KAZUSLAR:
Italiya va Rossiya firmalari o’rtasidagi shartnomaga ko’ra, Italiya firmasiga
tegishli vino ichimligini Rossiya federatsiyasi bo’ylab tarqatish majburiyatini
oladi. Tomonlarning kelishuviga asosan Rossiya Italiya vinolarini tarqatish
bo’yicha mutlaq huquqqa ega bo’lib, har sotilgan tovardan 25% miqdorida ustama
haqqi olish huquqini qo’lga kiritadi. Nizo kelib chiqqan vaziyatda tomonlar adhoc
arbitrajiga murojat qilishga kelishilgan edi, lekin qaysi huquqni qo’llash
tanlanmagan edi. Nizo kelib chiqqan vaziyatda shartnomaga asosan Rossiya
tashkiloti Federatsiya Savdo-sanoat palatasi huzuridagi xalqaro tijorat arbitraj
sudiga (XTAS) murojat qildi. Rossiya tashkiloti qo’llanilishi lozim bo’lgan huquq
sifatida 1980-yilda Vena konvensiyasining normalarini ko’rsatib o’tdi. Italiya
firmasi ushbu arbitraj sudiga o’z etirozlarini yozma tarzda bildirdi. Sababi
shartnomada adhoc sudiga murojat qilinishi lozimligi ko’rsatilgan bo’lib, sud
milliy va xalqaro normativ huquqiy hujjatlar asosida olib borilishi lozimligini
ko’rsatdi. XTAS Italiya va Rossiya firmalari o’rtasidagi nizolarni ko’rishga
vakolatli emasligini takidladi. Undan tashqari ikki davlat o’rtasidagi shartnoma
ingliz va italiya tillarida tuzilganligini, nizo kelib chiqqan payt ingliz tilidagi
matnga e’tibor qaratish lozimligi to’g’risida kelishilganligini, shartnomada FOB-
Italiya porti qoidalari tanlangan.
Vaziyatga huquqiy baho bering ! Italiya firmasi etirozlari o’rinlimi ? Fikringizni
huquqiy asoslang ! XTAS harakatlariga huquqiy baho bering ! Vujudga kelgan
arbitrajga tegishlilik masalasini xalqaro hujjatlar asosida oydinlik kiriting ! Usgbu
holatda taraflar uchun eng qulay arbitraj shakli qaysi ?
Hozirgi kunda taraqqiyotning shiddat bilan rivojlanishi va dunyo davlatlari va
mintaqalari o’rtasidagi munosabatlarning toboro globallashuvi afzalliklar keltirib
chiqarish bilan birga bir qancha yuqoridagi kabi muammolarni ham yuzaga
keltirmoqda.
Xalqaro tijorat arbitraji (XTA) asosan tashqi iqtisodiy faoliyat jarayonida
vujudga keladigan chet el elementi bilan murakkablashgan fuqarolik nizolarini hal
qilish uchun yaratilgan maxsus institut hisoblanadi. Ko’pchilik olimlar XTA ni
faqat hakamlik sudi sifatida belgilaydi, ba’zi mutaxassislar esa uni tijorat
nizolarini hal qilish uchun nodavlat protsedura ko’rinishidagi sud deya e’tirof
etadilar.
To’g’ridan ro’gri savolga yuzlanadigan bo’lsak, Rossiya va Italiya
davlatlarining firmalari o’zlarining shartnomalarida belgilab qo’yilgan huquq va
majburiyatlarini bir tomonlama bajarilmasligini kuzatishimiz mumkin, ya’ni
Rossiyada joylashgan firma o’zining vino mahsulotlarini o’z vaqtida yetkazib
berish majburiyatini qo’pol ravishda buzgan. Shunga o’xshash holatlar uchun ular
muammoga yechim topish maqsadida ad hoc arbitrajiga murojat qilishni kelishib
olishgan. Adhoc arbitraji o’zi nima ? Ushbu turdagi arbitraj shakl jihatdan
istitutsional arbitraj sudlaridan farq qiladi. Arbitrajning bu turida Arbitrajning aniq
reglamenti bo’lmaydi va vujudga keltiruvchilarning talabi asosida faoliyat
yuritadi
1
. Bizning fikrimizcha esa, and hoc shaklidagi arbitrajning 3 ta farq
qiluvchi belgilari bor. Bular: doimiy faoliyat ko’rsatmasligi, tomonlarning irodasi
bilangina vujudga kelishi va faoliyat doirasining cheklanganligi bilan farq qiladi.
Yuqorida esa Rossiya hududida joylashgan firma shartnoma shartlariga amal
qilmay mazkur muammo yuzasidan Rossiya tashkiloti Federatsiya Savdo-sanoat
palatasi huzuridagi xalqaro tijorat arbitraj sudiga murojat qilgan. Bu yerda esa,
Rossiya firmasining ikkinchi marta shartnoma shartlarini buzayotganligi
kuzatiladi. Ularning ushbu harakati esa vaziyatni yanada chigallashtiradi. Chunki
UNICTRAL arbitration rules ( Umumiy yunistrial qoidalar) ga asosan
shartnomada kelib chiqadigan nizo uchun shartnomada belgilangan qoidalarni
qo’llash belgilangan. Ya’ni arbitraj olib boriladigan joyagarda shartnomada
belgilanmagan bo’lsa arbitraj tomonidan eng maqbul joy tanlab olinishi qoida
tariqasida kiritilgan
2
“If the parties have not previously agreed on the place of
arbitration, the place of arbitration shall be determined by the arbitral tribunal
having regard to the circumstances of the case. The award shall be deemed to have
1
Rustambekov.I.R “Международный комерческий арбитраж”- O’quv darslik-Tashkent-2018, 20,21-betlar.
2
UNCITRAL Arbitration Rule (as revised in 2010) article-18.
been made at the place of arbitration”. Olib boriladigan sud protsedurasi
yuritiladigan til esa, arbitraj kelishuvida ko’rsatilmagan taqdirda ishni olib borish
arbitraj tomonidan shartnoma matni tuzilgan til yoki maqbul tilni tanlash orqali
olib borishi lozimligi belgilangan
3
“Subject to an agreement by the parties, the
arbitral tribunal shall, promptly after its appointment, determine the language or
languages to be used in the proceedings. This determination shall apply to the
statement of claim, the statement of defence, and any further written statements
and, if oral hearings take place, to the language or languages to be used in such
hearings”. Qo’llaniladigan huquqda esa bir qancha tafovutlar mavjud. Deyarli
barcha institutsional arbitrajlar agarda taraflar tomonidan qo’llaniladigan huquq
belgilanmasa, ko’p hollarda o’zi joylashgan joy huquqini yoki nizo kelib chiqqan
makon qonunchiligini qo’llaydilar. Bunga misolqilib Gong Kong xalqaro tijorat
arbitraji va London xalqaro tijorat arbitrajini misol qilib keltirish mumkin. “The
arbitral tribunal shall apply the rules of
law
designated by the parties as applicable
to the substance of the dispute. Failing such designation by the parties, the arbitral
tribunal shall apply the law which it determines to be appropriate. The arbitral
tribunal shall decide as amiable compositeur or ex aequo et bono only if the
parties have expressly authorized the arbitral tribunal to do so. In all cases, the
arbitral tribunal shall decide in accordance with the terms of the contract, if any,
and shall take into account any usage of trade applicable to the transaction”. FOB-
Italia port qoidalariga keladigan bo’lsak, yetkazib berilgan tovarlar uchun
javobgarlik qabul qiluvchining zimmasiga yuklatiladi degan ma’no beradi.
Yuqoridagi holatga tegishli jihati esa, Italiya kompaniyasi Rossiya kompaniyasiga
nisbatan da’vogar darajasiga ko’tariladi.“The Seller delivers the goods to the
buyer on board the vessel nominated by the buyer, cleared for export, at the
named wharf/seaport of shipment. From that point, the Buyer bears all costs and
risks of loss or damage”
4
.
3
UNCITRAL Arbitration Rule (as revised in 2010) article-19 part-13-,3.
4
www.main freight.com
Muammoning yechimiga kelishdan oldin vaziyatlardan kelib chiqadigan
natijalarni jamlaymiz. Birinchidan, Rossiya firmasi o’z hududida joylashgan
Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Xalqaro tijorat arbitraj sudiga emas, balki,
shartnomada kelishilgan ad hoc tijorat arbitrajiga murojat qilishi zarur edi.
Ikkinchidan Taraflar shartnomada qat’iy til, arbitraj sudi olib boriladigan joy va
qo’llaniladigan huquq yoki yurisdiksiya borasida yakdil holatda kelishmaganligi
uchun arbitraj tomonidan belgilanishi mumkin. Uchinchidan, tomonlardan biri
shartnomada institutsional arbitraj emas, balki XTAS ga murojad qiladi. Bu esa
o’z o’zidan shartnomaga ochiqdan ochiq amal qilmaslikni anglatadi. To’rtinchidan
shartnomada ikkita huquqni qo’llash to’g’risida gap ketganda ehtiyotkorlik bilan
yondashishga to’g’ri keladi. Chunki aynan mana shu band shartnomani haqiqiy
emas deb toppish uchun asos bo’lishi mumkin. XTAS ularning so’rovini ko’rib
chiqmaganligi va rad qilganligi aynan ularning shartnomada ad hoc sud tartibini
belgilaganligidan kelib chiqib rad qilgan. Demak, bunday holatlarda asosiy ro’lni
tayinlangan ad hoc arbitrajlari hal etadi. Bizning fikrimizcha esa, ad hoc sudi ikki
xil qaror chiqarishi mumkin. Ulardan birinchisi shartnomani haqiqiy emas deb
toppish yoki vaziyatni xalqaro normalar asosida Italiya foydasiga hal qilishi
mumkin. Sabablar esa yuqoridagi normalar orqali ochib berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |