6
Ushbu moddaning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati haqida gapiradigan boʻlsak,
har qanday demokratik jamiyat va davlatda fikrlash, soʻz va eʼtiqod erkinligi
kafolatlanishiga ijobiy holat sifatida qaraladi. Yaʼni fikrlash, soʻz va eʼtiqod
erkinligi demokratik davlatdagina mavjud boʻladigan va kafolatlanadigan
huquqlardir. “Men, – deb yozgan edi Spinoza, – demokratiyani shuning
uchun afzal
koʻramanki, u tabiat har kimga inʼom etgan erkinlikka eng koʻp yaqinlashadi”. Har
bir davlatdagi fuqarolar aynan fikrlash, soʻz va eʼtiqod erkinligi orqali oʻz fikrlarini
erkin bayon qilishadi va dinga, siyosatga qanchalik ishonishlarini koʻrsatishadi. Bu
erkinliklar orqali fuqarolar, umuman olganda, insonlar davlatdan oʻz huquq va
erkinliklarini talab qilishi yoki ularni himoya qilinishini soʻrab murojaat qilishi
mumkin.
Bilamizki, XXI asr – Axborot texnologiyalari asri. Shunday ekan, hozirgi
zamonda inson oʻzi istagan axborotni izlashi, olishi va undan erkin foydalanishi juda
muhim ahamiyat kasb etadi. Mening fikrimcha, bu har qanday adolat qaror topgan
jamiyatda davlat tomonidan oʻrnatilgan boʻlishi lozim. Inson erkin fikrlash va uni
soʻz orqali erkin bayon qilish uchun axborotga ega boʻlishi kerak. Shu sababli
fuqarolarning oʻzi uchun zarur axborotlarni izlash, olish va tarqatish huquqi
kafolatlanadi. Masalan, oʻquvchilarga internetdan foydalanish imkoniyatining
berilishi axborot olish, izlash, tarqatish huquqini amalda taʼminlovchi kuchli
vositadir.Konstitutsiya normalari fuqarolarning fikrlash, soʻz, eʼtiqod erkinligi
hamda axborot olish, izlash, tarqatish huquqini mustahkamlar ekan, bu erkinlik aslo
konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilmasligi, uning buzilishiga olib kelmasligini
nazarda tutadi. Chunki konstitutsiyaviy tuzum xalq manfaatiga mos keluvchi
tartiblarning Konstitutsiya bilan mustahkamlanishi natijasidir. Konstitutsiyaviy
tuzumning buzilishi ogʻir oqibatlarga, qon toʻkilishlariga olib keladi. Shuning uchun
ham faqat xalq manfaati, konstitutsiyaviy tuzum manfaati yoʻlida baʼzi cheklashlar,
man qilishlar oʻrnatiladi.Yana xavfsizlik nuqtai nazaridan kelib chiqib, erkin fikr
7
yuritish va ifodalash erkinligi davlat va boshqa sirlarga taalluqli boʻlmasligi
belgilangan.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, ushbu moddaning ijtimoiy hayotimizdagi
ahamiyati juda yuqori. Barcha sohalarda rivojlanayotgan va yangilanayotgan
mustaqil Oʻzbekistonimizda barcha fuqarolar fikrlash, soʻz va eʼtiqod erkinligi
huquqiga ega va bu huquqlari Konstitutsiyamizda ham belgilab qoʻyilgan. So‘z va
fikrlash erkinligini huquqiy kafolatlash huquqiy demokratik davlatning ajralmas
qismi hisoblanadi. Yurtimizda Ommaviy axborot vositalari va boshqa axborot
tarqatuvchi turli xil jamiyatlarni manfaatlarini himoya qilish uchun shu yoʻnalishga
oid turli xil normativ-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi fikrimizning yorqin
dalilidir.
Do'stlaringiz bilan baham: