FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI MATEMATIKA YO‘NALISHI 19.04C-GURUH TALABASI NAZIRQULOVA MAFTUNA DAVLATJON QIZINING
“Katta sonlar qonuni.”
mavzusida bajarilgan kurs ishiga
T A Q R I Z
Ish mavzusining dolzarbligi va mazmuni: Mazkur kurs ishida statistik bahoning tushunchalari, nuqtaviy baho va uning ta’riflari hamda ular ustida amallar haqidagi tushunchalar keltirilgan. Shuningdek, Katta sonlar qonuni. mavzusini o’rganishning muhim jihatlarini tahlil qilish ishlari bajarilgan.
Matematik statistika tasodifiy hodisalar yoki jarayonlar haqida shu hodisalarni kuzatish yoki tajribalar natijasida olingan ma’lumotlar asosida umumiy xulosalar chiqaradigan matematik fandir. Bu xulosalar umumiylik xususiyatlariga ega bo‘lib, kuzatilayotgan tasodifiy holatlarning barchasiga taaluqlidir. Matematik statistika ehtimollar nazariyasiga tayangan holda, uning usullari va nazariy hulosalari asosida o‘rganilayotgan obyekt haqida xulosalar chiqaradi. Agarda ehtimollar nazariyasida biz o‘rganayotgan matematik model to‘la-to‘kis berilgan deb hisoblab, bu model bizni qiziqtirayotgan holatlarni o‘rgansak, matematik statistikada biz qandaydir tasodifiy hodisalar natijalaridan kelib chiqqan holda(bular ko‘pchilik hollarda sonlardan iborat bo‘ladi), tasodifiy jarayonlarning matematik modelini tuzishga harakat qilinadi.
Mazkur kurs ishini yaratish bo‘yicha olib borilgan izlanishlar hozirgi davrning dolzarb vazifalaridan hisoblanib, uning ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqish zaruratini keltirib chiqaradi va ushbu tadqiqotning dolzarbligini belgilab beradi.
Ishning bo‘limlariga tavsif: Kurs ishi kirish qismi, 4 ta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlardan iborat. Katta sonlar qonnuni, katta sonlar qonunini bajarilishi uchun zarur va yetarli shart, katta sonlarning kuchaytirilgan qonuni. Katta sonlar qonunini bajarilishiga doir misol va masalalar keltirilgan
Xulosa qismida kurs ishining asosiy natijalari va uning amaliy tadbiqlari bayon qilingan.
Ishning kamchiliklari: Kurs ishida ba’zi kamchiliklarga yo‘l qo‘yilagan. Masalan, imlo xatolariga yo‘l qo‘yilgan. Lekin bu ishning dolzarbligi va talab darajasida loyihalanganligi bois uning mohiyatini yoritib berishda katta kamchilik sifatida qarashga asos bo‘lmaydi.
Xulosa: Ushbu kurs ishni ko‘rib chiqib, shuni ta’kidlab o‘tish lozim deb topaman: mavzuni dolzarbligi, mavzuga mosligi va muallif tomonidan mustaqil fikrlar asosida yaratilganligi, ijodiy yondashuvga erishliganligi, yutuqlari va kamchiliklarini hisobga olib, ta’lab va meyorlar doirasida bajarilganligi uchun Matematika yo`nalishi 19.04C-guruh talabasi nazirqulova Maftuna Davlatjon qizining “Katta sonlar qonuni” mavzusida bajarilgan kurs ishini himoyaga qo‘yishga tavsiya qilaman.
Ilmiy rahbar: Dotsent: Xonqulov U
Do'stlaringiz bilan baham: |