"Kapitalbank" aksiyadorlik tijorat banki O'zbekistondagi birinchi xususiy tijorat banklaridan biridir. 2001-yil aprel oyidan boshlab Bank O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki litsenziyasi asosida muvaffaqiyatli faolyat yurita boshladi. 2004-yilda "Aviabank" (Toshkent sh.) aksiyadorlik tijorat banki bilan birlashgandan so'ng, Bank aksiyadorlik tijorat banki sifatida qayta ro'yxatdan o'tkazildi. 2008-yil dekabr oyida Bank o'zining to'liq -"Kapitalbank" ochiq aksiyadorlik tijorat banki nomi bilan yangi tahrirdagi Nizomni ro'yxatdan o'tkazdi. Bank Markaziy bankning 2014-yil 29-dekabrdagi 69-sonli bank operatsiyalarini oʻtkazish bo'yicha litsenziyasiga, shuningdek, 2014-yil 29-avgustdagi 64-sonli chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun Bosh litsenziyasiga ega.
Bank tarixi
Tashkil etilganidan beri Bank yuqori sur'atlarda rivojlanib, korporativ mijozlarga xizmat ko'rsatish sohasida ham, chakana savdo segmentida ham yuqori o'sishni namoyish etdi.
Vaqt o'tishi bilan innovatsiyalarning qat'iy ro'yxati bankka yangi texnologiyalar hisobiga mahalliy bozorda yetakchi o'rinni egallashga imkon berdi, bu ko'plab mijozlarga sifatli xizmatlar ko'rsatish, xalqaro miqyosda tan olinishga va mamlakatdagi eng ishonchli va moliyaviy barqaror banklardan biri sifatida obro'-e'tibor qozonishga sabab boʻldi.
Ustav kapital miqdori
Банкнинг устав капитали акциядорлар олган банк акцияларининг номинал қийматидан ташкил топиб, Ўзбекистон Республикасининг миллий валютасида ифодаланади ва ўз кредиторлари манфаатларини кафолатлайдиган банк мол-мулкининг энг кам миқдорини белгилайди. Банк оддий акцияларни жойлаштириши шарт, шунингдек имтиёзли акцияларни жойлаштиришга ҳақли. Банкнинг барча акциялари эгаси ёзилган, эмиссион қимматли қоғозлардир. Банкнинг барча турдаги акциялари 950 (тўққиз юз эллик) сўмни ташкил этадиган номинал қийматга эга.
Ustav kapital miqdori
Банкнинг устав капитали 81 700 000 000 (саксон бир миллиард етти юз миллион) сўмни ташкил этади ва қуйидаги акцияларга тақсимланади: эгасининг номи ёзилган оддий акциялар – номинал қиймати 950 (тўққиз юз эллик) сўм бўлган 86 000 000 (саксон олти миллион) дона миқдорда. 22. Банк томонидан устав капиталини кўпайтириш мақсадида чиқарилиши эълон қилинган акцияларнинг суммаси 115 900 000 000 (бир юз ўн беш миллиард тўққиз юз миллион) сўмни ташкил этади, шу жумладан: эгасининг номи ёзилган оддий акциялар – номинал қиймати 950 (тўққиз юз эллик) сўм бўлган 106 000 000 (бир юз олти миллион) дона миқдорда; имтиёзли акциялар – номинал қиймати 950 (тўққиз юз эллик) сўм бўлган 16 000 000 (ўн олти миллион) дона миқдорда.
Ustav kapital miqdori
Банк акцияларини жойлаштиришда уларнинг ҳақини тўлаш фақат пул маблағлари билангина амалга оширилади. Жойлаштирилган имтиёзли акциянинг номинал қиймати банк устав капиталининг 20 (йигирма) фоизидан ошмаслиги керак. 24. Банкнинг устав капитали акциялари номинал қийматини ошириш ёки қўшимча акцияларни жойлаштириш йўли билан кўпайтирилиши мумкин. Банк устав капиталини қўшимча акциялар жойлаштириш йўли билан кўпайтириш ва Банк уставига тегишли ўзгартиришлар киритиш, шунингдек эълон қилинган акцияларнинг энг кўп миқдорини белгилаш ҳақидаги қарор Акциядорларнинг умумий йиғилиши томонидан қабул қилинади.
Kapitalbank yutuq va muvaffaqiyatlari
“Trade award-2013” 2013 yilda a’lo hamkorlik uchun Commerzbank mukofot taqdim etgan
“BankExpo-2014” 2014 yilda har yilgi “BankExpo-2014” ko’rgazmasida “Stendning eng yaxshi dizayni” tanlovida Bank g`olib bo’lgan
“BankExpo-2016” 2016 yilda har yilgi “BankExpo-2016” ko’rgazmasida “Eng innovastion bank” tanlovida Bank g`olib bo’lgan
“Kapitalbank” ATB 2018 yilda XSRIKning eng yaxshi hamkori deb eʼtirof etildi “Kapitalbank” ATB 2018 yilda XSRIKning eng yaxshi hamkori deb eʼtirof etildi
Jamoamiz hayotiga tegishli yoqimli yangilik bilan ulashishga shoshilamiz Kuni kecha “Kapitalbank” poytaxtdagi banklar oʻrtasida oʻtkazilgan suzish boʻyicha spartakiadada ishtirok etdi va faxriy ikkinchi oʻrinni egalladi.
«Kapitalbank» «Uzbekistan Travel» jurnalining arab nashri hamkori sifatida chiqdi "Milliy PR markazi" DUK "Kapitalbank" ATB raisi Alisher Mirzayevga "Uzbekistan Travel" xalqaro sayohat jurnalini tayyorlashda samarali hamkorlik qilgani uchun minnatdorlik bildirdi.
Banklar indeksida "Kapitalbank" birinchi o'rinni saqlab qoldi "Kapitalbank" moliyaviy vositachilik, aktivlar sifati va likvidligi bo'yicha yuqori natijalarni ko'rsatdi, deb hisoblaydi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM).