holati.
Jami daromadlar
2013-yil
2014-yil
2015-yil
Viloyat mahalliy budjet
daromadlari
1297706.8 1512386.9 1587737.3
Qarshi shahar mahalliy
budjet daromadlari
126509.6
113865.0
122651.9
Shahar va viloyat mahalliy
budjetlarining
o’zaro
nisbati (%)
9.7%
7.5%
7.7%
III BOB. Iqtisodiyotni moderniztsiyalash sharoitida mahalliy
budjetlar daromadlari tarkibida mahalliy soliqlar va yig’imlar
ulushini ko’paytirish yo’llari.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan inqirozga qarshi choralar
dasturida ishlab chiqarishni moliyalashtirish, oziq-ovqat va boshqa
iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirishni rag’batlantirish
chora-tadbirlari ahamiyatli o’rin tutadi.
Mahalliylashtirish dasturi o’z mazmuniga ko’ra respublikamiz
korxonalarida zamonaviy talablarga javob beruvchi, raqobatdish va
import o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish,
asossiz import hajmini qisqartirish, eksportbop mahsulotlar ishlab
chiqarish, yanggi ish joylarini yaratish kabi maqsadlarni namoyon etadi.
Respublikamiz budjeti orqali mablag’larni qayta taqsimlanishining
amaldagi tartibi, aholi jon boshi sonini hisobga olib, ushbu
daromadlarning tabaqalanishi nima sababdan yuzaga kelishidan qat’iy
nazar mahalliy budjetlar daromadlarini tenglashtirishga qaratilgan,
ammo respublika va mahalliy budjetlar o’tasida soliqlarni hududlararo
eksportini hisobga olmaslik soliq va budjet tizimlarini amal qilish
samaradorligini pasaytiradi. O’zbekiston Respublikasi hududida yagona
iqtisodiy muhitni shakllantirishga to’sqinlik qiladi.
Soliqlarning budjetlar o’rtasida taqsimlanishining ochiq turi
soliqlarni yuqori hukumat organi tomonidan qayta taqsimlashdir. Ochiq
turdagi taqsimlash sharoitida mahalliy budjetlar tushumlari hududlararo
savdo, ma’lum darajadagi soliqlarning va yuqori hukumat organlari
soliqlarining o’zaro aloqadorligiga bog’liqdir. Hududlar savdoning
miqdor va sifat tavsifi, mahalliy budjet soliq to’lovlarni turitish yo’li
orqali yuqori budjetga to’lanadigan soliqlar so’mmasining kamayishi
soliqlarni budjet tizimi bo’g’inlari o’rtasida qayta taqsimlanishi asos
bo’ladi. Soliqlarni qayta taqsimlanishi iqtisodiyotda butunlay budjet-
soliq tizimini amal qilishiga bevosita ta’sir etadi. Rezidentlar uchun
soliqlar qiymati va soliqqa tortish darajasi bo’yicha mahalliy hukumat
organlarining differensiallashuvi daromadlarni hududiy xususiyatga
asoslangan holda aholi o’rtasida qayta taqsimlanishiga yordam beradi va
ishlab chiqarishni joylashtirishga o’z samaradorligini pasaytirib ta’sir
etadi.
Shunungdek, mahalliy hukumat organlari doirasidasoliq olish
mumkin bo’lgan ishlab chiqarishlarni rivojlantirish va shakllantirishni
jadallashtirish zaruriyati tug’ilmoqda. Bu tarmoqda bunday ijobiy
holatni ko’rish mumkin. Chunki respublika va mahalliy budjetlarning
daromadlari oshadi, qayta taqsimlash davlat hukumati organlarini soliq
tizimini makroiqtisodiy dastagi sifatida foydalanish imkoniyatlarini
qisqartirishga olib keladi.
Soliqlarni budjet muommolari o’rtasida taqsimlash muommosini
nazariy ravishda quyidagi yo’llar bilan yechish mumkin. Soliq tizimiga
o’zgartirish kirtish bilan budjet tuzilishini o’zgartirish yoki birinchi va
ikkinchi
yo’llarni
qo’shish
orqali.
Bunda
eng
maqsadga
muvofiqkeladigan qaror, bu soliqlarni taqsimlashni maqbul yo’lini
ishlab chiqishdir, ya’ni budjet tuzish salohiyatini tuzishdir. Umumdavlat
soliqlarning bir qismini o’tkazish me’yorlarini budjet tizimini bo’g’inlari
o’rtasida soliqlarni qayta taqsimlashini bartaraf etish dastagi va barcha
hukumat organlarining soliqli daromadlarini aholi soni jon boshi
hisobiga tengligida emas, balki soliqli daromad olishda tengligini
ta’minlash sifatida foydalanish lozim.
Xulosa va takliflar.
Amalga oshirilgan izlanishlarimiz natijasida mahalliy budjetlar
daromadlarini mustahkamlash va ular imkoniyatlarini oshirish
yo’nalishlari xususida qator ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo’lgan
xulosalarga kelindi, bu borada mavjud muommolar aniqlandi, ularni hal
etish yuzasidan takliflar tizimini ishlab chiqildi.
O’zbekiston Respublikasi budjet amaliyotida hozirgi holatning
tahlili mahalliy budjetlar imkoniyatlari xususida quyidagi xulosalarni
chiqarish imkonini beradi.
O’zbekiston
Respublikasida
hududlar
ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotidagi hamda tabiiy-jug’rofik joylashuvidagi xususiyatlaridan
kelib chiquvchi tafovutlar davlatning mahalliy budjetlarini boshqarish
siyosatiga ham o’z ta’sirini o’tkazadiki, buning natijasida mahalliy
budjet bo’g’inlari o’rtasida budjet majburiyatlarining taqsimoti
mezonlari davlat tomonidan tartibga solinadi. Mazkur tafovutlar turli
hududlar budjet majburiyatlarining bir muncha yuqori va ayrimlarida
esa,
hatto
moliyaviy
imkoniyatlarning
taqsimotdagi
keskin
yetishmovchilikni keltirib chiqaradiki, ushbu holatlar davlatning
mahalliy budjetlarini boshqarish siyosatini dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Mahalliy budjetlar imkoniyatlari tushumlarning mohiyati nafaqat
ularning budjet loyihasida ko’zda tutilgan daromad qismining hajmi
bilan yoki mahalliy budjetlar daromadlari ijrosi bilan yoki hatto
hududlar bilan soliq moliyaviy qudrati miqdori bilan to’liq yoritib berila
oladi, balki mazkur tushumlarning moliyaviy-iqtisodiy tabiati va sifat
tavsifi avvalo, ular zimmasidagi majburiyatllarning to’liq va o’z vaqtida
ijro etilishini hamda xarajat vakolatlari taqsimotiga ko’ra ijro etilgan
budjet majburiyatlarining moliyaviy ta’minoti orqali aniq ifoda etiladi.
Mamlakatimizda 20-moliya yilidan boshlangan budjetlararo
munosabsatlarning yanggi modeli sharoitida mahalliy budjetlar daromad
bazasining shakllanish manbalari va ularning moliyaviy tabiati tubdan
o’zgardi. Alohida budjet bo’g’ini faoliyatini tashkil etish va boshqarish
amaliyotida ularga nisbatan ilgari amal qilgan dotatsion rejim, mahalliy
budjetlarni “moliyaviy tenglashtirish” siyosati orqali boshqarish
amaliyotibilan almashdi. Buning natijasida
mahalliy budjetlar
bo’g’inlari faoliyatiga nisbatan ma’lum cheklovlar qo’yildi. Mahalliy
budjetlarni boshqarish siyosatidagi mazkur yondashuv ular huquq va
majburiyatlarining o’sib borishi qonuniyati kuzatilayotgan hozirgi
sharoitda hududlarda iqtisodiy faoliyat faollik va majburiyatlaridan
samarali foydalanishni rag’batlantirish choralarining hisobiga olinishini
ta’minlaydi.
Mahalliy budjetlar daromad bazasining shakllanish manbalari
amaldagi budjet qonunchiligidagida quyidagilarni o’z ichiga olmoqda:
O’z daromadlari, tartibga soluvchi daromadlar, moliyaviy tenglashtirish
siyosati orqali ko’zda tutilgan respublika budjetidan ajratmalar. O’zaro
hisob-kitoblar tarzida kelib tushuvchi mablag’lar, budjet ssudalari,
boshqa manbalar.
Mahalliy hudud iqtisodiyotining qaror topishi va uningmoliyaviy
mustaqillikka ega bo’lishi uchun budjetni mustaqail shakllantirish
huquqigina emas, balki uni boshqarish huquqi ham zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1. Ozbekiston Respulikasi Vazirlar Mahkamasining kadrlarni
tayyorlash bo’yicha milly dasturi tuzish to’g’risidagi qarori “Xalq
so’zi” 13-mart 1997-y.
2. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Budjet
tashkilotlarining
mablag’
bilan
ta’minlash
tartibini
takomillashtirish to’g’risida”gi 1999-y. 13-senatabrdagi 4/49-sonli
qarori.
3. O’zbekiston Respublikasining “Budjet kodeksi” 2015-y 52-son
645-modda.
4. O’zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
“O’zbekiston
Respublikasida 2006-2015 yillarda xizmat ko’rsatish va servis
sohasini
rivojlantirishni
jadallashtirish
chora-tadbirlari
to’g’risida”gi 2006-y/ 17-apreldagi PQ-325 sonli qarori.
5. O’zbekiston Respublikasi “Soliq kodeksi” 25-dekabr 2007-y.
6. O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimovning 2015-
yil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni yakunlari va 2016-yilga
mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng ustuvor yo’nalishlariga
bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi.”Xalq
so’zi” 18-yanvar 2016-y.
7. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi T:.”O’zbekiston”
2014-y.
8. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2012-2016 yillarda
O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatish sohasining
rivojlantirish dasturi to’g’risida”gi 2012-y. 10-maydagi PQ-1754
sonli qarori.
9. O’zbekiston Respublikasining 2013-y. “asosiy makroiqtisodiy
ko’rsatkichlarni prognozi va davlat budjeti parametrlari
to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Prezidentining 2012-
y. 25-dekabr PQ-1887 sonli qarori.
10.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kam
ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam
ta’minlash va to’lash tartibi to’g’risida”gi 15.02.2014 y. qaror.
11.
I.A.Karimov “Asosiy vazifalarimiz vatanimiz taraqqiyoti va
xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir”. T:. “O’zbekiston”.
2010-y. 80-b.
12.
I.A.Karimov “O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy
istiqbolining asosiy tamoyillari”. T:. “O’zbekiston” 1995-y 73-b.
13.
I.A.Krimov “2012-y. Vatanimiz taraqqiyotini yanggi
bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi”. T:. “O’zbekiston” NMIU.
14.
Abdullayev M. Ijtimoiy himoya va uni tartibga solish
yo’llari. I.f.n. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatrsiya.
T:. O’zMU 2008-y. 30-38 b.
15.
Abdullayeva
Sh.E.
ToshDSHI
tadqiqodchisi
Davlat
tomonidan aholini turmush darajasini tartibga solish yo’llari.
Moliya va budjet ilmiy jurnal 2012-y. 7-son.
16.
MalikovT.S. Haydarov N.H. Moliya : Umumdavlat moliyasi
o’quv qo’llanma. T:. “Iqrisod-moliya” 2009-y.
17.
Nurnuxammedova
B.
Kabirova
N.
Финанцы.
T:.Издотелский дам “Tasvir” 2008-y. 75-b.
18.
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotning
mustaqillik yillaridagi asosiy tendensiyasi va ko’rsatkichlar hamda
2011-2015 yillarga mo’ljallangan prognozlar. T:. 2011-y.
19.
Xoshimov P. Abdullayeva Sh. Aholini ijtimoiy himoyalash
bo’yicha jahon tajribasi. Moliya va budjet. Ilmiy jurnal 2014-y.
20.
Qoraliyev T.M. Yaxshiboyev G.Q. kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni moliyaviy ta’minlash mexanizmi. Monografiya T:.
Akademiya 2006-y.
21.
Qosimova G. Karimova J. budjetdan tashqari fondlar. O’quv
qo’llanma-T:. “Iqtisod-moliya” 2009-y. 210-b.
22.
Qosimova G.A. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni
moliyalashtirish manbalari. Iqtisod va ta’lim. 2004-y. 1-son 117-
122 b.
23.
Qosimova G.A. “Budjet mablag’i va uning samaradorligini
oshirish muommolari”. Mulkdor 2006-y. 7-aprel 14(597) son 7-b.
24.
Qosimova G.A. “Kuchli ijtimoiy siyosatning ustuvor
yo’nalishlari”. Bozor, pul va kredit. 2004-y. 3-son 53-55 b.
25.
Qosimova G.A. “G’aznachilik faoliyatini tashkil etish”.
O’quv qo’llanma.
26.
Vahobov A. Malikov T. Moliya: Umumnazariy masalalar.
O’quv qo’llanma. T:. Iqtisod-moliya. 2008-y.
27.
Otamurodov Sh. Davlat ijtimoiy siyosati va uning
yo’nalishlari. Iqtisodiyot va ta’lim. Ilmiy jurnal 2007-y. 4-son.
28.
Qosimova G.A. Ijtimoiy madaniyat sohalarni rivojlantirishda
budjet siyosati. Monografiya-T:. “Moliya” 2004-y. 152-b.
29.
Qobilov Sh. Milly xavfsizlikning iqtisodiy muommolari. T:.
2006-y. 131-b.
30.
Yo’ldoshev J. Malikov T. “Uy xo’jaligi moliyasi”. O’quv
qo’llanma. T:. Iqtisod-moliya 2008-y. 105-b.
31.
Abokumova N.N. Podovolova P. Ya. “Politika doxodov I
zarabotniy plati”- M. “Infrv-M” 1999-y.
32.
Boboshina
A.M.
“Gosudarstvinnoe
Regulirovannie
natsionalnoe ekonomiki”. Uchebnie posobie-M : IE RAN 2003-y.
5308
33.
Doklad o chelovecheskom razvitii 2005-y. Preditovitchestvo
PRON v Uzbekistan.
34.
LI A. Finansivoe pravo Respubliki Uzbekistan. Uchebnik-T:.
TC YuI 2003-y.
35.
Polyak G.B. Byudjetnaya sistema Rossiyikaya Federatsiya-
M:. YuNITI 2001-y.
Internet saytlari:
www.stat.uz
www.gov.uz
www.minfin.uz
www.lex.uz
www.ziyonet.uz
www.kun.uz
www.uzo.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |