Kazuslar: Fosh bo‘lish istagi va qo‘rquvidan qiynalgan Raskolnikov garovga qo‘ygan



Download 184,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana10.04.2022
Hajmi184,91 Kb.
#541196
  1   2   3   4   5
Bog'liq
DTIY. Yakuniy!
ISHCHI KUNDALIK MUQOVASI1, fransuz tili, Self Training Work for the students, Self Training Work for the students, 1-мавзу Маъруза матни, @AKT Official 8-sinf 2-Nazorat ishi test, Amaliy ish 5 MILLIY UYINLAR , 2 5382163959753215145, Davlat mukofotlari qaysilar va ularga qancha mablag‘ to‘lanadi Qalampir, 2 5422396949934377107, 2 5420145150120692338, 2 5398095307714070669, ..Abdulla Avloniy ........................, xojalik-yurituvchi-subyektlar-moliyasi (1), 7-mavzu. Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma’naviy qadri



Kazuslar: 
1.Fosh bo‘lish istagi va qo‘rquvidan qiynalgan Raskolnikov garovga qo‘ygan 
narsasi haqida qayg‘urayotganday yana Porfiriy Petrovichning oldiga keladi. 
Jinoyatchilarning psixologiyasi haqidagi mavhum suhbat oxir-oqibat yigitni asabiy 
tushkunlikka olib keladi va u o‘zini tergovchiga deyarli topshiradi. Lekin kimning 
kampirni o‘ldirgani haqidagi iqrori Raskolnikovni bu holatdan qutqarib qoladi? 
Kampirni o‘ldirishda ayblangan shaxs haqida maʼlumot bering va uning mazkur 
jinoyatga bog‘liqligini izohlang. 
Javob: 
1.Bilamizki, “Jinoyat va jazo” – 1865-1866-yillarda Fyodor Dostoyevskiy 
tomonidan yozilgan ijtimoiy-psixologik, ijtimoiy-falsafiy roman. Asarning bosh 
qahramoni – Rodion Romanovich Raskolnikov. U asarda 23 yoshlardagi talaba yigit 
sifatida tasvirlanadi. Turli xil moliyaviy qiyinchiliklar tufayli universitetda oʻqishni 
toʻxtatishga majbur boʻladi. Aynan pul ilinjida keyinchalik u oʻzi ham garovga 
narsalarini qoʻyib yuradigan sudxoʻr kampirni ( Alena Ivanovna) va uning singlisi 
Lizavetani bolta bilan chopib tashlaydi. Lekin buni qarangki, roʻy bergan hodisa 
jarayonida qanchalik oʻzini yoʻqotib qoʻyganiga qaramay, sodir etgan jinoyatidan 
deyarli izsiz qochib
 
qutulishga erishadi. Lekin qilgan ishidan qattiq afsuslanadi. 
Butun asar davomida vijdon azobidan qiynalib yashaydi. Oʻzi ham bir necha marta 
qilgan jinoyatini tan olish maqsadida politsiya mahkamasiga boradi. Ammo bunga 
jurʼat qila olmaydi. Kampirning oʻlimi bilan bogʻliq bu jinoyatni tergovchi – 
Porfiriy Petrovich koʻrib chiqayotgan boʻladi. Xoʻsh, Porfiriy Petrovich oʻzi kim?
Porfiriy Petrovich - eski sudxoʻrni oʻldirilganligini ishini olib boruvchi tergovchi. 
U haqiqiy vatanparvar, u kelajakda Rossiya dunyodagi dunyodagi eng buyuk 
davlatga aylanishiga ishonadi. U ilg’or qarashlari bilan ajralib turadi va u har bir 
jinoyatchiga individual, aytganda psixologik yondashuvni topishga harakat qiladi. 
Haqiqatan ham, Raskolnikovning kuchli raqibi bo’lgan tergovchi Porfiry Petrovich 
romanda adolat qaror topishiga yordam beradi. Uning tashqi ko’rinishi: “dumaloq, 
dumaloq va biroz burunli yuz” - juda xushmuomala odam, sodda odam taassurotini 



beradi. Aslida, dastlab Porfiry Petrovich juda shirin va ochiq odam bo’lib tuyuladi, 
lekin vaqt o’tishi bilan u Raskolnikovga tuzoq tuza boshlaydi. Uning savollari 
muqarrar ravishda gumonlanuvchining ochiqlanishiga olib keladi. Muallif ataylab 
bu qahramonning ichki monologlarini bermaydi va uni faqat Raskolnikovning 
ko’zlari bilan ko’rsatadi. Bu esa oʻquvchiga asarga nisbatan yanada katta qiziqish 
uygʻotadi. Ko’zlar, Porfiry Petrovich tomonidan qilingan belgilar. Bu Rodionning 
yallig’langan ongining mevasi yoki haqiqatdan ham sodir bo’layotgani aniq emas. 
Bora-bora Porfiry Petrovich Raskolnikov uchun sirli va hatto dahshatli shaxsga 
aylanadi.
Raskolnikov otasidan esdalikka qolgan soatga qaygʻurayotgandek (aslida, 
fosh boʻlishdan qoʻrqib yurgan boʻladi va Porfiriy Petrovichni sinash uchun boradi) 
politsiya mahkamasiga boradi. U yerda u tergovchi Porfiriy Petrovich bilan 
uchrashadi. Ular oʻrtasidagi suhbat davomida tergovchi unga ruhiy bosim berishga 
harakat qiladi. Va shu orqali Raskolnikovni oʻz qilmishlarini tan olishini xohlaydi. 
Ular oʻrtasidagi oʻzaro mavhum suhbat jinoyatchilarning psixologiyasi haqida 
ketadi. Tushkunlikka tushib qolgan Raskolnikov oʻzini deyarli tergovchiga 
topshiradi. Lekin xuddi shu paytda nafaqat Raskolnikov va Porfiriy Petrovichni, 
balki kitobxonlarni ham hayajonga solgan bir voqea roʻy beradi. Yaʼni kampirni 
oʻldirishda gumonlanayotgan kasbi boʻyoqchi boʻlgan Nikolay ismli shaxs 
kampirni oʻldirgan ekanligini tan oladi. Jinoyat sodir etilgan paytda kampir 
yashaydigan uydan bir qavat pastdagi uyda Nikolay oʻz sherigi va doʻsti Mitka bilan 
taʼmirlash ishlarini olib borayotgan boʻladi. Dostoyevskiy Nikolayning oʻsha 
jarayondagi holatini quyidagicha tasvirlaydi: 
“Bu odamning afti angori bir qarashda juda gʻalati koʻrinardi. Uning nigohi 
tik toʻgʻrisiga qadalgan, lekin oʻzi hech narsani koʻrmayotganga oʻxshardi. Uning 
koʻzlarida qatʼiyat ifodalanib turar, shuning bilan birga xuddi qatlga olib kelingan 
kimsa kabi oppoq oqarib ketgan edi. Gezarib ketgan lablari dam-badam pirpirab 
uchardi. 



U juda ham yosh edi, odmi odamlar kabi kiyingan, oʻrta boʻyli, oriqdan 
kelgan, sochlari qavs qilib oldirilgan, yuz tuzilishi nozik va rangpargina edi...” ( 
“Jinoyat va jazo” romani, 456-bet.) 
Mening fikrimcha, garchi asarda Nikolay obrazi kichkina obrazlar sirasiga 
kirsa ham, yuqoridagi kichik lavhagina uning tabiatini ochib bera olgan. Menda u 
irodasiz va boʻshang shaxsdek taassurot qoldirdi. Unga bu jinoyatni sodir etishda 
ayblab, bosim oʻtkazishaverganidan u oʻzi qilmagan ishiga iqror boʻlib qoʻyadi. 
Lekin oʻsha jarayonda u tergovchi Porfiriy Petrovichning ishiga halal berib qoʻygan 
edi. Nikolay oʻzi qilmagan ishini qildim, deb isbotlashga urinishi vaziyatni yanada 
chigallashtiradi. Chunki jinoyat sodir etilgan vaqtda Nikolay va Mitka hovlida bir-
birini ketidan quvish bilan ovora boʻlib yurgan edilar. Buni hovlida turgan kishilar 
ham tasdiqlashadi. Bu holatni guvohi boʻlib turgan bosh qahramon hisoblanmish 
Raskolnikov ham va tergovchi Porfiriy Petrovich ham lol boʻlib qolishadi. Oʻsha 
vaziyatni yozuvchi juda mohirlik bilan ifodalab bergan: 
“ ...- Siz, aftidan, bunday boʻlishini kutmagan edingiz, shekilli? – dedi hali 
hech narsaga aniq tushunib yetmagan, lekin oʻzini ancha tutib olgan, dadillangan 
Raskolnikov. 
- Oʻzingiz ham bunday boʻlishini kutmagandingiz, otaginam. Qoʻllaringizni 
qaltirashini qarang! He-he! 
- Oʻzingiz ham qaltirab turibsiz, Porfiriy Petrovich...” ( “Jinoyat va jazo” 
romani, 458-bet.). 
Xulosa oʻrnida shuni aytish joizki, “Jinoyat va jazo” romanidagi nafaqat bosh 
qahramonlar, balki kichik obrazlar ham romanning voqealar rivojida juda muhim 
ahamiyat kasb etadi. Misol uchun, oddiygina boʻyoqchi Nikolay obrazini olaylik. 
Aynan uning qilmagan “aybi”ga iqror boʻlishi, Raskolnikovni yana bir muddat 
ozodlikda yurishiga sabab boʻlgan boʻlsa, Porfiriy Petrovichni esa shubhalari 
toʻgʻriligiga ishonch hosil qilishi uchun muhim omil boʻlib xizmat qiladi. Qisqacha 
qilib aytganda, Dostoyevskiy bu romanida hech qaysi obrazni bekorga yaratmagan. 



Hammasining oʻz oʻrni bor. Bu roman insoniyatga har qanday jinoyatga jazo 
muqarrarligini eslatib turadi. Men bu romanni oʻqib juda katta taassurotlar oldim. 

Download 184,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
o’rta maxsus
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
respublikasi axborot
toshkent davlat
таълим вазирлиги
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
saqlash vazirligi
Ishdan maqsad
Toshkent davlat
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
haqida umumiy
coronavirus covid
vazirligi koronavirus
covid vaccination
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
o’rta ta’lim
pedagogika universiteti
matematika fakulteti
ishlab chiqarish
fanlar fakulteti
moliya instituti
fanining predmeti