5- MAVZU
Amaliy mashg‘ulot № 5
|
Leksik mavzu: Kasb etikasi
Grammatik mavzu: Annоtatsiya matni, uning tuzilishi va ifоda materialining хususiyatlari.
|
Tа`lim bеrish tеxnоlоgiyasining mоdеli
Talabalar soni: 12-20 ta.
|
Vaqt - 2 soat
|
Mashg‘ulot shakli
|
Testni qo‘llagan holda axborotli mashg‘ulot, savol-javobli suhbat (vizual material), «Kichik guruhlarda ishlash», «fikrlar hujumi» metodlari.
|
Mashg‘ulot rejasi
|
Tashkiliy jarayon. Auditoriyani mashg‘ulotga tayyorlash.
II. Yangi mavzu ustida ishlash:
1) o‘qituvchi so‘zi , yangi mavzuni tushuntirish.
2) mashqlar bajarish.
3) matn ustida ishlash: yangi so‘zlar lug‘atini yozish hamda muhokamasi
4) metod «Kichik guruhlarda ishlash» Savol-javob.
5) o‘rganilgan ma’lumotni test topshiriqlari asosida tizimlashtirish.
|
O‘quv mashg‘uloti maqsadi:
- talabalarning nutqiy faoliyatining barcha ko‘rinishlarini takomillashtirish;
- talabalarni matn bilan tanishtirish;
- Matn mazmunining qisqacha bayoni haqida tushuncha berish;
- talabalar bilimini kengaytirish va chuqurlashtirish;
- talabalarning bor bilimini faollashtirish.
|
Pedagogik vazifalar:
mavzuga doir bilimni shuqurlashtirish va kengaytirish;
isbotlarga asoslangan xulosalar va dalillar o‘rtasidagi farqni tushunishni o‘rgatish
|
O‘quv faoliyati natijalari:
Talabaning vazifasi:
- yangi mavzuni tahlil qilish;
- misollar keltirish va daftarga qayd etib borish;
- yangi va tanish ma’lumotni qiyoslash;
- olingan ma’lumot yuzasidan mulohaza yuritish;
- o‘z lug‘at boyligini boyitish;
- yangi mavzu yuzasidan misollar keltirish;
- yangi so‘zlarni eslab qolish hamda ular ishtirokida jumlalar tuzish.
- o‘qilgan yoki eshitilgan matnni og‘zaki shaklda yetkazish;
- o‘qilgan yoki eshitilganlar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazasini ifodalamoq
|
Ta’lim berish texnikasi va metodlari
|
«Kichik guruhlarda ishlash», «Fikrlar hujumi», prezentatsiya, grafik organayzer
|
Ta’lim vositalari
|
Lazerli proyektor, ma’lumot ta’minoti, marker, qog‘oz varaqalar
|
Ta’lim berish shakllari
|
Frontal, guruhlar bilan ishlash
|
Ta’lim berish sharoiti
|
Texnik vosita va axborot texnologiyalarini qo‘llash mumkin bo‘lgan, guruhlarda ishlashga moslangan auditoriya
|
”Matn mazmunining qisqacha bayoni(rezyume), uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari” аmаliy mаshg‘ulоtning tеxnоlоgik xаritаsi
Ish bosqichlari va etaplari
|
Faoliyat
|
ta’lim beruvchi
|
talaba
|
1-etap.
Tаyyorgаrlik bоsqichi (5 daq.)
|
Amaliy mashg‘ulot rejasi va mavzusini e’lon qiladi (ekranga chiqaradi), asosiy savollarni eslatadi, yangi mavzu ustida ishlash reglamenti va rejalashtirilgan mashg‘ulot natijalari bilan tanishtiradi
|
Eshitishadi, yozib olishadi
|
2-etap.
O‘quv mashg‘ulotiga kirish
(10 daq.)
|
2.1. Taklif qiladi:
(1) berilgan dars mashg‘ulotida fikr nima haqidaligini o‘ylash va javob berish;
(2) ko‘rib chiqilgan hal qiluvchi tushuncha va atamalar izchilligini belgilash (daftarga qayd etish). Blis-so‘rov o‘tkazish.
|
2.1. Javob berishadi. Mavzu yuzasidan savollarni belgilab olishadi.
|
3-etap.
Bilim berish
(55 daq.)
|
3.1. O‘qituvchi so‘zi: Matn mazmunining qisqacha bayoni(rezyume), uning tuzilishi va ifoda materiali.
3.2. Topshiriq beradi: Ta’lim maqsadiga erishish uchun zarur asosiy nutqiy ko‘nikma va malakani shakllantiradi.
- umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus ta’limda negizida olingan bilimlarni to‘ldirish, rivojlantirish; milliy istiqlol g‘oyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ijodiy tafakkurni, yuqori ma’naviyatni hamda ilmiy va ijtimoiy dunyoqarashni shakllantirish.
3.3. Guruhni mayda guruhlarga bo‘ladi va yangi mavzu yuzasidan bilimlarni mustahkamlash uchun «Kichik guruhlarda ishlash» metodini qo‘llashni e’lon qiladi.
|
3.1.Yozib olishadi, muhokama qilishadi, aniqlik kiritishadi, savollar berishadi.
3.2. Juftlikda topshiriqlar bajarishadi: atamalarni daftarga qayd etishadi
(1) Kichik guruhlarda ishlashadi va axborot berishadi.
|
4-etap.
Yakunlash, tahlil va baholash
|
4.1.Xulosa qiladi, faol ishtirokchilarni rag‘batlantiradi, ustunlarni to‘ldirish topshiriqlariga ega bo‘lgan BBB jadvalini tarqatadi.
4.2.Mustaqil ish topshirig‘ini beradi: berilgan mavzularda qisqacha esse tayyorlash: «Yashash joyingiz(shahar, tuman, mahalla) ning tarixiga oid matn tayyorlang».
.
|
4.1. Eshitishadi, yozib olishadi, BBB jadvalini to‘ldirishadi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |