Kimyo darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar



Download 1,96 Mb.
Sana08.09.2017
Hajmi1,96 Mb.
#19987
O’ZBEKISTОN RESPUBLIKASI
HALQ TA`LIMI VAZIRLIGI


NAMANGAN VILOYATI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
TABIIY VA ANIQ FANLAR KAFEDRASI.
ZOHIDA XОLMIRZAYEVANING
KIMYO FANIDAN

KIMYO DARSLARIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR” mavzusidagi






Namangan- 2014 yil
Ushbu metоdik tavsiya umumiy o’rta ta`lim maktablarining kimyo fani o’qituvchilariga kimyo darslaridan to’garak mashg’ulotlarini o’tishda qo’llash tavsiya etiladi. Metоdik tavsiyadagi to’garak ish reja namuna sifatida berilgan bo’lib sinf toifasidan kelib chiqib o’zgartirishlar kiritish mumkin.

To’garak mashg’ulotlari kimyo darslari samaradоrligini оshirish bilan birga o’quvchilarda hayotiy ko’nikmalarni shakllantirishning iqtisоdiy ahamiyati, ilmiy va didaktik hоlatlari, keng yoritilgan


Tuzuvchi: Z.Xоlmirzayeva- NVPKQTMОI tabiiy fanlar ta`limi kafedrasi katta o’qituvchisi.

Taqrizchi: Q. Niyozov - NVPKQTMОI tabiiy fanlar ta`limi kafedrasi mudiri

Ushbu metоdik tavsiya NVPKQTMОI tabiiy fanlar ta`limi kafedrasining 2014 yil ________________ yig’ilishining bayonnоmasi va 2014 yil ­­________ institut o’quv uslubiy kengashining _____ bayonnоmasida maqullangan

Kirish

Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo`lgan ta`lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo`lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta`lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko`tarish, unga ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta`lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. “Ta`lim to`g`risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta`lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi.

Ta`limning barcha bosqichlariga oid umumiy pedagogik va didaktik talab o`quvchining dasturiy bilim, tasavvur va ko`nikmalari asosida mustaqil ishlash samaradorligini takomillashtirish, ilmiy fikrlashga, o`quv faniga qiziqishini kuchaytirish, kasbiy bilimlarini chuqurlashtirish, nazariy va amaliy mashg`ulot mobaynida ularning faolligini oshirishdan iboratdir. Jahon pedagogik tajribasi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarining o`quvchilarni fanlarga qiziqtirishga, ularning mustaqil ishlashda faolliklarini oshirishga imkoniyati cheksiz ekanligini tasdiqlamoqda.

Ta`limning bugungi vazifasi o`quvchilarni kun sayin oshib borayotgan axborot – ta`lim muhiti sharoitida mustaqil ravishda faoliyat ko`rsata olishga, axborot oqimidan oqilona foydalanishga o`rgatishdan iboratdir. Buning uchun uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish zarur.

O`zbekiston Respublikasi demokratik, huquqiy va fuqarolik jamiyatini qurish yo`lidan borayotgan bir paytda ta`lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi va harakatga keltiruvchi kuchi har tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyashdan iboratdir. Bu barobarida darslarda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish yaxshi samara beradi.
I. Didaktik o`yin texnologiyalari

Didaktika yunoncha “didaktikos” so`zidan kelib chiqqan bo`lib, o`qitish, o`rganish ma`nosini bildiradi. O`quvchilarga bilim berishda yangi inavatsion tehnalogiyalardan foydalanib darslarni olib borish yaxshi natija beradi.

So`ngi paytlarda asosiy didaktik kategoriyalar sirasiga ta’limning didaktik tizimi va ta’lim texnologiyasi kabi tushunchalarni ham kiritish taklifi ilgari surilmoqda.
Tadqiqotchilar mavjud didaktik konsepsiya (tizim)larni umumlashtirib quyidagi guruhlarga ajratdilar.


  1. An’anaviy 2. Progressiv. 3. Zamonaviy.

Ushbu darslarda o`quvchilarning bilim olish jarayoni o`yin faoliyati orqali uyg`unlashtiriladi. Shu sababli o`quvchilarning ta’lim olish faoliyati o`yin faoliyati bilan uyg`unlashgan darslar, didaktik o`yinli darslar deb ataladi. Inson hayotida o`yin faoliyati orqali quyidagi vazifalar amalga oshiriladi

- o`yin faoliyati orqali shaxsning o`qishga va mehnatga bo`lgan qiziqishi ortadi.

- o`yin davomida shaxsning muloqatga kirishishi ya’ni komunativ – muloqat madaniyatini egallash uchun yordam beriladi.

- shaxsning o`z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o`zligini namoyon etishiga imkon yaratiladi.

- hayotda va o`yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni yengish va mo`ljalni to`g`ri olish ko`nikmalarni tarkib topishiga yordam beradi.

- o`yin jarayonida ijtimoy normalarga mos xulq – atvorni egallash, kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi.

- shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi.

- insoniyat uchun ahamiyatli bo`lgan qadriyatlar tizimi ayniqsa ijtimoiy, manaviy – madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o`rganishga etibor qaratiladi.

- o`yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqat madaniyatini rivojlantirish ko`zda tutiladi.

Didaktik o`yinlar texnologiyalari o`quvchi faoliyatining faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ular o`quvchiga ijobiy imkoniyatlarni ro`yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Didaktik o`yinlar o`quvchilarda tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, tatqiq qilish hisoblash, o`lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash axloq – odob o`rgatish, nutq o`stirish til o`rgatish, yangi bilimlar o`rgatish va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirishga yo`rdam beradi.

Didaktik o`yinlarning asosiy turlari intellektual (aqliy) va harakatli hamda aralash o`yinlardan iborat. Bu o`yinlar ishtirokchilarda aqliy – jismoniy, axloqiy, psixologik, estetik, badiiy tadbirkorlik, mehnat va boshqa ko`nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Bularning orasida didaktik o`yinlar ta’lim – tarbiya vazifalarini amalga oshirish imkoniyatini oshirib borishi bilan alohida o`ringa ega.

Quyida kimyo darslarida didaktik o`yinlar qo’llash haqida fikr yuritamiz.

Ishchanlik o`yin darsi – dars mavzusi bo`yicha masalalarni hal etish jarayonida o`quvchilarning faol ishtirok etishini ta’minlash orqali yangi bilimlarni o`zlashtirish mashqi.

Kimyoda “7-sinifda Suvning tarkibi va xossalari” mavzusida o`quvchilarni 3 ta kichik guruhlarga bo`lib xar bir guruhga sovollar beriladi.



  1. Suv qanday modda. 2. Suvdan qanday foydalanamiz. 3.suvning tarkibi qanday.

Ro`lli o`yin darsi - dars mavzusi bo`yicha masalalarni o`rganishda o`quvchilarga oldindan ma’lum ro`llarni taqsimlash va dars jarayonida shu ro`lni bajarishlarini tashkil etish asosida bilimlarni mustaxkamlash darsi.

Masalan; 7-sinifda “Birikmalardagi elementlar atomlarining valentligi” mavzusida o`quvchilarga element belgilari berilib ularni valetlik asosida birikishi ko`rsatiladi.

H2 O H-------O ----------H , N2 O N-------O--------N.

Teatrlashtirilgan dars – dars mavzusi bilan bog`liq sahna ko`rinishlari tashkil etish orqali dars mavzusi bo`yicha chuqur, aniq ma’lumotlar berish darsi.

8-sinif “Elektrolitlar va elektrolitmaslar ”mavzusiga sahna ko`rinishi tayyorlash mumkin



Kompyuter darsi – tegishli o`quv fani bo`yicha dars mavzusiga doir kompyuter materiallari ( multimediya, virtual o`quv kursi va shu kabilar ) asosida o`tiladigan dars.

Kim oshdi savdosi darsi – o`quv fani ayrim bo`limi bo`yicha bilimlarni har bir o`quvchi qanchalik ko`p bilishini namoyish etish darsi. Bunda o`quvchlarga sovollarni berib to`gri lavoblarni yutib olishini tashkil qilinadi.

Yamarka darsi – dars mavzusini bo`laklar bo`yicha oldindan o`zlashtirish o`quvchilarning o`zaro muloqat asosida sinfga qiziqarli tushuntirish orqali o`tiladigan dars.

Formulalar darsi – o`quvchilarning formulalarni puxta o`zlashtirishlari bo`yicha turli o`yinlar shaklidagi mashqlar o`tkazish darsi. Bunda o`quvchilarga reaksiya tenglamalari yozilgan varaqlar beriladi va ularga mos sherikni toppish aytiladi, natijada o`quvch bilimini tekshirish mumkin.

O`yin darsi – dars mavzusiga mos o`yin orqali o`quvchilarning o`zlashtirishlarini tashkil etish darsi.

Tergovchi bilimdonlar olib boradigan darsi – dars mavzusini oldindan puxta o`rgangan o`quvchilar yordamida qiziqarli savol – javoblar, tahlillar asosida isbotlab, tushuntirish mashqlari bo`lib, bunda o`quvchilar dars mavzusini o`zlashtirib eslab qolishlari uchun qulaylik yaratadilar.

Integral ( integratsiyalangan ) dars – bir nechta fanlarga doir integratsiyalash uchun qulay bo`lgan mavzular bo`yicha tashkil qilingan dars (5)

Umumta’lim maktablarida kimyo ta’limi samaradorligini oshirishda taklif etilayotgan didaktik o’yinlar
полотно 118

O`qitishning individuallashuvi jamoa bilan yanada chuqur bog`lanishiga olib boradi, jamoadagi o`zining “men” ini namoyish qilishning, shaxsiga aylanishning yorqin istiqbollarini vujudga keltiradi. Shaxsni ta’sir ko`rsatishning jamoaviy vositasida tarbiyalash – unda jamiyatga to`g`ri munosabatni tegishli faoliyat bilan qo`shilishining axloqiy – estetik normalar haqidagi, ularga ongli yondashish to`g`risidagi tushunchalarni tarkib toptirishni bildiradi. Mustaqillik va faollikni, o`ziga xoslikni rivojlantirish esa ijtimoiy konstruktiv – ijodiy ishlarda o`zini yaqqol namoyon etishdir.

“Individuallik” – tushunchasi shaxsning boshqa kishilardan farqlanadigan alohida va yagona xususiyatini o`z ichiga oladiki, bu xususiyat shaxsga jamiyatda o`ziga xoslik va takrorlanmaslik baxsh etadi, yani kishi – kishini eksploatatsiya qilmaydigan tizimda jamiyat va shaxs o`zaro qarama–qarshi bo`lmaydi. Har qanday individullikning betakrorligi jamiyatdan ajralib qolmaydi, balki jamiyatning uzviy bog`liqligi uning manfaatlarini va harakat qonuniyatlarini tushinishdadir. Jamiyatsiz shaxs bo`lmaydi, individullik bo`lmaydi, chunki kamolatning manbai jamiyatdadir. Shaxsning kamol topishida o`zining kuch g`ayrati, bevosita faoliyati juda katta ro`l o`ynaydi. Bizning tarbiya va talim tizimimiz har bir bolada iste’dod, faollik, onglilik va ijodkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Avval xususiyatlarni hisobga olib, umumiylikni, keyin umumiyni hisobga olib, alohidalikni rivojlantirish kerak. Respublikamizda ta’lim jarayonini takomillashtirish bo`yicha izlanishda o`qitishning yangi shakllari asta – sekin mustahkam o`rin olmoqda. Bular gimnaziya, ixtisoslashtirilgan sinflardir. Lekin ta’limning yangi shakllari asosan maktabning o`rta va yuqori bo`g`inlariga dahldordir. Ho`sh, boshlang`ich maktabda nimalar bo`lyapti? Boshlang`ich maktab har qanday holda ham o`quvchilardagi bilimlarni shakllantirishda va ularning qobilyatlarini aniqlashda asosiy rol o`ynaydi, keyin ham shunday bo`lib qoladi. Ammo boshlang`ich maktabdagi barcha o`quvchilar, bolalarning qobilyatlarini aniqlash va rivojlantirish uchun tegishli ishlarni amalga oshiryaptimi? Masalan : nima uchun yuqori sinflarda a’lo bahoga o`zlashtiradigan bolalar soni kamayib bormoqda? Maktabni bitta yoki ikkita o`quvchi imtiyozli bitirishini qanday tushinish kerak? Iste’dodli, qobilyatli bolalar yo`qmi yoki o`qitish jarayoni shunchalik samarasiz bo`lib qolganmi? Bularning sababi nima? Sababi ko`p. Birinchidan, boshlang`ich sinflar o`qituvchining bolalar bilan individual ish olib borish imkoniyati cheklangan. Sinflarda bo`sh o`zlashtiradigan o`quvchilarga e’tibor berish zarur.

Kimyoga oid qiziqarli mavzularga krossvord, rebus va ijodiy izlanishga undaydigan masalalarni kiritish mumkin. Bunday qiziqarli masalalar quyidagi didaktik talablarga javob berish kerak.

1.Qiziqarli masalalar tezkor va obrazli fikrlashni rivojlantirib, ularni yechish jarayonida ijodiy motivatsiya hosil qilishi.

2.Taqdim etilayotgan materialning o`quvchilar uchun yangi va qiziqarli bo`lishi.

3. O`quvchilarning o`quv-biluv faoliyati darajasini oshirish maqsadida topshiriqlarning mazmunida uni turli usullar bilan yechilishining ko`zda tutilishi.

4. Qiziqarli masalalarning yechish jarayonida bosqichma-bosqich o`quvchilarning ijodkorligini yuzaga chiqarishga yo`naltirilishi.

5. O`quvchilarning mustaqil ishlashini taminlash uchun topshiriqlarning variativ bo`lishi.

6. Topshiriqlarni o`quvchilarning fazoviy tasavvur va tafakkurini rivojlantirishga qaratilishi.

Kimyoni o`qitishda krossvord va rebuslardan foydalanish o`quvchilarni zeriktirmaslikka, kimyo atamalaridan so`z boyligini oshirish va tez fikrlashga o`rgatadi. Kimyoga oid rebursni tuzoishda turmushda uchraydigan va o`quvchilarga ma’lum bo`lgan obyektlar, shakllar yoki tajribalarni tanlash maqsadga muvofiq. Rebusda berilgan turli hil obyektlar, shakllar va tasvirlar o`quvchilarga ma’lum bo`lgani uni o`qitishning hamma bosqichida qo`llash mumkin. O`quvchilarni fanga qiziqtirish, darsda qiziqarli masalalar va didaktik o`yinlardan unumli foydalanib faol o`quv – biluv jarayonini vujudga keltirish orqali o`quvchilarning grafik tayyorgarligi darajasini oshirish va kasbiy shakllantirish mumkin. O`quv jarayonida didaktik o`yinlar o`quvchilarning oldiga qo`ygan maqsadidan kelib chiqib:

1. Yangi mavzular tushuntirishdan oldin (bunda o`yin muammoli vaziyat sifatida )

2.Yangi mavzuni tushuntirish vaqtida ( o`quvchilarning diqqatini jalb qilish maqsadida )

3.Mavzuni mustahkamlashdan oldin, shuningdek o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakasini tekshirish vaqtida ( o`quvchilarni o`ziga hos o`yinga jalb etib, kichik guruhlar xosil qilish va raqobatni yuzaga keltirish ) qo`llash mumkin.

Yuqoridagi fikrlar aosida kimyo fanidan didaktik o`yinlar ishlab chiqish va imkon qadar kompyuter o`yinlari tarzida yaratib, dars jarayonida foydalanish o`quvchilarning qiziqishini orttiradi. Kimyo fanidan yaratilgan o`yin dasturlari o`quvchilarda o`quv motivatsiyasini shakllantirishga, ijodiy fikrlashga, mustaqil ishlash va bilim boyligini oshirishga xizmat qiladi.

Kimyo fanida kompyuter o`yinlarini ishlab chiqish texnologiyalari quyidagi bosqichda amalga oshiriladi.

1.O`quvchilarni o`zlashtirishida murakkab bo`lgan mavzu tanlab olinadi.

2.O`yinning maqsadi va sharti tanlab olinadi.

Ta’limiy maqsad – o`yin davomida o`quvchi mavzuning mohiyatini to`liq tushunib oladi.

Tarbiyaviy maqsad-o’quvchilarda kuzatuvchanlik, ziyraklik, ogohlik, topqirlik va estetik did kabi fazilatlarni tarbiyalaydi.

Rivojlantiruvchi maqsad- o’quvchilarning fazoviy tasovvur qilish, mantiqiy fikrlashva ijodkorlik qobilyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

3.Tanlangan mavzu bo’yicha o’quvchini o’ylashga va fikr yuritishga majbur qiladigan, eng asosiysi, o’yinni o’ynashga ehtiyoj sezdiradigan qiziqarli dizayn va g’oya yaratiladi.

4.O`yinning tuzilishi va o’ynash bosqichlari ishlab chiqiladi.

5.O`yin metodi asosida o’quvchilarning tanlangan mavzu bo’yicha bilm ko’nikmalarini shakillanishini ta`minlovchi pedagogik talablar aniqlanadi.

6.O`quvchining boshlang’ich bilmini va o’zlashtirilishini nazorat qiluvchi masalalar tizimi ishlab chiqiladi.

7.O’yin meto’dining samaradorligini aniqlovchi nazorat va kompleks topshiriqlar tizimi ishlab chiqiladi.
7-SINF

Mavzu: Kimyoviy reaksiya turlari

Darsning maqsadi:

1) Ta'limiy maqsad: О ‘quvchilarga kimyoviy reaksiya turlari haqida bilim berish.

2) Tarbiyaviy maqsad: Наг bir o'quvchini mavzuga bo'lgan

qiziqishni oshirish.

3) Rivojlantiruvchi maqsad: Kimyoviy reaksiya turlarining ahamiyati va kimyoviy energiyalarining hayotimiz uchun foydali tomonlarini ochib berish.

Dars turi: Noan'anaviy.

Dars uslubi: ”Zanjirli reaksiya”, "Kim chaqqon", "Xotira mashqi”,”Kungaboqar”,

Darsning jihozlanishi: yozuv doskasi, magnit doska, tarqatma materiallar, ilmiy materiallar

Darsning boshlanish:

Tashkiliy qism

O'qituvchi o'quvchilar bilan salomlashib, sinf ozodaligi va davomat tekshiriladi. O'quvchilar 3 ta guruhga bo'linadi. O'qituvchi o'tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida “Xotira” mashqidan foydalanadi. Bunda o’qituvchi o’tgan mavzular ayta boshlaydi. O’quvchilar aytgan mavzusini to’ldiradilar.

Masalan; O’qituvchi aytadi “ Moddalarning xossalari. Fizik va kimyoviy o’zgarishlar” o’quvchilar davom ettiradi.

1-o’quvchi; Tabiat doimo o’zgarishda bo’lib, har bir o'zgarish bu –hodisadur.

2-o’quvchi; Moddalarning o’zgarishi 2 xil bo’ladi .

a) Fizik o’zgarish b)Kimyoviy o’zgarish

3-o’quvchi; Kimyoviy o’zgarish –deb, bir moddaning boshqa modda yoki moddalarga aylanish xodisasiga aytiladi.Shu tariqa o’tilgan mavzular takrorlanib olinadi. tarqatmalar tarqatadi va 3 daqiqa vaqt belgilaydi. Darsga kam qatnashgan guruhlarga yana bir imkoniyat beriladi. Doskada daraxt yasalib, mevalaridagi savollarni uzib (qog'ozdan yasalgan, oldi meva, orqasi savol) javob beradilar,

va shu tariqa o’quvchilar baxolanadi

Endi o'quvchilar bilan birgalikda "Kim chaqqon?" o'yini o'ynaladi. Bunda o'qituvchi har bir guruh sardoriga atom-molekula sharlarini tarqatadi va o'zi oldindan tayyorlab kelgan (parta soniga qarab) moddalar formulasi yozilgan qog'ozlarni tarqatadi va 3 daqiqa vaqt belgilab, shu formula asosida atom sharlarida moddalarning struktura tuzilishini yasashni aytadi va o'quvchilar modda nomi va birikmadagi elementlarning valentligini ham aytishi zarur. Qaysi guruh chaqqonlik bilan birinchi bo'lib topshiriqni bajarsa, shu guruh sardori yana 5 ball olish imkoniyati ya'ni rag'batga ega bo'ladi. Buning uchun u magnit doskada turgan 10 ta element nomini aytib, kamida 3 ta formula tuzilishi kerak [21].

Yangi mavzu bayoni: Kundalik hayotimizda turli hodisalar sodir bo’layotganining guvohi bo’lamiz va ularni kuzatamiz. Masalan ,idishda turgan suvning xajmi (miqdori)ning kamayishi, shisha buyimning tushib sinishi, gazning,yog’ochning va komirning yonishi, muzning suyuqlanishi, temir buyimlarning zanglashi va hokazo. Agar bu hodisalar o’rganilib taxlil qilinsa,ayrim hodisalar natijasida buyimning shakli va moddaning “ichki o’zgarishi” bir turdan boshqasiga aylanishi tufayli sodir bo’layotganini bilamiz.bu hodisalarni ikki turga bo’lishimiz mumkin.

1) fizikaviy hodisalar 2)kimyoviy hodisalar

Lekin shunday hodisalar borki ,ularni aniq bir hodisalar qatoriga kiritib bo’lmaydi.Masalan g’ovak spirt yuzasiga gazsimon yoki suyuq modda malekulalarining yutilishi, gazlama yoki silikat buyimlari sirtiga ranglarning qoplanib qolishi kabilardir. Bu jarayonlarda bir vaqtda ham fizik,ham kimyoviy hodisalar ro’y beradi. Shu boisdan bular fizik-kimyoviy jarayonlar qatoriga kiritiladi.

Kimyoviy reaksiyalar reaksiyaga kirishayotgan dastlabki moddalar va reaksiya mahsulotlari sonining o’zgarishi asosida hamda energiyaning yutilishi yoki chiqishiga qarab sinflanadi.Dastlabki reagentlar va mahsulotlar sonining o’zgarishi asosida kimyoviy reaksiyalarni quyidagicha sinflash mumkin.


Kimyoviy reaksiya turlari


овал 72овал 73

овал 70овал 71
Birikish reaksiyasi.Bunda ikki yoki undan ortiq moddadan bitta yangi moddalar olinadi:

A+B+…..=C

Masalan: CaO+CO2=CaCO3



Ajralish reaksiyasi. Bir moddadan bir necha yangi modda hosil bo’ladi:

C=A+B+…..

Masalan:2H2O=2H2+O2



O’rin olish reaksiyasi.Bunday reaksiyalarda oddiy modda murakkab moddaning tarkibiy qismi o’rnini oladi,natijada yangi oddiy va murakkab moddalar hosil bo’ladi:

AB+C=AC+B

Masalan:Zn+2HCl=ZnCl2+H2



Almashinish reaksiyasi.Murakkab moddalarning tarkibiy qismlari o’zaro o’rin almashadi:

AB+CD=AD+BC

Masalan: NaOH+HCl=NaCl+H2O

O’quvchilarga ba mavzu yanada tushinarli va esda qolarli bo’lishi uchun quydagi plakatdan foydalanish mumkin.

Masalan:Birikish reaksiyasi.



.
Kimyoviy reaksiyalar davomida issiqlik chiqishi yoki yutilishiga qarab ham ekzotermik va endotermik reaksiyalarni farqlash mumkin.

Issiqlik ajralib chiqishi bilan boradigan reaksiyalar ekzotermik reaksiyalar deyiladi. Masalan: vadorod va xlor gazlaridan vodorod xlorid xosil bo’lish reaksiyasi issiqlik chiqishi bilan boradi:


H2+Cl2=2HCl +Q

Issiqlik yutilishi bilan boradigan reaksiyalar endotermik reaksiyalar deyiladi.Masalan, azot va kisloroddan yuqori tempraturada azot (II) oksidning xosil bo’lish reaksiyasi:

N2+O2=2NO -Q

Ajralib chiqish yoki yutilgan issiqlik miqdori kimyoviy jarayonning issiqlik effekti deyiladi.Reaksyaning issiqlik effekti hosil bo’layotgan va uzilyotgan bog’lar energiyasi farqi bilan aniqlanadi va klojoullarda (kj) ifodalanadi

O’quvchilarga mavzu tushinarli bo’lishi uchun ekzotermik reaksiyalarga mos quyidagi plakatlar asosida tushintirish mumkin.

[22].


Mustahkamlash;O’quvchilarni yangi mavzu bo’yicha olgan bilim ko’nikmalarni yanada mustaxkamlash uchun “Kungaboqar “ o’ynidan foydalanamiz. Buning uchun oldindan tayyorlab qo’yilgan yaproqchalar guruh o’rtasiga tarqatiladi.Bu yaproqchalarga kimyoviy reaksiya turlariga mos formulalar yozib qo’yilgan bo’ladi
овал 65овал 64овал 66овал 67овал 68овал 69


овал 62овал 63


овал 58овал 59овал 60овал 61


овал 52овал 53овал 54овал 56овал 57овал 55

O’qituvchi guruhlarga savol tashlaydi,o’quvchilar yaproqchalardan foydalanib javob topadilar.

Masalan;

O’qituvchi- O’rin olish reaksiyasiga misollar keltiring

.O’quvchilar yaroqchadan foydalanib formula tuzadilar.


Yani;

овал 51

овал 49овал 50
овал 48овал 46овал 47

овал 45овал 43овал 44

Dars so'ngida faol ishtirok etgan o'quvchilar, guruhlar baholanib,

uyga vazifa beriladi.

Uyga vazifa: Yangi mavzuni o'qib kelish, 6 tomonli kubik shaklida

ko'rgazma tayyorlash (kubning har bir tomoniga bir element haqida

nomi va belgisi yashirilib tavsif beriladi, javobi o'qituvchiga yozib

topshiriladi).



"Bumerang” texnologiyasi
Texnologiyaning qo`llanilishi.

Amaliy mashg`ulotlar, seminar yoki laboratoriya mashg`ulotlari, hamda, suhbat – munozara shaklidagi darslarda yakka tartibda, kichik guruh va jamoa shaklida foydalanishi mumkin.



Mashg`ulotda foydalaniladigan vositalar:

O`quvchi dars jarayonida mustaqil o`qishlari, o`rganishlari va o`zlashtirib olishlari uchun mo`ljallangan tarqatma materiallar (o`tilgan mavzu yoki yangi mavzu bo`yicha qisqa matnlar, suratlar va ma`lumotlar.)



Mashg`ulotni o`tkazish tartibi:

Ushbu texnologiya bir necha bosqichda o`tkaziladi;



  • o`quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi;

  • o`quvchilar darsning maqsadi va tartibi bilan tanishtiriladi.

  • O`quvchilarga mustaqil o`rganish uchun mavzu bo`yicha matnlar tarqatiladi;

  • Berilgan matnlar o`quvchilar tomonidan yakka tartibda mustaqil o`rganiladi;

  • Har bir guruh a`zolaridan yangi guruh tashkil etiladi;

  • Yangi guruh a`zolarining har biri guruh ichida navbati bilan mustaqil o`rgangan matnlari bilan axborot almashadilar, ya`ni bir – birlariga so`zlab beradilar, matnni o`zlashtirib erishadilar;

  • Berilgan ma`lumotlarni o`zlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun guruh ichida ichki nazorat o`tkaziladi, yani guruh a`zolari bir-birlari bilan savol-javob qiladilar;

  • Yangi guruh a`zolari dastlabki holatdagi guruhlariga qaytadilar;

  • Darsning qolgan jarayonida o`quvchilar bilimlarini baholash yoki to`plagan ballarini hisoblab borish uchun har bir guruhda “guruh hisobchisi” tayinlanadi;

  • O`quvchilar tomonidan barcha matnlar qay darajada o`zlashtirilganligini aniqlash maqsadida o`qituvchi (yoki opponent guruh) o`quvchilarga savollar bilan murojaat etadilar, og`zaki so'rov o`tkazadilar;

  • Savollarga berilgan javoblar asosida guruhlarni to`plagan umumiy ballari aniqlanadi;

  • Har bir guruh a`zosi tomonidan guruhdagi matnning mazmunini hayotga bog`lagan holda bittadan savol tuziladi;

  • Guruhlar tomonidan tayyorlangan savollar orqali savol javob tashkil etiladi;

  • Guruh a`zolari tomonidan to`plangan umumiy ballar yig`indisi aniqlanadi va guruh a`zolari o`rtasida teng taqsimlanadi.

Izoh:

O`qituvchi darsni shu tartibda tugatishi yoki o`quv materialini o`quvchilar tomonidan yakka tartibda qanday o`zlashtirilganini yana bir bor o`z-o`ziga baho berish tartibida nazorat qilish uchun “Charxpalak” texnologiyasidan foydalangan holda, o`qilgan va o`zlashtirilgan matnlar asosida tayyorlangan tarqatma materiallarni o`quvchilarga tarqatib, o`z bilimlarini tekshirib olishga imkoniyat yaratishi mumkin.



Rezyume” texnologiyasi.
Texnologiyaning tavsifi: Bu texnologiya murakkab,ko’p tarmoqli,mumkin qadar muammoli mavzularni o’rganishga qaratilgan. Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda bir yola mavzuning turli tarmoqlari bo’yicha axborot beriladi. Ayni paytda ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama qilinadi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi.

Texnolgiyaning maqsadi: O’quvchilarni erkin, mustaqi, tanqidiy fikrlashga, jamoa bo’lib ishlashga, izlanishga,fikrlarni jamlab taqqoslash uslubi yordamida mavzudan kelib chiqqan holda o’quv muammosini yechimini topishga hamda kerakli xulosa yoki qaror qabul qilishga, jamoaga o’z fikri bilan ta’sir etishga, uni ma’qullashga, shuningdek, berilgan muammoni yechishga o’rgatish.

Texnologiyani qo’llanilishi: Ma’ruza darslarida(imkoniyat va sharoit bo’lsa), semenar, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarida yakka (yoki kichik guruhlar ajratilgan tartibda o’tkazish, shuningdek uyga vazifa berishda ham qo’llash mumkin.

Mashg’ulotda foydalanadigan vositalar: A-4formatdagi qog’ozlarida (guruh soniga qarab) tayyorlangan tarqatma materiallar, flomaster yoki rangli qalamlar.
Mashg’ulotlar o’tkazish tartibi:

  • O’qituvchi o’quvchilarning soniga qarab 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi.

  • O’qituvchi o’quvchilarni mashg’ulotning maqsadi va o’tkazilish tartibi bilan tanishtiriladi va har bir kichik guruhga qog’ozning yuqori qismida yozuvi bo’lgan, ya’ni asosiy muammo, undan ajratilgan o’quv muammolari va ularni yechish yo’llari belgilangan, xulosa yozma bayon qilinadigan varaqlarni tarqatadi.

  • Har bir guruh a’zolari ularga tushgan varaqlardagi muammolarning afzalligi va kamchiliklarini aniqlab, o’z fikrlarini flomaster yordamida yozma bayon etadilar. Yozma bayon etilgan fikrlar asosida ushbu muammoni yechimini topib, eng maqbul variant sifatida umumiy xulosa chiqaradilar.

  • Kichik guruh a’zolaridan biri tayyorlangan materialni jamoa nomidan taqdimot etadi. Guruhning yozma bayon etgan fikrlari o’qib eshittiriladi, lekin xulosa qismi bilan tanishtirilmaydi.

  • O’qituvchi boshqa kichik guruhlardan taqdimot etgan guruhning xulosasini so’rab, ular fikrini aniqlaydi, guruhlar fikridan so’ng taqdimot guruhi o’z xulosasi bilan tanishtiradi;

  • O’qituvchi guruhlar tomonidan berilgan fikrlarga yoki xulosalarga izoh berib, ularni baholaydi, so’ngra mashg’ulotni yakunlaydi.


Ilova (misol tariqasida)

O'quvchilar billimini nazorat qilish

Neft

Tabiiy gaz

Toshko'mir

Yangi energiya turlari

Afzalligi

Kamchiligi

Afzalligi

Kamchiligi

Afzalligi

Kamchiligi

Afzalligi

Kamchiligi
























Xulosa:







"Muammo" texnologiyasi

Texnologiyaning maqsadi: O'quvchilarga o'quv predmetining mavzusidan kelib chiqqan turli muammoli masala yoki vaziyatlarning yechimini to'g'ri topishlariga o'rgatish ,ularda muammoni yechishning ba'zi usullari bilan tanishtirish va muammoni yechishda mos uslublarni to'g'ri tanlashga o'rgatish,muammoni kelib chiqish sabablarini va muammoni yechishdagi xatti-harakatlarni to'g'ri aniqlashga o'rgatish.

Mashg'ulotning o'tkazish tartibi:

O'qituvchi o'quvchilarni guruhlarga ajratib, ularni mos o'rinlarga joylashtirgandan so'ng, mashg'ulotni o'tkazish tartib-qoidalarini va talablarini tushuntiradi, ya'ni u mashg'ulotni bosqichli bo'lishini va har bir bosqich o'quvchilarni maksimum diqqat-e’tibor talab qilishini, mashg'ulot davomida ular yakka,guruh va jamoa bo'lib ishlashlarini aytadi. Bunday kayfiyat o'quvchilarga berilgan topshiriqlarni bajarishga tayyor bo'lishlariga yordam beradi va qiziqish uyg'otadi. Mashg'ulot o'tkazish tartib-qoidalari va talablari tushuntirilgach, mashg'ulot boshlanadi.

- O'quvchlar tomonidan mashg'ulot uchun tayyorlangan kino lavhani diqqat bilan tomosha qilib,unda yoritilgan muammoni aniqlashga harakat qilish, xotirada saqlab qolish yoki daftarlariga belgilab qo'yish (agar kinofilm ko'rsatishning imkoniyati bo'lmasa, u holda o'qituvchi o'quv pretmetining mavzusi bo'yicha plakat, rasm, afisha yoki biror muammo bayon qilingan matn,kitobdagi o'quv materialidan foydalanishi mumkin);

- har bir guruh a'zolari tomonidan ushbu lavhadan (rasm,matn,hayotiy voqeadan) birgalikda aniqlangan muammolarni vatman yoki A-4 formatdagi qog'ozga flomaster bilan yozib chiqadi;

- berilgan vaqt tugagach, tayyorlangan ishni guruh vakili tomonidan o'qib eshittiriladi;

- o'qituvchi guruhlar tomonidan tanlangan va muammolar yozilgan qog'ozlarni almashtirgan holda guruhlarga tarqatiladi;

- tarqatilgan qog'ozlarda guruhlar tomonidan yozilgan muammolardan har bir guruh a'zosi o'zini qiziqtirgan muammoni birini tanlab oladi;

- o'qituvchi tomonidan tarqatilgan quyidagi chizmaga har bir guruh a'zosi tanlab olgan muammosini yozib, mustaqil ravishda tahlil etadi.




Muammoning turi

Muammoni kelib chiqish sabablari

Muammoni yechish yollari va sizning harakatlaringiz

Toza ichimlik suvining

kamligi




Suvni toza saqlashga e'tiborning kamligi

Tabiat va suvni saqlashga oid

tadbirlar o'tkazish


Masalan:
- yakka tartibdagi faoliyat tugagandan so'ng har bir o'quvchi bajargan tahliliy ishini barchaga o'qib eshittiradi;

- muammolar va ularning yechimi bo'yicha jamoaviy fikr almashinadi;

- himoyadan so'ng o'qituvchi mashg'ulotga yakun yasaydi.

Kichik guruhlarga qiziqarli ishlari ushun minnatdorchilik bildiradi va uyga vazifa beradi.

Bunday texnologiya bilan o'tkazilgan mashg'ulot natijasida o'quvchilar qaysidir muammoni yechishdan avval uning sababini aniqlanishi kerakligini, keyin esa ularga zarur bo'lgan uslub va usullarni tanlashi hamda o'z harakatlarini aniq belgilab olishlari kerakligini bilib oladilar.

"Blits-so'rov" usuli

Usulning tavsifi: Ushbu usul o'quvchilarni harakatlar ketma-krtligini to'g'ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o'rganayotgan fani asosida xilma-xil fikrlar, ma'lumotlar ichidan keraklisini tanlab olishni, shu bilan bir qatorda,o'zgalar fikrini hurmat qilish va ularga o'z fikrini o'tkaza olish hamda o'z faoliyati, kunini rejalashtira olishni o'rgatishga qaratilgan.

Usulning maqsadi: ushbu usul orqali o'quvchilarga tarqatilgan qog'ozlarda ko'rsatilgan harakatlar ketma-ketligini avval yakka tartibda mustaqil ravishda belgilash, kichik guruhlarda o'z fikrini boshqalarga o'tkaza olish yoki o'z fikrida qolish, boshqalar bilan ham fikr bo'la olish kabi ko'nikmalarni shakllantirish.

Mashg'ulotni o'tkazish tartibi.

- O'qituvchi o'quvchilarga ushbu mashg'ulot bir necha bosqichda o'tkazilishi haqida tushuncha beradi. Har bir bosqichga moljallangan vazifalarni bajarishga aniq vaqt berilishi, o'quvchilar esa shu vaqtdan unumli foydalanishlari kerakligi haqida ularni ogohlantiradi.

- Keyin hammaga alohida-alohida tarqatma material beradi va ushbu materialni sinchiklab o'rganishlarini so'raydi;

- o'qituvchi tarqatma material mazmuni va bajariladigan vazifani tushuntiradi va "o'quvchining ismi va familiyasi" va "sinfi" bo'limlarini to'ldirishni aytadi.

- tarqatma materialda berilgan vazifa dastlab yakka tartibda bajarilishini ta'kidlaydi;

- har bir o'quvchi o'zining shaxsiy fikri asosida tarqatma materialdagi "o'quvchi javobi" bo'limiga berilgan savollardan 3xil variantli javobdan bittasini yozadi, javoblar raqamlar yoki harflar bilan ko'rsatilishi mumkin.

- berilgan vaqt ichida yakka tartibdagi ishlar tugagach tarqatma materiallar o'zaro almashinadi.(almashtirishni turlicha tashkil qilish mumkin, masalan yonidagi o'quvchi bilan , kichik guruhlarda yoki orqadagi o'quvch bilan)

- tarqatma materiallar almashingach, oqituvchi to'g'ri javoblarni o'qiy boshlaydi, oquvchilar bir-birini ishini tekshira boshlaydi va "to'g'ri javob" bo'limiga "1" balldan, agar noto'g'ri bo'lsa "0" ball qo'yib chiqishadi.

- o'qituvchi baholash mezonini tushuntirib beradi va tarqatma materiallar qaytadan o'z egalariga almashtirilishi so'raydi,o'z xatolarini ko'rib olishlariga imkon beradi.

- o'qituvchi tarqatma materiallarni yig'shtirib olib baholaydi va e'lon qiladi.



Izoh: misol tariqasida "Metallar" mavzusidagi blits-so'rov jadvalini keltirish mumkin(har bir o'qituvchi o'z pretmeti bo'yicha o'tayotgan, avval o'tgan mavzu yoki umumlashtiruvchi darslarda usbu jadvaldan foydalanib blits-so'rov tuzishi mumkin).


O'quvchining ism, familiyasi _______________

Sinfi:" ", mavzu: Metallar



Savol

A

B

C

O'quvchi javobi

To'g'ri javob

1

Natriy metali Ar-?

23

22

11







2

Kumush metalining kimyoviy belgisi

Au

Ag

Ar







3

Suvda eriydigan metallarni toping

Au,Na,Fe

Ca, Cu, Mg

Na,K,Li







4

Eng oson suyuqlana- digan metall

Hg

Os

W







5

Eng qattiq metall

Cu

Al

Cr







Mavzuning katta -kichikligiga qarab savollar sonini ko'paytirish mumkin.

Xulosa

Hozirgi zamon mutaxassislari , faoliyat doiralari qanday bo’lishidan qat’iy nazar yangi pedagogik texnologiyalar bo’yicha keng ko’lamdagi bilimlarga, zamonaviy hisoblash texnikasi informatsion aloqa va kommunikatsiya tizimlari, orgtexnika vositalari va ulardan foydalanish borasida etarli malakalarga ega bo’lishi kerak. Ayniqsa kimyo fanini o’qitishda amaliy mashg’ulotlar va laboratoriya jixozlari o’rni beqiyos bo’lib, shu darslarni olib borishda yangi metodlar o’qituvchiga qo’l keladi.

Yangi pedagogik texnologiyalar bilan o’tkazilgan darslar o’quvchini mustaqil fikrlashga, nutqi rivojlanishiga, o’zaro bir-biri bilan muloqatga va xatto o’zi xulosa chiqarishga o’rgatadi. Qo’llanmada keltirilgan interfaol dars usullar kimyo darslarini yanada qiziqarli o’kazishga va barcha o’quvchilarni dars davomida faol qatnashishiga undaydi. Bu usullar bilan dars olib borgan o’qituvchi sinflarda yuqori sifat ko’rsatgichiga erishadi. Bundan tashqari kimyo darslarida nafaqat didaktik materiallardan, balki axborot kommunikatsion texnologiya(AKT)laridan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi. Biz AKT dan o’qituvchilar va o’quvchilar o’rtasidagi kimyoning dunyoviy muammolari bilan bog’liq bo’lgan munozara yig’ilishladagi aloqalarga ko’maklashish maqsadida foydalanishimiz kerak. Huddi shunday laboratoriya tajribalarini modellashtirish o’quvchilarimuzga real maktab laboratoriyasida o’tkazilishi muammo bo’ladigan murakkab tajribalarni boshqarish imkonini beradi va moddalarni tejaydi. Darslarda elektron darsliklardan foydalanishimiz, kimyodagi qiyin atom (molekular) jarayonlarni, elektron bulut va elektronlar qo’zg’alishi, struktur izomeriya, gibrid orbitallar tushunchalarini osonlashtiradi.

Shunday ekan, biz o’quvchilarning fikrlash qobiliyati va fanning rivojlanishini ta’minlashimiz kerak.


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

1.Karimov I.A.Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch.

Toshkent.Manaviyat,2008.61 b.

.2.Tolipov O’.,No’monova N.Ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnalogiyalar.G’G’ Xalq ta’limi.-Toshkent,2002.-N 3.23-29b.

3.Zunnunov A.,Maxkamov U., Didaktika (Ta’lim nazaryasi).O.O’Yu uchun qo’llanma.-Toshkent.Sharq,2006.-132 b.

4..Begmatov U.E.Umumiy o’rta maktablarda kimyodan darsdan tashqari ishlarni dars bilan boqlashning nazariy-metodologik asoslari.Diss...kand.ped.nauk.T.2004.- 152 b.

5..Pletner Yu. V. , Polosin V. S. , Ximiya o`qitish metodikasidan praktikum. “O`qituvchi” Toshkent 1967.189 b.

6...Asqarov I.R.,To’xtaboyev N.X.,G’opirov K.G’.Kimyo. 7-sinf o’quvchilari uchun darslik.-Toshkent 2010.47-49 b
Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish