Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani xtbga qarashli 56 – umumiy o’rta ta’lim maktabida o’tkazilgan yig’ilish bayonnomasi



Download 22,8 Kb.
bet1/2
Sana02.11.2022
Hajmi22,8 Kb.
#859524
  1   2
Bog'liq
2.6 PQ-4436 PQ-2833 mart


Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani XTBga qarashli 56 – umumiy o’rta ta’lim maktabida o’tkazilgan yig’ilish
BAYONNOMASI
3-mart 2021 yil Tinchlik MFY
Yig’ilish raisi: B.Tursunov
Kotib: A.Yuldashev
Qatnashdilar:
Ota - onalar va pedagog xodimlar, maktab ota-onalar qo’mitasi raisi – Q.Abdullayev, MMIBDO’- A.Yuldashev, maktab ruhshunosi – R.Abduraximov.
Ko’riladigan masala

  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 sentyabrdagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-4436-sonli qarorining mazmun mohiyatini o’rganib chiqish, tuman XTBning 2019 yil 17 sentyabr kungi 106-sonli buyrug’ida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash

2.Maktab xuzuridagi “Voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash” ning O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi “Huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2833-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni taxlil qilish

Yig’ilishni maktab direktori B.Tursunov ochib berib, kun tartibidagi masala bilan yig’ilish qatnashchilarini tanishtirib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 sentyabrdagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-4436-sonli qarori, tuman XTBning 2019 yil 17 sentyabr kungi 106-sonli buyrug’ida yig’ilish qatnashchilariga o’qib eshittirdi. Shundan so’ng kun tartibidagi masalalar bo’yicha MMIBDO’ A.Yuldashevga so’z berdi.


A.Yuldashev o’z so’zida mamlakatimizda milliy an’ana va qadriyatlarimizni rivojlantirish, ulug’ alloma ajdodlarimiz ilmiy merosini chuqur o’rganish, yoshlarimizni Vatanga muhabbat, ilm-ma’rifatli, intellektual barkamol avlod etib tarbiyalashga davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi sifatida e’tibor qaratilayotganligi, O’zbekistonning diniy erkinliklar sohasida alohida xavotir uyg’otadigan davlatlar ro’yxatidan chiqarilganligi, BMT Bosh Assambleyasi yalpi majlisida O’zbekiston tomonidan taklif etilgan «Ma’rifat va diniy bag’rikenglik» rezolyusiyasining qabul qilinganligini, shunga qaramay, yurtimizda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga diniy tus berish, soxta g’oyalarni asl diniy qadriyatlar sifatida talqin qilish va aholi orasida nosog’lom aqidani singdirish holatlari kuzatilayotganligini aytib o’tdi. Shuning uchun o’quvchi-yoshlarimizning dunyoviy, ilmiy, axloqiy salohiyatini yuksaltirish, ularda yurt istiqloliga sadoqat, milliy-ma’naviy umumbashariy qadriyatlarga hurmat tuyg’ularini kuchaytirish, jamiyatimizda diniy aqidaparastlikning har qanday ko’rinishlarining oldini olish, o’lkamizda ijtimoiy-ma’naviy va siyosiy muhitni yanada sog’lomlashtirish, huquqiy demokratik davlat asoslarini mustahkamlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 sentyabrdagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-4436-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshiriladigan ishlarni kelishib olish zarur ekanligini ta’kidlab, buning uchun maktab tomonidan davlat idoralari va jamoat tashkilotlari hamkorligida diniy vaziyatni yanada sog’lomlashtirish, millatlararo totuvlikni mustahkamlash bo’yicha chora-tadbirlar rejasini tuzish hamda uning ijrosini ta’minlash, o’quvchilar hamda pedagog-xodimlarining ekstremistik g’oyalar ta’siriga tushib qolishini oldini olish choralarini ko’rish, diniy ekstremistik oqimlar, missionerlik, “ommaviy madaniyat” bilan bog’liq mafkuraviy tahdidlarning oldini olishga qaratilgan targ’ibot tadbirlarini tashkil etish, maktabda diniy-ma’rifiy muhit barqarorligi va e’tiqod erkinligiga tahdid tug’dirishi mumkin bo’lgan omillarni o’rganish, tahlil qilish va ularning oldini olish choralarini ko’rish, shuningdek, ushbu jarayonlarda diniy-ma’rifiy soha vakillarining ishtirokini kengaytirish, «jaholatga qarshi — ma’rifat» degan ulug’vor g’oya asosida dinning asl insonparvarlik mohiyatini, ezgulik, tinchlik va insoniylik kabi fazilatlar azaliy qadriyatlar ifodasi ekanligini targ’ib etish maqsadida imom-xatiblar ishtirokida rejaga muvofiq davra suhbatlari o’tkazib borish dolzarb masalalardan biri ekanligini aytib o’tdi. Shundan so’ng yig’ilish ishtirokchilariga “Mutaassiblar” nomli videorolik namoyish etilib, muhokama qilindi.
Ikkinchi masala yuzasidan Tinchlik MFY profilaktika inspektori N.Dabilov ma’ruza qildi: u o’z nutqida maktab xuzuridagi “Voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengash” faoliyati o’rganilib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi “Huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2833-sonli qarorida belgilangan vazifalar, farzandlarining tarbiyasiga salbiy ta’sir etishning ayanchli oqibatlari, ularning nazoratsiz qolishi jinoyatchilik huquqbuzarlik xolatlarini keltirib chiqarishi haqida tushuntirildi. Shuningdek, o’quvchilarining “Barkamol avlod markazi” ga va maktabdagi fan va sport seksiyalariga jalb etish axvoli o’rganildi va yo’l qo’yilgan kamchiliklarni bartaraf etish va Maktab xuzuridagi “Voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengash” a’zolari o’rtasidagi ish taqsimoti o’qib, tanishtirdi.
huquqbuzarliklarga murosasizlik madaniyatini shakllantirish, huquqiy nigilizmga barham berish va fuqarolarning qonunga itoatkorlik xulq-atvorini ommalashtirishga qaratilgan, shu jumladan ichki ishlar organlari tayanch punktlari, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat idoralari va tashkilotlarida «ochiq eshiklar kuni»ni tashkil etish orqali tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
qonuniylik ahvolini va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo’yicha chora-tadbirlarning samaradorligini atroflicha muhokama qilish uchun joylarda, birinchi navbatda kriminogen vaziyat nomaqbul bo’lgan hududlarda fuqarolarning sayyor qabullarini hamda davlat idoralari va tashkilotlari vakillarining aholi bilan uchrashuvlarini tashkil etish;
ijtimoiy ahamiyati muhim bo’lgan sud muhokamalari bo’yicha sayyor sud majlislarini o’tkazish;
aholi turmushining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini o’rganish, huquqbuzarlik sodir etishga ko’maklashuvchi shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida uyma-uy yurishlarni tashkil etish;
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo’yicha ko’rilayotgan chora-tadbirlar haqida davlat idoralari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
maxsus teleko’rsatuv va radioeshittirishlarda davlat idoralari va tashkilotlari vakillari, jamoatchilik ishtirokida joylarda jinoyatchilik ahvoli, huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlari, jinoyatlarni fosh etish va aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish bo’yicha ishlarning natijalarini muhokama qilish;
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari bo’yicha ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet butunjahon axborot tarmog’ida maqolalar, sharhlar va boshqa materiallar chop etilishini tashkil etish.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo’yicha respublika idoralararo komissiyasi ikki hafta muddatda mas’ul ijrochilarni aniq belgilagan holda, mazkur qaror talablariga muvofiq aniq tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi huquqbuzarliklar profilaktikasi kunlarini o’tkazish bo’yicha namunaviy dasturni tasdiqlasin.


Download 22,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish