6-MAVZU: O‘QUVCHILAR JAMOASI – PEDAGOGIK
JARAYONNING ASOSIY SHAKLI
REJA:
1.
Shaxsning jamoada qaror topishi.
2.
Jamoa
haqida tushuncha
.
3.
O‘quvchilar jamoasi va uning shakllanish bosqichlari
.
4.
Bolalar jamoasining rivojlanish bosqichlari
.
5. Shaxs va jamoa
Tayanch ibora va atamalar
: tarbiya, jamoa, shaxs va jamiyat,
O‘quvchilar jamoasi,
ijtimoiy munosabatlar, umumiy faoliyat.
Ijtimoiy munosabatlar ko‘lamining kengayishi o‘sib kelayotgan avlodni o‘ta
murakkab xususiyatga ega munosabatlar jarayoniga har tomonlama yetuk etib
tayyorlash vazifasini qo‘ymoqda.
Psixologik
, intellektual va fiziologik jihatdan
yetuk
inson hayotiy qarama-qarshilik, xususan, turli buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga
tushib qolish, nosog‘lom turmush kechirish va noqonuniy xatti- harakatlarni sodir
etishdan o‘zini saqlab qola oladi. Shuningdek, shaxsning aqliy salohiyatga egaligi
jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlovchi asosiy omildir. O‘zbekiston
Respublikasida, demokratik va huquqiy jamiyat barpo etilayotgan mavjud sharoitda
yosh avlodning mustaqil va erkin fikrlay olishi ro‘y berayotgan voqeahodisalarga
shaxsiy munosabtini bildirishga imkon beradi. Ijtimoiy borliqda kechayotgan
o‘zgarishlarga nisbatan shaxsiy nuqtai nazarning shakllanishi shaxs faolligini
ko‘rsatuvchi muhim jihatlardan biridir. Qolaversa, mustaqil fikr egasi bo‘lgan shaxs
o‘z imkoniyatlari, qobiliyatini erkin namoyon eta oladi. Muvaffaqiyatli ravishda olib
borilayotgan ta’limiy islohotlarning ham asosiy maqsadi erkin, mustaqil fikriga ega
barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iboratdir.
Bu xususida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni e’tirof
etadi: «Amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy
maqsadi har bir fuqaroning
shaxs sifatida shakllanishi uchun, o‘z qobiliyatini, o‘z talantini ishga solib hayotini
yanada yaxshilashi, ma’nan boyitishi uchun barcha imkoniyatni yaratib berishdan
iboratdir»1.
Komil insonni shakllanirish masalasi barcha davrda, ham muhim ijtimoiy vazifa
sifatida kun tartibiga qo‘yilgan. Xususan, zardushtiylik
dinida komillikning asosi
ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal (harakat)dan iborat ekanligi ta’kidlansa, islom
ta’limoti g‘oyalariga ko‘ra yetuklikning bosh mezoni – ilmlilik, bilimli bo‘lishdir.
Sharq mutafakkirlarining asarlarida ham komil inson qiyofasining yoritilishiga
alohida ahamiyat berilgan. Xususan, Abu Nasr Forobiy komil insonni shakllantirish
va fozil jamoa (etuk jamiyat)ni shakllantirish tarbiyaning bir butun, yaxlit ikki
yo‘nalishi ekanligiga urg‘u beradi. Allomaning fikricha, fozil jamiyat komil inson
sa’yi-harakati bilan barpo etilishi mumkin. Shu bois mamlakatni boshqaruvchi shaxs
o‘zida eng oliy insoniy fazilatlarni mujassam eta olishi zarur, deb hisoblaydi. «Aql
to‘g‘risidagi» risolasida Abu Nasr Forobiy rahbar shaxs qiyofasida namoyon
bo‘lishi lozim bo‘lgan o‘n ikki fazilatni keltirib o‘tadi.
Bizning fikrimizcha
, mazkur
fazilatlar har bir zamonaviy shaxsda o‘z
aksini topa olishi kerak, zero, ular inson
hayotini mo‘tadil kechishi hamda muayyan kasbiy faoliyatlarni tashkil etishda
muvaffaqiyatlarga erishishni kafolatlaydi.Abu Rayhon Beruniy ham komillikning
asosini ilmli bo‘lishda deb hisoblaydi va barcha illatlarning asosiy sababi
ilmsizlikdir, deya urg‘u beradi. Allomaning fikricha, axloqiylik, to‘g‘rilik, odillik,
tadbirkorlik, o‘zini
vazmin tutish, kamtarlik, insof, ehtiyotkorlik,
shuningdek
,
aadolatli va vijdonli bo‘lish komil inson qiyofasida aks etishi zarur bo‘lgan eng
asosiy sifatlardir.Abu Ali ibn Sino ham kamolotga erishishning birinchi mezon
sifatida bilimli bo‘lishni alohida qayd etadi. Bilimli insonning adolatli bo‘lishi esa
uning yanada yuksalishini ta’minlaydi, deya baholab alloma, adolatni ruhiy lazzat
(ruhiy xotirjamlik)ning muhim ko‘rsatkichi ekanligini uqtiradi.Alisher Navoiy
asarlarida komil inson muammosi markaziy o‘rinni egallaydi va o‘z orzusidagi
komil inson shaxsini asarlarining qahramonlari timsolida gavdalantirishga urinadi.
Mutafakkir qarashlarida komil inson quyidagi sifatlarga ega bo‘lishi
borasidagi
g‘oya ilgari suriladi: aqlli, axloqli, bilimli, ijodkor, qobiliyatli, dono, kamtar,
insonparvar, saxovatli, sabr-qanoatli, adolatli,
muruvvatli, sog‘lom, jismonan
baquvvat, mard va jasur1.Abdulla Avloniy komil insonni tarbiyalash borasidagi
qarashlari bilan Sharq mutafakkirlarining
fikrlarini boyitar ekan
,
komil inson
qiyofasida, yana shuningdek, vatanparvarlik, hamda intizomlilik sifatlari ham
namoyon bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi. Alloma millat taqdirining jonkuyari sifatida
milliy til taraqqiyoti jamiyat ma’naviy rivojini ta’minlovchi asosiy omil, deya
baholaydi.