JANOZA NAMOZI
Niyat: «Alloh rizoligi uchun janoza namozini o'qishni niyat qildim. Ushbu imomga iqtido qildim».
Imom bilan birga takbir tushirilgach,
Sano duosi o'qiladi: «Subhanakallohumma va bihamdik. Va tabarokasmuk va taa'la jadduk va la ilaha g'oyruk».
So'ng imom ovoz chiqarib, «Allohu akbar» deb takbir aytadi. Bu takbirda qo'llar ko'tarilmaydi.
Qovushtirilgan holida «Salovot» duosi o'qiladi. Allohumma solli ‘ala Muhammadiv-va ‘ala ali Muhammad. Kama sollayta ‘ala Ibrohima va ‘ala ali Ibrohim. Innaka hamidum-majid. Allohumma barik ‘ala Muhammadiv-va ‘ala ali Muhammad. Kama barokta ‘ala Ibrohima va ‘ala ali Ibrohim. Innaka hamidum-majid.
Yana qo'lni ko'tarmasdan «Allohu akbar» deb takbir aytiladi va janoza duosi o'qiladi.
Allohummag'fir lihayyina va mayyitina va shahidina va g'oibina va sog'iyrina va kabiyrina va zakarina va unsana. Allohumma man ahyaytahu minna faahyihi 'alal Islam. Va man tavaffaytu minna fatavaffahu 'alal iyman.
Duodan so'ng yana qo'llar qovushtirilgan holda
«Allohu akbar», deyilib, o'ng va chap tomonlarga salom beriladi.
JANOZA DUOLARI
Har bir janozada dastlab quyidagi duo o'qiladi:
Allohummag'fir lihayyina va mayyitina va shahidina va g'oibina va sog'iyrina va kabiyrina va zakarina va unsana. Allohumma man ahyaytahu minna faahyihi 'alal Islam. Va man tavaffaytu minna fatavaffahu 'alal iyman.
Ma'nosi:
«Ey Rabbim! Tirigimizni va o'ligimizni, bu yerda bo'lganlarni va bo'lmaganlarni, kichiklarimizni va kattalarimizni, erkak va ayollarimizni kechirgin. Allohim, Bizdan tug'ilajak yangi nasllarni Islom dinida dunyoga keltir. Ajali yetib hayotdan ko'z yumadiganlarning jonlarini imonli hollarida olgin».
Janozasi o'qilayotgan mayyit balog'atga yetmagan o'g'il bola bo'lsa, mana bu duo o'qiladi:
Allohummaj'alhu lana farotav-vaj'al hu lana ajrov-va zuxrov-vaj'alhu lana shafi'am-mushaffa'an.
Mazmuni:
«Allohim! Bu bolani jannatda bizni qarshilab oluvchi va oxirat armug'oni qil... Allohim! Bu bolani biz uchun shafoatchi qil va shafoatini maqbul ayla».
Janoza balog'atga yetmagan qiz bola uchun o'qilayotgan bo'lsa, quyidagi duo o'qiladi:
Allohummaj'alha lana farotav-vaj-'alha lana ajrov-va zuxrov-vaj'alha lana shafi'atam-mushaffa'ah.
Ma'nosi: Allohim! Shu qiz bolani jannatda bizni qarshilab oluvchi va oxirat armug'oni qil... Allohim! Bu qizni biz uchun shafoatchi qil va shafoatini maqbul ayla.
Bu duolarni bilmaganlar «Allohummag'fir liy va lahu va lil-mu'miniyna val mu'minat».
Ya'ni, Allohim, meni va uni, erkak va ayol barcha imon keltirganlarni mag'firat ayla», deya duo qilsalar yoki «Robbana...» duosini o'qisalar ham bo'ladi.
Janoza namozining boshlanishiga ulgurmagan kishi jamoatga tezda qo'shilib iftitoh takbirini aytadi va imomga iqtido qiladi. Imom salom berganidan keyin, lekin hali tobut ko'tarilmasdan avval qolgan takbirlarni o'zi aytadi.
Tushgan, o'lik tug'ilgan bolaga janoza o'qilmaydi. Bir ism qo'yilib yuviladi va matoga o'rab, ko'miladi. Tirik tug'ilib o'lgan bola yuvilib, janozasi o'qiladi.
«Subhana robbika robbil ‘izzati ‘amma yasifun va salamun ‘alal mursaliyn valhamdu lillahi robbil ‘alamiyn»(Ma’nosi: Izzat egasi bo’lgan Parvardigoringiz ular sifatlayotgan narsadan pokdir. Barcha payg’ambarlarga salom bo’lsin, olamlarning Rabbiga hamd bo’lsin.)
«Inna lillahi va inna ilayhi roji'un» (ya'ni, «Biz Allohnikimiz va albatta Unga qaytajakmiz»)
Salom alekum men arz yoki shikoyat qilmoqchi emasman taklifmi murojatmi bilmadim
Mazmuni shundaki men Samarqand viloyati Pastdarg'om tumani XTB ga qarashli 50 47 maktablarda informatika fani o'qituvchisiman 50 maktabda 10 soat darsim asosiy ish joyim 47 maktabda 11 soat darsim bn o'rindoshman to'liq oy ishlasam bayram ta'tillarsiz 1800000so'mlar bo'ladi nolimayman ollohga shukur. Masalaning 2 tamoni oilaliman 2 nafar farzandim bor oladigan pulim bir oyga ummuman yetmaydi oylik xarajatlar kamunal to'lovlar issiq jondi isitmasi bor deganday kichkina bolam 3 oylik ozgina yuragida muammosi bor ollohga shukur davolanayapmiz xullas iste'mol savatchasi ishlab chiqiladimi jarimalar oylikka nisbatan oylik olish un bir oy ishlab xarajat kunlik 20 ming 30 ming xarajati bor, men shikoyat qilmoqchi emasman shu masalada nima deysiz oylikni turmush darajasidan kelib chiqib belgilansa
Do'stlaringiz bilan baham: |