Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi



Download 74 Kb.
Sana08.09.2017
Hajmi74 Kb.
#19731

Aim.uz

Davlat va huquq asoslari fanidan test savollari. 8-sinflar uchun. ( I variant )
1.”Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi” qachon qabul qilingan?

A.1990-yil 20- iyunda. B. 1991-yil 31- avgustda.

C. 1995-yil 13-mayda. D. 1997-yil 29-avgustda.

2.”Davlat o’z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko’zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi” deya ta’kidlangan jumla qaysi manbadan olingan?

A.”Mamlakatimizda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish” konsepsiyasidan.

B.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan.

C.”Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch” asaridan.

D.”O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonadisa” asaridan.

3. Muayyan hududda yashovchi ,o’z ehtiyoj va manfaatlariga ko’ra birlashgan kishilarning ma’lum tarzda tashkil topgan jamoasi ……………. deyiladi.

A.Urug’. B.Jamiyat. S. Oila. D.Davlat.

4.Fuqarolar burchi Konstitutsiyamizning nechanchi bobida belgilangan?

A.XI bobda B.XII bobda C.X bobda D.VIII bobda.

5.Quyidagi qaysi allomamiz - tilshunos, musiqashunos,yozuvchi va shoir sifatlari bilan ulug’langan?

A.Abu Rayhon Beruniy. B.Abu Nosir Farobiy C.Abu Ali ibn Sino d.Amir Temur.

6.. Hokimiyat ustida turgan siyosiy kuchlarning davlatni boshqarishdagi qo’llaydigan usullari va uslublarining yaxlit tizimi qanday nomlanadi?

A.Davlat mexanizmi B. Tuzilish shakli S. Siyosiy tartibot. D.Huquq.

7. Federativ davlat sub’yektlarini toping.

A.Qishloq, ovul, mahalla. B.Shtat, respublika. o’lka, amirlik

S.viloyat,tuman, shahar,qishloq,ovul . D.A.B,S javob to’g’ri.

8. Qonunga muvofiq ravishda o’z tizimiga ijtimoiy hayotning muayyan sohasini boshqarish bo’yicha aniq belgilangan vakolatga ega bo’lgan davlat idorasi yoki muassasasi- bu ……….

A.Davlat shakllari. B.Huquq tizimi. S. Davlat organi D.Davlat mexanizmi

9.Qaysi qonun talabi faqat O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga tegishli?

A.”Saylov to’g’risidagi” qonun. B.”Ta’lim to’g’risidagi” qonun.

C.”Sudlar to’g’risidagi” qonun D.”Fuqarolik to’g’risidagi” qonun

10. Podshohlar o’zlarini adolat bilan bezatishlari kerak, xalq bunday podshoga ehtirom ko’rsatishi zarur.Ushbu so’zlar kimga tegishli?

A.Amir Temur B.Abu Rayhon Beruniy

C.Muhammad Kamol Pilav. D.Abdulloh Muqni

11.Bevosita demokratiya qanday amalga oshiriladi?

A.Miting va namoyishlar orqali B.Referendum va saylovlar orqali

C.Parlament va kasaba uyushmalari orqali D.Prezident saylovi orqali.

12.Quyidagi qaysi organ hujjatlari ushbu organ tizimidan tashqarida vujudga keluvchi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi?

A.Adliya vazirligi,Moliya vazirligi, Markaziy bank

B.Moliya vazirligi, Xalq ta’lim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi.

C.Adliya vazirligi , Sog’liqni saqlash vazirligi.

D.Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Xalq ta’lim vazirligi.

13.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida o’lim jazosini bekor qilish to’g’risida”gi Farmoni qachon qabul qilingan?

A.2006-yil 18-noyabrda B.2004-yil 10-dekabrda

C.2005 yil 1-avgustda. D.2008-yil 1-yanvarda

14.Jinoyat kodeksining nechanchi moddasiga binoan quyidagi jazolar -jarima,axloq tuzatish ishlari,intizomiy qismga jo’natish, ozodlikdan mahrum qilish belgilangan?

A.55-moddasida B.43-moddasida C.17-moddasida D.97-moddasida.

15. ________ bu turdagi jazo 16 yoshga to’lgan voyaga yetmaganlarga bir oydan uch oygacha belgilanadi?

A.Jarima. B.Qamoq C.Axloq tuzatish ishlari. D.Ozodlikdan mahrum qilish.

16.Mehnat qonunchiligiga ko’ra ish vaqti 15 yoshdan 16 yoshgacha bo’lgan bolalarga haftasiga necha soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi?

A.34 soatdan B.36 soatdan C.24 soatdan D.20 soatdan.

17.O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 77- moddasiga binoan ishga qabul qilishga necha yoshdan ruxsat beriladi?

A. 14 yoshdan B.15 yoshdan C.16 yoshdan D.18 yoshdan.

18. Tinchlik va osoyishtalik uchun kurash –davlat funksiyasining qaysi turiga xos?

A. Xavfsizlik . B. Ijtimoiy S. Ichki .D tashqi

19.Quyidagi javoblar orasidan parlamentar respublikaga yaqqol misol bo’ladigan davlatni toping?

A.Braziliya B.Meksika C.Germaniya D.Norvegiya.

20.O’zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o’z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Ushbu jumla Konstitutsiyamizning qaysi moddasidan olingan?

A.37-modda. B.32-modda C.42-modda D.52-modda

21.Farobiyning mashhur ”Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi” asari nomi to’g’ri berilgan javobni toping?

A.”Kitob fin-navomis” B.”Kitob al-madxal ilal mantiq”

C.”Kitob fi ihso al-ulum va at-ta’rif” D.” Kitob as-sifat al-fazila”

22.Qaysi so’zning ma’nosi yunonchada faraz qilish, fikr yuritish degan ma’noni bildiradi?

A.Gipoteza B.Sanksiya C.Dispozitsiya D.Norma.

23.Eksternat nima?

A.Jabr-zulmdan, qaramlikdan, xurofotdan qutulish,teng huquqlikka erishish.

B.O’quv yurtida bevosita o’qimagan shaxslar uchun o’quv kursi bo’yicha imtihonlarni topshirish uchun belgilangan tartib.

C.Huquqbuzarga nisbatan davlat tomonidan qo’llaniladigan ehtiyot chorasi.

D.Biror voqea, hodisa yoki mavjud holatni tasdiqlash ,unga guvohlik berish maqsadida bir necha kishilar tomonidan tuzilgan hujjat.

24.Ayrim shaxslar o’rtasida vujudga keladigan va huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy ………………….

A.Huquq tizimi. B.Huquqiy odat

C.Huquqiy munosabat. D.Qonunchilik.

25.Javoblar orasidan Konstitutsiyamizning 112-moddasi berilgan qatorni toping?

A.Hamma sudlarda ishlar ochiq ko’riladi.

B.Ayblanuvchilar himoyalanish huquqi bilan ta’minlanadilar.

C.Konstitutsiyaviy sud qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko’radi.

D.Sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga bo’ysunadilar.

26.Amir Temur davlati boshqaruvi tizimi islom qonun-qoidalari tizimiga asoslangan.Kimlar shaxsan Amir Temurning o’ziga hisobot berib turganlar?

A.Shahzodalar B.Qozilar C.Lashkarboshilar. d.Hamma javoblar to’g’ri.

27.Dastlabki bosqichda davlat boshqaruvi nimaga asoslangan?

A.Demokratiyaga B. Majburlash usuliga

C.Oqsaqollar kengasiga D.Qabila boshliqlarining qarorlariga.

28.O’zbekiston xalqi nomidan kim ish olib borishga haqli?

A.Prezident B.Oliy Majlis. C.Senat D.Oliy Majlis va Prezident.

29.Amir Temur davlatida xizmatchilar qozisi qaysi sudni boshqargan?

A.Fuqarolik sudi B.Shariat sudi C.Harbiy sud D.Amaldorlar sudi

30.O’zbekistonda sud ishlarini yuritish o’zbek tilida,qoraqalpog’ tilida ko’pchilik aholi so’zlashadigan tilda olib boriladi? Nechanchi moddadan olingan?

A.115- modda B.111-modda C.123-modda D.127-modda.

31.Jamiyat uchun xavfli bo’lgan qilmish….

32. Davlat boshqaruv shakli deganda nimani tushunasiz? 33.Davlat boshlig’i - Prezidentning birlamchi vakolatiga nima misol bo’ladi?

34. Umumiy hudud, oliy qonun chiqaruvchi organ,Vazirlar Mahkamasi, Oliy sud,2 palatali parlament- ushbu belgilar qaysi tuzilishdagi davlatga xos?.

35.Hukumat – so’zlovchi qonun, qonun esa gung hukumatdir.Ushbu so’zlar kimga tegishli?

36.Konstitutsiyamizning III-bo’limi nimaga bag’ishlanadi?

37.O’zbekistonning eng birinchi huquq manbalari bu………………

38.Vazirlar Mahkamasi vakolatlari Konstitutsiyaning qaysi moddasida berilgan?

39.Bitim, ko’p tomonlama xalqaro shartnoma turlaridan biri.

40.Davlat notarial idoralari qaysi hududda tashkil topadi?



Davlat va huquq asoslari fanidan test savollari. 8-sinflar uchun. ( II variant )
1. Mahalla O’zbekistonda fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarishning ……. modelidir.

A. Ijtimoiy B. Siyosiy S.Tarkibiy D. O’ziga xos

2.Prezidentimiz Islom Karimov ta’biri bilan aytganda ” Yuksak huquqiy madaniyat….davom ettirng

A.huquqiy ong bilan birga shakllanib rivojlanadi

B.demokratik jamiyat poydevori va huquq tizimining yetuklik ko’rsatkichidir.

C.fuqarolarning o’z haq-huquqlarini huquqiy ongiga tayangan holda o’zgalar manfaatiga zid kelmaydigan tarzda amalga oshirish.

D.insonning o’z ma’rifat va ma’naviyat darajasiga tayanib jamiyatda amal qilayotgan huquqiy normalarning mazmunini tushunishidir.

3 . O’zbekistonda qaysi organ davlat hokimiyatining oliy vakillik organi hisoblanadi?



A. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti B. Oliy Majlis.

S. Vazirlar Mahkamasi. D. O’zbekiston Respublikasi Oliy Sudi.

4. Davlatni huquqqa bo’lgan munosabatiga qarab………davlatga ajratamiz.

A.Etatik, qonuniy va huquqiy. B.Huquqiy, etatik va fuqaroviy

S.Huquqiy, etatik va oraliq D.Demokratik, nodemokratik.

5.”Davlat inson manfaatlari va huquqlari,uning tinch-totuv hayoti va kelajagini tashkil etish va himoyalash kabi ulug’vor maqsadlarga xizmat qiluvchi tashkilotdir”.Ushbu so’zlar kimga tegishli?

A.Abu Ali ibn Sino B.Abu Nasr Forobiy S.Amir Temur D.Islom Karimov

6.Davlatlarning tashkil topishi bu-

A.Hozirgi zamonaviy ma’nodagi davlat ko’rinishlari shakllana boshladi.

B.Ibtidoiy jamoa tuzumidan sivilizatsiya tomon burilishi edi.

C.Jamiyat boshqaruvchilar va boshqariluvchilarga bo’lina boshladi.

D.Qabila ishlarini boshqarilishini osonlashtirdi.

7.Markaziy Osiyo hududida ilk davlat uyushmalari qachon paydo bo’ldi?

A.Mil.av. I ming yillik boshlarida. B.Mil.av.IV-III ming yilliklarda.

C.Mil.av.VII-VI asrlarda D.Mil.av. I ming yillikni birinchi yarmida.

8.Yurtboshimiz kimga “Tengsiz azm-u shijoat,mardlik va donishmandlik ramzi bo’lgan bu mumtoz siymo” deya ta’rif beradilar.

A.Alisher Navoiyga B.Amir Temurga.

C.Abu Nosir Farobiyga D.Abu Ali ibn Sinoga.

9.Javoblar orasidan cheklangan monarxiyaga misol bo’ladigan davlatni toping?

A.Irlandiya. B.Meksika C.Daniya D.Portugaliya.

10.Ijtimoiy hayotda fikrlar xilma-xilligi nima deyiladi?

A.Nulifikatsiya B.Pluralizm. C.Muxolifat D.Liberallashtirish.

11.Davlat boshqarishini amalga oshirish maxsus idoralar tomonidan amalga oshiriladi bu idoralar huquqshunoslik fanida…………….deyiladi?

A.Davlat organlari. B.Davlat mexanizmi.

C.davlat tuzilish shakllari. D.davlatning shakllari

12.O’zbekiston Respublikasi huquq-tartibot va xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha yetakchi besh mamlakat qatoridan o’rin olganligi ma’lum.O’zbekiston davlatidan oldinda turuvchi ikki davlatni ko’rsating?

A. Daniya,Yaponiya. B.Singapur, Gankong.

C.Yaponiya,Singapur D.Daniya, Gankong

13.Quyidagi qaysi allomamiz 973-1048 yillar yashab o’tgan?

A.Abu Rayhon Beruniy B.Abu Nosir Farobiy.

C.Abu Ali ibn Sino. D. Ahmad al- Farg’oniy.

14.Davlatchiligimiz tarixida birinchi marta “mahalla” tushunchasi qaysi manbaga kiritilgan?

A.”Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch” asarida. B.Temur Tuzuklarida.

C.Konstitutsiyamizda D.O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida

15.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti egallab turgan Vazirlar Mahkamasi lavozimi qachon tugatildi?

A.2007 yil B.2008 yil C.2009 yil D.2010 yil.

16.Davlat va boshqa organlar tomonidan bajarilgan muommolar uchun undiriladigan pul yig’imi bu…………

A.Replika B.Poshlina C. Penya D.Sanksiya

17. Quyidagi qaysi organ hujjatlari ushbu organ tizimidan tashqarida vujudga keluvchi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi?

A.Adliya vazirligi,Moliya vazirligi, Markaziy bank

B.Moliya vazirligi, Xalq ta’lim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi.

C.Adliya vazirligi , Sog’liqni saqlash vazirligi.

D.Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Xalq ta’lim vazirligi.

18.Amir Temur davlatida shahar va viloyat aholisi qanday sud qilingan?

A.Fuqarolik sudi va shariat sudi bo’yicha B.Jinoyat va fuqarolar ishi bo’yicha

C.Temur tuzuklariga asoslanib D.Harbiy va fuqarolik sudlari bo’yicha.

19.Sudlar faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash , sud tizimi uchun kadrlar masalalari bilan shug’ullanish vazifasi qaysi vazirlik vakolatidan chiqarildi?

A.Adliya vazirligi B.Ichki ishlar vazirligi.

C.Moliya vazirligi D.Milliy xavfsizlik xizmatining.

20.Yuridik masalalar bo’yicha maslahatlar berish va tushuntirish,qonunlar bo’yicha og’zaki va yozma ma’lumotlar berish, qaysi lavozim egalariga tegishli?

A.Notariuslar B.Advokatlar C.Yuristlar D.Sudyalar.

21.Ushbu jumla quyidagi qaysi allomamiz haqida aytilgan? ”U o’rta asrlardagi ilmlarning ilk tasnifchilaridan biri edi ”.

A.Abu Nosir Farobiy B.Abu Ali ibn Sino C.Abu Rayhon Beruniy. D.Amir Temur.

22.Lotin tilidan olingan bo’lib , bayon qilish degan ma’noni anglatadiga so’zni toping?

A.Dispozitsiya B.Gipoteza C.Sanksiya D.Norma.

23.Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzish,harbiy va pasportni ro’yxatdan o’tkazish qoidalarini buzish, huquqbuzarlikning qaysi guruhiga misol bo’ladi?

A.Intizomiy B.Ma’muriy C.Jinoiy D.Fuqarolik .

24.Quyidagilardan ma’muriy javobgarlik turini ko’rsating.

A.Jarima, muayyan huquqdan mahrum qilish,haqini to’lash sharti bilan ashyoni olib qo’yish.

B.Jarima,muayyan huquqdan mahrum qilish,axloq tuzatish ishlari,xizmat vazifasini cheklash

C.Hayfsan, jarima yoki jazo. D.Jarima, ozodlikdan mahrum qilish.

25.Mayda maishiy bitimlarni tuzish uchun voyaga yetmaganlar necha yoshda bo’lishlari kerak?

A.14-18 yoshgacha B.6-14 yoshgacha C.faqat 16 yoshgacha D.15-18 yoshgacha

26.Voyaga yetmaganlarga bu jazo turi bir oydan bir yilgacha muddatga tayinlanadi……….

A.Qamoq B.Axloq tuzatish ishlari C.Ozodlikdan mahrum qilish. Jarima.

27.Nulifikatsiya qilish nima?

A.Qonun hujjatlarini e’tirof etmaslik yoki qo’llamaslik B Fikrlar xilma-xilligi.

C.Partiyalar o’rtasidagi sog’lom raqobat. D. Hamma sohada huquq tizimini joriy qilish

28.Transport vositasini olib qochganlari uchun shaxslar necha yoshdan javobgarlikka tortiladi?

A.15 yoshdan B.16 yoshdan C.18 yoshdan D. 14 yoshdan

29.O’zbekistonda mahallalar soni qanchadan ortiqni tashkil etadi?

A. 5200 dan ziyod B.10 mingdan ortiq C.15 mingdan ortiq D. 13 mingdan ortiq

30.Qadimgi Xorazm va Baqtriya davlatlari uyushmasi-ittifoqi hududiga qaysi yerlar kirgan?

A.Sirdaryodan shimoliy Afg’onistongacha bo’lgan yerlar.

B.Sirdaryodan janubiy Afg’onistongacha bo’lgan yerlar.

C.Sirdaryodan O’rta Afg’onistongacha bo’lgan yerlar.

D.Sirdaryodan Shimoliy va O’rta Afg’onistongacha bo’lgan yerlar

31.Huquqiy javobgarlikning ikki turi farqlanadi, bular qaysilar?

32.Tenglik, turli davlatlarning pul birligi yoki og’irlik o’lchovlaridagi mutanosiblik.

33.”Advokatura to’g’risida”gi qonun qachon qabul qilingan?

34.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yangi maqomi Konstitutsiyamizning nechanchi moddasida berilgan?

35. Davlat tomonidan belgilanadigan, kafolatlanadigan va muhofaza qilinadigan barcha uchun majburiy xulq atvor qoidalari nima deyiladi?

36. Huquqqa zidlik nima?

37. O’zbekistonda o’zini-o’zi boshqarish organi bu…………

38. Konstitutsiyamizning IV bo’limi nimaga bag’ishlanadi?

39………… huquqiy munosabatlarning obyekti hisoblanadi.

40.Hokimlar o’z ishlarini amalga oshirishlarida faylasuflarning qonunlariga amal qilishi kerakligini qaysi allomamiz o’z asarida aytib o’tgan?



Aim.uz


Download 74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish